AHOLI SALOMATLIGINI TAHLIL QILISH ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
Open in Telegram
Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy telegram kanali ==================================== ☎️ +998(78)147-04-44 📠 +998(78)150-84-02 📧 info@sttm.uz 🔗 https://sttm.uz
Show more3 735
Subscribers
-524 hours
-207 days
-17930 days
Posts Archive
➕ Mahallaga resurs berildi, endi natija va mas’uliyat talab qilinadi❗️
✅Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
✅Davlatimiz rahbari joriy yilda infratuzilmani yaxshilash, aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘rtacha 250 milliard so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilganini ta’kidladi.
✅ Shuningdek, tuman hokimlari va mahalla raislarining tushum bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududlarda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha oshdi. Buning hisobiga tumanlarda o‘rtacha 22 milliard so‘m, mahalla budjetlarida esa 150–200 million so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ shakllandi.
“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, ‘yettilik’ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik,” — dedi Prezidentimiz.
🚑 Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ Ilm, tajriba va yoshlar – bir maydonda❗️
🗓 16 iyul kuni «Salomatlik va strategik rivojlanish instituti»da tibbiyot sohasining tajribali olimlari va institutning yosh mutaxassislari ishtirokida samimiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
➡️Uchrashuvda endokrinologiya, tibbiyot statistikasi, raqamli tibbiyot, sogʻlom turmush tarzi, profilaktika va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishida katta tajribaga ega ustozlar yoshlar bilan bilim va hayotiy tajribalarini baham koʻrdilar.
🖥 Uchrashuvda endokrinolog olima, tibbiyot fanlari doktori Nodira Alixanova, tibbiyot statistikasi sohasining fidoyisi Muhayyo Aripova, tibbiyotni raqamlashtirish boʻyicha noyob mutaxassis Munira Qoʻchqorova, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha boy tajribaga ega Sayyora Mullayeva, tamaki chekish va alkogol isteʼmoli kabi zararli odatlarga qarshi kurash bilan shugʻullanib kelayotgan tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat Shukurov, «Osteoporotik sinishlar ehtimolligini aniqlash uslubini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy ish muallifi, fan nomzodi Munavvara Shakirova hamda tibbiyot statistikasi sohasida innovatsion gʻoyalarni hayotga tatbiq etish ustida faol ish olib borayotgan Rahimjon Sotvoldiyev ishtirok etdilar.
💬 Suhbat davomida:
✅ yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash;
✅ ustoz–shogird anʼanalarini rivojlantirish;
✅ ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
✅ xalqaro grant va dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlari;
✅ tibbiyotda innovatsiya va raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Tadbir «Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi!» shiori asosida oʻtkazilayotgan «Payshanba – yoshlar kuni» loyihasi doirasida tashkil etildi.