🇵🇸 Daniya kundaligi🇩🇰🇺🇿
Open in Telegram
Assalomu aleykum kanal a’zolari. Bu kanalda Daniyadagi hayot, o’qish, ishlash, sayohat va bazi sohadagi muhim deb o’ylagan (o’ta shaxsiy) fikrlarimni berib boraman.
Show more264
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Avstriya poytaxti Vena shahridaman. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti katta komferensiya o’tkazyapti. Mavzu Ukraina krizisi va unga bog’liq odam savdosi. 100 dan ortiq davlatdan vakillar kelgan. Men Daniyadagi bir tashkilot nomidan qatnashyapman.
O’zbek bayrog’ini ko’rib qoldim ammo hech kim kelmabdi.
Aytgancha, Vena ancha chiroyliroq ekan Kopengagendan ko’ra. Menga shunaqa tuyuldi. Daniyada odam oq-qora zamonda yashaganday bo’ladi. Ammo, ingliz tilida gapirishni unchalik yoqtirishmas ekan. Nemis tilida xuddi sizni urushayotganday gapirishadi. Qiziq voqea, kecha pokiston oshxonasiga kirib ancha ovqatlardan yeb bo’lib qancha bo’ladi desam ko’ngildan chiqarib beravering deydi😊. 8yevro berib chiqib ketdim, Daniyada uncha ovqatga kamida 20yevro to’laysiz.
Sayohat qilish har doim yaxshi, qiziq voqealar va odamlarni ko’rasiz.
06.12.23
https://t.me/lifeindenmark00
Nima eksang shuni o’rasan
O’tgan shanba yig’ilgan edik. Yana bir bor amin bo’ldimki, oldiga maqsad qo’yib, qattiq harakat qiluvchi insonlargina oilasi kelajagi uchun poydevor ekan. Unday insonlar oddiy yashab o’tib ketishga rozi bo’lmaydi. Daniyaning ko’zga ko’rinarli joylarida yaxshi lavozimda ishlaydigan bu akalarning farzandlari ham shu muhit va ta’lim bilan o’sishyapti. Ba’zida biz hech kim bo’lmadik endi farzandimiz bo’ladi degan “uzrli bahona”ni eshitib qolaman, ammo bu oddiy gapdan boshqa narsa emas. Aslida, siz harakat qilib o’zingizni xolatingizni o’nglamasangiz farzandingizdan katta narsa kutish aqlli insonning ishi emas. Bitta misol, o’sha kuni muzlatgich ustida bolalar uchun tayyorlangan haftalik kalendarni ko’rib qoldim. 7 kun to’la. Aqliy va jismoniy tarbiyasi uchun kerak hamma fanlar, to’garaklarga borishar ekan. Hammasining bolalari eng yaxshi maktablarga borishadi. Ular esa aqlini taniboq, men ham injiner, manager, moliyachi bo’laman deyishadi, albatta. Win-win!
https://t.me/lifeindenmark00
Dan tili
Daniya tilini o’rganyapman. Daniyada uzoq muddat qolaman deganlar uchun va jamiyatdagi dinamikani tushunish uchun zarur. Ancha qiyin til ayniqsa talafuzi ammo ingliz tilini bilganlar uchun ko’p o’xshashliklari bor. Ingliz tilidagi so’zlarni ko’pchiligi o’xshaydi faqat boshqacha talafuz qilinadi. Qiziq tarafi, danchani bilsangiz Norvegiya, Shvetsiyada ham kun ko’ra olasiz. Skandinav tillari bir-biriga juda o’xshash.
O’qishga 2000krona(tahminan 180$) deposit to’laysiz. Bu talaba masulyatni his qilishi uchun xolos. O’qishni tugataman desangiz va testdan o’ta olsangiz pulingizni qaytarib berishadi. Darsni o’zingiz xoxlagan kunga qo’yasiz. Kunduzi ishlaydiganlar kechasi 21.00 da ham darslar olsa bo’ladi. Kitob va boshqa materiallar tekin beriladi. Undan tashqari til o’rganish jarayonida kamida 10 xil millatdagi odamlar bilan tanishasiz, do’st bo’lasiz, balki birinchi ishingizni topishda shu sabab bo’lishi mumkin. Imkoniyatlar keng, foydalanish kerak.
20.11.23
https://t.me/lifeindenmark00
1933-yillarda Falastin hukumati tomonidan Isroillik yahudiyga berilgan qochoqlik hujjati. 1948-yildagina Britaniya ochib bergan yo’l orqali Isroil haligacha Falastin xalqini ochiq osmon ostidagi qamoqxonada saqlab kelmoqda. Shu yildan keyin butun dunyodan shu jumladan O’zbekistondan ham minglab yahudiylar Isroilga ko’chib ketishgan. Isroilda “asl vatanga qaytish” qonuni bor. Bu qonun yahudiy millatida bo’lgan odam uchun Isroil fuqoroligini berishga xizmat qiladi. Agar Afrikadagi yahud ota-bobosining yahudiy bo’lganini isbotlab bersa unga Isroil pasporti beriladi. Ammo, ularning ikki yuzli zolim ekanini shu qonunni o’zini buzganda bilsa bo’ladi. Agar yahudiy qora Afrikalik bo’lsa unga ishchi past odam deb qarashadi yoki yahudlikdan chiqib boshqa dinga kirsa uni haydashadi mamlakatdan.
19.11.23
https://t.me/lifeindenmark00
Erkin ta’lim
Kursdoshlarim bosh ko’tarishyapti. Sabab: diplom ishimizning mavzularini tanlashga oz muddat berilgani va bizga mavzu tanlash bo’yicha yo’riqnoma berilmagani. Ba’zilari o’qishni tashayman desa ba’zilari professorlarga e’tiroz xati yozishni taklif qilishdi va bir necha daqiqa ichida xatni yozib hamma tomonidan tasdiq ham olindi.
Taqqoslash: O’zb.da talaba o’qituvchi ustidan biror shikoyat yozsa uning imejiga qattiq dog’ tegadi va o’sha o’qituvchi uning baho olmasligi uchun hamma narsa qiladi. Bu o’qish tizimining ham monopoliya va eskirgan ekanini ko’rsatadi. Yana bir misol, Koreyada ham professor “untouchable” ya’ni tegib bo’lmas shaxs sifatida ko’riladi. U nima desa haq. Lekin ularda nisbiy akademik erkinlik bor, fan tanlash, vaqt, forma, va hk.
P.S. Erkin ta’limdagina o’z haqqini talab qiladigan va boshqalar haqqini yemaydigan insonlar yetishib chiqadi. Ular pora olmaydi, tezda qing’ir yo’l izlamaydi. Jamoaning fikri bilan hisoblashadi.
16.11.23
https://t.me/lifeindenmark00
Qora turkni ilk bor ko’rdim. Ismi Atlas ekan. Ganadan asrab olingan bola. Onasi turk, otasi daniyalik. Turkcha, dancha, inglizchada ravon gaplashadi. Bu yerlarda dunyoning hamma yeridan kelganlar bor. Odam qadami yetmaydigan Grelandiyadan, Faroe orollaridan, Afrikaning eng xavfli yerlaridan kelganlar bilan gaplashsangiz o’zingiz yashab turgan 1D dunyodan 3D dunyoga o’tasiz. Ming xil din haqida nafaqat eshitasiz balki ko’zingiz bilan o’sha odamlarni ko’rasiz. Urushdan qochgan, kambag’allikdan qochgan, siyosiy tahdiddan qutilish uchun kelganlar bor.
Qancha ko’p inson bilan gaplashsangiz shuncha fikr doirangiz ochiladi, dunyoga kengroq qaraysiz, o’z yo’lingizga yopishib qolmaysiz ekan. Bu g’arbda yashashning bir qiziq jihati.
10.11.23
https://t.me/lifeindenmark00
Isroil armiyasidagi xolat.
Askarni majburlab avtobusga chiqarmoqchi bo’lgan boshliq deyapti:
Senda qurol bor, ularda hech narsa yo’q. Biz ulardan kuchlimiz.
Askar: ular o’limdan qo’rqmaydi, men o’lishni xoxlamayman, yashashni xoxlayman, ketmayman.
Isroil yoshlarini armiyadan bosh tortgani uchun 50-60 kunlik qamoqqa tashlashyapti ekan.
Bunday xolatlarni ko’p guvohi bo’lyapmiz, yashirin xabarlarda kelib qoladi. Hech qachon buni hamma biladigan yangiliklarda qo’yishmaydi.
Ha aytgancha, 7-oktabrdan boshlab Falastin haqida o’zining bir necha minglab obunachisi bo’lgan sahifasida hech bo’lmasa bir so’z yozmagan yoki gapirmagan odamni uzuri yo’q deb bilaman. Nimadan, kimdan qo’rqish mumkin ortiq?
10.11.23
https://t.me/lifeindenmark00
Tavsiya qilaman
“Isroil lobbiysi va Amerika tashqi siyosati”.
Juda qiziq kitob. Amerikaning tashqi siyosatidagi yahudiylarning o’rni va ularning to’g’ridan-to’g’ri hozrgi dunyoga ta’sirini ko’rsatib beruvchi kitob. Qanday qilib bor yo’g’i 16 mln bo’lgan yahudiylar butun dunyoga ta’sir qilayotganini dalillar bilan ochib bergan. Hamma ular bilan hisoblashish kerak go’yoki. Ochiqroq aytganda, Garvard universiteti professori tomonidan yozilagan kitob, Amerika qanday qilib yahudiylarning o’yinchog’iga aylanib qolganini ko’rsatib beradi. Amerika esa dunyoning “lideri” sifatida yahudlarga xizmat qiladi. Shuning uchun Amerika Isroilga bir tikan kirsa o’nta qilib qaytaradi.
https://t.me/lifeindenmark00
Tinchlik
Bugun o’zbeklar yig’ilgandik. Doimgiday juda qiziq mavzulardan keyin asosiy gap O’zbekiston haqida ketdi. Ta’lim, iqtisod, IT, hamma sohadagi expertlar bor oramizda.
Videoda ko’rib turganingizdek soat 00:15 da reja qilingan poyezd bir daqiqa oldin keldi va ayni vaqtda jo’nab ketdi. Shahardan uzoqqa chiqqanim uchun, markazga qaytish uchun poyezd yoki avtobus bor. Ular har 15-20 minutda yuradi. 24 soat xoxlagan joyingizga bora olasiz. Poyezd juda zamonaviy, hamma sharoitlari bor. Jamoat transporti uchun maxsus karta olsangiz oddiy bilet narxidan ikki baravar arzon olasiz. Ba’zi mamlakatlarda masalan Fransiya, Angliya, Amerika, Kanadalarda kechasi bu vaqtda yurish juda xavfli. Ammo, hozr ham yosh bolalar o’ynab yurishibdi, qariyalar, ayollar qo’rqmay ko’chaga chiqa olishadi. Inson uchun eng kerak bo’lgan ne’mat-bu tinchlik. Davlatning fuqorolar oldidagi eng katta vazifasi ularning xotirjam hayot kechirishini ta’minlash.
29.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
Falastin (7)
Isroil ayollar vaziri Mayo Golan.
Men G’azo haqida umuman qayg’urmayman. Umuman. Ular dengizda suzsa ham mayli (ularning o’lishi qiziqmas)
Isroil qurolli kuchlari vaziri Yoav Gallant:
G’azoga elektr, ovqat, yoqilg’i kirmaydi hamma narsa yopiladi. Biz hayvon odamlar bilan urushyapmiz va shunga yarasha harakat qilamiz.
Isroillik siyosatchi Tally Gotliv:
Qiyomat kuni quroli. Kuchli raketalar chegarasiz otilsin, G’azo tekislansin, yer bilan bitta bo’lsin. Rahm qilinmasin.
Isroil armiyasi veterani Izra Yachin:
Ularning oilalarini, onalarini, bolalarini qirib tashlang, bu hayvonlar dunyoda yashashga qo’yilmasligi kerak.
Siyosatchi Ariel Karrnel:
Hozr maqsadimiz bitta-Naqba (falastinliklarning quvg’in qilinishi). Bu safargi naqba oldida 1948-yilgisi hech narsa bo’lmay qoladi.
Isroil bosh vaziri Netanyahu:
G’azoni qoldiqlar oroli qilamiz.
Isroil armiyasi spikeri:
Biz G’azoga yuzlab tonna bombalar otyapmiz, maqsadimiz aniq nishonga urishmas, balki vayrongarchilik.
https://t.me/lifeindenmark00
Falastin (6)
Turkiya prezidenti Erdog’an Isroil haqida:
“Ey Isroil seni qo’llayotgan g’arbga tamoman bog’lanib qolgansan chunki g’arbning senga beradigani ko’p ammo Turkiyaning sendan qarzi yo’q. Sen va sening g’arbdagi do’stlaring Hamasni terrorchi deyapsan, ammo Hamas terrorchi tashkilot emas balki o’z yerini va fuqorolarini himoya qilayotgan mujohidlardir”.
27.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
Falastin (5)
Kecha 22-oktabr kuni Falastinga ozodlik, Isroilni boykot qiling, aparteid tizim ketsin, genotsin tugasin shiorlari ostida tahminan 35 ming kishi Daniya poytaxtida namoyish qilishdi. Deyarli barcha katta ko’chalarda ertalabdan kechgacha yurishlar davom etdi. Paytaxt yo’llari yopildi. Yosh bolalardan tortib qariyalargacha Falastinni ozod qilishni, Isroilning qilayotgan ishlarini aparteid deb atayapti. Nafaqat musulmonlar, asosiy qismi dinsiz bo’lgan Daniya xalqi ham mazlum va zolimni yaxshi farqiga boryapti. Qanchalik Isroil lobbisi, mediasi butun dunyoda dominant bo’lmasin, baribr sog’lom aql bo’lsa haqiqatni anglab oladi. Aslida bu ham musulmon dunyosining kamchiligi. Hozrgi kunda 2 mlrd odam uchun faqat Al Jazira ishlayapti. Boshqa tarafda BBC, CNN va yuzlab yahudiylarga tegishli o’ta tarafkash medialar berilib Falastinni terrorchi, Isroilni mazlum qilib tariflash bilan ovvora.
Lekin ko’rib turganingizdek, buni uddalay olishmayapti va olishmaydi ham I.A.
23.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
Falastin 🇵🇸
Bugun Daniyadagi eng mashxur va muhim maydonda, Rådhuspladsen, Falastin uchun namoyish bo’ldi. Minglab insonlar keldi. Juda tartibli va tinch o’tdi. Juma namozi va o’tganlar haqqiga janoza namozi ham shuyerda o’qildi.
Yevropaning aksar joylarida Falastin bayrog’ini ko’tarib namoyish qilish taqiqlandi. G’arbning ikki yuzliligi yana bir bor ko’rindi. Ammo bugun Daniya hukumati namoyish uchun rasmiy ruxsat beribdi.
Imkoniyatdan foydalanib biz ham oilaviy chiqdik.
20.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
Afg’oniston-supercar
Bir qaraganda Ferrari yoki Lamborghini ga o’xshab ketadigan bu supercarning nomi “Simurg’”. Afg’onistondagi Entop kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Kompaniya rahbari Muhammad Rizo Ahmadi shunday deydi: "Men Afg’onistonni dunyo xaritasiga qayta kiritadigan nimadir yaratishni xoxladim”. Qatarda o’tkazilgan ko’rgazmada butun dunyoni lol qoldirgan bu supercarni yaratishda 30 ga yaqin afg’onistonlik mutaxasislar ishlagan. Tasavvur qiling hammaning nazdida juda qoloq, qashshoq, radikal deb aytiladigan Tolibonning rejimi ostida shunday ishlar bo’lyapti, shunday injinerlar chiqyapti. Agar uyerlarga ikkita yeb-to’ymaslar kirmasaydi bundan 40 yil avval va hozrgacha afg’on xalqining qonini ichmasaydi, hozr qanaqangi davlat bo’lishi mumkin edi. Buni hozr Falastindagi xolatda ham ko’ryapmiz. Sharafsiz, natsist, fashist Isroil millionlagan talantlarni ochiq qamoqda 70 yildan beri ushlab kelyapti. Bolalar ota-onasiz katta bo’lyapti!
(🇺🇿da hali ham soqol muommosi)
20.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
Falastin bizlarni kechirarmikan
Bunchalar arzondir mo’minning joni
Dengizga aylanar to’kilgan qoni
Yahudlar egallab oldi Aqsoni
Falastin bizlarni kechirarmikan
Har kun yurtda motam to’lgan shahidlar
Quddus atrofida quturgan itlar
Istagancha qilar zug’um-tahdidlar
Falastin bizlarni kechirarmikan
Haqdan to’sa olmas dushman otgan o’q
Dinini saqlarlar go’yo qo’lda cho’g’
Og’ir kunda tirgak bo’lganimiz yo’q
Falastin bizlarni kechirarmikan
Bir bor eslamadik dunyodan ortib
Zolimni yengmadik birga saf tortib
Qalbimiz ketganki shunchalar qotib
Falastin bizlarni kechirarmikan
Qalbimizda vahn bo’lgandir paydo
O’tkinchi dunyoga shaydomiz shaydo
Birodarlik haqqin etmadik ado
Falastin bizlarni kechirarmikan
Kofirlar qo’lida muslima qizlar
Nomusin toptadi iflos, dinsizlar
Jim qarab turarlar bizdek tilsizlar
Falastin bizlarni kechirarmikan
Bo’lgaydirmiz hali qattiq hijolat
Ko’rsatmay kofirga qattiq shijoat
Mazlumlar qilsalar haqqa shikoyat
Ollohim bizlarni kechirarmikan?
18.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
Falastin
Agar 24 soat davomida Falastinda bo’layotgan voqealarga umuman qiziqmasangiz yoki ko’rib ko’rmaganga olsangiz, menga nima yoki ayb o’zlarida desangiz, ular uchun duo qilmasangiz iymoningizni tekshirib ko’ring.
(Shimoliy Amerika musulmonlar idorasi a’zosi va boshqa manbaalar)
15.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
Odat
Kuni bilan hayot tashvishlari uchun yugurasiz, pul topaman, oilamni kamchiligini to’ldiraman, yana ham yaxshiroq yashayman deb tinmaysiz. Har xil odamga duch kelasiz, bazida yaxshi bazida yomon. Sizga ularning ta’siri albatta bor. Ammo uyga kelib bir kuningiz yaxshi o’tganidan va yaqinlaringiz sog’-salomat ekanligini ko’rib xotirjam bo’lasiz. Shu payt hamma dunyo tashvishlarini unutib, tinch xonada, eng ozida 30 minut o’zingiz xoxlagan kitobni to’liq diqqat va chalg’imasdan o’qib o’tirishdan lazzatliroq his bo’lmasa kerak. Bu xuddiki operatsiyadan chiqqan odam narkozdan keyin qaytadan uyg’onib ba’zi narsalarni unutib qo’yishiga o’xshaydi. Chunki agar o’qiyotgan kitobingiz yaxshi bo’lsa rostan ham sizga keraksiz, arzimas narsalarni unutib, dunyoga boshqacha qaray boshlaysiz. Salbiylik va jahl ketadi. Agar bu sizda odat bo’lib shakllansa ishonavering sizda o’zingizga bo’lgan ishonch, ma’naviy yuksaklik, qatiiylik sifatlari paydo bo’ladi.
Siz ham sinab ko’ring!
11.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
Falastin
Kopengagen markazida katta namoyish bo’lyapti. Deyarli hamma millat vakillari bor, odamlar ko’zi ko’r emasligi bilinib turibdi. Bu 21-asrdagi ochiq genotsid. Falastinning bayroqlari hamma yerda. Ammo shuni unutmaslik kerakki dunyoda mutlaq haqiqat bo’lmaydi, puli ko’plar kuchliroq bo’laveradi, manfaatlar uchun urush davom etaveradi. Aslida Amerika 💯 haqiqatni biladi, ammo Yaqin sharqdagi arab davlatlari orasida paydo qilingan Isroil G’arbga suv bilan havoday zarur.
Bir tarafdan demokratiyaning tamoyillaridan foydalanib namoyish qila olish yaxshi ammo bu uzoq-muddatli yechim emas. Arab davlatlari va turkiylarning birlashuvi, siyosiy, iqtisodiy integratsiya qilishi juda zarur, ayniqsa Saudiya, Turkiyada ko’p gap bor.
Ikkinchi tarafdan intellektual qobilyatimizni oshirish kerak, musulmon desa qoloq, hech narsa qo’lidan kelmaydigan, faqat qovun tushuradigan odam gavdalanmasin. Televizorni o’chirib, kitob o’qiylik.
09.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
Kutish madaniyati
Daniyaliklar kutib mazza qilishadi. Meni hayron qoldiradigan narsa birorta inson qancha kutsa ham nega navbatim kelmayapti, yoki tezroq ishlanglar, yoki meni joyimni olib qo’yma, men kattaman sen kichiksan demaydi. Tushlik vaqtlarida ko’chalarda uzundan-uzun navbatni ko’rasiz. Bir tanishim “uzoq kutib navbating kelib, ovqat buyurtma qilsang iching huzurlanadi” deydi. Bu madaniyatning buzilsa juda hunuk ko’riladigan qismi deb o’yliman. Birinchi rasmda katta ochiq maydonda tekin yegulik, meva, sabzavotlar tarqatilyapti. Hamma birdan bostirib kelib olmasdan, 50-60 metrcha navbat bilan borishyapti. Ikkinchi rasmda bankdagi xolat. Tahminan 30 minut kutdim.
Hech kim baqir chaqir qilmadi, asabiylashmadi, hamma kirdi ichkariga. Oddiy shu kichik tortishuv bir kuningizni buzib yuborishi mumkin. Qilinadigan ishlar ko’p biz esa ba’zida jamoat joylariga, hukumat idoralariga kirishdagi navbat uchun urushlarni ko’ramiz. O’rnak olsa arziydigan madaniyat.
07.10.23
https://t.me/lifeindenmark00
