Xayrulla Sattarov
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori . Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Xayrulla Sattarov
Channel Xayrulla Sattarov (@xayrullasattarov) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 50 434 subscribers, ranking 1 048 in the Business category and 1 542 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 50 434 subscribers.
According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 305 over the last 30 days and by -45 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 18.34%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 41.47% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 8 925 views. Within the first day, a publication typically gains 20 177 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 6.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Business category.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1 avgust holatiga O‘zbekistonda xorijiy investisiyalar ishtirokida 20 973 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.🇺🇿 Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:
Toshkent shahri — 13 114 ta; Toshkent viloyati — 2 901 ta; Samarqand viloyati — 754 ta; Farg‘ona viloyati — 659 ta; Surxondaryo viloyati — 630 ta; Andijon viloyati — 519 ta; Buxoro viloyati — 449 ta; Sirdaryo viloyati — 341 ta; Navoiy viloyati — 335 ta; Namangan viloyati — 331 ta; Jizzax viloyati — 283 ta; Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 258 ta; Xorazm viloyati — 214 ta; Qashqadaryo viloyati — 185 ta.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.💬 Mazkur davrda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 hamkorlar quyidagilar:
Xitoy — 11,3 mlrd AQSH dollari; Rossiya Federatsiyasi — 8,1 mlrd AQSH dollari; Qozog‘iston — 3,3 mlrd AQSH dollari; Turkiya — 1,6 mlrd AQSH dollari; Afg‘oniston — 1,2 mlrd AQSH dollari; Fransiya — 1,1 mlrd AQSH dollari; Koreya Respublikasi — 1,1 mlrd AQSH dollari; BAA — 928,7 mln AQSH dollari; Turkmaniston — 779,4 mln AQSH dollari; Gonkong* — 776,8 mln AQSH dollari. (Xitoyning maxsus ma’muriy hududi).Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Ularning 356,8 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, jami tijorat tashkilotlarining 80,1 foizini tashkil etgan.🏠 Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tijorat tashkilotlari soni: mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 356 812 ta (80,1 foiz); xususiy korxonalar – 47 241 ta (10,6 foiz); oilaviy korxonalar – 37 345 ta (8,4 foiz); aksiyadorlik jamiyatlari – 646 ta (0,1 foiz); boshqalar – 3 653 ta (0,8 foiz). Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentyabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi. Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi.✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentyabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi. Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi. ⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi: ➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha; ➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha; ➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha.
💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi: ▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m; ▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m; ▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m. ✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi: ▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m; ▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m; ▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
❗️ Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 360 000 so‘m; 🔹bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m; 🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 504 000 so‘m; 🔹yoshga doir eng kam pensiya – 983 000 so‘m; 🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 083 000 so‘m; 🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 083 000 so‘m; 🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (983 000 so‘mdan) 1 083 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 083 000 so‘m; 🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 878 000 so‘m; 🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 878 000 so‘m. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 27 950,1 ming so‘mni tashkil etdi.📊 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 6,6 foizga o‘sgan. Aholi jon boshiga YAIM hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar–iyun):
2022 yil — 12 458,1 ming so‘m; 2023 yil — 14 576,7 ming so‘m; 2024 yil — 18 126,0 ming so‘m; 2025 yil — 23 890,2 ming so‘m; 2026 yil — 27 950,1 ming so‘m.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
O‘zbekistonda startaplarni moliyalashtirish va xususiy sarmoyadorlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.💬 Hujjatga ko‘ra, 2027–2030-yillarda “Kelajak tadbirkori” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida UzVC milliy venchur fondi 8 ta ustuvor yo‘nalishda ochiq tanlov asosida jami 30 tagacha startapni moliyalashtiradi. 💬 Har bir loyiha 5 milliard so‘mgacha investitsiya olishi mumkin. Moliyalashtirish 3 yil muddatga foizsiz va garovsiz konvertatsiya qilinadigan qarz yoki SAFE shaklida amalga oshiriladi. 💬 “Kelajak tadbirkori” dasturi elektrotexnika, mashinasozlik va uskunasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, qurilish materiallari, suv va energiya tejovchi texnologiyalar yo‘nalishlaridagi startaplarni qamrab oladi. Batafsil Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Qadrli doʻstlar! “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yosh avlodga gʻamxoʻrlik qilish, ularning bilim va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan. 39 millionlik aholining qariyb 56 foizini yoshlar tashkil etayotgani uzoq muddatli yondashuv, keng qamrovli yechimlarni hayotiy zaruratga aylantirmoqda. Soʻnggi yillarda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarimiz natijasida yoshlarimizning barkamol oʻsishi, global raqobat muhitida munosib oʻrin egallashi uchun ulkan imkoniyatlar yaratildi. Yurtimizda yoshlar bilan ishlash va ularni qoʻllab-quvvatlashning mutlaqo yangi – manzilli va vertikal tizimi yoʻlga qoʻyilganini alohida taʼkidlash oʻrinlidir. Dunyodagi yuqori 100 talikka kiradigan yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻgʻil-qizlarimiz soni 3,5 ming nafardan oshgani, ilmiy darajaga ega yosh olimlarimiz ulushi ikki baravar ortgani bizni mamnun etadi. Yoshlarning tadbirkorlar safidagi ulushi 35 foizga yetgani ham ular iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganidan dalolat beradi. Ishonchim komil, anjuman doirasidagi muloqot va munozaralar ochiq, konstruktiv ruhda oʻtadi, Samarqandda tasdiqlangan hujjatlar global tinchlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Sizlarni yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga mustahkam salomatlik, tuganmas gʻayrat-shijoat va masʼuliyatli faoliyatingizda yangi zafarlar tilayman!— deyiladi tabrikda. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
