en
Feedback
Shohida Ibragimova

Shohida Ibragimova

Open in Telegram

Пул илмининг устози Боғланиш учун @sojida_usmanova +300 000 ўқувчилар ва 99% натижа!

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Shohida Ibragimova

Channel Shohida Ibragimova (@shohida_ibragimova) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 33 959 subscribers, ranking 1 940 in the Religion & Spirituality category and 2 307 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 33 959 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 114 over the last 30 days and by -28 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 21.66%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 9.87% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 7 359 views. Within the first day, a publication typically gains 3 355 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 380.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Пул илмининг устози Боғланиш учун @sojida_usmanova +300 000 ўқувчилар ва 99% натижа!

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Religion & Spirituality category.

33 959
Subscribers
-2824 hours
-1957 days
-1 11430 days
Posts Archive
Hammasi bitta savoldan boshlangan. 2024-yilga kelib, men O'zbekiston bo'ylab 300 mingdan ortiq ayolga moliyaviy savodxonlikda
+5
Hammasi bitta savoldan boshlangan. 2024-yilga kelib, men O'zbekiston bo'ylab 300 mingdan ortiq ayolga moliyaviy savodxonlikdan dars bergandim. Rekordlarga chiqqandik. Bu ishni yaxshi bilardim. Lekin o'zimni to'xtab qolgandek his qildim. Moliyaviy savodxonlikning o'zi yetarli emas edi. Ustozim Jahongir Abidovich menga oddiy bir savol berdilar: "Endi nima qilmoqchisiz?" Aniq javobim yo'q edi. Faqat bitta tuyg'u bor edi — ayollarga darslardan ko'ra ko'proq narsa kerak, ularga biznes boshlashda haqiqiy yordam kerak. Shunda ustozim menga Muhammad Yunusning Central Asian Universityga tashrifi va Grameen Bank modeli haqida gapirib berdilar — bu foizsiz, garov emas, ishonchga asoslangan kredit berish usuli edi. Bir hafta vaqt berdilar, o'rganib chiqishim uchun. Bir haftadan keyin qaytib kelib, bu O'zbekistonda ham ishlaydi, dedim. Keyin haqiqiy sinov boshlandi. Agar buni chindan qurmoqchi bo'lsam, bir hafta emas, bir yarim yil kerak bo'lishini aytdilar. Shunday qilib, men ishga kirishdim: → Bangladesh, Turkiya va Qozog'istonga borib, shunga o'xshash modellarni o'rgandim → O'zbekistondagi deyarli barcha mikrokredit tashkilotlarini o'rgandim → Butun mamlakat bo'ylab deyarli 2000 ayol bilan yuzma-yuz gaplashdim, jumladan faqat ularni tinglash uchun Qoraqalpog'istonga ham bordim Shu izlanishlar natijasida "Ayol" loyihasi tug'ildi — islom moliyaviy tamoyillariga asoslangan, foizsiz mudoraba shartnomasi bo'yicha ishlaydigan loyiha. Bu yerda ayollar avval uch hafta davomida biznes reja tuzish, moliyaviy savodxonlik va psixologiya bo'yicha bepul ta'lim olishadi, so'ngra o'z bizneslarini boshlash uchun moliyalashtirish olishadi. Bir yildan ko'proq vaqt ichida: → 3700dan ortiq ayol o'qitildi → 300dan ortiq ayol moliyalashtirildi → Ayrim ayollar og'ir holatda kelib, biznesini boshlab ketishdi Bu voqeaning asosiy ma'nosi mikromoliyada emas. Menga tayyor reja berilmagan edi. Menga faqat qiyin bir savol va javobni o'zim topishim uchun bir yarim yil vaqt berildi. Ba'zida haqiqiy ustozlik shunday bo'ladi — kimgadir tayyor yechim berish emas, balki unga vaqt va turtki berib, o'zi to'g'ri qurishiga imkon yaratish.

+5
Hammasi bitta savoldan boshlangan. 2024-yilga kelib, men O'zbekiston bo'ylab 300 mingdan ortiq ayolga moliyaviy savodxonlikdan dars bergandim. Rekordlarga chiqqandik. Bu ishni yaxshi bilardim. Lekin o'zimni to'xtab qolgandek his qildim. Moliyaviy savodxonlikning o'zi yetarli emas edi. Ustozim Jahongir Abidovich menga oddiy bir savol berdilar: "Endi nima qilmoqchisiz?" Aniq javobim yo'q edi. Faqat bitta tuyg'u bor edi — ayollarga darslardan ko'ra ko'proq narsa kerak, ularga biznes boshlashda haqiqiy yordam kerak. Shunda ustozim menga Muhammad Yunusning Central Asian Universityga tashrifi va Grameen Bank modeli haqida gapirib berdilar — bu foizsiz, garov emas, ishonchga asoslangan kredit berish usuli edi. Bir hafta vaqt berdilar, o'rganib chiqishim uchun. Bir haftadan keyin qaytib kelib, bu O'zbekistonda ham ishlaydi, dedim. Keyin haqiqiy sinov boshlandi. Agar buni chindan qurmoqchi bo'lsam, bir hafta emas, bir yarim yil kerak bo'lishini aytdilar. Shunday qilib, men ishga kirishdim: → Bangladesh, Turkiya va Qozog'istonga borib, shunga o'xshash modellarni o'rgandim → O'zbekistondagi deyarli barcha mikrokredit tashkilotlarini o'rgandim → Butun mamlakat bo'ylab deyarli 2000 ayol bilan yuzma-yuz gaplashdim, jumladan faqat ularni tinglash uchun Qoraqalpog'istonga ham bordim Shu izlanishlar natijasida "Ayol" loyihasi tug'ildi — islom moliyaviy tamoyillariga asoslangan, foizsiz mudoraba shartnomasi bo'yicha ishlaydigan loyiha. Bu yerda ayollar avval uch hafta davomida biznes reja tuzish, moliyaviy savodxonlik va psixologiya bo'yicha bepul ta'lim olishadi, so'ngra o'z bizneslarini boshlash uchun moliyalashtirish olishadi. Bir yildan ko'proq vaqt ichida: → 3700dan ortiq ayol o'qitildi → 300dan ortiq ayol moliyalashtirildi → Ayrim ayollar og'ir holatda kelib, biznesini boshlab ketishdi Bu voqeaning asosiy ma'nosi mikromoliyada emas. Menga tayyor reja berilmagan edi. Menga faqat qiyin bir savol va javobni o'zim topishim uchun bir yarim yil vaqt berildi. Ba'zida haqiqiy ustozlik shunday bo'ladi — kimgadir tayyor yechim berish emas, balki unga vaqt va turtki berib, o'zi to'g'ri qurishiga imkon yaratish.

Bu safar zalda o‘tirib, Prezidentimizga uzoq qaradim… Har yili Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq
+9
Bu safar zalda o‘tirib, Prezidentimizga uzoq qaradim… Har yili Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida qatnashaman. Har safar bu uchrashuvdan qalbim hayajonga, ko‘zlarim yoshga, ruhim esa yangi kuchga to‘lib chiqadi. Lekin bu safar yuragimdan boshqacha tuyg‘ular o‘tdi… Prezidentimizning yoshlari ulg‘ayib borayotganini o‘ylasam, kayfiyatim tushadi. Chunki hali ular yaratgan imkoniyatlarning mevasini ko‘p ko‘rishlari kerak! Hali minglab o‘zbek ayollarining yutuqlaridan faxrlanishlari, bizning ko‘ksimizga ko‘plab medallar taqishlari kerak… Ularning bizga aytgan bir gaplari esa doim qulog‘imda jaranglaydi: “Qizim, men senga ishonaman. Sen hali juda katta ishlarni qilasan. Esingizda bo‘lsin: sizlarning ortingizda Men — Prezident turibman!” Bu oddiy gap emas… Bu — bizga bildirilgan ishonch. Bu — yelkamizdagi ulkan mas’uliyat! Shunday mehnat qilaylikki, ular bizning yutuqlarimizni ko‘rib: “Men ishongan ayollar mana shular!” — deb faxrlansinlar. Siz Prezidentimiz bilan uchrashganizda nima aytgan bo'lardingiz?

+1
AYOL_bosqichlar_jadvali_TOLIQ.xlsx0.11 KB

Mendan jurnalistlar "Ayol tadbirkorlarni qo'llab-quvatlashda xalqaro moliya institutlarining o'rni qanaqa?" deb so'rashdi. Mo
Mendan jurnalistlar "Ayol tadbirkorlarni qo'llab-quvatlashda xalqaro moliya institutlarining o'rni qanaqa?" deb so'rashdi. Moliyaviy inklyuziya, ya'ni pul va moliyaviy xizmatlarga hamma uchun yo'l ochish mavzusida maqola tayyorlayotgan muxbirlar O'zbekistondagi vaziyatni qisqacha sharhlashimni so'rashdi. Mana bu yerda to'liq maqolani o'qishingiz mumkin. Ayol mikromoliya tashkiloti rahbari hamda Central Asian University prorektori sifatida oxirgi vaqtda jahon tajribasini ko'p o'rgandim. Xalqaro moliya institutlari, masalan, Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi butun dunyo bo'ylab ayollarni qo'llab-quvvatlash uchun milliardlab dollarlar sarflashyapti. Nima uchun? Chunki jamiyatda ayol obro'li bo'lsa, u o'z ishiga ega bo'lsa, uning o'z mol-mulki va jamg'armalari bo'lsa, qo'yingki, shunchaki yaxshi daromad topsa... Bundan hamma yutadi. U topganini oilasiga, jamiyatga qaytaradi. Boyligini ijtimoiy rivojlanish uchun yo'naltiradi. Sizda 1 million dollar bo'lganida uni oilangiz va jamiyat uchun uni qanday sarflagan bo'lardingiz?

Qanday qilib moliyaviy savodxonlikni ayollar mustaqilligi quroliga aylantirish mumkin? Aynan shu mavzuda men 15-oktyabr kuni
Qanday qilib moliyaviy savodxonlikni ayollar mustaqilligi quroliga aylantirish mumkin? Aynan shu mavzuda men 15-oktyabr kuni Qozogʻistonning Olma-ota shahrida oʻtkaziladigan yirik BE WOMAN konferensiyasi sahnasida chiqish qilaman. Qarang, BE WOMAN meni qanday tanishtiryapti:
Shohida Ibragimova — PhD, investor, tadbirkor hamda Markaziy Osiyoda moliyaviy savodxonlik, investitsiyalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha ekspert.
💰 30 000 dan ortiq kishi uning taʼlim dasturlarida tahsil olib; moliya, investitsiyalar va kapitalni boshqarish boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻldi.
👩‍💼 "Ayol by CAU" hammuassisi: ushbu tashabbus tadbirkorlikni oʻrgatish hamda ayollarning oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishlari uchun moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanishlarini birlashtiradi.
📈 Shuningdek, biznes-angel va mentor sifatida faoliyat yuritib, Oʻzbekistondagi startaplar, tadbirkorlar va istiqbolli loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi.
15-oktyabr kuni u ilk bor BE WOMAN sahnasida chiqish qiladi.
📍 Olmaota shahri, Respublika saroyi.
Batafsil ma'lumot bewoman.asia saytida.
Qachonlardir bunday katta sahnaga chiqish men uchun katta orzu edi. Mana bugun shu yangi marrani zabt etdim. Siz uchun erishib boʻlmas deb tuyulgan, ammo yillar oʻtib ushalgan orzuyingiz nima?

Bitta niyat qib qo'ying, bo'lishgim keldi🥹 Bugun Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg
+7
Bitta niyat qib qo'ying, bo'lishgim keldi🥹 Bugun Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan unutilmas business networking kechasida ishtirok etdim. Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri — Yale universiteti professorlari bilan bir davrada muloqot qilish, ularning xalqaro tajribalarini tinglash va yangi g‘oyalar almashish men uchun juda manfaatli bo‘ldi. Ayniqsa, kecha davomida qalbimni faxr va quvonchga to‘ldirgan lahzalar bo‘ldi: Yale professorlari o‘g‘limning salohiyatiga juda yuqori baho berib, uning kelajagi buyuk ekanligini ta’kidlashdi. "Qancha talabalar bilan muloqot qilgan bo‘lsak, o‘g‘lingiz kabi intiluvchan va iqtidorlisini kam uchratganmiz," degan e’tiroflari onalik gururimni tog‘day ko‘tardi.🥹 Bundan tashqari, professorlar meni Yale universitetida @ayol_cau mikromoliya tashkilotini yanada rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim va malaka oshirishga taklif qilishdi. Bu men va loyihalarimiz uchun yangi eshiklar, yangi imkoniyatlar deganidir!👍🏻 Biznesda to‘g‘ri muhit va kuchli aloqalar (networking) – bu muvaffaqiyatning eng muhim omillaridan biri. Mana shunday nufuzli tadbirga taklif va ajoyib tashkilotchilik uchun jamg‘arma ijrochi direktori Mirzobek Quldoshov va butun jamoaga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Siz ham shunday tadbirlarga kelishni hohlisizmi? Agar ha bo'sa yozib qoldiring. Iltimos qilaman Siz uchun☺️

⚡️⚡️Ko'pchilik qanchalik muhimligini sezmagan katta bir voqelik haqida sizga aytib bermoqchiman. Sun'iy intellekt bilan shug'
⚡️⚡️Ko'pchilik qanchalik muhimligini sezmagan katta bir voqelik haqida sizga aytib bermoqchiman. Sun'iy intellekt bilan shug'ullanuvchi uchta kompaniya Anthropic, ChatGPT va Cursor O'zbekistondagi top 10 eng yirik xorijiy raqamli xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar ro'yxatiga kirdi. O'zbekistonliklar oyiga ushbu servislar uchun 1,5 million dollar sarflayotgan ekan (6 oyda $9M+). O'tgan yili esa shuncha mablag' bir oy emas, bir yil davomida to'lanayotgan edi. Bu 12 baravar o'sish degani. 🤯 Mening esa xayolimda "aholimizning sun'iy intellekt instrumentlaridan foydalanishidagi o'sish Ayol loyihamizdagi xotin-qizlar uchun nimani anglatadi?" degan savol aylana boshladi. 👩‍💻 Bundan o'n yilcha avval bizda universitetga topshirgan har 10 ta abituriyentning bor-yo'g'i bittasi talaba bo'la olardi. Ya'ni 100 ta abituriyentdan ko'pi bilan 5-6 ta (!) qiz o'qishga kirardi. Keyin O'zbekistonga internet faol kirib keldi, ammo undan foydalanish ilmi bo'lmagani uchun ko'plab odamlar, shu qatori, ayollar ham internet deganda asosan Telegramni yoki ijtimoiy tarmoqlarni tushundi. Sun'iy intellekt esa umuman boshqacha davrni boshlab berdi. Uni ishlatish juda qulay va oson. Istagan savolingizni so'rang, suhbatlashing, maslahatlashing, SI siz uchun yordamchi, ustoz va yo'l-yo'riq ko'rsatuvchiga aylanadi, qoladi. Men oxirgi yillarda minglab ayollar bilan, xususan, Ayol loyihasi orqali ishlar ekanman, birgina imkoniyat ayol hamda uning oilasi shart-sharoitini qanchalik o'zgartirib yuborishini yaxshi bilaman. Shuning uchun sun'iy intellektning rolini yuqori baholash mumkin. Xo'sh, oyiga to'lanayotgan 1,5 million dollarda sizning hissangiz bormi? Ishbilarmonlarim, yozib keting, nimalar uchun uni ishlatasiz?

Bugun Sizga o'zim ishlatadigan zo'r formula beraman. Saqlab qo'ying! Ko'pchilik Dubayga hordiq chiqarish uchun keladi. Ammo m
+9
Bugun Sizga o'zim ishlatadigan zo'r formula beraman. Saqlab qo'ying! Ko'pchilik Dubayga hordiq chiqarish uchun keladi. Ammo men uchun bu safargi manzil — dam olish emas, kelajak uchun qo'yilgan eng muhim va qimmatli qadamlardan biridir. Keling, barchasini sizga yozilmagan qonuniyatlar va qalbimdagi kechinmalar orqali so'zlab beray. Muvaffaqiyatning 100% ishlaydigan siri: Bir kuni ustozim menga shunday degandilar: "Shohidaxon, qachon o'sishga tayyor bo'lsangiz, namozlaringizda har kuni shunday duo qiling: 'Allohim, men yangi ilmga, yangi darajaga, yangi ustozlarga, yangi insonlarga, yangi mas'uliyatga va halol rizqqa ochiqman. Menga yangi ustozlar, kuchli atrof-muhit, imoniyatlar va katta baraka jo'nat. Faqat eng xayrlisini nasib qilgin.'" Ochig'i, o'shanda bu duoning hayotimni shunchalik o'zgartirib yuborishini tasavvur ham qilmagandim. Aynan shu ishonch va niyat ortidan bugun men quyidagi natijalarga erishdim: - 5 farzandning onasi, sevimli rafiqa va farzand bo'lish baxti; -Moliyaviy erkin, investor bo'lish va o'z bizneslarimga asos solish; - 300,000 dan ziyod ayollarga moliyaviy savodxonlik bo'yicha ustoz va yo'lboshchi bo'lish; -Xalqaro rekordlar kitobiga kirish (bir kunda 4500 insonga 8 soat uzluksiz ilm ulashish); -Dunyoga mashhur insonlar bilan uchrashuvlar, 100 ga yaqin kuchli jamoadoshlar va eng zo'r ustozlar; - CAU'da prorektorlik vazifasi va orzuimdagi eng xayrli ish — "Ayol" mikromoliya tashkilotiga asos solish. Ammo ko'pchilik qiladigan bitta katta xato bor... Atrofdagilar faqatgina natijani ko'radi va hammasiga birdaniga, tezda erishishni xohlaydi. O'ziga yetib bo'lmas maqsadlar qo'yadi. Aslida esa, hammasi qadama-qadam, birma-bir bo'lishi shart. Avval bitta katta maqsad, keyin navbatdagisi. Har bir davrning o'ziga yarasha mas'uliyati, mashaqqati, muammosi va albatta, ajri bor. Yuqoridagi yutuqlarga erishish uchun mening naq 15 yil vaqtim ketdi. Bugun esa — yangi bosqich. Nega aynan Dubay? Alloh sizni o'stirishni xohlasa, qulay joyda emas, aynan sizga kerakli joyda bo'lishingizga sababchi qilar ekan. Bugun men Dubayda, Islomiy bank tizimini amaliyotda o'rganayotgan auditoriyadaman. Bu yerdagi asosiy maqsadim — shunchaki qog'ozdagi sertifikat emas. Biz kitobdagi quruq nazariyani emas, balki banklarda ishlayotgan haqiqiy Islomiy bank dasturini o'rganyapmiz. Endagi Yangi va eng katta maqsadim: "Ayol" mikromoliya tashkilotini butun O'zbekiston bo'ylab kengaytirish, ayollarimizni moliyaviy erkin bo'lishlariga ko'maklashish va yurtimizda Ayollar uchun birinchi Islomiy bankni ochish!🔥🚀 Niyatim qanchalik ulkan bo'lsa, ichimdagi mas'uliyat va qo'rquv ham shunchalik katta. Ammo bu yo'lda ortga qaytish yo'q.😭 Nima deb o'ylaysiz, bu katta marrani ham eplay olamanmi? 😭🥹

🎖️ #etirof Bugun men uchun juda quvonchli va hayajonli kun. "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni — bu avvalo Muhtaram Prezi
+4
🎖️ #etirof Bugun men uchun juda quvonchli va hayajonli kun. "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni — bu avvalo Muhtaram Prezidentimizning xotin-qizlar kelajagiga qaratayotgan yuksak ishonchi hamda e'tibori ramzidir. 🎖 Bu e'tirof shaxsiy yutuqdan ko'ra ko'proq yelkaga ulkan mas'uliyat yuklaydi. U bizni to‘xtab qolishga emas, jamiyatimiz, xususan, ayollarimiz va yoshlarimiz rivoji yo'lida yanada ko‘proq xizmat qilishga undaydi. 🚀 Bildirilgan yuksak ishonch uchun tashakkur! Har bir shu yerdagi milliarderimga bu tuyg'uni his qilishni tilab qolaman🚀

Aksariyat insonlar, “xarobadan chiqqan millioner” kabi voqealarni sevib tinglashadi. Chunki boyni yanada boyishi hech kimga qiziq emas. Lekin… Boyni boyish ehtimoli, kambag’alni boyish ehtimolidan ANCHA yuqori. Shuning uchun haqiqatga tik boqish o’rniga, imkoni deyarli yo’q narsalar bilan o’zimizni ovutishga harakat qilamiz. Siz muvaffaqiyatli deb hisoblagan insonlarni 99,9%, boy oilada tug’ilgan yoki boy oila bilan quda bo’lgan. Ishonmasangiz, ular internetda ko’pirtirib aytgan “ertak”lardan ko’ra, ular katta bo’lgan oilani yaxshilab surishtirib ko’ring. Elon Musk’ni otasini Rolls Royse haydagan. Bill Gates Amerikada kompyuteri bor yagona maktabga borgan. Donald Trump’ni otasi Nyu Yorkni eng katta quruvchilaridan bo’lgan. Nima demoqchiligimni tushundingiz. Binoni qurish uchun eng katta vaqt va pul fundament qismiga ketadi. Boylar o’z farzandlari uchun aynan shu fundamentni qurib, ba’zilari esa binoni ham ko’tarib qo’yishgan. Farzandlari o’sha binoni davom ettirsa bas. Kambag’alda esa na fundament bor na bino qurish uchun pul. U bino qurish kerakligini anglab yetguncha qarib kuchdan qoladi. Agar bu gaplarimni o’qib, “dunyo naqadar adolatsiz” deb o’ylayotgan bo’lsangiz, judayam to’g’ri o’ylayabsiz. Undan adolat kutish bu huddi samalyotdan parashutsiz sakrab tirik qolishdek gap. Nima qilish kerak? Kambag’alni boyib ketganini o’rganish o’rniga boylarni yanada qanday boyiganini o’rganish afzal. Chunki, birinchisida OMAD juda katta rol o’ynaydi, ikkinchisida esa uzoq tuzilgan strategik qarorlar. Omadni o’rganish imkonsiz lekin strategik qarorlarda o’xshashliklar bor va ularni o’rganish mumkin. Boylarni yomon otliqqa chiqarganingiz bilan ular kambag’allashib qolmaydi. Ularga yaqinlashing, shogird bo’ling, xizmatini qiling, va o’rganing. Yuqoridagilarni qilganingiz bilan ham butun umr kambag’al bo’lib o’tishingiz mumkin lekin boyish ehtimolligini oshirib beradi. Hech bo’lmasa “fundament”ni qazib qo’ying! Shahbozbekdan ilhomlanib olindi👍🏻

Bugun seminarda eshitgan eng kuchli biznes insightlarim. Buni har bir tadbirkor kamida bir marta o’qishi kerak. 0 dan 1 ga o’tish — nusxa ko’chirish emas. Bozorda yo’q narsani yaratish. Asoschi operatsiyada emas, strategiyada yashashi kerak. Operatsiyani kuchli COO boshqarsin, asoschi esa kelajakni qursin. Missiya og’riqdan tug’iladi. Eng kuchli kompaniyalar: “Men shu muammoni boshdan o’tkazdim. Endi boshqalar buni boshdan kechirmasin.” degan g’oya ustiga quriladi. Eng katta xato — hammani o’zingizga o’xshatish. Kuchli jamoa klonlardan emas, turli kuchli odamlardan yig’iladi. Ishga olayotganda diplomdan oldin fe’l-atvorga qarang. Mutaxassisni o’qitish mumkin. Insoflilikni emas. Liderning vazifasi — odamlarni boshqarish emas, ularni o’stirish. Agar xodim sizni sevishini istasangiz, birinchi bo’lib siz xodimingizni qadrlang. Har bir xodimning o’z orzusi bor. Buyuk kompaniyalar faqat o’z maqsadiga emas, jamoasining orzulariga ham xizmat qiladi. Kompaniyani “qo’lda ushlab turish” — o’sishni to’xtatadi. Tizim quring, hamma narsa sizga bog’liq bo’lmasin. Biznesning eng katta aktivi pul emas. To’g’ri odamlar. 📌 Shu 10 ta fikrning o’zi ko’p tadbirkorlarning yillarini tejashi mumkin. Save qilib qo’ying. Bir kun albatta kerak bo’ladi.

Allohdan so'rang gol urib tashilik🤲

Shuni bitta eshiting! Judayaaam ta'sirlandim👏

Repost from MM "MUFEED MOLIYA"
@chiroylimoliya 300 000 soat…

🤔Nega sinfdagi eng a'lochi bolalar doim ham hayotda eng muvaffaqiyatli bo'lavermaydi? Yoki nega maktabda oddiygina o'qiganla
🤔Nega sinfdagi eng a'lochi bolalar doim ham hayotda eng muvaffaqiyatli bo'lavermaydi? Yoki nega maktabda oddiygina o'qiganlar kutilmaganda yirik bizneslarni qurib tashlaydi? Biz hammamiz bolalikdan bir xavfli yolg'onga ishontirilganmiz: "Iqtidor tug'ma bo'ladi. Bunga mening kallam ishlamaydi". Shu birgina o'y qanchadan-qancha orzularni boshlanmasidanoq o'ldirganini tasavvur ham qila olmaysiz. Stenford universiteti professori Kerol Dvek o'zining "Dunyoqarash: Muvaffaqiyatning yangi psixologiyasi" asarida o'nlab yillik ilmiy tadqiqotlari bilan bu qafasni majaqlab tashlaydi. O'qishni tavsiya qilamanmi? Yo'q, shunchaki tavsiya qilmayman. Men bu kitobni o'qishni har bir inson uchun SHART deb bilaman! Kitob sizning hayotingizni ikkiga bo'lib yuboradigan juda oddiy, lekin daxshatli haqiqatni ochib beradi. Odamlar ikki xil dunyoqarash bilan yashaydi: 1. "Qotib qolgan" dunyoqarash (Fixed mindset): Bu insonlar xato qilishdan o'lgudek qo'rqishadi. Qiyinchilikka uchrashsa, o'zini oqlashni boshlaydi va tezda taslim bo'ladi. 2. "O'sishga moyil" dunyoqarash (Growth mindset): Ular uchun miya - oddiy mushak. Qancha ko'p qiynasang, shuncha kuchayadi. Ular xatolarni fojia emas, balki rivojlanish uchun tekinga olingan "master-klass" deb qabul qilishadi. Iqtidor bu shunchaki start, marraga esa faqat mehnat va o'rganish orqali yetib borishini bilishadi. Nima uchun bu asar javoningizda turishi kerak? Shaxsiy yuksalish: O'zingizni "qila olmayman" degan cheklovlardan to'liq xalos qilasiz. Farzand tarbiyasi: Bolani "Sen zo'rsan, aqllisan" deb maqtash uning rivojlanishini qanday qilib to'xtatib qo'yishi mumkinligini o'qib, hayratda qolasiz (ota-onalar uchun eng muhim qism!). Karyera va Biznes: Muammolardan qochadigan emas, ularga tik qaraydigan yengilmas jamoa qurish sirlarini o'rganasiz. Menga juda qiziq🤔 Siz o'zingizni qaysi toifaga kiritasiz? Qiyinchilik ko'rsa tushkunlikka tushadiganlarmi yoki "buni qanday yengsam bo'ladi" deb yechim qidiradiganlarmi?

😢МЕНИ ЙИҒЛАТГАН ВОҚЕА (албатта ўқинг...) — Дада, менга банан олиб берасизми?- деди қизалоқ. — Пулимиз қолса кейинги ҳафта албатта олиб бераман. Сўз бераман, қизим деди,- эркак. Шундоққина орқасидан кетаётганимни пайқамади. Сотувчига яқинлашдим: — Ҳов, анави ота-болани кўряпсизми?- дедим.- Уларга икки кило банан ўлчанг. Ўша ота-бола пештахтангиз ёнидан ўтиб кетаётиб банан нархини сўрасаю олмаса, орқасидан чақиринг ва “Ўтган ҳафта сизга қайтим беролмагандим, шу бананни олинг, рози-ризолик бўлсин” дейсиз. Ота фарзандининг ёнида боши букилмасин. Боланинг кўнгли банан истабди, ўксинмасин. Аллоҳ олдида ваъда бераман, пулини икки ҳисси ортиғи билан тўлайман. Ўзим ҳам ўн кило банан олиб кетаман. Энди мен сизларни орқа томондан кузатиб тураман. Эркак қизчасининг қўлидан тутиб бошқа томонга бурилмоқчи бўлди. Қизи банан пештахтасини кўришини истамасди, бояқиш. Банан сотувчи йигит айтганимдай қилди. Қизалоқ банан солинган халтани дадасига қўймай ўзи кўтариб олди. Эркак ҳаммасини тушунганди аслида. Банан сотувчи яхшилик қилиш учун бир баҳона ўйлаб топди, деб тушунганди. Бошини қуйи солганча юриб кетар экан, охирги бор банан сотувчи йигитга қараб, синиқ нигоҳлари билан миннатдорчилик билдирди. Банан сотувчи мендан пул олмади. Кўз ёшларини яшириш учун юзини четга бурди. Шунақа, яхшилик қилиш аслида жуда ҳам осон. Аммо ҳамма гап отани уялтирмасликда эди. Шукр, буни бажариш бизга насиб бўлди. Аслида бананнинг килоси ўн беш минг сўм эди. Лекин бўлмаса, шуни ҳам топиш маҳол-да! Лекин мени қаттиқ таъсирлантирган жойи қизалоқ халта ичидан битта бананни олиб емоқчи бўлганида отасининг: — Уйда ейсан, хўпми, қизим? Егиси келиб, ололмаганлар бор…- дегани бўлди… СИЗ ХАМ ШУНДАЙ ҒОЙИБДАН КИМГАДИР ЯХШИЛИК ҚИЛА ОЛАСИЗМИ?

Katta maqsadlar — katta eshiklarni ochadi. Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumidagi uchrashuv va kutilmagan davom... Vengriyaning sobiq Prezidenti Katalin Novák xonimdan kelgan shaxsiy xabar loyihamiz global darajada e'tirof etilayotganidan nishona. Milliy qadriyatlarimiz bilan dunyo sahnasiga chiqish vaqti keldi. 💬 Sizningcha, o‘zbek milliy brendlarining jahon bozorida tanilishiga eng asosiy omil nima? Izohda fikringizni qoldiring.

😱 Milliarderlarim, hozirgacha bo‘lgan eng kutilmagan xabarni oldim… Kecha menga mashhur Yevropa davlatining sobiq Prezidenti shaxsan o‘zi yozdi va meni o‘z davlatiga taklif qildi. 😭 Bir necha yil oldin buni kimdir aytganida, ehtimol ishonmagan bo‘lardim. Lekin bugun yana bir narsaga amin bo‘ldim: katta orzular qo‘rqitishi kerak. Agar orzuingiz sizni qo‘rqitmayotgan bo‘lsa, demak u juda kichik. Alloh ba’zan siz tasavvur ham qilmagan eshiklarni ochib qo‘yar ekan. Siz faqat niyat qiling, harakat qiling va to‘xtamang. Xo‘sh, kim deb o‘ylaysiz? 👀 P.S. Javobingizni izohlarda kutaman. Eng yaqin topgan odamga kichkina sovg‘am bor. ❤️

😊Futbol fanatiman, uyqu yo'q, ertaga O'zbekiston yutushini Allohdan duo qilib so'ravomman. Va ijod kelganda yozib qo'ymasam yana esimdan chiqadi. Kechasi turg'izib yuborgan bo'lsam uzr so'rayman. Ijodga baho berasiz o'ziz😊 Pulingiz bo'lmasa... Cho'ntakda himir yo'q, davralarda esa gapingizni ilib ketishadi. Shu on ichingizdi: kun keladi bir kun boyib ketkanimda hammaga ko'rsatib qo'yaman!" Lekin, to'xtang! Kimgadir "ko'z-ko'z" qilish uchun, "status" uchun boyish-bu hayotdagi eng katta adashish. Nega deysizmi? 1. Kimo'zar poygada yutqazasiz. Doim "odamlar ko'rsin" deb yashaydiganlar, o'z xotirjamligi uchun yashaydiganlardan 7-10 yil kamroq umr ko'rishadi. Asablar emirilgani, qolgani shunchaki "shou". 2. Pul aql bermaydi. Qo'lingizga mikrofon tegsa-yu, xalqqa aytadigan tayinli dardingiz bo'lmasa, sizni ertagayoq unutishadi. Dunyoda milliarderlar ko'p, lekin faqat donishmandlari (Navoi, Xorazmiy, Beruniy) esda qoladi. Unda nega boyish kerak? Birodar, boylik - bu kimgadir kiyimingizni ko'rsatish emas. Boylik bu: Yaqinlaringizga suyanish tog'i bo'lish. Onangiz yoki bolangizga dard kelsa, quruq "sabir qiling" emas, amaliy yordam berish uchun kerak. Ozod bo'lish. Sizni hurmat qilmaydigan joyda "pul uchun" chidab o'tirmaslik uchun. O'z xohishingiz bilan, sizni o'stiradigan insonlar bilan ishlash erkinligi uchun. Farzandlarni xor qilmaslik. Ular tirikchilik uchun emas, orzu qilgan sohasida yashashi uchun. Imom A'zam (Abu Hanifa) hazratlari shahardagi eng katta hovlida yashaganlar. "Nega bunchalik dabdaba?" deyishsa: "Mehmonlar sig'sin, yordam so'ragan bechoralar eshigimdan bo'sh qaytmasin" deb javob berganlar. Xulosa: Pulingiz yo'qligi sababli sizga qilingan hurmatsizlikni yopish uchun emas, yaqinlaringizning va yordamga muhtoj insonlarning duosini olish uchun boying! O'zingiz yoqtirmagan odamlarga "yo'q" deya olish huquqini sotib olish uchun ishlang. Pul - bu meva. Boylik - bu moliyaviy erkinlik degan mevali daraxtdir. Fikrlaringiz, qalbingiz va ishingiz shu qadar toza va zo'r bo'lsinki, u avval insonlar qalbidan joy olsin, oxiri borib esa katta boylikka o'zi ulanib ketsin! (Bu gaplar kimdir uchun kerakli vaqtda kelgan bo'lishi mumkin, ulashib qo'ying).