en
Feedback
IRA Namangan viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasi | Rasmiy kanali🪐

IRA Namangan viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasi | Rasmiy kanali🪐

Open in Telegram

IRA Namangan viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasining telegramdagi rasmiy sahifasi Murojaat uchun: 📲 +998997980927, +998932646323, +998905544995

Show more
636
Subscribers
+124 hours
-87 days
-3930 days
Posts Archive
📢 Innovatsion imkoniyatlar mahallalarda targ‘ib qilinmoqda Namangan viloyati Innovatsion rivojlanish bo‘linmasi tomonidan Na
+3
📢 Innovatsion imkoniyatlar mahallalarda targ‘ib qilinmoqda Namangan viloyati Innovatsion rivojlanish bo‘linmasi tomonidan Namangan shahrining Obihayot hamda Norin tumanining Qo‘shchek mahallalarida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan innovation.gov.uz platformasi orqali e’lon qilinayotgan tanlov va dasturlar yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirlar davomida ishtirokchilarga innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mavjud imkoniyatlar, tanlovlarda ishtirok etish tartibi hamda loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Jumladan: 🏅 “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni; 🚀 “Kelajak startaplari” tanlovi; 📊 innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari; 💰 grant va moliyalashtirish imkoniyatlari; 💡 “Ratsionalizatorlik va ixtirochilik” yo‘nalishi; 🌐 yoshlarni startap ekotizimiga keng jalb etish mexanizmlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga o‘z innovatsion g‘oya va loyihalarini tanlovlarga taqdim etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda startap tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Mazkur targ‘ibot ishlari mahallalarda innovatsion g‘oyalarga qiziqishni oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. 👉 @IRB_Namangan

#OAV O‘zbekistonda startaplar muammolarni hal etmoqda! Bugun startaplar shunchaki yangi biznes g‘oyasi emas. Ular jamiyatdagi
#OAV O‘zbekistonda startaplar muammolarni hal etmoqda! Bugun startaplar shunchaki yangi biznes g‘oyasi emas. Ular jamiyatdagi mavjud muammolarga zamonaviy va samarali yechim taklif etayotgan muhim vositaga aylanmoqda. O‘zbekistonda ham startap ekotizimi izchil rivojlanib, yoshlar va tadbirkorlarga o‘z g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish, yangi mahsulot va xizmatlar yaratish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 😄 Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan “Agar” tok-shousida ana shu jarayonlar, startaplarning bugungi imkoniyatlari va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. 🎞 YouTube'da ko‘rish
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan ta
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (471-son, 05.09.2026-y.) bilan “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 📖 Ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlari taqdirlanadi. 📚 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish uchun Komissiya tashkil etiladi. 📜 Komissiya tomonidan nomzodlarni ko‘krak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi: 🔹 intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etganligi; 🔹 intellektual mulk obyektlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati; 🔹 intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashda faol ishtirok etganligi; 🔹 jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga qo‘shgan hissasi; 🔹 intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda, shu jumladan, intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishda ishtirok etganligi. 🏛 Ko‘krak nishoni har yili 26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi. 💸 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#diqqat_tanlov Ulushli moliyalashtiriladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi 13-sentabrga qadar davom etadi! ✅ Tanlovga quyidagi f
#diqqat_tanlov Ulushli moliyalashtiriladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi 13-sentabrga qadar davom etadi! ✅ Tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi: 1. Farmakologiya va farmatsevtika fanlari; 2. Biologiya va biotexnologiya fanlari; 3. Tibbiyot fanlari; 4. Iqtisodiyot fanlari; 5. Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari; 6. Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya va nanotexnologiya fanlari; 7. O‘rmon xo‘jaligi, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari; 8. Veterinariya va chorvachilik fanlari; 9. Yer to‘g‘risidagi fanlar; 10. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari; 11. Matematika, fizika va mexanika fanlari; 12. Texnika fanlari; 13. Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari. Tanlovga taqdim etiladigan loyiha.ilmiy.uz orqali faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

📣📣📣 SGP Life Sciences: Markaziy Osiyo startaplari uchun akseleratsiya dasturi DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyodagi s
📣📣📣 SGP Life Sciences: Markaziy Osiyo startaplari uchun akseleratsiya dasturi DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyodagi startaplar uchun “SGP Life Sciences” ikki oylik akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda. Dastur Biotech, Healthtech va Pharmatech yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi startaplar uchun mo‘ljallangan. Ishtirokchilar: 🧬 mentorlar va soha ekspertlaridan amaliy yordam oladi 🧬 investitsiya jalb qilish va biznesni kengaytirishga tayyorlanadi 🧬 xalqaro venchur fondlari va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi 🧬 xalqaro bozorlarga chiqish va hamkorlik imkoniyatlariga ega bo‘ladi Dastur O‘zbekistonda ikki kunlik oflayn Bootcamp-o’quv mashg’ulotlari va Demo Day- loyihalar taqdimoti bilan yakunlanadi. Tadbirda investorlar, korporatsiyalar va startap ekotizimi vakillari ishtirok etadi. 🗓🗓 Arizalar 2026-yil 18-sentabrgacha qabul qilinadi. ➡️ Ariza topshirish uchun havola   Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi Hukumat qarori (463
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (463-son, 04.09.2026-y.) bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. ⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi. ✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. 🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi. 🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi. ⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi: ➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha; ➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha; ➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha. 💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi: ▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m; ▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m; ▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m. ✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi: ▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m; ▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m; ▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#InnoWeek_2026 InnoWeek-2026 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar Bu yerda siz: 🔤eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz; 🔤mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz; 🔤ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz; 🔤investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz; 🔤xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz. 🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va innovatsiyalar kelajagining bir qismiga aylaning! 📍27–29-oktabr | CAEx Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#InnoWeek_2026 Inno Market’da mahsulotingizni qanday joylashtirish mumkin? ✅ Innovatsion mahsulotingiz bormi? Uni InnoWeek doirasida keng auditoriyaga taqdim eting! Inno Market platformasi orqali tashkilotlar o‘z innovatsion mahsulotlarini joylashtirib, ularni xaridor va hamkorlarga taqdim etishlari mumkin. ✅ Tashkilotingizni ro‘yxatdan o‘tkazing, mahsulot haqidagi ma’lumotlarni kiriting va uni platformaga joylashtiring. ➡️ Mahsulotni joylashtirish tartibini bilish uchun videoqo‘llanmani tomosha qiling. ⚫️ innomarket.uzInnoWeek–2026 — innovatsiyangizni namoyish etish, yangi hamkorlar topish va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochish maydoni. 📍27–29-oktabr | CAEx
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#InnoWeek_2026 Inno Market’da mahsulotingizni qanday joylashtirish mumkin? ✅ Innovatsion mahsulotingiz bormi? Uni InnoWeek doirasida keng auditoriyaga taqdim eting! Inno Market platformasi orqali tashkilotlar o‘z innovatsion mahsulotlarini joylashtirib, ularni xaridor va hamkorlarga taqdim etishlari mumkin. ✅ Tashkilotingizni ro‘yxatdan o‘tkazing, mahsulot haqidagi ma’lumotlarni kiriting va uni platformaga joylashtiring. ➡️ Mahsulotni joylashtirish tartibini bilish uchun videoqo‘llanmani tomosha qiling. ⚫️ innomarket.uzInnoWeek–2026 — innovatsiyangizni namoyish etish, yangi hamkorlar topish va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochish maydoni. 📍27–29-oktabr | CAEx
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#kitob_mutolaasi Har haftaning juma kuni "Kitob oʻqish soati"ni yoʻlga qoʻyish yuzasidan, Innovatsion rivojlanish agentligi N
+2
#kitob_mutolaasi    Har haftaning juma kuni "Kitob oʻqish soati"ni yoʻlga qoʻyish yuzasidan, Innovatsion rivojlanish agentligi Namangan viloyati boʻlinmasi hamda Namangan yoshlar texnoparki tomonidan amalga oshirildi. 📚 Kitob o‘qish soati Kitob — bilim va tafakkur manbai. Bugun ajratilgan bir soatni kitob mutolaasiga bag‘ishlab, bilim va dunyoqarashimizni yanada boyitamiz! 📖 👉 @IRB_Namangan

#diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalar tanlovi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar M
#diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalar tanlovi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror hamda farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinadi. 🔵 Fan yo‘nalishlari: - Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari; - Filologiya va ijtimoiy fanlari; - Texnika fanlari; - Tibbiyot fanlari; - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi fanlari; - Qishloq xo‘jaligi. Arizalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 28-sentabrigacha soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#Fotoreportaj #sport_kuni Sportni sev – sport bilan yasha! Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari, jumladan, hududiy bo‘
+2
#Fotoreportaj #sport_kuni Sportni sev – sport bilan yasha!
Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari, jumladan, hududiy bo‘linmalarda faoliyat yuritayotgan jamoalar ham sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlab, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Sport mashg‘ulotlari xodimlarning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, ularning kayfiyati, ishchanligi va jamoaviy ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zero, sog‘lom tana va sog‘lom tafakkur — yangi g‘oyalar, samarali mehnat va yuksak natijalarning muhim omilidir.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️ Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar tanlovida ishtirok
#diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️ Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar tanlovida ishtirok eting! Tanlovga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalariga asoslangan loyiha talabnomalari qabul qilinadi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-54-son Farmoniga asosan eʼlon qilinmoqda.
✅ Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot tizimi (tijorat.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 21-iyul kuni soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#tanlov “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtiroc
#tanlov “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinmoqda.
✅Tanlovning asosiy shartlari:
- Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish hamda hududiy koʻrgazmalarda ishtirok etgan boʻlish lozim;
- Tanlov 2 bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan 3 nafar ishtirokchi “InnoWeek – 2026” haftaligi doirasida aniqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: Arizalar elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 25-avgustdan 25-sentabr soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 📌 Eslatma: Tanlov natijalari va bosqichma-bosqich koʻrib chiqish maʼlumotlari ishtirokchilarning ixtiro.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#Ijtimoiy_rolik 🗣Ilm avvalo, halollik, vijdon va mas’uliyat! Birovning ilmiy g‘oyasi, tadqiqoti yoki natijasini o‘z nomingizdan taqdim etish — oddiy xato emas. Bu ilmiy mehnatga, muallif huquqiga va ilm-fanning o‘ziga nisbatan hurmatsizlikdir. Haqiqiy olim o‘zgalar mehnatiga da’vo qilmaydi. U o‘z izlanishi, o‘z g‘oyasi va o‘z mehnati bilan ilmga hissa qo‘shadi. Chunki ilmda eng katta yutuq natija emas, unga halol mehnat bilan erishishdir. ⏺O‘zganning ilmiy mehnatiga da’vogarlik qilmang! Ilmda halol bo‘ling!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

🇺🇿 O‘zbekiston — “Yil mamlakati”: startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro miqyosda
🇺🇿 O‘zbekiston — “Yil mamlakati”: startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro miqyosda yana bir yuqori natijani qayd etdi. StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning yillik ekotizim o‘sishi 227,3 foizni tashkil etgan. Mazkur natija asosida O‘zbekiston “Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi. 📈 Global reytingdagi dinamika: — 2023-yil — 111-o‘rin — 2024-yil — 110-o‘rin — 2025-yil — 98-o‘rin — 2026-yil — 79-o‘rin Shunday qilib, so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston global reytingda 32 pog‘onaga yuqoriladi. Ayniqsa, Toshkent startap ekotizimidagi jadal o‘sish sur’ati bilan ajralib turibdi. Poytaxt bir yil davomida 155,7 foiz o‘sish qayd etib, global reytingda 121 pog‘onaga ko‘tarildi va 229-o‘rinni egalladi. Natijada Toshkent Markaziy Osiyodagi eng yuqori reytingga ega startap markaziga aylandi. Yana bir e’tiborli jihat — startap faolligi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti. Samarqand va Farg‘ona shaharlari ilk bor dunyoning TOP-1000 startap ekotizimlari qatoridan joy oldi. Hisobotda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap submintaqasi sifatida qayd etilgan. Mintaqadagi ushbu o‘sishning asosiy drayverlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘rsatilgan. ✅ 227,3 foizlik o‘sish — shunchaki raqam emas. Bu mamlakatda startaplar, texnologik tadbirkorlik va innovatsion ekotizimni rivojlantirish borasidagi jarayonlar xalqaro reytinglarda ham o‘z aksini topayotganini ko‘rsatadi. ➡️ Manba: StartupBlink, Global Startup Ecosystem Index 2026. StartupBlink — Global Startup Ecosystem Index 2026
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi. Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi. Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi. Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi. Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, ikki hafta davomida Xorazmda 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rgan
+2
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, ikki hafta davomida Xorazmda 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi. Viloyatda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda. Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn