AHOLI SALOMATLIGINI TAHLIL QILISH ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
Open in Telegram
Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy telegram kanali ==================================== ☎️ +998(78)147-04-44 📠 +998(78)150-84-02 📧 info@sttm.uz 🔗 https://sttm.uz
Show more3 726
Subscribers
-124 hours
-307 days
-16830 days
Posts Archive
🟦🟦🟦🟦🟦
📣 Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazuvchi firma va kompaniyalar e’tiboriga❗️
🚑 Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan kattalar orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarining xavf omillari tarqalishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish uchun ilovada berilgan texnik topshiriqqa o‘z tijorat takliflaringizni yuborishingizni so‘raymiz.
⌛Tijorat takliflaringizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti, Toshkent sh., Shifokorlar ko‘chasi, 2-uy,
📞 (+99878147-04-44)
✅Elektron email orqali: isalomatlik@gmail.com
✅ e-xat orqali: ssri@exat.uz.
Ilova: institutning rasmiy xati
Ilova: kompaniya yollash uchun texnik topshiriq.
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
+8
➕ Buxoro mahallalarida sogʻlom hayot sari muhim qadamlar❗️
🇺🇿 Yurtdoshlarimiz salomatligiga eʼtibor har bir shahar, tuman, qishloq va mahalladan boshlanadi.
🚑 🚑 Sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti mutaxassislari Buxoro viloyatiga kelib, sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik hamda sogʻlom turmush tarzi masalalari boʻyicha batafsil tushunchalar berish uchun aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar.
Tibbiyot fanlari doktori N.Alixonova, fan nomzodlari M.Shokirova, L.Abbosxoʻjayeva, G.Akramova va 4-TTB tibbiyot xodimlari Buxoro shahri Gʻ.Gʻulom mahallasida, Kogon shahrida, Temiryoʻlchilar mahallasi SHTB, Qorakoʻl tumanida, Gʻijduvon tuman Pozagari mahalla fuqarolar yigʻinida 7-oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari faolligida seminar, maʼruzalar va davra suhbatlari tashkil etildi.
🎙Davra suhbati davomida ishtirokchilarga mavzuga oid eslatma va bukletlar tarqatilib, berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan toʻliq va atroflicha javoblar berildi.
🎤Shuningdek, tadbirda tuman soha mutaxassislari ham faol ishtirok etib, oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar. Davra suhbati qatnashchilarda sogʻlom turmush tarziga boʻlgan qiziqish va oʻz salomatligiga masʼuliyatni yanada oshirishga xizmat qildi.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati

➕ Qanday bemorlarga ramazon roʻzasini tutish tavsiya etilmaydi❗️
🤕 Ramazon roʻzasining inson salomatligi uchun foydasi bisyor. Biroq ayrim surunkali xastaliklarga chalingan bemorlarga mutaxassislar roʻza tutmaslikni tavsiya qiladi.
💊 — Bu borada bir necha talablar mavjud. Xususan, ayrim xasta insonlar oʻz salomatliklarini yanada ogʻirlashtirmasliklari uchun roʻza tutmasligi lozim.
🩺 — Yaʼni davolash imkoni yoʻq, jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishini talab qiluvchi va jarrohlikdan keyingi davrda ushbu amalni bajarish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, qatʼiy taomlanishi shart boʻlgan kishilar ham roʻza tutmaydi.
🫀Bundan tashqari, doimiy ravishda dori ichishi kerak boʻladigan yurak-qon tomir, buyrak va jigar xastaliklarining ogʻir koʻrinishlari hamda qandli diabetda ham ushbu amalni bajarish durust emas.
🫁 Qolaversa, ogʻriq bilan kechadigan va ogʻriq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham roʻza tutish tavsiya etilmaydi.
👨⚕Agar bunday bemorlar ushbu ibodatni ado etish istagida boʻlsa, eng avvalo, shifokor bilan maslahatlashishi va uning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilishi lozim.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ Buxoroda Salomatlik marafoni boʻlib oʻtmoqda❗️
📍 Buxoro shahrida tibbiy profilaktika, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va sogʻlom turmush tarzi targʻibotiga qaratilgan Calomatlik marafoni davom etmoqda.
🩺 Bu yerda oilaviy poliklinikalar, viloyat va respublikaning yetakchi shifokorlari tomonidan aholining barcha qatlami tibbiy koʻrikdan oʻtkazilyapti.
🖥 Tekshiruv natijalari DMED yagona elektron axborot tizimiga kiritilib, kelgusida fuqarolarning salomatligi doimiy monitoring qilib boriladi.
📌 Shuningdek, marafon dasturidan sogʻlom turmush tarzi targʻibotiga qaratilgan qator qiziqarli aksiyalar oʻrin olgan.
📹 Yuqoridagi videolavhada ushbu jarayon tafsilotlari haqida batafsil soʻz yuritiladi.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok