en
Feedback
Advokatura_Koreya

Advokatura_Koreya

Open in Telegram

KEUMSEONG ADVOKATURASIDA >JINOIY ISHLAR ☑️ >MA'MURIY ISHLAR ☑️ >FUQAROLIK ISHLARI ☑️ >HUQUQIY MASLAHATLAR ☑️ >JABRLANUVCHI HIMOYASI ☑️ >IMMIGRATSIYA ISHLARI ☑️ ☎️법무법인 유한 금성 01045109966 / 01076199097 Huquqiy maslahat: @Advokatura_keumseong

Show more
1 205
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-1030 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+4
in 0 channels
August '26
+40
in 1 channels
Get PRO
July '26
+36
in 1 channels
Get PRO
June '26
+36
in 1 channels
Get PRO
May '26
+52
in 1 channels
Get PRO
April '26
+33
in 2 channels
Get PRO
March '26
+1 154
in 1 channels
Get PRO
February '26
+63
in 1 channels
Get PRO
January '26
+58
in 2 channels
Get PRO
December '25
+17
in 0 channels
Get PRO
November '25
+4
in 0 channels
Get PRO
October '25
+12
in 0 channels
Get PRO
September '25
+10
in 0 channels
Get PRO
August '25
+28
in 0 channels
Get PRO
July '25
+19
in 0 channels
Get PRO
June '25
+13
in 0 channels
Get PRO
May '25
+10
in 0 channels
Get PRO
April '25
+20
in 0 channels
Get PRO
March '25
+37
in 0 channels
Get PRO
February '25
+21
in 0 channels
Get PRO
January '25
+39
in 0 channels
Get PRO
December '24
+60
in 2 channels
Get PRO
November '24
+61
in 3 channels
Get PRO
October '24
+28
in 0 channels
Get PRO
September '24
+13
in 0 channels
Get PRO
August '24
+10
in 0 channels
Get PRO
July '24
+4
in 0 channels
Get PRO
June '24
+20
in 0 channels
Get PRO
May '24
+25
in 2 channels
Get PRO
April '24
+16
in 0 channels
Get PRO
March '24
+15
in 0 channels
Get PRO
February '24
+2 018
in 0 channels
Get PRO
January '24
+8
in 0 channels
Get PRO
December '23
+29
in 1 channels
Get PRO
November '23
+24
in 1 channels
Get PRO
October '23
+1 089
in 0 channels
Get PRO
September '23
+66
in 0 channels
Get PRO
August '23
+2 302
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
10 September0
09 September0
08 September0
07 September0
06 September0
05 September+2
04 September0
03 September0
02 September0
01 September+2
Channel Posts
INVESTORLAR UCHUN! Ushbu vizaga o`tish uchun asosiy talab haqida eslatib o`tmoqchiman. O`zbekistondan Koreyaga kelib biznes q
INVESTORLAR UCHUN! Ushbu vizaga o`tish uchun asosiy talab haqida eslatib o`tmoqchiman. O`zbekistondan Koreyaga kelib biznes qilish maqsadi borlar asosan 100million won hozirgi hisobda o`rtacha 75ming dollar atrofida olib kelib investitsya kiritilsa D8 vizasini olib biznes boshlash mumkin. D8 viza turlari quyidagicha bo`lib: D-8-1-Koreya korporatsiyasiga investitsiya qilgan xorijlik D-8-2-Venture business investor D-8-3-Koreya fuqarosi yuritayotgan individual biznesga xorijlikning sherik sifatida investitsiyasi D-8-4-Texnologiya/venture startup asoschilari uchun Asosan D8-1 vizasini olish uchun harakat qilayotgan investor e`tibor berish kerak jihat bor. Kiritilayotgan investitsya xorijdan olib kelinishi hattoki hozirgi kundagi talabga ko`ra xorijda qanday topilgan pulligi haqida ham so`ramoqda. Ushbu viza o`tish uchun batafsil ma`lumot uchun: 010-4510-9966 Keumseong Advokaturasi

2
No text...
3 425
3
🚨 OGOH BO`LING! Janubiy Koreyada tegishli haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish (무면허운전) jinoiy javobga
🚨 OGOH BO`LING! Janubiy Koreyada tegishli haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish (무면허운전) jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Koreyada istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari uchun bunday huquqbuzarlik nafaqat jinoiy jazo, balki keyinchalik viza uzaytirish, yashash maqomini o‘zgartirish yoki saqlab qolish hamda immigratsiya tekshiruvi bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. 1. Haydovchilik guvohnomasisiz boshqarish — 무면허운전 Huquqiy asos: 「도로교통법」 제43조, 제152조 Amaldagi Koreya Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, tegishli haydovchilik guvohnomasini olmagan shaxs avtomobil boshqarishi taqiqlanadi. Qoidabuzarlik uchun: • 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki • 3 million vongacha jarima jazosi nazarda tutilgan. Amaldagi 도로교통법 2026-yil 1-iyuldan kuchda bo‘lgan tahrirda qo‘llanmoqda. 2. Mast holda transport vositasini boshqarish — 음주운전 Huquqiy asos: 「도로교통법」 제44조, 제148조의2 Mast holda haydash uchun jazo qondagi alkogol miqdoriga qarab farqlanadi: 혈중알코올농도 0.03% 이상 0.08% 미만 → 1 yilgacha qamoq yoki 5 million vongacha jarima 0.08% 이상 0.20% 미만 → 1 yildan 2 yilgacha qamoq yoki 5–10 million von jarima 0.20% 이상 → 2 yildan 5 yilgacha qamoq yoki 10–20 million von jarima. Agar shaxs mast holda haydash bilan bir vaqtda tegishli haydovchilik guvohnomasiga ham ega bo‘lmasa, 음주운전 va 무면허운전 bilan bog‘liq javobgarlik birgalikda ko‘rib chiqilishi mumkin. Sud amaliyotida ham bunday holatlar alohida huquqbuzarliklar sifatida ko‘rilgan. Bundan tashqari, 음주운전 yoki qonunda ko‘rsatilgan tegishli qoidabuzarlik uchun jazo kuchga kirganidan keyin 10 yil ichida takroran huquqbuzarlik sodir etilsa, yanada og‘ir jazo qo‘llanishi mumkin. 3. Guvohnomasi yo‘q shaxsga transport vositasini boshqartirish Huquqiy asos: 「도로교통법」 제56조, 제152조 Transport vositasini boshqarish yoki undan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs haydovchining tegishli guvohnomasi yo‘qligini bila turib, unga avtomobil boshqartirishi ham qonuniy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Shu sababli, avtomobilni boshqa shaxsga berishdan oldin uning Koreyada amal qiluvchi tegishli haydovchilik guvohnomasi mavjudligini tekshirish muhim. 4. Chet el fuqarolari uchun immigratsiya oqibatlari ⚠️ Jinoiy jazo avtomatik ravishda deportatsiya degani emas. Koreya qonunchiligida: “3 million von jarima = avtomatik deportatsiya” yoki “jarimalar jami 5 million von bo‘lsa = avtomatik deportatsiya” degan barcha chet elliklarga bir xil qo‘llanadigan umumiy qoida mavjud emas. Biroq 「출입국관리법」 제89조ga ko‘ra, chet el fuqarosining boshqa qonunni buzish darajasi jiddiy deb baholansa, uning viza yoki turli xil ​체류허가lari bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Shuningdek, chet el fuqarosi 「출입국관리법」da belgilangan majburiy chiqarib yuborish asoslariga tushsa, 강제퇴거 jarayoni ko‘rib chiqilishi mumkin. Tegishli holatlarda majburiy chiqarib yuborish o‘rniga ​출국명령 — mamlakatni tark etish to‘g‘risidagi buyruq berilishi ham qonunda nazarda tutilgan. Shu sababli immigratsiya oqibati faqat jarima summasiga qarab emas, balki jinoyatning turi va og‘irligi, takroriy sodir etilganligi, yakuniy sud qarori, shaxsning Koreyadagi yashash holati va boshqa tegishli omillar asosida individual tarzda baholanishi mumkin. ⚠️ E’TIBOR BERING Haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarish: jinoiy ish → sud jazosi → immigratsiya va viza muammolari kabi ketma-ket jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar chet el fuqarosi 무면허운전, 음주운전 yoki boshqa yo‘l-transport jinoyati bo‘yicha tergovga jalb qilingan bo‘lsa, faqat jinoiy ish natijasini emas, balki undan keyingi immigratsiya oqibatlarini ham oldindan tekshirish muhim. Huquqiy asoslar: 「도로교통법」 제43조, 제44조, 제56조, 제148조의2, 제152조 「출입국관리법」 제46조, 제68조, 제89조 Huquqiy maslahat va amaliy yordam uchun: 법무법인 (유한) 금성 010-4510-9966 @Keumseong_advokaturasi https://t.me/koreavisalaw
4 150
4
POLITSYA TERGOVIGA CHAQIRILGAN BO`LSANGIZ DIQQAT QILING! Janubiy Koreyada yashayotgan va ushbu sohada ishlayotgan mutaxasis sifatida sizga bir nechta muxim tafsiyalar bermoqchiman. Agar sizni politsya tergovga chaqirayotgan bo`lsa nima qilish kerak va nimalarni qilmaslik kerak? 1. Avvalo, nima sababdan chaqirilganingizni aniq bilib oling! Sizning ustingizdan ochilgan ish, gumon qilinayotgan holat yoki buzilgan qoida haqida aniqroq tushunitirish talab qiling! Hech qachon qo‘ng‘iroqni ataylab o‘chirish, yashirinish yoki tergovdan qochishga urinmang bu shubxani oshiradi. Agar jinoiy ish bo‘yicha sizga nisbatan gumon mavjud bo‘lsa, advokat yollash huquqingizdan foydalanishingizni bildiring. Koreys tilini yetarli darajada bilmasangiz, tarjimon xizmatidan foydalanish huquqingiz borligini ham unutmang. 2. Vaziyatni advokat bilan muhokama qiling advokat maslahatini oling. Shaxsiy advokat yollashga imkon bo`lmagan taqdirda aynan siz uchun ochilgan ish qanday tartibda ketishini va nimalar qilish keraklini so`rang! 3. Tergovga chaqirilishingizdan oldin advokat bilan borishingizni, advokat va tarjimonsiz hech qanday bayonot bermasligingizni bildiring. (Chunki tergovda siz gapirilishi kerak bo`lmagan so`zlardan himoyalanishingiz uchun) 4. Tergovdan oldin o‘z pozitsiyangizni advokat bilan aniqlab oling Agar sizga nisbatan aniq ayblovlar va yetarli dalillar mavjud bo‘lsa, shunga mos ravishda himoya strategiyasi ishlab chiqilishi kerak. Agar siz aybsiz bo‘lsangiz, mavjud dalillarni tahlil qilish va ayblovni rad etishga qaratilgan strategiya tanlanishi lozim! 5. Tergovda aytilishi kerak bo`lmagan so`zlar. Agar siz jinoyat sodir etmagan bo`lsangiz hech qachon ~KECHIRIM SO`RAYMAN ~MEN UNDAY ODAM EMASMAN ~BIR MARTA BO`LDI HOLOS ~KELGUSIDA EXTIYOT BO`LAMAN ~ NOQONUNIYLIGINI BILMAGANDIM va shu kabi iqror so`zlarni aslo ayta ko`rmang! Chunki aybni qisman tan oldirish yoxud psixologik xiyla savollar bo`lishi mumkin. 6. Hech qachon so`ralgan savoldan boshqa mazmundagi javoblarni bermang, aniq savolga qisqa aniq javob bering. So`ralmagan savolga o`zingizdan nimadir qo`shimcha qilishga urunmang! 7. Tergov tugaganidan so`ng albatta advokatiz bilan qaytadan o`qib chiqib aniqlik kiritib keyin imzolang! Nima uchun yuqoridagi ma`lumotlarni taqdim etayotganimni bilasizmi? Sababi bizga ko`p hollarda hammasi tugaganidan keyin qamoqda yoxud sudga 10 kun qolganda aloqaga chiqishadi va politsya, prokratura tergovlarida aybni tan olib aybdor degan qarorni e`lon qilishga yaqin qolganda sudda yutib chiqishimizni hohlashadi. Sud hech qachon aybini tan olgan ayblanuvchini aybsiz deb qaror chiqarmaydi. Diqqatni jarayon boshidayoq qaratilsa vaziyatni o`nglash va muvofaqqiyatli yakunlash mukin bo`ladi. Aslida juda keng mavzu va text bilan buni yetkazish qiyin masala. To`liqroq maslahat va amaliy yordam uchun sizga Keumseong advokaturasi tayyorligini bildiraman. 법무법인 (유한) 금성 Telegram: @Keumseong_advokaturasi Tell: 010-4510-9966 https://t.me/koreavisalaw
3 916
5
Vizasiz, noqonuniy ishlagan bo`lsa ham Sanje sug`urtasi tasdiqlandi. Shu yilning may oyida bir yurtdosh akamiz ish joyida nar
Vizasiz, noqonuniy ishlagan bo`lsa ham Sanje sug`urtasi tasdiqlandi. Shu yilning may oyida bir yurtdosh akamiz ish joyida narvondan yeqilib oyog`i sinish holati bilan shifoxonaga yotgaziladi. Avvaliga ish beruvchi men o`zim to`layman deb bemorni ko`nglini hotirjam qiladi biroq bemor tuzalishga yaqin shifoxona to`lovini yarmini beraman deb, so`ng umuman yonimda yo`q o'zing to`lab tur deb to`lashdan bosh tortadi. Bunday qallop sajanglar uchun albatta bizda ham qonuniy javob bor. Bu esa kerak paytida insoniylik sifatida ko`rsatilmagan yordamni oshig`i bilan qonuniy uslubda undurib olish usulidir. Bemor hatto ishlamagan kunlariga ham oylikni 70 foizidan har oyida to`laydigan majburiyatni yuklash javobi. Yuqoridagi akamizni ham 8 millionga tushgan shifoxona to`lovini sekingina o`ziga yuklagan sajangnimni undan ko`prog`ini to`lashga majbur qildik. Holat ish joyidagi jaroxat sifatida tasdiqlandi va ishlay olmagan oylariga ham oyliklar to'lash uchun hujjatlar rasmiylashtirildi. Hech qachon ishonmang demaymiz biroq boshidanoq to`lab yordam qiladigan insoflilari ham bordir lekin yolg`onni bostirib ortidan sekin hushyorlik qilib o`ziga to`latvoradiganlarga bizda yaxshi yechimlar bor. Haqqingizni talab qilishdan cho`chimang hattoki vizasiz bo`lsangiz ham endigina ikki marta ishga chiqqan bo'lsangiz ham. O'zingizni extiyot qiling!
4 420
6
Koreyada yashasangiz, bu raqamlar bir kuni albatta sizga kerak bolishi mumkin! 📞🇰🇷 Kutilmaganda kasal bo‘lib qoldingizmi?+4
Koreyada yashasangiz, bu raqamlar bir kuni albatta sizga kerak bolishi mumkin! 📞🇰🇷 Kutilmaganda kasal bo‘lib qoldingizmi? Viza bo‘yicha savol tug‘ildimi? Tarjimon, iste’molchi huquqi yoki Seuldagi hayot haqida ma’lumot kerakmi? Kerakli raqamni o‘sha paytda qidirib yurmaslik uchun ushbu postni hoziroq saqlab qo‘ying. 1339 — Tibbiy yordam Yaqin shifoxonani topish yoki shoshilinch tibbiy ma’lumot olish uchun. 1345 — Immigratsiya markazi Viza, yashash muddati, chet elliklar kartasi va immigratsiyaga oid savollar uchun. 1330 — Sayohat va tarjimon yordami Koreyada adashib qolsangiz, sayohat ma’lumoti yoki tarjimon yordami kerak bo‘lsa. 1372 — Iste’molchilar maslahat markazi Pulni qaytarish, shartnoma, xarid yoki to‘lov bilan bog‘liq muammolar uchun. 120 — Seul bo‘yicha ma’lumot Seuldagi transport, yashash, davlat xizmatlari va fuqarolik murojaatlari bo‘yicha. Bu raqamlar hozir kerak bo‘lmasligi mumkin. Ammo kutilmagan vaziyatda qayerga qo‘ng‘iroq qilishni bilish vaqtingizni tejaydi va muammoni tezroq hal qilishga yordam beradi. 📌 Postni saqlab qo‘ying va Koreyada yashayotgan yaqinlaringizga ham yuboring. Huquqiy muammo, immigratsiya yoki viza masalasida professional yordam kerak bo‘lsa: Telegram: @Advokatura_keumseong Tel: 010-4510-9966 법무법인 (유한) 금성 Ishonchli advokatura xizmatlari — vaziyatingizni o‘rganib, to‘g‘ri yo‘lni topishga yordam beramiz.
4 631
7
❗️ Diqqat! Sizga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida politsiyadan xabar kelgan boʻlsa, ushbu maʼlumot siz uchun muhim. Janubiy Koreyada sizga nisbatan shikoyat kelib tushgan yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv natijasida jinoyat alomatlarini aniqlagan taqdirda, jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayoni boshlanishi mumkin. Birinchi bosqichda hodisa yuzasidan dalillar to‘planadi, guvohlar va boshqa isbotlar tekshiriladi. Siz gumon qilinuvchi sifatida tergovga chaqirilishingiz va bu haqda rasmiy xabarnoma olishingiz mumkin. Aynan shu bosqich eng muhim hisoblanadi. Agar siz o‘zingizni nohaq ayblanayotgan deb hisoblasangiz, imkon qadar erta advokat yollashingiz tavsiya etiladi. Nega advokat kerak? ✔️ Birinchidan, advokat tergov davomida bilmasdan o‘zingizga zarar yetkazadigan yoki noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar berishingizning oldini olishga yordam beradi. ✔️ Ikkinchidan, agar sizning harakatlaringiz qonunga zid bo‘lmagan bo‘lsa, advokat buni huquqiy asoslar bilan politsiyaga tushuntiradi hamda tergovning qonuniy tartibda olib borilishini nazorat qiladi. Ko‘pchilik faqat ish prokuraturaga yoki sudga yuborilgandan keyingina advokat yollaydi. Biroq bu bosqichda kech bo`lgan bo`lishi yoki o`ziga nisbatan ziyon bo`luvchi ko`rsatmalarni berib qo`ygan bo`lishi mumkin. Chunki advokat ish boshidanoq ishtirok etsa, dalillarni tahlil qilib, mijozning huquqlarini himoya qiladi va ayrim hollarda aybni tasdiqlovchi yetarli dalillar bo‘lmasa, ish politsiya bosqichidayoq tugatilishiga erishish imkoniyati ham mavjud. Agar qonunbuzarlik ishonchli dalillar bilan tasdiqlangan bo‘lsa, advokat sizning huquqlaringizni himoya qilish, yengillashtiruvchi holatlarni taqdim etish va qonunda nazarda tutilgan eng maqbul natijaga erishish uchun harakat qiladi. Shuni ham unutmang, agar shaxsiy advokat yollash imkoniyatingiz bo‘lmasa, qonunda belgilangan hollarda davlat tomonidan tayinlanadigan advokat (davlat himoyachisi) xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud. Batafsil ma`lumot uchun: @Advokatura_keumseong 법무법인 (유한) 금성 Keumseong Advokaturasi 서울특별시 서초구 반포대로 30길 12-6 https://t.me/koreavisalaw
3 590
8
DIQQAT! Koreyada ish joyida jarohat olib ham jim yurgan yurtdoshlar uchun. "Ishimdan ayrilib qolmay", "Vizamga ta'sir qilmasin", "Sajang xafa bo'lmasin", deb yoki boshliqlarning yolg'on va'dalariga ishonib, ko'pchilik jaroxat olsada o'z hisobidan davolanadi va hech narsa bo'lmagandek yana ishiga qaytadi. Ammo ko'p hollarda bu fidoyilik qadrlanmaydi. Ish beruvchiga kerak bo'lmay qolgan kun, mehnatingiz ham, sabringiz ham unutiladi. Ana shunda esa: "Nahotki o'z haqqimni bilmagan ekanman talab qilmagan ekanman" degan g`azab qoladi. Unutmang! O'z huquqingizni talab qilish ish beruvchiga qarshi chiqish emas. Bu o'zingizni qadringizni bilish, sog'lig'ingizni va oilangiz kelajagini himoya qilishdir. Agar ish vaqtida jarohat olgan bo'lsangiz, Koreya qonunchiligida bunday holatlar bo'yicha xodimlar uchun huquqiy himoya, davolanish pullari, jarohat sabab ishlamagan oylaringiz oyliklari va kompensatsiya tizimi mavjud. Holatingizni mutaxassis bilan maslahatlashib ko'ring. Agar ish beruvchi sizni chalg'itayotgan yoki bosim o'tkazayotgan bo'lsa bu ham tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo`ladi, Keumseong Advokaturasi bilan bog'lanib maslahat oling. Har doim ham jim turish yechim emas. Ba'zan bitta to'g'ri qadam yillar davomidagi pushaymonlikni oldini olishi mumkin... 법무법인 (유한) 금성 Batafsil: 010-4510-9966 @Advokatura_keumseong
3 463
9
🌐🌐🌐🌐🌐 «Konsulning bir kuni» - Horijdagi o‘zbekistonliklarga kim yordam beradi? 🔴Konsulxona eshiklari ortida nimalar sod
🌐🌐🌐🌐🌐 «Konsulning bir kuni» - Horijdagi o‘zbekistonliklarga kim yordam beradi? 🔴Konsulxona eshiklari ortida nimalar sodir boʻladi? 🔴Muzokaralar, fuqarolarga yordam, shoshilinch qoʻngʻiroqlar, diplomatik uchrashuvlar va insonlar taqdiriga ta’sir qiluvchi qarorlar. Tez kunlarda — Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi konsulxonasi hayotidan bir kun. Rasmiy kadrlar ortidagi haqiqiy diplomatik faoliyatni birgalikda kuzating. Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
140
10
외국인 보호일시해제 (Chet ellikni vaqtincha himoyadan ozod qilish) Ko‘pchiligimiz "보호일시해제" atamasini eshitganmiz. Keling, uning mazmuni haqida qisqacha to‘xtalamiz. 보호일시해제 — immigratsiya yoki chet elliklarni saqlash markazida ushlab turilgan shaxsni, ma'lum asoslar mavjud bo‘lsa, vaqtincha tashqariga chiqarish to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladigan rasmiy arizadir. Qanday holatlarda murojaat qilish mumkin? Agar quyidagi kabi asosli va hujjatlar bilan isbotlanadigan sabablar mavjud bo‘lsa, ariza topshirish mumkin: Koreyada qaytarib olinishi lozim bo‘lgan katta miqdordagi uy depoziti yoki boshqa mablag‘lar mavjud bo‘lsa; Sotilishi yoki rasmiylashtirilishi zarur bo‘lgan mol-mulk bo‘lsa; Oila a'zolarining og‘ir ahvoli yoki boshqa muhim oilaviy sabablar mavjud bo‘lsa; Talaba oxirgi semestrda o‘qiyotgan va diplom olish arafasida bo‘lsa; Shunga o‘xshash boshqa muhim va hujjatlar bilan tasdiqlanadigan holatlar mavjud bo‘lsa. Muhim ma'lumot Ariza bilan birga kafolat (depozit) puli talab qilinishi mumkin. Uning miqdori har bir holat bo‘yicha immigratsiya organi tomonidan belgilanadi. Noqonuniy (vizasiz) holatda bo‘lgan shaxslar uchun jarima va boshqa qonuniy talablar ham qo‘llanilishi mumkin. 보호일시해제 arizasi topshirilgani uning albatta tasdiqlanishini anglatmaydi. Vakolatli organ barcha hujjatlar va holatlarni o‘rganib chiqib, arizani tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. Shuning uchun ariza imkon qadar aniq dalillar, rasmiy hujjatlar va asosli sabablar bilan tayyorlanishi muhim hisoblanadi. Batafsil ma`lumot uchun: 01045109966 @Advokatura_keumseong 법무법인 (유한) 금성 이민팀
4 102
11
Diqqat, aziz yurtdoshlar! Keumseong advokaturamiz 2026-yil 20-iyun, shanba kuni Koje shahriga tashrif buyuradi. Bizga murojaa
Diqqat, aziz yurtdoshlar! Keumseong advokaturamiz 2026-yil 20-iyun, shanba kuni Koje shahriga tashrif buyuradi. Bizga murojaat qilayotgan yurtdoshlarimizning katta qismi zavod va ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchi xodimlardir. Ularning ko‘pchiligi ish haqi to‘lanmasligi, oylikdan asossiz ushlab qolishlar, ish joyidagi jarohatlar bo‘yicha yordam berilmasligi, sababsiz ishdan bo‘shatish hamda boshqa mehnat muammolari bilan duch kelmoqda. Suhbatlarimiz davomida ayniqsa Ulsan va Koje hududlarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida bunday muammolar ko‘p uchrashi ma’lum bo‘ldi. Ish joyi uzoq bo‘lgani yoki ish vaqtida telefon orqali maslahat olish imkoniyati bo‘lmagani sababli, sizlarga yaqinroq bo‘lish maqsadida Koje shahriga maxsus tashrif uyushtirmoqdamiz. Ushbu ochiq suhbat davomida quyidagi masalalar bo‘yicha bepul maslahatlar beriladi: ✅ Mehnat huquqlari va ish haqi masalalari ✅ Oylikdan noqonuniy ushlab qolish holatlari ✅ Ish joyidagi jarohatlar va kompensatsiya ✅ Sababsiz ishdan bo‘shatish ✅ Koreyadagi qonun-qoidalar ✅ Immigratsiya va viza masalalari ✅ Jinoyat ishlari bo‘yicha ogohlantirish va dastlabki huquqiy maslahatlar Eng muhimi, sizni qiynayotgan savollarga bemalol, ochiq va bepul javob olish imkoniga ega bo‘lasiz. Ochiq suhbat Koje shahridagi Bismillah oshxonasida bo‘lib o‘tadi. 📅 Sana: 2026-yil 20-iyun, shanba 📍 Manzil: 거제시 장평1로1길24-8 📞 Batafsil ma’lumot: 010-4510-9966 010-5872-9207 https://t.me/koreavisalaw
4 227
12
IMMIGRATSIYA TIZIMIDAGI MUAMMOLARDAN: Otasining hujjatlarisiz bo‘lsa ham, Koreyada tug`ulgan chaqaloqqa ID karta olib berildi. Bugun sizlar bilan bir yaxshi xushxabarni bo‘lishmoqchiman. Yaqinda bir yurtdosh akamizdan qo`ng`iroq keldi. O‘zi Koreyada hujjatsiz nelegal holatda ekan. Ayoli esa D-2 talaba vizasi bilan yashayotgan ekan. Ularni farzandlari tez orada 1 yoshga to‘lar ekan, lekin hali ham 외국인등록증, ya’ni ID kartasini olisholmayotgani haqida gapirdilar. Akamiz ozroq xavotirlanib mendan “Farzandimizga ID karta olib berishning iloji bormi? Yordam bera olasizlarmi?” deb so‘radi. Nega haligacha ID karta olmagansizlar deb so‘rasam, vaziyatni tushuntirib berdi. O‘tgan yili ayoli immigratsiyaga hujjat topshirgani borganda Imigratsiya hodimlari: “Eringiz bilan birga keling. Eringiz ham kelishi kerak”, deyishgan. Ayoli o‘sha kuni qaytib ketgan. Oradan taxminan bir hafta o‘tgach, immigratsiyadan yana qo‘ng‘iroq bo‘lgan. “Eringizni topdingizmi? Nima bo‘ldi?” deb so‘rashgan. Tabiiyki, bundan akamiz nelegal bo’lganiga tashvishga tushgan, havotirlangan. Shundan keyin ular immigratsiyaga borishga ham qo‘rqib yashash manzilini ham o‘zgartirib yangi joyga kochishgan. Bu orada bolaning ID karta masalasi qolib ketgan. Shundan so’ng biz vaziyatni o’rganib, Allohga tavakkal qilib, shartnoma tuzdik va ishni boshladik. Avval nega bolaga ID karta berilmaganini tekshirib ko‘rdik. Shunda qiziq holat aniqlandi. Natijada bolaning ro‘yxati immigratsiyada allaqachon rasmiylashtirilib ID kartasi ham tayyor bo‘lgan. Lekin karta eski manzilga yuborilgan. U yerda hech kim olmagani uchun karta yana immigratsiyaga qaytib ketgan va o‘sha yerda qolib ketgan. Oila esa bundan umuman bexabar bo‘lgan. Shu sababli ID kartani vaqtida olib ketishmagan. Natijada belgilangan muddat o‘tib ketgan va chaqaloq taxminan 2 oy davomida noqonuniy maqomda (불법) holatda qolib ketgan. Shunga qaramay, biz hujjatlarni qayta tayyorladik, vaziyatni immigratsiyaga tushuntirdik va hujjatlarni qayta topshirdik. ✅Eng muhimi, ish katta muammoga aylanib ketmadi. Ushbu holatda taxminan 80,000 won atrofida jarima bilan masala hal bo‘ldi va chaqaloqqa ID karta olib berildi. Bu xabarni bekorga yozayotganimiz yo‘q. Koreyada hozir shunday vaziyatda yurgan oilalar ko‘p. Otasi yoki onasi hujjatsiz bo‘lgani uchun farzandiga ID karta, viza yoki boshqa hujjatlarni ololmay yurganlar bor. Ko‘pchilik qo‘rqadi, kutadi, kechiktiradi. Oxirida esa muammo kattalashib ketadi. Agar sizda ham shunday holat bo‘lsa, qo‘rqib yurib vaqtni o‘tkazib yubormang. Avval vaziyatingizni aniqlab olish kerak. Immigratsiya tizimida kichik bir xatoni ham kattalashtirib yuborilshlari mumkin qachonki mutaxasis bilan bormagunizgacha. Batafsil ma`lumot va amaliy yordam uchun: 📞 010-4510-9966 Telegram: @Advokatura_keumseong 📍 Manzilimiz: 서울특별시 서초구 반포대로 30길 법무법인(유한)금성 https://t.me/koreavisalaw
4 996
13
⚠️ DIQQAT! VOICE PHISHING QURBONLARI KO‘PAYMOQDA Bugungi kunda Janubiy Koreyada voice phishing, ya’ni firibgarlik orqali pullarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar juda ko‘paymoqda. Afsuski, bu kabi jinoyatchilar ko‘pincha yangi kelgan yoshlar, soddaroq yurtdoshlarimiz hamda vizasi yo‘q fuqarolarimizdan foydalanishmoqda. “Oddiy firma puli”, “borib olib kelib ber”, “oldi-sotdi puli”, “men bandman”, “xizmatingni qilaman”, “bir joyga birga borib kelamiz” kabi takliflar bilan turli ishlar taklif qilinmoqda. Ko‘pchilik bilmagan holda bu ishlarni bajarib, jinoyatga sherik bo‘lib qolmoqda. Qancha ogohlantirish va ma’lumotlar berilmasin, afsuski bu holatlar hanuz davom etmoqda. ❗️ Hech qachon pul bilan bog‘liq masalada hatto tanishingizga ham ishonmang. Quyidagi holatlar juda xavfli hisoblanadi: • Pul chiqarib kelish • Mashinada pul tarqatib yurish • Birovdan naqd pul olib kelish • ID kartani berib turish • SIM karta ochib berish • Telefoningiz yoki SIM kartangizdan foydalanishga ruxsat berish “O‘zini asraganni Alloh asraydi.” “Tavakkal” deb har qanday ishga aralashishning oqibatlari juda og‘ir bo‘lishi mumkin. Ogoh bo‘ling va boshqalarni ham ogohlantiring. Agar siz shu kabi holatlarda jabrlangan bo‘lsangiz yoki bu masalada huquqiy maslahatga muhtoj bo‘lsangiz, quyidagi manzil orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: 법무법인(유한) 금성 KEUMSEONG ADVOKATURASI 📞 Tel: 010-4510-9966 📩 Telegram: @Advokatura_keumseong https://t.me/koreavisalaw
4 135
14
Eng kop savollardan biri E9 vizasidaman ayolimni uzoq muddatli vizaga olib kira olamanmi? Quyida shu haqida amaliyotlardan kelib chiqib yozib qoldiraman. Koreyada E9 yani professional bolmagan ishchi vizada ishlayotgan yurtdoshlar uchun turmush ortogini Koreyaga F3 uzoq muddatli hamroh vizasiga olib kirish imkonsiz. Orada bir necha xil yangiliklar tarqalgandek boldi biroq hali amaliyotda bu imkonsiz bolib qolmoqda. Muqobil variant sifatida men nimani taklif qilishim mumkin... 1. Turmush ortogingiz yosh bolsa talaba vizasi bilan olib kirishinigiz va yangi viza sahifasini ochishinigiz mumkin. 2. Kirib kelganidan song ozingiz ham E9 vizangiz tugaganida qonuniy uning vizasiga hamroh sifatida otishinigiz mumkin. (qoidalari bor) 3. Hech bo`lmaganda qisqa muddatli vizalar C3 vizasiga ariza bersangiz chiqishi mumkin va amaliyotda ham mavjud. Amaliy yordam va maslahat uchun: 법무법인 (유한) 금성 010-4510-9966 https://t.me/koreavisalaw
2 825
15
JANUBIY KOREYADAGI JARIMALAR VA IMMIGRATSIYA BILAN BOG`LIQ MUAMMOLAR. Janubiy Koreyada chet el fuqarolari qonunbuzarlik sodir
JANUBIY KOREYADAGI JARIMALAR VA IMMIGRATSIYA BILAN BOG`LIQ MUAMMOLAR. Janubiy Koreyada chet el fuqarolari qonunbuzarlik sodir etsa yoki katta miqdorda jarima olsa, bu immigratsiya holatiga ta’sir qilishi mumkin. Biroq immigratsiya har bir ishni alohida ko‘rib chiqadi va qaror holatning og‘irligiga qarab belgilanadi. 1. Oddiy vizalar (E, D, C va boshqa umumiy vizalar) Oddiy vizalarda bo‘lgan chet el fuqarolari uchun: katta miqdordagi jarimalar, jinoiy ishlar, yoki takroriy qonunbuzarliklar immigratsiya tekshiruviga sabab bo‘ladi. Ayniqsa amaliyotda 3 million won va undan yuqori jarimalar xavfli holat sifatida baholanadi. Bunday vaziyatlarda: vizani uzaytirmaslik, vizani bekor qilish, chiqib ketish haqida buyruq, yoki og‘ir holatlarda deport masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. 2. F2 va F4 vizalari va shu kabilar F2 va F4 vizalari oddiy vizalarga nisbatan barqarorroq hisoblanadi. Ammo: katta jarimalar, jinoiy javobgarlik, yoki takroriy qonunbuzarliklar bu vizalarga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Amaliyotda 5 million won va undan yuqori jarimalar immigratsiya nazoratini kuchaytiradigan omillardan biri sifatida qaraladi. Holatga qarab: ogohlantirish, vizani uzaytirishni cheklash, chiqib ketish buyrug‘i, yoki deport chorasi qo‘llanishi mumkin. 3. F5 vizasi F5 (doimiy yashash) vizasi eng barqaror vizalardan biri hisoblanadi. Oddiy ma’muriy jarimalar ko‘pincha katta muammo tug‘dirmaydi. Lekin: og‘ir jinoyatlar, zo‘ravonlik, jinsiy jinoyatlar, narkotik bilan bog‘liq holatlar, yoki jamoat xavfsizligiga tahdid qiluvchi jinoyatlar sodir etilsa, F5 vizasi ham bekor qilinishi yoki deport masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. 4. Immigratsiya qaroriga ijobiy ta’sir qiluvchi omillar Agar holat yengilroq bo‘lsa, quyidagi omillar ijobiy baholanishi mumkin: 봉사활동 (ko‘ngilli faoliyat), TOPIK sertifikati, KIIP dasturidagi yuqori natijalar, soliqlarni muntazam to‘lash, uzoq muddat qonuniy yashash, barqaror ish faoliyati, qonunbuzarlikning bir martalik bo‘lishi. Bunday holatlarda immigratsiya: ogohlantirish bilan cheklanishi, yoki vizani uzaytirishga ruxsat berishi mumkin. Muhim eslatma jinoyat turi, jarima miqdori, sud hukmi, shaxsning immigratsion holati, va umumiy yashash faoliyati ga qarab qaror qabul qilinadi https://t.me/koreavisalaw
3 834
16
Qonuniy muammoga duch kelish hech kimning rejasida bo‘lmaydi. Ayniqsa xorijda yashayotgan inson uchun til, tartib va qonunlar
Qonuniy muammoga duch kelish hech kimning rejasida bo‘lmaydi. Ayniqsa xorijda yashayotgan inson uchun til, tartib va qonunlarni to‘liq bilmaslik sabab oddiy holat ham katta muammoga aylanishi mumkin. Shu sabab Janubiy Koreyada advokat yollashning ahamiyati haqida qisqacha tushuntirib o‘tmoqchiman. Har bir davlat qonun-qoidalarni buzgan holatlar uchun javobgarlik belgilagan. Janubiy Koreyada ham yashash davomida ayrim insonlar o‘zi bilmagan holda yoki oqibatini to‘liq tushunmagan tarzda qonunni buzib qo‘yishi mumkin. Natijada jarima, deportatsiya, sud jarayoni yoki og‘ir vaziyatlarda qamoq jazosi ham yuzaga keladi. Shunday holatlarda advokatning o‘rni juda muhim hisoblanadi. Advokaturada ishlayotgan chet ellik sifatida bu haqida qisqacha fikr bildirmoqchiman. 1. Nohaq ayblov yoki ariza holati Ba’zi hollarda noto‘g‘ri tushuncha, yolg‘on ariza yoki asossiz gumon sabab tergovga chaqirilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda jarayon odatda politsiyadan boshlanadi, keyin esa holatga qarab prokuratura va sudgacha davom etishi mumkin. Agar inson birinchi chaqiruvning o‘zidayoq advokat bilan ishtirok etsa: o‘z huquqlarini bilgan holda ko‘rsatma beradi; noto‘g‘ri bayonnoma tuzilishining oldi olinadi; vaziyatni to‘liq va tartibli tushuntirish imkoniyati paydo bo‘ladi; ayrim hollarda ish birinchi bosqichning o‘zida yopilishi mumkin. Natijada inson prokuratura yoki sudgacha yetib bormasligi ham mumkin. 2. Ayb mavjud bo‘lgan holatlar Agar holatda ma’lum darajada ayb yoki dalillar mavjud bo‘lsa ham, advokatning roli kamaymaydi. Aksincha, dastlabki tergov bosqichi juda muhim hisoblanadi. Chunki ayrim holatlarda: bosim ostida noto‘g‘ri ko‘rsatma berilishi; mazmunini tushunmasdan imzo qo‘yilishi; ortiqcha yoki noto‘g‘ri gap bilan vaziyat og‘irlashishi mumkin. Advokat esa: bayonnoma qonuniy va aniq yozilishiga; insonning huquqlari buzilmasligiga; jazoni yengillashtirish imkoniyatlariga; jarima yoki shartli jazo kabi variantlarga harakat qiladi. Ko‘pchilik moddiy sabab tufayli advokat yollamasdan o‘zi harakat qiladi. Natijada esa bilmagan holda o‘ziga qarshi ko‘rsatma berib qo‘yishi yoki aybni ortiqcha darajada tan olib qo‘yishi mumkin. Shu sabab imkon bo‘lsa, tergov va sud jarayonlarida advokat bilan qatnashish juda muhim hisoblanadi. Ba’zan birgina noto‘g‘ri gap keyingi jarayonning butun yo‘nalishini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Musofir yurtda qonuniy muammoga duch kelgan inson eng avvalo vahimaga tushmasligi, shoshma-shosharlik qilmasligi va huquqiy yordamga murojaat qilishi kerak. Alloh hech bir musofirni og‘ir sinovlarga duch qilmasin. Keumseong Advokaturasi 법무법인 (유한) 금성 https://t.me/koreavisalaw
4 181
17
Elektron faks orqali ariza topshirish tartibidagi o‘zgarish (2026-yil 1-iyundan) Umumiy qoida: Barcha arizalar 15 kun ichida
Elektron faks orqali ariza topshirish tartibidagi o‘zgarish (2026-yil 1-iyundan) Umumiy qoida: Barcha arizalar 15 kun ichida topshirilishi kerak. Faks orqali yuborish mumkin bo‘lgan arizalar: Ish holati o‘zgarishi haqida xabar (고용변동신고) Qonun: Immigratsiya qonuni 19-modda Faks orqali yuborish mumkin D-10 (ish qidirish) yoki amaliyot (stajirovka) haqida xabar, shuningdek amaliyot joyini o‘zgartirish Qonun: Ijro qoidasi 49-2 modda, 3-band Faks orqali yuborish mumkin Faks orqali yuborish mumkin bo‘lmagan (faqat elektron topshiriladi): Pasport ma’lumotlari o‘zgarishi (raqam, berilgan sana, amal qilish muddati) Qonun: 35-modda, 2-band Faks orqali yuborib bo‘lmaydi 방문취업 vizasi bilan kelganlarning ish boshlashi haqida xabar Qonun: Ijro qoidasi 49-2 modda, 4-band Faks orqali yuborib bo‘lmaydi 방문취업 vizasida ish joyini o‘zgartirish Qonun: Ijro qoidasi 49-2 modda, 5-band Faks orqali yuborib bo‘lmaydi O‘qish yoki tashkilotni o‘zgartirish (D-1, D-2, D-4–D-9 vizalari) Qonun: Ijro qoidasi 49-2 modda, 1-band Faks orqali yuborib bo‘lmaydi manba: https://www.hikorea.go.kr/board/BoardNtcDetailR.pt?BBS_SEQ_GB_CD=&BBS_SEQ=1&BBS_GB_CD=BS10&NTCCTT_SEQ=1949&page=1 법무법인 (유한) 금성 상담 및 법률 도움: 010-4510-9966 https://t.me/koreavisalaw
4 932
18
Janubiy Koreyaga talaba bo`lib kelib qanday vizalar qo`lga kiritishingiz mumkinligi qiziqmi? Qancha muddat ichidaligi undanda
Janubiy Koreyaga talaba bo`lib kelib qanday vizalar qo`lga kiritishingiz mumkinligi qiziqmi? Qancha muddat ichidaligi undanda qiziq shundaymi? Batafsil ma`lumot uchun: 01045109966 Telegram: @Advokatura_keumseong @koreavisalaw
0
19
Koreyada huquqiy ishlar qanday turlarga bo‘linadi? ~형사 (Jinoyat ishlari) Bu jinoyat bilan bog‘liq ishlar hisoblanadi. Masalan: urish va tan jarohati >firibgarlik >o‘g‘rilik >tahdid hujjat soxtalashtirish mast holda mashina haydash Bunday ishlar avval politsiya va prokuratura tomonidan tekshiriladi. Keyin sudga yuboriladi. ~민사 (Fuqarolik ishlari) Bu ikki shaxs yoki kompaniya o‘rtasidagi pul, qarz va zarar bilan bog‘liq nizolar. Masalan: >qarz qaytarmaslik >shartnomani buzish >zarar undirish >ijara puli >pulni qaytarib olish Bunday ishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga beriladi. ~행정 (Ma’muriy ishlar) Bu davlat organining qaroriga qarshi beriladigan ishlar. Masalan: >vizani rad etish >deportatsiya >soliq yoki jarima >davlat organi ruxsat bermasligi Avval davlat organiga shikoyat qilinadi. Natija bo‘lmasa, keyin sudga beriladi. >가사 (Oilaviy ishlar) Bu oila va qarindoshlar bilan bog‘liq masalalar. Masalan: >ajrashish >aliment >bolaga vasiylik >meros >nikohni bekor qilish Ko‘pincha avval yarashtirish yoki kelishuv qilishga harakat qilinadi. Kelishuv bo‘lmasa, sud bo‘ladi. >노동 (Mehnat ishlari) Bu ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi nizolar. Masalan: >oylikni bermaslik >noqonuniy ishdan bo‘shatish >ortiqcha ishlash puli >ishlab chiqarishda jarohatlanish Bunday ishlar avval mehnat inspeksiyasi yoki mehnat komissiyasida ko‘riladi. Keyin kerak bo‘lsa sudga chiqadi. ~회생·파산 (Bankrotlik va qarzni qayta tuzish) Agar odam yoki kompaniya qarzini to‘lay olmasa, shu turdagi ish bo‘ladi. Masalan: >shaxsiy bankrotlik >kompaniya bankrotligi >qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash Bu ishlar maxsus sudda ko‘riladi. ~헌법 (Konstitutsiyaviy ishlar) Bu oddiy sud emas. Davlat yoki qonun fuqaroning asosiy huquqlarini buzgan deb hisoblanganda beriladi. Masalan: >konstitutsiyaga zid qonun >davlat organining noqonuniy harakati Bunday ishlar maxsus Konstitutsiyaviy sudda ko‘riladi. ~소년 (Voyaga yetmaganlar ishlari) 18 yoshdan kichiklar bilan bog‘liq ishlar. Masalan: >voyaga yetmagan jinoyati >tarbiya masalasi >himoya yoki nazorat Bu ishlar alohida sudda yoki oilaviy sudda ko‘riladi. Xulosa: 형사, 민사, 행정 va boshqa nomlar sudning o‘zi emas, balki ishning turini bildiradi. Har bir tur bo‘yicha avval boshqa organlarda ko‘rilishi mumkin, keyin esa sudga o‘tadi. Huquqiy yordam: 법무법인 (유한) 금성 https://t.me/koreavisalaw
0
20
Janubiy Koreyada yashayotgan chet ellik oilalar uchun zo‘r bir maslahatni ulashmoqchiman. Ko‘pchilik bu ma’lumotni biladi, le
Janubiy Koreyada yashayotgan chet ellik oilalar uchun zo‘r bir maslahatni ulashmoqchiman. Ko‘pchilik bu ma’lumotni biladi, lekin hali bilmaydiganlar uchun juda foydali. Bilamizki, Janubiy Koreyada sog‘liq sug‘urtasi to‘lovi ko‘pchilikning joniga tekkan. Lekin bu sug‘urtani faqat bitta odam to‘lab, oilaning qolgan a’zolari ham foydalanishi mumkinligini bilarmidingiz? Agar oilada er yoki xotin rasmiy ishlayotgan bo‘lsa va uning nomida sog‘liq sug‘urtasi bo‘lsa, turmush o‘rtog‘i va farzandlarini “qaramog‘idagi oila a’zosi” sifatida qo‘shish mumkin. Shunda ular uchun alohida sug‘urta puli chiqmaydi yoki ancha kamayadi. Masalan: Er ishlaydi va sug‘urta to‘laydi Xotin ishlamaydi yoki daromadi kam Farzandlar bor Bunday holatda xotin va farzandlarni erning sug‘urtasiga qo‘shib qo‘yish mumkin. Buning uchun odatda quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi: Nikoh guvohnomasi Farzandlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi Chet elliklar ro‘yxatidan o‘tganlik kartasi nusxasi Oilaviy aloqani tasdiqlovchi hujjatlar Agar hujjatlar chet davlatdan bo‘lsa, koreys tiliga tarjima va ba’zan apostil ham talab qilinadi. Ko‘pchilik bilmagani uchun oiladagi har bir odam alohida-alohida sug‘urta to‘lab yuradi va oyiga yuz minglab von ortiqcha xarajat qiladi. Shuning uchun albatta tekshirib ko‘ring. Balki siz ham oilangizni bitta odamning sug‘urtasiga qo‘shib, ancha pulni tejashingiz mumkin. 법무법인 (유한0 금성 @Advokatura_keumseong @koreavisalaw
0