6 681
Subscribers
No data24 hours
-637 days
-32330 days
Posts Archive
6 681
+2
#hamkorlik
“Condor Energies” kompaniyasi bilan qazib chiqarish loyihasining natijalari va istiqbollari muhokama qilindi
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU-2025” 27-xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va Kanadaning “Condor Energies Inc.” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👉@kommunal
6 681
+1
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi oʻrta bosimli gaz quvuriga avtomobilning urilishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Natijada "Toʻqimachi" MFYdagi 975 ta xonadon va 7 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
👉@kommunal
6 681
❗️Muhofaza zonalarida yaqinida varrak uchirish hayot uchun xavfli va elektr taʼminoti barqarorligiga salbiy taʼsir etadi.
✅ AZIZ FUQAROLAR, HURMATLI ISTEʼMOLCHILAR!
📑 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroridan:
2-bob, 15-band: Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashi..., … , shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:
a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
b) ... elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni joylashtirish;
v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish (muhofaza zonasida) taqiqlanadi.
👉@kommunal
6 681
Joriy yil may oyi birinchi yarmida suyultirilgan gaz (propan) bozoridagi vaziyat tahlili
May oyining birinchi yarmida suyultirilgan gazning birja savdolaridagi o‘rtacha sotilish narxi quyidagicha bo‘ldi:
1 tonna suyultirilgan gaz (propan) oy boshida o‘rtacha 6 mln 409 ming so‘mdan sotilgan;
15-mayga kelib, mazkur raqam o‘rtacha 5 mln 427 ming so‘mni tashkil etgan va oy boshidagiga nisbatan 982 ming so‘m yoki 15,32 foiz arzonlagan.
15-may kuni birja savdolariga jami 2 893 tonna suyultirilgan gaz (propan) qo‘yilgan bo‘lib, uning 1 264 tonnasi (yoki 44 foizi) sotilgan.
👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
Qashqadaryo viloyatida 739 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ko‘kdala tumanida “E. X.” fermer xo‘jaligi shartnoma tuzmasdan elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 739,7 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
#Bilish_shart
Ochiq taqsimlash elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazishda nimalarga e’tibor beriladi
Barcha elektr qurilmalarda (transformator, o‘chirgich, ajratkich, aloqa kondensatori, rele himoyasi shkaflari, boshqaruv privodlari, tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlari, o‘ta kuchlanishlarni so‘ndirish, yong‘in o‘chirish nasoslari binosi, shinalar tizimi ) va boshqalarda dispetcherlik yozuvi mavjudligi, yozuvlarning tiniqligi nazoratdan o‘tkaziladi.1️⃣Shuningdek: 🔍ajratkichlarning harakatlanuvchi qismlarining zanglamaslik uchun moylanganligi, 🔍statsionar yerlagichlar pichoqlari kontakt tozaligi, 🔍boshqarish privodlari shitlari yopiqligi, 🔍dastaklari xavfsizlik qoidalariga asosan qizil rangga bo‘yalganligi va asosiy kontakt pichoqlari qora rangga bo‘yalganligi, 🔍tayanch izolyatorlarida sinish yoki dars ketish, 🔍asosiy kontaktlarning ulangan holatida fazalar pichoqlaring to‘liq kirib turganligi, 🔍tayanch izolyatorlari yuqori qismi yumshoq plastina kontaktlaridagi uzilishlari, 🔍boshqaruv privodi ustida xavfsizlik texnikasiga asosan himoya soyabonlaring mavjudligi ko‘rikdan o‘tkaziladi. 👉@kommunal
6 681
+2
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
"O‘zenergoinspeksiya" va Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil devoni hamkorligida Inspeksiyaning barcha xodimlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar yuzasidan joriy etilgan tartiblarga rioya etilishini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, energiya resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada ishlab chiqilgan normativ hujjatlarni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etilishi bo‘yicha alohida to‘xtalib o’tildi.1️⃣Shuningdek, hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining mavjud muammolarini o‘rganish hamda tezkorlik bilan ushbu muommolarni bartaraf etib, ularga ko‘mak berish vazifasi yuklatildi. Yig‘ilishda rejaga ko‘ra belgilangan topshiriq ijrosini yetarli darajada tashkil qilinmagan va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hududiy boshqarma mas’ullariga tushuntirishlar berildi. 👉@kommunal
6 681
#Bilish_shart
Quyidagi holatlar iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish (noqonuniy foydalanish) holatlari deb hisoblanadi:
🔍 elektr ta’minoti shartnomasini tuzmasdan, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish.
Agar iste’molchi energiya ta’minoti korxonasi xodimi bilan til biriktirib, ulanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarmasdan, shartnomasiz va hisoblagichi HETKning tegishli dasturiy ta’minoti bazalariga kiritilmasdan elektr tarmog‘iga ulanib, elektr energiyasidan foydalangan taqdirda o‘zboshimchalik bilan foydalanishga tenglashtiriladi;🔍 hisoblagich ko‘rsatkichlarini qasddan kamaytirish maqsadida unga tashqi ta’sir ko‘rsatish; 🔍 hisoblagich va o‘lchov transformatorlarining plombalarini o‘zboshimchalik bilan buzish; 🔍 I tarif guruhi iste’molchilarida o‘rnatilgan hisoblagichda sutkaning vaqt zonasini o‘zboshimchalik bilan tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali o‘zgartirish; 🔍 o‘zboshimchalik bilan hisoblagich yoki o‘lchov transformatorlarini almashtirish; 🔍 hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish; 🔍 hisoblagich xotirasidagi ko‘rsatkichlarni yo‘q qilish maqsadida hisoblagichni qasddan yo‘q qilish (yoqib yuborish, sindirib maydalash va shu kabilar). Iste’molchining aybisiz hisoblagichga yuqori kuchlanish/tok kelishi natijasida erib ketishi yoki boshqa tabiiy sabablarga ko‘ra yaroqsiz holga kelishi bundan mustasno; 🔍 hisoblagichdan tashqari ulanish; 🔍 hisobga olinadigan elektr energiyasi miqdorini kamaytirish maqsadida o‘lchov transformatorlariga biriktirilgan pasport ma’lumotlarini qasddan o‘zgartirib qo‘yish; 🔍 yuridik shaxs iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilar bundan mustasno) elektr energiyasini yo‘q qilish maqsadida elektr hisoblagichni EHNAT tizimidan qasddan uzib (texnik uzilishlar bundan mustasno), haqiqiy ko‘rsatgich bo‘yicha hisobot bermasdan elektr hisoblagich ko‘rsatkichini yashirish (bunda yashirilgan elektr energiyasi miqdori ikki oylik iste’molidan kam bo‘lmaganda). 1️⃣Agar iste’molchilarning hisoblagichlari, o‘lchov transformatorlari energetika obyekti korxonasiga tegishli hududda (podstansiya, transformator punkti va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lib, hisoblagich o‘lchov tizimiga tashqi aralashuvlar natijasida iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori kamaytirilganligi hisoblagich yoki EHNAT bazasi xotira ma’lumotlari bilan o‘z tasdig‘ini topganda, iste’molchi javobgar hisoblanadi.
Qoidalarning ushbu bandida nazarda tutilgan qoida buzilishlari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq tegishli javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.👉@kommunal
6 681
#Bilish_shart
Havo tarmog‘lari 1 yilda bir marotaba elektromontyor tarafidan to‘liq ko‘rikdan o‘tkaziladi
1000 V gacha bo‘lgan havo tarmog‘ini stadion va maktablar, shuningdek, sport majmualari hududlaridan o‘tishiga ruxsat etilmaydiHavo tarmog‘i 1 yilda bir marotaba tanlov asosida muhandis-texnik xodimlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilangan. 🔍Yog‘och tayanchlar qismlarining yemirilishi holati 3-6 yilda aniqlanadi. 🔍Temir beton tayanchlari, elementlari, tirgaklari 6 yilda bir marotaba tekshiriladi. 1️⃣Ajratgichlari, razryadniklari va ikkilamchi yerlagichlariga ega bo‘lgan tayanchlarni yerlagichlari qarshiligi 6 yilda bir marotaba o‘lchash amalga oshiriladi. ⚡️Tanlov asosida yerlagichlarni tayanchlar yerlagichlari holati yerni kovlab ochish orqali ko‘rikdan o‘tkazish 10 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. 👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
Buxoro viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahri “B.Naqshband” MFYda joylashgan “Buxoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi”ga qarashli binoning elektr uskunalari hisoblagichsiz tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 364,9 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
Xorazm viloyatida 3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan zapravka" aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuratura va IIB hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yangibozor tumanida joylashgan “F. G.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Xususan, ushbu shaxobchada gaz hisoblash uskunasining konfiguratsiyasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 3 milliard 48 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
Energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rgazmali-amaliy seminar o‘tkazildi
Buxoro viloyatida energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish borasida O‘zbekiston Respublikasining "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq respublika iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejash va undan oqilona foydalanish maqsadida soha mutaxassislari tomonidan sayyor seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Seminarda sohaning malakali mutaxassislari tomonidan energiya resurslarini iqtisod qilish, texnologik yo‘qotishlarni oldini olish, yirik korxonalarni AUDITdan o‘tkazish tartibi va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazildi.Iste’molchilarga energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar, energiya balansini ishlab chiqish, bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan energiya miqdorini hisoblab chiqish, energiya samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatni tashkil etish va energiya AUDIT ishlarini tashkil etish mexanizmlari tushuntirildi. 👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
Jizzax viloyatida 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Sharof Rashidov tumanida “A. E. J.” fermer xo‘jaligida quvvati 60 kVt bo‘lgan 8 ta suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari ulanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 4 mlrd 739 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
+2
#nazorat
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ta’mirlash ishlarini olib borilayotgan brigada ish joyidan chetlatildi
“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Sharof Rashidov tumani "So‘loqli" MFYda havo tarmog‘ini ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoidalari ta’lablariga rioya qilmagan holda ishlayotganligi aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan brigada ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi. 👉@kommunal
6 681
+2
Tadbirkorlik subyekti uchun sohada joriy etilayotgan yangi tartiblar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi
"O‘zenergoinspeksiya" Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil devoni hamkorligida yirik iste’molchilar va tadbirkorlik subyekti mas’ullari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Unda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi PF-184-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi.
Seminarda mazkur Qaror yuzasidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro'yxatga olish hamda joriy etilayotgan yangi tartiblar va sohadagi o'zgarishlar bo‘yicha tushunchalar berildi.Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarida yuzaga kelgan muammolar va normativ-huquqiy hujjatlarda kiritilgan yangi o‘zgartirishlar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar olishdi. 👉@kommunal
6 681
#tezkor_tadbir
Xorazm viloyatida 505,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan zapravka" fosh etildi
“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuratura va IIB hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yangiariq tumani joylashgan “G‘. T.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Xususan, ushbu shaxobchaning toraytiruvchi qurilma kamerasiga o‘rnatilgan plomba buzilganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 505,8 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
#Eslatma
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari diqqatiga!
Qonunchilikka ko‘ra, neft mahsulotlari ta’minoti faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar tomonidan haydovchi-ekspeditorlarga yo‘l hujjatlari bilan birgalikda mahsulot sifat pasporti taqdim etilishi shartligi va AYOQShning mas’ul xodimi neft mahsulotlarini qabul qilib olish jarayonlarida taqdim qilingan sifat pasportida ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqiyligi tekshirilishi lozim.AYOQShda neft mahsulotlarini qabul qilib olishda quyidagi holatlarda taqiqlanadi: 🔍 avtomobil sisternasining quyish qurilmasi soz holatda bo‘lmaganda; 🔍 jo‘natish hujjatlari noto‘g‘ri rasmiylashtirilganda; 🔍 mahsulot sifat pasporti mavjud bo‘lmaganda; 🔍 neft mahsulotlarida suv va mexanik aralashmalar mavjud bo‘lganda; 🔍 neft mahsulotlari kamomadi aniqlanganda. 1️⃣Yuqoridagilarni inobatga olib AYOQShlar tomonidan kirim qilinayotgan barcha neft mahsulotlari sifat pasporti yoki muvofiqlik sertifikati ta’minotchi korxona tomonidan taqdim qilinmasa, ushbu mahsulot kirim qilinishi va sotilishi qat’iyan man etiladi. 👉@kommunal
6 681
#Elektr_energiyasidan_oqilona_foydalanaylik
Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarimiz ortib borar ekan, ushbu resurslardan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish sizning xarajatlaringizni kamayishida yordam beradi va, albatta, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan zarurat bo‘lmagan hollarda esa, elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yish maqsadga muofiqdir. Unutmang, yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir. 👉@kommunal
6 681
#nazorat
Elektr energiyasidan nooqilona foydalanib kelgan MChJga nisbatan chora ko’rildi
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Muborak tumanida joylashgan “S.E.G.” MChJning ishlab chiqarish korxonasi reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 940-sonli Qonunning 45-moddasiga ko‘ra 169,4 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.1️⃣Ma’lumot o‘rnida: Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – asbob uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 👉@kommunal
6 681
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
👉@kommunal
