cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sardor Ikramovich || Shaxsiy kanal

                   Toshkent viloyati Sport boshqarmasi Oliy sport yutuqlari sho'basi boshlig'i Instagram: https://instagram.com/sardor_ikramovich?igshid=ZDdkNTZiNTM= Murojaat va reklama: @SIkramovich

Show more
Advertising posts
659
Subscribers
-224 hours
-17 days
-830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​#Qabul_2024-2025 Chinoz tumani 2-son kasb-hunar maktabida rasman oʻquv-yili uchun qabul boshlandi. Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar hamda umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari! Chinoz tuman 2-son kasb-hunar maktabi barcha 9-sinf bitiruvchilarini 2024-2025-oʻquv yilida oʻqishga taklif etadi. Mavjud yoʻnalishlar: - Avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish; - Sotuvchi nazoratchi, kassir; - Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi; - Kompyuter grafikasi va dizayn operatori; - Tikuvchi; - Payvandlovchi; - Elektrik; - Oqava suv va suv taʼminoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi; - Payvandlovchi kasbi boʻyicha Dual taʼlim yoʻnalishi ochilgan (Dual taʼlim oʻzi nima? Dual taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-sonli qarori bilan tasdiqlangan boʻlib unga koʻra oʻquvchilar haftaning 4 kunini ish joyida 2 kunini esa oʻqish joyida oʻtkazdi. Taʼlim muassasasi yaratib beriladigan imkoniyatlar (Chinoz tumanining markazi hamda Yallama hududlaridan keladigan oʻquvchilar uchun imtiyozli avtobuslar qoʻyib beriladi) Hujjatlarni uydan chiqmasdan turib ham. https://my.edu.uz ushbu sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. Manzil: Chinoz tuman Navroʻz MFY Samarqand koʻchasi (eski Navoiy kollej). Sizni qiziqtirgan qoʻshimcha savollarga Qabul boʻyicha kotib Tuygʻunov Ilhomga murojaat qilishingiz mumkin Murojaat uchun telefon raqamlari ☎️ +998-94-407-01-71 ☎️ +998-97-424-06-61 👉@Sardor_Ikramovich
Show all...

🥰 35 22👏 7👍 2
📑Hujjatlarni onlayn ro'yxatdan o'tkazish
📜O'qishga kirish yuzasidan to'liq ma'lumot
🥰 41 24👍 11👏 10
pgwoq5m0bw4hgoyq5eek.m4a3.59 MB
03:26
Video unavailableShow in Telegram
Болалар билан содир этилган йўл ҳаракати ҳодислари ҳақидаги ушбу лавҳаларни кўриб, баъзи ҳолатларда болалар йўлнинг белгиланмаган қисмидан кесиб ўтаётганига гувоҳ бўламиз. Биринчидан, бунга ота-оанси айбдор. Ёш болани катта йўлдан бир ўзини кесиб ўтишига қўйиб бермаслик керак. Иккинчидан, бир пайтлари мактабларда йўл ҳаракати қоидалари ўтилар эди. Ҳозир борми-йўқми билмайман. Мана шу дарсларни кўпайтириш керак. Тезликни оширадиган ҳайдовчилар эса алоҳида мавзу. Хуллас, қарс икки қўлдан чиқади деганларидек болаларнинг ҳам йўлларни кесиб ўтишига эътиборли бўлайлик. Ёш болаларни қаровсиз қолдирмаслик керак! @adolat_kuychisi
Show all...
IMG_3222.MOV17.81 MB
18:37
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Коррупцияни енгган мамлакат - “Сингапур мўжизаси” Сингапур 1965 йилда мустақилликка эришган пайти коррупция ботқоғида эди. Мамлакат ўта оғир иқтисодий кунларни бошдан кечирар, жамиятда қонунсизлик ҳукм сурарди. Ўша вақтдаги бош вазир Ли Куан Юнинг қатъияти туфайли ХХ аср охирига бориб Сингапур коррупция кескин камайган ва ривожланган мамлакатга айланди. Хўш, бу кичик давлат бундай катта натижаларга қандай эришди? Ушбу фильмда Сиз “Сингапур мўжизаси”га ўзингиз гувоҳ бўлишингиз мумкин. 👉 @davlatxizmatchisi_uzb
Show all...
Y2meta_app_KORRUPSIYANI_YENGGAN_MAMLAKAT_SINGAPUR_MO'JIZASI_480p.mp471.05 MB
Ўзбекистонда йўл ҳаракати қоидаларини бузганлик учун жарима миқдорини ошириш таклиф этилмоқда 👉@Sardor_Ikramovich
Show all...
​​#Qabul_2024-2025 Chinoz tumani 2-son kasb-hunar maktabida rasman oʻquv-yili uchun qabul boshlandi. Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar hamda umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari! Chinoz tuman 2-son kasb-hunar maktabi barcha 9-sinf bitiruvchilarini 2024-2025-oʻquv yilida oʻqishga taklif etadi. Mavjud yoʻnalishlar: - Avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish; - Sotuvchi nazoratchi, kassir; - Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi; - Kompyuter grafikasi va dizayn operatori; - Tikuvchi; - Payvandlovchi; - Elektrik; - Oqava suv va suv taʼminoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi; - Payvandlovchi kasbi boʻyicha Dual taʼlim yoʻnalishi ochilgan (Dual taʼlim oʻzi nima? Dual taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-sonli qarori bilan tasdiqlangan boʻlib unga koʻra oʻquvchilar haftaning 4 kunini ish joyida 2 kunini esa oʻqish joyida oʻtkazdi. Taʼlim muassasasi yaratib beriladigan imkoniyatlar (Chinoz tumanining markazi hamda Yallama hududlaridan keladigan oʻquvchilar uchun imtiyozli avtobuslar qoʻyib beriladi) Hujjatlarni uydan chiqmasdan turib ham. https://my.edu.uz ushbu sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. Manzil: Chinoz tuman Navroʻz MFY Samarqand koʻchasi (eski Navoiy kollej). Sizni qiziqtirgan qoʻshimcha savollarga Qabul boʻyicha kotib Tuygʻunov Ilhomga murojaat qilishingiz mumkin Murojaat uchun telefon raqamlari ☎️ +998-94-407-01-71 ☎️ +998-97-424-06-61 👉@Sardor_Ikramovich
Show all...

📑Hujjatlarni onlayn ro'yxatdan o'tkazish
📜O'qishga kirish yuzasidan to'liq ma'lumot
Xususiy universitet: o'qishga arziydimi yoki yo'q? ➖ Hozirgi abituriyentlar nimadan alamzada? Ular nega davlat oliygohi va xususiy OTM orasida bu qadar katta farq ko'rishadi? Keling, shu haqida biroz o'ylab ko'ramiz. 💰 Ta'lim eng katta bozordan biriga aylangani hech kimga sir emas. Talab bor — taklif hamisha tayyor. Bir zamonlar yigitlar armiyada xizmat qilmasa, uyat sanalganidek, bugun oliy ma'lumotli bo'lmaslik uyatli hisoblanadi. Hozir yigitlar armiyaga borgan-bormagani bilan kimdir qiziqadimi? Deyarli yo'q! Vaqti kelib "oliy ma'lumotli" degan nishon ham hech kimni qiziqtirmay qo'yadi. Unda faqat mehnat, qobiliyat va natija qadrlanadi. Lekin u davrgacha hali bor. Shu sababdan keling, biz hozir siz bilan xususiy universitetlar faoliyati haqida gaplashamiz. Xo'sh, nega ularni hamma yomon ko'radi? Siz, xususiy universitetlar haqida yomon fikrda bo'lgan abituriyent, nega ularni yomon ko'rasiz? Topshirgan oliygohingiz bilan ularning qanday farqi bor? Axir butun dunyoda ta'lim amaliyoti shunday, eplagan qaddini ursin! Xorijda ayni biror universitetga topshirishdan maqsad o'sha universitetdagi qaysidir professor yoki dasturga qiziqish, ishtiyoq bo'ladi. Masalan, siz nega O'zMUga topshirdingiz-u, unga kirolmaganingizdan xafasiz? Undagi biror professorni taniysizmi, dars sistemasi bilan tanishsizmi? Nega??? ✔️ Xususiy OTMlarning paydo bo'lishi va ko'payishi ta'limda ham raqobatni yuzaga keltiradi va bu faqat yaxshilikka ishlaydi. O'zbekistonda OTMga kirish jarayoni oson (ha, u chindan ham oson)ligini inobatga olsak qachondir shunday bo'lishi kerak edi. Ya'ni oliy ma'lumotlilar ko'payadi, lekin ularning orasidan faqat chin bilimlilari o'z sohasida davom eta oladi. Va shu zaylda oliy ma'lumotli bo'lish degan trend to'lqini biroz pasayadi.Xo'sh, xususiy universitetda o'qishning qayday yomon tomoni bor? Diplomi "o'tmaydimi?" Hozir shunday zamon kelyaptiki, hatto davlat OTMlarining diplomi ham hech qayerda "o'tmayapti". Kuchlilar qolyapti, sohasiga adashib kelib qolganlar, diplom olsam bo'ldi deb o'qishga kirganlar o'sha diplomini quchoqlab yuribdi. Haqiqat shunday. Siz davlat OTMiga kirolmasangiz va xususiy OTMni ham rad qilsangiz, qimmatli bir yilingizni yoqishingizni tushunyapsizmi? Xususiy universitetdan davlat OTMiga "perevod" qilish mumkinligini inobatga olsak, why not? Nega o'qimaysiz xususiy universitetda? ➖ Bugun ko'pgina xususiy OTMlar chet tilida dars berish amaliyotini yo'lga qo'ygan. Shuningdek, bir qancha OTMlar nomi tarkibidagi "Xalqaro" so'zi qachondir sizning foydangizga ishlashi ham mumkin. Shuningdek, davlat OTMida o'qigan kishi sifatida ayta olamanki, xususiy universitet sizning erkinligingizni bo'g'maydi. Shunda ham agar o'qish yoqmasa, davlat OTMga o'qishni ko'chiraverasiz. Muhimi – bir yil yo'qotmaysiz. ❗️ Xulosa: bu xususiy OTMlar reklamasi emas, shunchaki mulohaza. Xususiy OTMdan qo'rqmang yoki hech bo'lmasa nafratlanmang. Agar ichingizda olov bo'lmasa, bilimingiz bo'lmasa, xususiy OTMda o'qiysizmi yo davlatnikida, baribir hayot sizni bir chekkaga uloqtirib yuboradi. Hamma gap sizning ichingizda, o'zingizda, oliygohda emas! Oqimga qarshi suzish har doim ham qo'rqinchi va xavfli emas. Omon bo'ling! @Xususiy_oliygohlarLitsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
Show all...
Xususiy oliygohlarda kontrakt qancha? 🗺 Region: Toshkent shahri (1-qism) 1. Fan va texnologiyalar universiteti
✅ Kunduzgi: 16 mln 800 ± ☑️ Sirtqi: 12 mln 600 ±
2. Xalqaro Nordik universiteti
✅ Kunduzgi: 14 mln ± ☑️ Sirtqi: 11 mln ±
3. Renessans ta'lim universiteti
✅ Kunduzgi: 16 mln ± ☑️ Sirtqi: 12 mln ±
4. Alfraganus universiteti
✅ Kunduzgi: 18 mln ± ☑️ Sirtqi: 12 mln ±
5. Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
✅ Kunduzgi: 26 mln ± ☑️ Sirtqi: Yo'q
6. Perfect university
✅ Kunduzgi: 19 mln ± ☑️ Sirtqi: 14 mln ±
7. Toshkent kimyo xalqaro universiteti
✅ Kunduzgi: 18 mln ± ☑️ Sirtqi: 12 mln ±
8. Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
✅ Kunduzgi: 17 mln ± ☑️ Sirtqi: 12 mln ±
9. Tashkent International University
✅ Kunduzgi: 18 mln ± ☑️ Sirtqi: 15 mln ±
10. Yaponiya Raqamli Universiteti
✅ Kunduzgi: 33.9 mln ☑️ Sirtqi: Yo'q
11. Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
✅ Kunduzgi: 17 mln ± ☑️ Sirtqi: 13 mln ±
12. “Millat Umidi University”
✅ Kunduzgi: 18 mln ± ☑️ Sirtqi: Yo'q
13. Yangi asr universiteti
✅ Kunduzgi: 18 mln ± ☑️ Sirtqi: Yo'q
14. Profi University
✅ Kunduzgi: 14.6 mln ± ☑️ Sirtqi: 10 mln ±
Eslatma: Xususiy oliygohlardagi to'lov kontrakt narxlari yo'nalishlarga qarab farq qiladi. Ushbu ro'yxatda eng arzon yo'nalish yoki o'rtacha narxlar keltirilgan. #Qabul2024 #Abituriyent2024 #universitet ✅ @Xususiy_oliygohlarLitsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
Show all...

👍 1
“Маҳалла еттилиги”нинг вазифалари: маҳалла раиси эҳтиёжманд оилаларга уй-жойини яхшилашга кўмаклашиш; ➖ ҳоким ёрдамчиси ишсизларга иш топишга кўмаклашиш; ➖ ёшлар етакчиси ёшларни спорт, мусиқа ва тўгаракларга жалб этиш; ➖ хотин-қизлар фаоли аёлларни тадбиркорлик, касаначилик, ҳунармандчиликка жалб қилиш; ➖ солиқ ходими маҳалладаги имкониятларни ишга солиб, солиқ базасини кенгайтириш, тадбиркорлик фаолиятини қонунийлаштиришга ҳамда ўзини ўзи банд қилганларга кичик бизнес тоифасига ўтишга кўмаклашиш; ➖ ижтимоий ходим ёлғиз кекса, ногирон ва бошқа муҳтожларга ижтимоий хизмат кўрсатиш каби аниқ вазифалар билан шуғулланиши лозим. Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.