en
Feedback
Bebbo

Bebbo

Open in Telegram

Xush kelibsiz, hurmatli ota-onalar! Bebboni kashf eting - unda farzandingiz rivojlanishiga ota-ona sifatida yordam berishingiz uchun hamma narsa bor Bu link orqali malumot ADMIN Doktir Degani emas!!!

Show more
2 846
Subscribers
-424 hours
-117 days
-1330 days
Posts Archive
Bebbo
2 847
Wildberries bilan maktab qahramoni boʻling Wildberries — onlayn xarid ilovasi, unda dars va tanaffuslar uchun kerakli barcha
Wildberries bilan maktab qahramoni boʻling Wildberries — onlayn xarid ilovasi, unda dars va tanaffuslar uchun kerakli barcha mahsulotlar bor, bir kundan boshlab yetkazamiz. Qahramonlarni maktabga tayyorlang: maktab formasi va ustki kiyimlar Wildberries’da kutmoqda. Sotib olish #reklama 16+ wildberries.uz

Bebbo
2 847
BOLANGIZDA KOLIKA?! Sizga ham “qorni og‘riyapti, kolika” deyishganmi? Shoshilmang. Balki muammo qornida emasdir. Bu yangilik sizningcha to‘g‘rimi? Kommentda fikringizni yozing va shu videoni boshqa onalarga ham yuboring @

Bebbo
2 847
Investitsiyami yoki bankdagi valyuta omonatlarimi? 💰 Pullaringizni dollarda saqlash va ko‘paytirishni xohlaysizmi? Ko‘pchilik faqat bitta usulni biladi - bank omonatlari. Ammo banklar dollarda juda past foiz taklif qiladi - taxminan 4%-7%. Bunday foizlar bilan katta daromad olish qiyin. ✅ Yana bir qonuniy va bank omonatlaridan farqli ravishda halol usul bor - bu investitsiya. 📊 Siz pulingizni bankka emas, O‘zbekiston yoki AQSh kompaniyalariga investitsiya qilasiz. Bu kompaniyalarning ishlari qanchalik yaxshi ketsa, sizning daromadingiz ham shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin. 🎓 Agar qanday qilib to‘g‘ri investitsiya qilishni batafsil bilmoqchi bo‘lsangiz - bepul onlayn master-klassimizni ko‘ring. Unda sizga investitsiya haqida batafsil tushuntiramiz va qanday investitsiya qilishni o‘rgatamiz. Batafsil #reklama 16+ lesson-edu.uz

Bebbo
2 847
TOKSIKOZ | 2-qism Nega bir ayol qiynaladi, boshqasida esa deyarli bo‘lmaydi? Bir ayol homiladorlikning dastlabki oylarini bemalol o‘tkazadi. Boshqa bir ayol esa tish yuvishdan tortib, ovqatning hidigacha qiynaladi. Yana bir ayol esa kuniga bir necha marta qusib, hatto suv ichishga ham qiynaladi. Nega homiladorlik hammada bir xil kechmaydi? Bu yerda “kimning organizmi kuchliroq?” degan javob yo‘q. 🧬 1. Genetik moyillik bo‘lishi mumkin. Toksikoz, ayniqsa uning og‘ir shakli hyperemesis gravidarum (HG) oilalarda ko‘proq uchrashi kuzatilgan. Masalan, onasi yoki opasida homiladorlik paytida juda kuchli qusish bo‘lgan ayolda bunday holatga moyillik yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Ammo, “Onamda bo‘lgan, menda ham albatta bo‘ladi degani emas. Genetika xavfni o‘zgartiruvchi omillardan biri, xolos. (manbaa⁠) 2. Oldingi homiladorlik ham muhim Agar ayol avvalgi homiladorligida kuchli ko‘ngil aynishi yoki qusishni boshdan kechirgan bo‘lsa, keyingi homiladorliklarda ham bu holat takrorlanish ehtimoli oshadi. Biroq bu ham 100% takrorlanadi degani emas. Shuning uchun birinchi homiladorlikda juda qiynalgan ayol ikkinchisida yengilroq o‘tkazishi ham mumkin. ( ⁠) 3. Egizak homiladorlikda-chi? Egizak yoki undan ko‘p homilali homiladorlikda toksikoz, kuchli ko‘ngil aynishi va qusish xavfi yuqoriroq. Bu holat homiladorlikdagi biologik signallarning kuchliroq bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. (⁠) Lekin bunda ham“Egizak bo‘lsa, toksikoz albatta bo‘ladi” deyish noto‘g‘ri. Faqat ehtimol oshadi. 👧 4. Bola jinsining ham kichik statistik bog‘liqligi bor Tadqiqotlarda qiz homilali homiladorliklarda ko‘ngil aynishi va qusish, ayniqsa og‘ir shakllari, biroz ko‘proq uchrashi kuzatilgan. Ammo bu farq individual ayol uchun bashorat qilishga yetarli emas. Ya’ni: “Ko‘nglim ayniyapti demak qiz bo‘ladi” degan usul bilan bolaning jinsini aniqlab bo‘lmaydi. ( ) Eng qiziq tomoni esa
 Toksikozning kuchi faqat homiladorlikdagi biologik o‘zgarishlarning miqdoriga emas, onaning organizmi ularga qanday javob berishiga ham bog‘liq. 2024-yilda Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqot aynan shu masalaga muhim dalil berdi: GDF15 ga ta’sirchanlik homiladorlikdan oldingi holat va genetik farqlar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. (⁠) Demak, bir xil homiladorlik belgisi ikki ayolda butunlay boshqa darajada namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun homilador ayollarga: “Sen ko‘p qusyapsan, demak kuchsizsan.” “Senda toksikoz yo‘q, demak homiladorliging boshqacha.” Kabi so’zlar aytish to‘g‘ri emas. Chunki toksikoz ayolning irodasi yoki “chidamliligi” belgilovchu jarayon emas.

Bebbo
2 847
Chaqalog‘ingiz sarg‘ayib ketdimi? Avval kafti va oyoq tagini tekshirib ko‘ring. Sariqlik bo‘lsa — e’tiborsiz qoldirmang. Bu videoni chaqalog‘i sarg‘ayganidan xavotir olayotgan onaga yuboring. đŸ©” Siz buni bilarmidingiz?

Bebbo
2 847
InfinBANK bilan kamroq to'lovlar - ko'proq o'sish! Yuqori kredit yuki kompaniyaning rivojlanishiga to'sqinlik qiladimi? 💰Inf
InfinBANK bilan kamroq to'lovlar - ko'proq o'sish! Yuqori kredit yuki kompaniyaning rivojlanishiga to'sqinlik qiladimi? 💰InfinBANKdan qayta moliyalashtirish bu muammoni hal qiladi! Boshqa banklardan kreditlarni bizga o'tkazing va har oyda kamroq to'lang. Biz byudjetingizni tartibga solish va kapitalni yangi loyihalarga yo'naltirishingiz uchun yashirin to'lovlarsiz shaffof shartlarni taklif etamiz. Shunchaki ariza qoldiring va biz siz uchun barcha ishlarni bajaramiz. Kichik va o'rta biznes uchun ishonchli, oson va foydali. Shaxsiy shartlarni hoziroq +998 71 202 50 80 raqami orqali bilib oling. 📞InfinBANK biznesni osonlashtiradi! Batafsil #reklama infinbank.com

Bebbo
2 847
TOKSIKOZ: aslida tanamizda nima bo‘ladi? | 1-qism Bir narsani eslab qolaylik. Toksikoz bu shunchaki “homiladorlik gormonlari oshib ketgani” bilan tugaydigan masala emas. Hatto olimlar uzoq vaqt davomida homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi va qusishning aniq mexanizmini to‘liq tushuntirib bera olishmagan. Bugun esa bu borada juda qiziq dalillarimiz bor. Toksikoz deganda odatda homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi va qusish nazarda tutiladi. U faqat ertalab bo‘lmaydi, kunning istalgan vaqtida kuzatilishi mumkin. Ko‘pchilik ayollarda u homiladorlikning dastlabki haftalarida boshlanadi va odatda 14-haftalarga borib yengillashadi. Ammo ayrim ayollarda uzoqroq davom etishi mumkin. (⁠) 📌Endi esa eng qiziq joyi. Olimlar GDF15 degan gormonni jiddiy o‘rgana boshlashdi. GDF15 — homiladorlik vaqtida ona qonida ko‘payadigan signal molekulalaridan biri. 2024-yilda Nature jurnalida chop etilgan katta tadqiqot uning homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi va ayniqsa og‘ir qusish hyperemesis gravidarum bilan kuchli bog‘liqligini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar juda qiziq narsani aniqlashgan: Onaning qonidagi GDF15 ning katta qismi homila yo‘ldosh tizimidan keladi. Bu gormon esa miyadagi, xususan miya ustunidagi retseptorlar orqali ko‘ngil aynishi va ovqatga bo‘lgan munosabatga ta’sir qilishi mumkin. Lekin bu yerda bitta juda muhim “ammo” bor: Nega bir ayol GDF15 ko‘payganida deyarli hech narsa sezmaydi, boshqa ayol esa kun bo‘yi qusishi mumkin? Gap faqat gormon miqdorida emas. Onaning shu gormonga qanchalik sezgirligi ham muhim bo‘lishi mumkin. Ya’ni ikki homilador ayolda ma’lum darajada o‘xshash gormonal o‘zgarish bo‘lsa ham, ularning organizmi bunga bir xil javob bermasligi mumkin. Tadqiqotlar bu sezgirlikka homiladorlikdan oldingi GDF15 darajalari va genetik omillar ham ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. (Manbaa⁠) Shuning uchun: “Menda toksikoz bo‘ldi/bo’lmadi, demak homiladorligimda nimadir noto‘g‘ri bo‘lgan” degan xulosa qilish to‘g‘ri emas. Toksikozning borligi ham, yo‘qligi ham bolaning sog‘lomligini alohida o‘zi bilan belgilab bermaydi. Kinolardagi propoganda tufayli ko’pchilik menga o’xshab toksikozni homiladorlikning majburiy belgisi deb o‘ylagan bo’lishi mumkin. Aslida esa uning ortida juda murakkab biologik jarayonlar yotadi.

Bebbo
2 847
1500+ aʌzoga ega Telegram kanal bilan daromad Yandex Reklama tarmogʻida monetizatsiyani yoqsangiz, Telegram kanalingiz daroma
1500+ aʌzoga ega Telegram kanal bilan daromad Yandex Reklama tarmogʻida monetizatsiyani yoqsangiz, Telegram kanalingiz daromad keltira boshlaydi Batafsil #reklama 16+ partner.yandex.com

Bebbo
2 847
STOMATIT — alohida kasallik emas! Ko‘pchilik “bolamda stomatit chiqibdi” deb o‘ylaydi. Aslida esa stomatit — bu og‘iz shilliq
STOMATIT — alohida kasallik emas! Ko‘pchilik “bolamda stomatit chiqibdi” deb o‘ylaydi. Aslida esa stomatit — bu og‘iz shilliq qavatining yallig‘lanishi bo‘lib, turli sabablar tufayli paydo bo‘ladi. Bolalarda stomatitga sabab bo‘lishi mumkin: viruslar (eng ko‘p) zamburug‘ infeksiyasi vitamin yetishmovchiligi allergiya Tish chiqishi davridagi jarohatlar o‘iz gigiyenasining yomonligi mmunitet pasayishi Belgilari: — og‘iz ichida yara yoki oq dog‘lar — emishni/yeyishni rad etish — ko‘p so‘lak oqishi — isitma — bezovtalik va yig‘loqilik Har bir stomatitga “ko‘k surtma”, antibiotik yoki xalqona usullar kerak emas! Davosi sababiga qarab belgilanadi. Og‘izga: — asal — spirtli eritmalar — achchiq moddalar — noma’lum surtmalardan foydalanmang. Bolaga ko‘proq suyuqlik bering Ovqatni iliq va yumshoq qiling Og‘iz gigiyenasiga e’tibor bering Bola suvsizlanayotgan bo‘lsa yoki umuman yemasa — shifokorga murojaat qiling. “Stomatit” — tashxis emas, belgidir.

Bebbo
2 847
Keshbek va arzon yo'l haqi Xaridlar, o'tkazmalar va transport uchun yagona karta. Sinab koʻrish #reklama ru.ipakyulibank.uz
Keshbek va arzon yo'l haqi Xaridlar, o'tkazmalar va transport uchun yagona karta. Sinab koʻrish #reklama ru.ipakyulibank.uz

Bebbo
2 847
Keyingi muhim vitaminlardan biri bu Omega,faqat tanlqshda e’tibor berisg kerak tarkibidagi DHA va EPA lar hamda qo’shinchalar miqdoriga , qanchalik tabiiy sof tarkib bo’lsa shuncha yaxshi, chunki hozirdq baliq yog’ini emas to’ldiruvchi modda sifatida baliq har hil qismlarni qo’shib yuvorish holatlari kuzatilmoqda Omega yogÊ» kislotalari — bu organizm uchun zarur yogÊ» kislotalari bo‘lib, inson organizmi ularni o‘zi ishlab chiqara olmaydi, lekin ular hayot uchun juda muhim. Shuning uchun ular faqat oziq-ovqat yoki qo‘shimchalar orqali olinadi. Bolalar va homiladorlar uchun tarkibida DHA si koÊ»proq miqdorda boÊ»lgan Omega Kattalar va yurak - qon tomir xastaliklari bor boÊ»lganlar uchun EPA si koÊ»proq omega 3 olish tavsiya etiladi. Ichilish tartibi : Kunning birinchi yarmida ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin ichish tavsiya etiladi. Foydali bo’lyaptimi davom etamizmi-❀

Bebbo
2 847
Emizikli davrda kalsiy yetarli bo‘lmasa, organizm kompensatsiya qilish uchun suyaklardan kalsiyni “oladi”. 1 Suyaklar zaiflas
Emizikli davrda kalsiy yetarli bo‘lmasa, organizm kompensatsiya qilish uchun suyaklardan kalsiyni “oladi”. 1 Suyaklar zaiflashadi (osteopeniya / osteoporoz) Emizish paytida kalsiy sut bilan chiqishi hisobiga,agar tashqaridan kelmasa → suyak zaxirasi kamayadi.Kelajakda sinishlar xavfi oshadi aynisa son suyagi boshi sinishi belda og’riqlar grija va hok 2 Tishlar yemiriladi Karies tezlashadi.Tishlar mo‘rtlashadi, sezuvchanlik oshadi 3 Mushaklarda Oyoq-qo‘l tortishib qolishi,Mushak og‘riqlari,Umumiy holsizlik 4 Asab tizimi ta’sirlanadi Bezovtalik, asabiylik,uyqusizlik rivojlanadi Qolganini ham davim etamizmi

Bebbo
2 847
50 mln edi. Endi 100 mln bo'ldi Ipak Yuli Bank'ning yanada kuchaytirilgan «Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasini qarshi olin
50 mln edi. Endi 100 mln bo'ldi Ipak Yuli Bank'ning yanada kuchaytirilgan «Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasini qarshi oling.⚡ Xaridlarda ko'proq erkinlik. Har qanday vaziyatda ko'proq ishonch. Kartangizga o'z pulingizni qo'yib oddiy karta kabi ishlating. Agar yetarli bo'lmasa — kredit limitidan foydalaning. Kreditdan foydalanmasangiz — hech narsa to'lamaysiz. Agar sarflagan summani 55 kun ichida qaytarsangiz — ortiqcha to'lovlar ham bo'lmaydi. Har bir to'lovdan 0,5% keshbek olasiz — O'zbekistonda ham, chet elda ham. Ipak Yuli Mobile ilovasida bepul rasmiylashtiring va kerak bo'lganda foydalaning. Hammasi oddiy Batafsil #reklama 16+ ru.ipakyulibank.uz

Bebbo
2 847
Keyingi olamshumul tanqislik bu “Temir” Hech o’ylab ko’rganmisiz NEGA AYOLLARDA QON KAM? Estrogen garmoni yangi eritrocitlar
Keyingi olamshumul tanqislik bu “Temir” Hech o’ylab ko’rganmisiz NEGA AYOLLARDA QON KAM? Estrogen garmoni yangi eritrocitlar sintezini pasaytiradi , shuning uchun ayollarda gemoglabin va ferritin pastroq hamda anemiyaga fiziologik ravishda moyilroq hisoblanadi. Bundan tashqari har oylik sikl va tug’ruqdagi qon yo’qotish ham bor. Shuning uchun ham Homladorlik va emizikli davrda temirga ehtiyoj yanada kuchayadi (

Bebbo
2 847
Vitamin D ning emizikli ayollarga foydalari Suyaklarni mustahkamlaydi. Kalsiy almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi. Immun tizimi
+1
Vitamin D ning emizikli ayollarga foydalari Suyaklarni mustahkamlaydi. Kalsiy almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi. Immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Mushaklar faoliyati uchun kerak. Ona organizmida vitamin D yetishmovchiligining oldini olishga yordam beradi. Ona vitamin D qabul qilgani chaqaloqqa avtomatik ravishda yetarli miqdorda vitamin D beriladi degani emas.

Bebbo
2 847
EMIZIKLI DAVRDA KERAKLI wVITAMINLAR VitaminD-Suyak, immunitet, kayfiyatni qo‘llab-quvvatlaydi kunlik doza 1000–2000 IU/kun Temir (Iron)-Qon tiklanishi uchun,tug’ruq vaqtida 0.5-1l qon yo’qotiladi.Charchoq, bosh aylanishda Kalsiy- Suyak va tishlar uchun ona va bolaga birdek muhim. 1000–1200 mg/kun Omega-3 (DHA)-bolaning miya va ko‘z rivojlanishida ona uchun asab va yurak faoliyatida foydali .Odatda: 200–300 mg DHA Yod (Iodine)-Qalqonsimon bez va bolaning aqliy rivoji uchun muhim.Odatda: 150–200 mcg dozada Vitamin B guruhi-Energiya, asab tizimi uchun muhim.Sut ishlab chiqarishga yordam beradi,ayniqsa B12 muhim Vitamin C-Immunitetni oshiradi.Temir so‘rilishini yaxshilaydi. Ishtaxani ochadi. Endi har biri haqida alohida to’xtalamiz

Bebbo
2 847
Scopus’da 85% gacha chegirma. Taklifni oling Telegram kanalimizga o‘ting! ✅ Scopus’da 100% kafolat ✅ 85% gacha chegirmalar ✅
Scopus’da 85% gacha chegirma. Taklifni oling Telegram kanalimizga o‘ting! ✅ Scopus’da 100% kafolat ✅ 85% gacha chegirmalar ✅ Minimal to‘lov — 100$ dan Batafsil #reklama 16+

Bebbo
2 847
Smesga otish sabablari: đŸŒKeltirilgan pastdagi holatlarning 80-90%ida imkoni bor, lekin tashqaridan imkonsizdek ko’rinadi. Masalan ishga chiqish bu smes berishga sabab emas. Doktorni asossiz gapi sabab emas. Imkon shunchalar ko’p ko’p va yana ko’p 1
) Bilim yetishmasligi (atrofda hamma smesda ekanligini ko’rib shunchaki bu tushunchani miyaga singib ketishi ) 2) Tvda ,reklamarda, bannerlarda smeslar ,smesi bor o’yinchoqlar shularni ko’rish orqali ham singib ketadi 3) Ba’zi shifokorlardan asossiz maslahat eshitish 4) Afsuski marketing strategyasiga shifoxonalar va doktorlar ham ishlashi 5) Oilada tushunmaslik bosim kelinni ayblash suting kam smes ber va hokazo gaplar 6) O’zbekistonda laktologlarni kamligi umuman olganda yo’qligi 7) Ona psixologiyasi- tug’ruqdan kn depressiya, tug’ruq vaqtidagi agressiyalar dorilar ta’siri va boshqalar 8)Majbur ish o’qishga borish (bunda aslida ona suti bilan katta qilish imkoni bor lekin buni hisobga olishmaydi) 9) Jismonan emizolmaslik -gipoplaziya , Ko’krak yo’qligi 10) Ona kasalligi ( bolaga qarolmidgan darajada) emizishda mumkin bolmagan dorilarni qabul qilsa, ln ona sogligi uchun bu dori qabul qilish muhim bo’lgan holatlarda 11) Bolani anatomik holati emishga togri kelmasa -tanglay yorig’i, yuqori lab yorig’i va hok Davom etamizmi

Bebbo
2 847
Keling, mahsulot yoki ovqat bilan tanishuvning "rivojlanish zinasi" ni ko'rib chiqamiz... Aslida, bola mahsulotlar bilan tani
Keling, mahsulot yoki ovqat bilan tanishuvning "rivojlanish zinasi" ni ko'rib chiqamiz... Aslida, bola mahsulotlar bilan tanishuvning bir nechta bosqichlaridan o'tgandan so'ng, rad etishlarsiz tanovvul qilishni boshlaydi. Rasmda ko'rib turganingizdek; 1-bosqich: Ko'rish 2-bosqich: Mahsulotlarni xotirjamlik bilan tanishtirish Ya'ni siz mahsulotni likopchada uning oldiga keltirasiz va majburlashlarsiz, xotirjam tanishishga qo'yib berasiz. Shundagina, yemagan taqdirda ham, bola mahsulotga nisbatan xotirjam munosabatda bo'ladi. 3-bosqich: Mahsulotlarni teginish orqali o'rganish Har bir mahsulot bola uchun yangilik va uni ushlab, his qilib ko'rish orqali, xavfsiz ekanini anglaydi. 4-bosqich: Mahsulotni hidlab ko'rish orqali, yaqinroqdan tanishishni xohlaydi. 5-bosqich: Og'ziga soladi, yalab ko'radi, tuflab tashlaydi yoki shunchaki tishlab ko'radi. 6-bosqich: Eng so'nggida bola mahsulotni yeyishni boshlaydi! Aynan shu oxirgi bosqichga yetib kelgunga qadar bola har bir bosqichni bosib o'tishi kerak

Bebbo
2 847
"Qomatim buziladi" emizmayman Qomatim buzilmasin desangiz, avvalambor homilador bo'lmang. Chunki ko'krak va qomatdagi asosiy o'zgarishlar emizishdan emas, aynan homiladorlik davridagi gormonal o'zgarishlardan boshlanadi. Ko'krak bilan emizish ko'krak shaklini buzmaydi. Ko'krakdagi o'zgarishlarga ko'proq quyidagilar sabab bo'ladi: homiladorlik davridagi gormonal o'zgarishlar; irsiyat; yosh o'tishi; vaznning tez-tez o'zgarishi Aksincha, emizish onaga juda ko'p foyda keltiradi: bachadonning tezroq tiklanishiga yordam beradi; ko'krak va tuxumdon saratoni xavfini kamaytiradi; ortiqcha vazndan qutulishga ko'maklashadi; ona va chaqaloq o'rtasidagi mehr rishtasini mustahkamlaydi. Chaqaloq uchun esa ona suti — eng mukammal oziqdir. U immunitetni mustahkamlaydi, infeksiyalardan himoya qiladi va sog'lom rivojlanishga yordam beradi. Emizishni bola 2 yosh atrofida sekin-asta to'xtatish tavsiya etiladi. Emizish tugaganidan keyin organizm gormonal jihatdan asta-sekin o'z holatiga qaytadi va ko'plab ayollarda biroz vaqt o'tgach ko'krak ham, qomat ham avvalgi holatiga yaqinlashadi. Go'zal qomatni saqlashning siri emizmaslik emas, balki sog'lom turmush tarzi, muvozanatli ovqatlanish va jismoniy faollikdir. Farzandingizni emizing — bu uning salomatligiga beradigan eng qimmatli sovg'angizdir.