cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Eshboʻriyev Sherali

Bu kanalda havaskor shoir Eshboʻriyev Sherali ijodidan namunalar berib boriladi, hurmat bilan muallif!

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
189
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Har bir yaratiqdan  Yaratganni ko'ra oladiganlar uchun  ... Xayrli  tun...!
Show all...
Sening qargʻingda, millionta dard bor. Voh, bundan behabar mingta nomart bor. Qay tilda soʻzlama, anglayman oshkor. Yoʻqchilik shevasi, musofir ayol. Osmoningdan, erta uchdi yulduzing Bolang isin, qumsar kecha, kunduzing. Nechun, buncha mayus boqadi koʻzing. Sen kimning bevasi,musofir ayol. Bilmaysanda, dunyoning hur gulisan. Jannat tomon borguvchi bir yoʻlisan. Ishon gulim, Allohning chin qulisan. Muhabbat mevasi, musofir ayol. Karvoningga, toshlar otar tinmayin. Sen yashayver, unga nazar qilmayin. Xaqqing yesa, itlar xazar qilmayin. Sen sabr kosasi, musofir ayol. Kim boʻlibman, kuylamoqqa madhingni. Hali kimlar koʻrolmaydi baxtingni. Bu gʻurbatda, yoʻqotmagin shaxtingni. Sen baxtning egasi, musofir ayol. Eshboʻriyev Sherali @Sherali_mm
Show all...
Buncha maʼsum buncha begunoh Buncha sirli tilsim bu tunlar Yuragimdan qazib chuqur choh Nigohingni koʻmar qaygʻular. Har galgidek menda shu ahvol Topolmayman dardlar adogʻin Senda ham shu begʻubor zavol Achishtirar qoʻling qadogʻin. Buncha maʼsum buncha begunoh Qorongʻu dil izlagan gʻashlik Yodtiqdoshim ayni chogʻda moh Sogʻinganim huuv oʻsha yoshlik Bilmadim bu betizgin sheʼrda Nima yozdim sen uchun firoq Balki sogʻinmaganim dilda Buncha ogʻir seni oʻylamoq. Eshboʻriyev Sherali @sherali_mm
Show all...
Мен ўша, сўнгги йўқ ўйларинг сени, Чексиз хаёлларинг етаклаб чопган. Мен ўша, изтироб топган-тутгани, Сени фироқларга текинга сотган. Мен ўша, юзларинг ювган уқубат, Бетўзим қарғишинг, дуойинг чексиз. Мен ўша, сен учун якка муҳаббат, Сени ўз-ўзидан айлаган эрксиз. Мен ўша, ҳеч кимга бермас мактубинг, Ойдинда сабога шивирланган сўз. Мен ўша, билмай ҳам, кўрмай ҳам юзинг, Сени ташлаб кетган телбаранг беюз. Мен ўша, кўзингда қотиб қолган мунг, Сени қамал қилган бошсиз оломон. Мен ўша, чин ишққа бўлмаган Мажнун, Мен ўша, ҳеч кимса ишонмас ёлғон. Шерали Эшбўриев @sherali_mm
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad! Juma muborak va xayrli bo'lsin barchamizga! Assalomu alaykum!
Show all...
00:09
Video unavailableShow in Telegram
1.79 MB
Moskov koʻchalari sovuq, onajon Shamollar izillar haroratni yeb Otam duosidan yuribman omon Kiyindim, sogʻinchim sovqotmasin deb Menga dard yetmaydi, menga jin urmas Siz meni oʻylamang omonman shaksiz Bunday tashvishlarni koʻzlarim koʻrmas Bunday sinovlarga choʻkolmayman tiz. Men izn bermayman armonlarimga Osmon etagidan tutaman mahkam Olamlar egasi zoti karimga Meni topshirganku ikkita odam Garchi qishlar qattiq izgʻirin qattiq Mushtday yuragimda ming yillik olov Xohlasam olamga qilaman tortiq Qirilib ketgaydir muzlaru qirov Ha ona, xalqimdan iliqlik meros Qalbimga qahraton kirolmas essiz Sogʻinchni asray deb kiyindim xolos Oʻzim bu ayozga choʻkolmayman tiz. Eshboʻriyev Sherali @sherali_mm
Show all...
Goʻdaklarni tiriklay Yetim qilib toʻymagan Ota gʻaribxonada, Oʻzi toʻyda oʻynagan Faxsh uyida dalliyu Ayolini suymagan Xiyonat ildiziga Poya boʻlgan erkaklar. Shaytonning izlarida Soya boʻlgan erkaklar. Shu tuproqda ulgʻayib, Vatan sotib kettingiz. Bilmadingiz aslida Kafan sotib kettingiz. Shoqollarning koʻziga Qondek botib kettingiz. Ota yurtiga qarshi Gʻoya boʻlgan erkaklar Yot yoqlarda kun koʻrmay Zoya boʻlgan erkaklar. Ikki dunyo xor boʻlgay Xilqatidan ketgan jon Quloq teshib lozim kiyib Fitratin unutgan jon Axir erkak zotiga Yarashmaydi hech qachon Nahs bosgan yumushlarga Doya boʻlgan erkaklar. Nomi ulugʻ karvonda Moya boʻlgan erkaklar. Ming shukur yuraklarda Hamiyat bor vijdon bor Kafti duoga toʻlgan Sajdalar bor iymon bor Koʻksi togʻ rijollaring Asragin parvardigor Yor boʻling oʻzbegimga Qoya boʻlgan erkaklar Bor boʻling oʻzligiga Qoya boʻlgan erkaklar. Eshboʻriyev Sherali @sherali_mm
Show all...
Paxta terim. ( Hazil sheʼr) Men bir qizni sevardim Bu sevgi sirim edi. Sir saqlash ham aslida Azaliy irim edi Bu sir bilan sevgimiz Juda ham shirin edi. Men sevib qolganimda, Birinchi terim edi. Uyigacha borardim Keyin kelardim qaytib Xatlar yozib gap otib Izidan yurdim daydib U ham bitta xat yozdi Oshiqligini aytib U sevib qolganida, Ikkinchi terim edi. Kunduzlari u bilar Gulzorlarda yurardik Kechalari bildirmay Tutzorlarda yurardik Maysalarga bosh qoʻyib Shirin suhbat qurardik. Sevgimiz gullaganda Uchinchi terim edi. Fermer ham rejasini Mana bajarib boʻldi Bir katta bayram qilib Ichdi, maqtandi, kuldi Oʻsha fermer oʻgʻlidan Unga sovchilar keldi. Men undan ayrilganda Toʻrtinchi terim edi. Gulzorlarda kutganim Qiziqtirmas hech kimni. Tutzorlarda oʻpganim Qiziqtirmas hech kimni Endi ayting doʻstlarim Nima qilay sevgimni Uning toʻyi boʻlganda. Gʻoʻzaga qirgʻin keldi. Ketmonu oʻroq olib Gʻoʻzani chopdim terdim Oʻsha sevgan qizimni. Uch oyda erga berdim.. Eshboʻriyev Sherali @sherali_mm
Show all...