AHOLI SALOMATLIGINI TAHLIL QILISH ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
Open in Telegram
Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy telegram kanali ==================================== ☎️ +998(78)147-04-44 📠 +998(78)150-84-02 📧 info@sttm.uz 🔗 https://sttm.uz
Show more3 728
Subscribers
-724 hours
-247 days
-17430 days
Posts Archive
+8
➕Alkogolning sogʻliqqa taʼsiri — bilib qoʻying ❗️
Koʻpchilik alkogolni zararli deb hisoblaydi. Ammo uning organizmga qanchalik jiddiy va qaytarilmas zarar yetkazishini hamma ham bilavermaydi.
😀 Infografikadagi maʼlumotlar sodda, aniq va hammaga tushunarli qilib tayyorlangan bo‘lib, sog‘liqni saqlash bo‘yicha muhim bilimlarni beradi.
👨👩👧👦 Ushbu materialdan har bir fuqaro, ayniqsa yoshlar va oilalar profilaktika maqsadida foydalanishi mumkin.
📌 Ushbu infografika orqali siz quyidagilar haqida bilib olasiz:
🔴 Alkogol isteʼmol qilishning xavfsiz turi ham, xavfsiz miqdori ham yoʻq
🔴 Alkogol va saraton: 5 ta ilmiy asoslangan dalil
🔴 Alkogolning umumiy salomatlikka taʼsiri
🔴 Alkogol haqidagi eng keng tarqalgan afsonalar va ularning haqiqatlari
🔴 Alkogol isteʼmolidan voz kechishning 8 ta muhim sababi
🔴 Alkogol va uning surrogatlaridan oʻtkir zaharlanish hamda birinchi yordam
⚠️ Alkogol surrogatlaridan ehtiyot boʻling!
😔Bugun fuqarolarimiz aynan soxta va sifatsiz alkogol sabab hayotdan ko‘z yummoqda.
🟢 Oʻzingizni va yaqinlaringizni asrang — sogʻlom hayotni tanlang!
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ Yevropaning yetakchi tibbiyot tarmoqlari bilan yangi istiqbollar!❗️
🚑 6 may kuni Salomatlik va strategik rivojlanish institutiga Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yirik sogʻliqni saqlash tarmogʻi — “Penta Hospitals International” hamda tibbiyot xodimlarini xalqaro mobilligi boʻyicha yetakchi “Globogate Concept AG” kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
➡️ Tashrifning maqsadi: Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, kasbiy va oliy taʼlimni rivojlantirish hamda malakali mutaxassislarning xalqaro mobilligini taʼminlash boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.
⌛Uchrashuv davomida mehmonlarga Oʻzbekistonda sohani raqamlashtirish, xususan, yagona raqamli sogʻliqni saqlash operatori — DMED tizimi haqida maʼlumot berildi. “Penta Hospitals International” vakillari yurtimizdagi raqamlashtirish islohotlarini yuqori baholadilar.
📈 Muhokama qilingan asosiy takliflar:
✅ Mahalliy mutaxassislarning Polsha, Slovakiya va Chexiyadagi klinikalarda malaka oshirishini tashkil etish; ✅ “Penta Hospitals” klinikasining Toshkentda filialini ochish; ✅ “Ikki diplom” tizimi asosida zamonaviy kadrlar tayyorlash.
🌐Bu kabi hamkorlik aloqalari tibbiyot sohasiga xalqaro tajribani tatbiq etish va kadrlar salohiyatini oshirish yoʻlida muhim qadam boʻladi.
🖥 Maʼlumot uchun: “Penta Hospitals International” Yevropaning uchta davlatida 47 ta shifoxona va 57 ta ambulatoriya markazini boshqaradi.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
