en
Feedback
Bebbo

Bebbo

Open in Telegram

Xush kelibsiz, hurmatli ota-onalar! Bebboni kashf eting - unda farzandingiz rivojlanishiga ota-ona sifatida yordam berishingiz uchun hamma narsa bor Bu link orqali malumot ADMIN Doktir Degani emas!!!

Show more
2 846
Subscribers
-424 hours
-117 days
-1330 days
Posts Archive
Bebbo
2 846
Pepsi bilan lazzatli O‘zbekistonliklarning 58,7 foizi PEPSI’ni tanladi! Demak, milliy taomlar PEPSI bilan lazzatli! Batafsil
Pepsi bilan lazzatli O‘zbekistonliklarning 58,7 foizi PEPSI’ni tanladi! Demak, milliy taomlar PEPSI bilan lazzatli! Batafsil #reklama instagram.com

Bebbo
2 846
🥛 KO‘KRAK SUTI ISHLAB CHIQARILISHINI QO‘LLAB-QUVVATLAYDIGAN 10 MAHSULOT 🥚 1. Tuxum — oqsil, D vitamini va xolinga boy. 🐟 2. Yog‘li baliqlar — losos, sardina va skumbriya omega-3 manbai. 🥬 3. Ko‘katlar — ismaloq, brokkoli kabi sabzavotlar temir, folat va kalsiyga boy. 🫘 4. Dukkaklilar — mosh, loviya, no‘xat va yasmiq oqsil hamda tolaga boy. 🥣 5. Suli yormasi — murakkab uglevodlar va beta-glukan manbai. 🥛 6. Sut mahsulotlari — qatiq, kefir va tvorog oqsil hamda kalsiy beradi. 🥜 7. Yong‘oq va urug‘lar — foydali yog‘lar va minerallarga boy. 🌿 8. Shambala (fenugreek) — ayrim onalarda sut ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. 🌾 9. Arpabodiyon (fennel) — emizish davrida an’anaviy ravishda qo‘llaniladi. 💧 10. Yetarli suyuqlik — suvsizlanmaslik emizish davrida muhim. ⚠️ Muhim: hech bir mahsulot sutni avtomatik ravishda ko‘paytirmaydi. Sut ishlab chiqarilishida eng muhim omillardan biri — bolaning ko‘krakni tez-tez va to‘g‘ri emishidir.

Bebbo
2 846
50 mln edi. Endi 100 mln bo'ldi Ipak Yuli Bank'ning yanada kuchaytirilgan «Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasini qarshi olin
50 mln edi. Endi 100 mln bo'ldi Ipak Yuli Bank'ning yanada kuchaytirilgan «Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasini qarshi oling.⚡ Xaridlarda ko'proq erkinlik. Har qanday vaziyatda ko'proq ishonch. Kartangizga o'z pulingizni qo'yib oddiy karta kabi ishlating. Agar yetarli bo'lmasa — kredit limitidan foydalaning. Kreditdan foydalanmasangiz — hech narsa to'lamaysiz. Agar sarflagan summani 55 kun ichida qaytarsangiz — ortiqcha to'lovlar ham bo'lmaydi. Har bir to'lovdan 0,5% keshbek olasiz — O'zbekistonda ham, chet elda ham. Ipak Yuli Mobile ilovasida bepul rasmiylashtiring va kerak bo'lganda foydalaning. Hammasi oddiy Batafsil #reklama 16+ ru.ipakyulibank.uz

Bebbo
2 846
Samokat, kichkintoylar uchun yashirin xavf! 2–3 yoshli bolaning suyak va mushak tizimi juda mo'rt va shakllanish bosqichida b
Samokat, kichkintoylar uchun yashirin xavf! 2–3 yoshli bolaning suyak va mushak tizimi juda mo'rt va shakllanish bosqichida bo'ladi. Ogoh bo’ling! Samokat ushbu yoshdagi bolalar uchun quyidagi jiddiy ziyonlarni keltirib chiqaradi: Umurtqaning qiyshayishi (Asimmetriya): Bola doim bir oyoq bilan depsinishi natijasida umurtqa pog'onasi, tos suyaklari va mushaklar asimmetrik rivojlanadi. Muvozanat markazining buzilishi: Tana og'irligi bir tomonga og'gani sababli, miya muvozanatni teng taqsimlashni va vestibulyar apparatni to'g'ri shakllantirishni o'rganolmaydi. Bo'g'imlarga noto'g'ri yuklama: Depsinayotgan oyoq to'pig'i va tizzasi har bir harakatda noto'gri me'yordagi bosim va zarbani qabul qiladi. Farzandlarimiz salomatligida to'gri tanlov qilish vazifamizdir. Foydali postni saqlab qo'ying va izlanuvchan onalar bilan ulashing!

Bebbo
2 846
Nega Sut Mahsulotlari hamda sut bolalarga mumkin emas ? 9 oygacha sut mahsulotlari umuman mumkin emas, 9 oydan keyin mumkin a
Nega Sut Mahsulotlari hamda sut bolalarga mumkin emas ? 9 oygacha sut mahsulotlari umuman mumkin emas, 9 oydan keyin mumkin ammo sutni oʻzini ichimlik sifatida bermaysiz, ingrident sifatida berasiz - Nega mumkin emas ? Chunki, sut mahsulotlari tarkibidagi minerallar va oqsilllar, chaqaloqda temir sorilishiga qarshilik qiladi, natijada Anemiyaga sabab bolishi mumkin Demak, 9 oygacha umuman bermaymiz, 9 oydan beramiz ammo sutni oʻzini bolaga ichimlik sifatida bermaymiz shuningdek kokteyllar ham qilib bermaymiz. Sutni ozidan kashalar, nimadur pishirib berasiz. 1 yoshdan esa bemalol bersa boladi.

Bebbo
2 846
Woman Card bilan yangi imkoniyatlar Endi Woman Card kartalari orqali har bir xaridingizdan 0,5% keshbekni pul ko‘rinishida to
Woman Card bilan yangi imkoniyatlar Endi Woman Card kartalari orqali har bir xaridingizdan 0,5% keshbekni pul ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartangizga olasiz. Kartalarni Ipak Yuli Bank bo‘limlarida yoki Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin. Sinab koʻrish #reklama 16+ ru.ipakyulibank.uz

Bebbo
2 846
🍞Non va "bolalar" pechenyesi🍪 qachon ratsionga kiritiladi? "Bolalar" pechenyesi degan pechenye yo'q. Bu marketing xiylasi, xolos. Pechenye oldidagi "bolalar" so'zini ko'rgan ota-onalar xavfsiz ekan, deb olaverishadi. ☝️Ongli ota-onalar esa bunday nayranglarga aldanishmaydi. 🛑Pechenye tarkibida shakar yoki tuz bo'ladi. Tuz 1 yoshgacha, shakar 2 yoshgacha mumkin emas. Bu degani 1 yoshgacha hech qanday pechenye berish mumkin emas❌ ⭕️Bundan tashqari pechenye tarkibida turli zararli qo'shimchalar bo'ladi. PECHENYENI FARZANDINGIZGA HECH QACHON BERMANG, degan bo'lar edim. Hech qanday foydasi bo'lmagan, shunchaki qorinni shishirib, ishtahani bo'g'adigan mahsulotlardan iloji boricha qoching❗️ Ko'pchilik onalar qo'shimcha ovqat deganda pechenyeni suvga ivitib berish deb tushunishadi. Juda bezarar va oson tuyilgan bu usul orqali jajji mittivoyingizning ichaklarini buzmang, ishtahasini bo'g'mang, zaharlamang❗️

Bebbo
2 846
Qo'shimcha ovqatni nimadan boshlash mumkin emas? Qo'shimcha ovqat bolalar sog'lig'i uchun muhim jarayon. Prikormni o'z vaqtida to'g'ri mahsulotlar bilan boshlash bolaning kelajagiga poydevor hisoblanadi. Agar bilib-bilmay noto‘g‘ri mahsulotlar boshlab qo'yilsa, bolaning sog'lig'iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. NON Bolalarning qo'liga tutqazib qo'yiladigan, shimib o'tirishga eng xavfsiz bo'lib ko'rinadigan mahsulot, aslida, allergen bo'lib, bolada allergiya berish xavfi katta. Allergiya faqat toshma toshishi yoki qayt qilish emas. Qorin dam bo'lishi, qorin shishishi, ko'p bezovtalanish, kekirish ham bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, tarkibida glyuten saqlagani uchun ichak muammolariga sabab bo'ladi. Masalan, ich qotishi. Nonni 8-9 oylikdan berish tavsiya etiladi. 2 PECHENYE Do'kon rastalarda sotiladigan "bolalar pechenyelari" aslida, marketing xiylasi ekanligini bilasizmi?! Hech qanday "bolalar pechenyelari" yo'q. Hammaga mashhur "Bondi" pechenyesi ham qolgan pechenyelar kabi oddiy pechenye. Tarkibida shakar, glyuten, sut kukuni, har xil stabilizator va ta'm kuchaytirgichlar mavjud. Bular esa mutlaqo bolalarga mumkin emas. Onalar o'zingizni rohatingizni o'ylab bolalarga erta yoshdan ximikatlar bermang. Tarkibida shakari yo'q pechenyelar kamdan-kam hollarda mumkin. 9 oylikdan boshlab berish tavsiya etiladi. 3 TUZLI VA QOVURILGAN OVQATLAR Tuz bolaning buyragiga og'irlik qiladi. Ayniqsa, biz kattalar yeydigan tuz darajasi bolaga juda sho'r. Qattiq qovurilgan ovqatlar ham hali hazm qilishga tayyor bo'lmagan ichaklar salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun uyda o'zimiz uchun tayyorlaydigan osh, qozon kabob kabi ovqatlar bolalarga umuman mumkin emas. Tuz ham, qovurilgan ovqatlar ham 1 yoshdan keyin tavsiya etiladi. UZOQ QAYNAGAN SHO'RVA Biz, o'zbeklar, qaynatma sho'rvani ilik-suyaklar solib, juda uzoq vaqt qaynatamiz. Natijada, katta miqdordagi oqsil suvga chiqadi. Biz kattalar uchun bu oqsil juda foydali. Ammo yosh bolalarning hali yaxshi yetilib ulgurmagan oshqozon-ichaklari uchun og'irlik qiladi. Iltimos, uzoq qaynagan sho'rvalarning kartoshka va sabzisidan ezib bolaga yedirmang. O'zingiz alohida qozonchaga go'sht, kartoshka, sabzi solib, pishguncha qaynatib olsangiz bo'ladi. Undan tashqari, uzoq qaynamagan mastava, moshxo'rdalarning suvidan bersangiz bo'ladi. Faqat ovqatdagi hamma mahsulotlarni alohida-alohida tanishtirib bo'lgan bo'lishingiz kerak. Uzoq qaynagan suyak sho'rvalar 1 yoshdan mumkin. SUT MAHSULOTLARI Sut mahsulotlarining allergiya berish xavfi yuqori bo'lganligi uchun 9 oylikdan tavsiya etiladi. Erta berishga urinmang. Yana bir muhim qoida bu xilma-xillikdir! Bolalarga har kuni bir xil ovqat berish ularni ovqatdan bezitadi. O'zingiz ham har kuni ertalab kasha, tushlikda sho'rvaning sabzi-kartoshkasini yeya olmaysiz-ku, to'g'rimi? Mahsulotlar bolalarning oshqozon-ichaklariga og'irlik qilmasligi uchun 8-9 oygacha bug'da pishirib yoki dimlab berish tavsiya etiladi. 8-9 oydan boshlab foydali yog'larda qovurib berishingiz mumkin. Kanalda qo'shimcha ovqatni to'g'ri kiritish bo'yicha yana ko'plab postlar bor. O'qib chiqing, foydali bo'ladi, in shaa Alloh!

Bebbo
2 846
Telegram'dagi mijoz olib keladigan reklama Aniq target, kampaniya analitikasi va premium auditoriya. Sizning reklamangizni en
Telegram'dagi mijoz olib keladigan reklama Aniq target, kampaniya analitikasi va premium auditoriya. Sizning reklamangizni eng faol va qiziqqan auditoriya koʻradi, byudjetingiz esa natija uchun ishlaydi. Sinab koʻrish #reklama 16+ yandex.uz

Bebbo
2 846
Nima qilibti diqqatini bitta narsaga qaratmasa? 1 material → 1 asosiy maqsad → chuqurroq takrorlash. Masalan, bola faqat rang
Nima qilibti diqqatini bitta narsaga qaratmasa? 1 material → 1 asosiy maqsad → chuqurroq takrorlash. Masalan, bola faqat ranglarni moslashtirsa, u ranglarni ajratish, taqqoslash va moslashtirishga diqqatini jamlaydi, oʻsha narsani chuqurroq oʻrganadi. Juda koʻp elementli oʻyinchoqlarda esa yangisiga tezda sakrab ketaveradi, natijada hech qaysi koʻnikma yaxshi oʻzlashtirilmaydi.

Bebbo
2 846
Bitta material — bitta asosiy maqsad Montessori materiallari odatda bolaning diqqatini bitta ko‘nikmaga qaratadi. Masalan, fa
Bitta material — bitta asosiy maqsad Montessori materiallari odatda bolaning diqqatini bitta ko‘nikmaga qaratadi. Masalan, faqat ranglarni moslashtirish yoki faqat shakllarni joylashtirish. Bu o‘yinchoqda esa bola bir vaqtning o‘zida juda ko‘p narsaga duch keladi. Natijada “qaysi ko‘nikmani rivojlantiryapmiz?” degan savol tug‘iladi. Predmetlar koʻpligidan bola bitta narsaga diqqatini uzoq ushlay olmaydi, tezda chalg'iydi

Bebbo
2 846
Montessori oʻyinchoqlari qanday boʻladi? Montessori oʻyinchoqlari bolaning mustaqilligini, oʻz-oʻziga xizmat qilish koʻnikmal
+1
Montessori oʻyinchoqlari qanday boʻladi? Montessori oʻyinchoqlari bolaning mustaqilligini, oʻz-oʻziga xizmat qilish koʻnikmalarini, mantiqiy fikrlashini va nozik qoʻl motorikasini rivojlantirishga qaratilgan boʻladi. ⬇️ 1 Asosan yogʻoch, mato va metall (plastmassa kam). 2 Ertak qahramonlarisiz, hayotiy narsalarga asoslangan. 3 Har biri bitta aniq koʻnikmani (masalan, shaklni solishtirish yoki tugma qadash) oʻrgatadi. 4 Bola xatosini oʻzi topib, toʻgʻrilay oladi. 5 Batareya, shovqinli musiqa va yorqin chiroqlarsiz. Sizningcha, rasmdagi oʻyinchoqlar Montessori qoidalariga muvofiqmi?

Bebbo
2 846
Bola emlangandan keyin: 😷Bolada shamollash alomati kechayotgan bo‘lsa, emlash mumkin emas. Bola butunlay tuzalgandan so‘ng,
Bola emlangandan keyin: 😷Bolada shamollash alomati kechayotgan bo‘lsa, emlash mumkin emas. Bola butunlay tuzalgandan so‘ng, emlashni amalga oshirsa bo‘ladi; 📆emlashlar orasidagi muddat kamida 1 oy bo‘lishi kerak; 🚫emlashdan oldin va undan bir necha kun keyin bola bilan odamlar ko‘p to‘plangan joylarga bormaslik tavsiya etiladi. 💧Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin. 🩺Emlashga bo‘ladigan reaksiya ko‘pi bilan 2 kun davom etishi kerak. Undan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak. 🥗 bir yoshgacha bo‘lgan bolalar ratsioniga emlashdan bir necha kun oldin va keyin yangi mahsulotlarni kiritish mumkin emas; 🤱 emlash davrida emizishni davom ettirish juda muhim; 👨‍👩‍👧‍👧 bolani emlayotganingizda bola va uning oila a’zolari sog‘lom bo‘lishi kerak; 🚿emlashdan so‘ng bolani kamida bir kun davomida cho‘miltirmaslik lozim.

Bebbo
2 846
1 daqiqada kartaga pul Garovsiz, kafillarsiz va ma'lumotnomasiz 100 mlngacha kredit Oʻrnatish #reklama avo.uz

Bebbo
2 846
Prikormni (qo‘shimcha ovqatni) to‘g‘ri kiritish bolaning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.Butun umr sog’lig’ining asosiy poydevori. Oziq moddalarga ehtiyojni qoplaydi. 6 oylikdan boshlab faqat ona suti bolaning temir, rux, oqsil va boshqa moddalarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplamaydi. Chaynash va yutish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Turli konsistensiyadagi ovqatlar bolaning og‘iz-motor rivojlanishiga yordam beradi. Ta’m va ovqatlanish odatlarini shakllantiradi. Turli xil foydali mahsulotlarni erta tanishtirish sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirishga yordam beradi.E’tibor bering foydali mahsulotlar faqat Temir tanqisligining oldini olishga yordam beradi. Go‘sht, tuxum, dukkaklilar va temir bilan boyitilgan mahsulotlar muhim manba hisoblanadi. Allergiya xavfini boshqarishga yordam beradi. Ayrim allergen mahsulotlarni mos vaqtda, kichik miqdorda kiritish allergiya profilaktikasida muhim. O‘sish va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Energiya, oqsil, vitamin va minerallar bolaning jismoniy hamda aqliy rivojlanishi uchun zarur.

Bebbo
2 846
WeDRINK sutli choy brendi litsenziyasi WeDRINK sutli choy va muzqaymoq brendi litsenziyasi, hozir mahalliy investorlar jalb qilinmoqda, do‘konni ikki kishi bilan ochish mumkin. Yuqori daromad Professional trening 📞+998555156789 Telegram:+998700555165 Narxni bilish #reklama 16+ wedrink.ink

Bebbo
2 846
TOKSIKOZ | 3-qism Ko‘ngil ayniyapti deb umuman ovqat yemay qo‘ysa bo‘ladimi? Toksikoz paytida eng ko‘p uchraydigan holatlardan biri: “Nima yesam ham ko‘nglim ayniydi. Yaxshisi umuman yemay qo‘ya qolay.” Lekin bu har doim ham yaxshi fikr emas. Masalan, bir ayol shunday deydi: “Ertalab ko‘nglim juda aynirdi. Shuning uchun nonushta qilmay qo‘ydim. Tushlikkacha hech narsa yemadim. Lekin tushlikka kelib ko‘nglim yanada qattiq ayniy boshladi.” Bu holat ko‘pchilikka tanish. Shuning uchun toksikozda maqsad ko‘p ovqat yeyish emas. Maqsad organizmga ko‘tara oladigan miqdorda ovqat va suyuqlikni yetkazib turish. Ya’ni, katta porsiya emas, oz-ozdan! Ayniqsa, yog‘i kam va murakkab uglevodga boy, oddiy ovqatlar. Masalan, kartoshka, guruch, makaron, zakvaskali non yoki kraker ayrim ayollarga osonroq tushishi mumkin. (manbaa) Lekin bu degani toksikozda faqat guruch va pechenye yeyish kerak degani emas. Eng muhimi sizga ayni paytda qaysi ovqat chidamli ekanini topish. Ertalabgi toksikozda nima qilish mumkin? Ba’zi ayollarda och qoringa ko‘ngil aynishi kuchliroq bo‘ladi. Shuning uchun uyg‘oniboq katta nonushta qilish shart emas. Masalan, yotoq yonida oddiy kraker yoki non bo‘lib, avval ozgina yeyish katta yordam beradi. Albatta, katta bo’kib qoladigan bo’lak non emas. Ko’ngil aynishini bosishchalik yeyilishi kerak. Keyin asta-sekin suyuqlik va boshqa ovqatlarni qo‘shish mumkin. Bu hamma ayolda bir xil ishlaydi degani emas toksikozning qo‘zg‘atuvchilari individual.

Bebbo
2 846
Angal® tomoq yalliglanishiga qarshi. Angal sprey va pastilkalar tomoq uchun kompleks antiseptik va ogriq qoldiruvchi tasirga
Angal® tomoq yalliglanishiga qarshi. Angal sprey va pastilkalar tomoq uchun kompleks antiseptik va ogriq qoldiruvchi tasirga ega. Saytga kirish Nojoʻya taʼsirlari mavjud. Shifokor bilan maslahatlashing. #reklama apteka.uz

Bebbo
2 846
Bola nega ovqatni rad etadi? Ratsionda har doim bir xillik; Oila bilan birga ovqatlanmaslik; Kasal paytda ovqat taklif qilish
Bola nega ovqatni rad etadi? Ratsionda har doim bir xillik; Oila bilan birga ovqatlanmaslik; Kasal paytda ovqat taklif qilish; Mustaqil ovqatlanishga ruxsat bermaslik

Bebbo
2 846
O’g’limni yangi maktabi🏢 Bizada bugundan boshlandi🤍 Bolajonim boshlagan kunin hayrli barokatli bo’lsin🤲 O’qishlaringa omad tileman🙏🤲