en
Feedback
Kommunal News

Kommunal News

Open in Telegram

@Uzsvet_Bot telegram botining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

Show more
6 681
Subscribers
No data24 hours
-637 days
-32330 days
Posts Archive
Press-tur: Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida Bo‘stonliq tumanida “Quyi Chotqol” GES barpo etilmoqda Kecha, 23-may kuni
+6
Press-tur: Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida Bo‘stonliq tumanida “Quyi Chotqol” GES barpo etilmoqda Kecha, 23-may kuni bir guruh OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol daryosining belgilangan hududida qurilayotgan “Quyi Chotqol” GES qurilishi obyektiga press-tur tashkil qilindi. Ushbu gidrotexnik inshoot loyihasida har birining quvvati 22,5 MVt bo‘lgan 4 ta gidroagregatni o‘rnatish mo‘ljallangan. “Quyi Chotqol GES”ning o‘rnatilgan quvvati 90 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 300 mln kVt•soatga teng, yaʼni GES quvvati kelajakda yiliga o‘rtacha 125 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, GESning to‘liq ishga tushirilishi 81,0 mln metr kubgacha tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyatini beradi. 👉@kommunal

Energiya samaradorligi: ZEB va Yaponiya tajribasi muhokama qilindi Respublikamizda energiya samaradorligini oshirish, aholi o
+2
Energiya samaradorligi: ZEB va Yaponiya tajribasi muhokama qilindi Respublikamizda energiya samaradorligini oshirish, aholi o‘rtasida energiya tejamkor uylar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid bilim va ko‘nikmalarni keng targ‘ib etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yo‘nalishda, Yaponiyaning JICA xalqaro agentligi tomonidan tashkil etilgan “ZEB – Nol energiyali binolar” va “Energiya samaradorligi” mavzularidagi xalqaro seminar-treninglarda ishtirok etgan mutaxassislarimiz tomonidan maxsus videokonferensiya o‘tkazildi. Onlayn tadbirda Energetika vazirligi, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda Tarmoqlararo energeyani tejash jamg‘armasi xodimlari o‘z taassurotlari, Yaponiya tajribasi va zamonaviy qurilish texnologiyalari haqidagi bilimlarini tizim tashkilotlari xodimlari bilan o‘rtoqlashishdi. 👉@kommunal

“Oʼzenergoinspeksiya” tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Batafsil quyidagi lavhamizda tanishishingiz mumkin. 👉@kommunal

#Tezkor_tadbir Samarqand viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi “O‘zenergoinsp
+2
#Tezkor_tadbir Samarqand viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Narpay tumanida joylashgan “N. M. T.” MChJga qarashli tosh maydalash sexi o'zboshimchalik bilar tok transformatorni almashtirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 5 milliard 319 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal

#nazorat Namangan viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShlarga nisbatan chora ko‘rildi “O‘ze
#nazorat Namangan viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShlarga nisbatan chora ko‘rildi “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Namangan shahri "Axsikent" MFYda joylashgan “N.O.” xususiy korxonasi va Pop tumanida joylashgan "S." MChJga qarashli AYOQShlar tomonidan sotilayotgan avtobenzin yoqilg’isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 28,6 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
👉@kommunal

Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish – podstansiya va tarmoqlarda quvvat koeffitsiyenti ko‘tarilishiga yordam beradi Quvvati
Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish – podstansiya va tarmoqlarda quvvat koeffitsiyenti ko‘tarilishiga yordam beradi Quvvati 50 kW va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarga joriy yilning o‘tgan davrida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan berilgan ko‘rsatmalar orqali 4 749 ta isteʼmolchida quvvati 755 MVAr bo‘lgan reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha qurilmalarni o‘rnatilishi taʼminlandi.
Xususan, reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘natish yuzasidan Inspeksiya tomonidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanmagan 91 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.
1️⃣Shuni yodda tutingki, iste’molchilar reaktiv quvvatni yetarli darajada kompensatsiya qilmaganligi natijasida tarmoqlarda aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qotishlari uchun qayta hisob-kitoblar amaldagi tarifga nisbatan uch baravar miqdorda hisoblanadi. 👉@kommunal

#Tezkor_tadbir Farg‘ona viloyatida 4,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan zapravka" aniqlandi “O‘zenergo
#Tezkor_tadbir Farg‘ona viloyatida 4,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan zapravka" aniqlandi “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari va ta’minot korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida “F.P. S” MChJga qarashli Farg‘ona tumani, Novkent shaharchasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Xususan, shaxobchada gaz iste’moli hajmini o‘zgartirish maqsadida o‘lchov tizimidagi patrubka ichki qismiga davlat standarti talablariga zid tashqi ta’sir ko‘rsatilgan.
1️⃣Dastlabki hisob-kitoblarga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 milliard 193 million so‘mni tashkil etgan. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal

Maishiy texnika xarid qilishda uning energiya tejamkorligiga ahamiyat bering! Bu – sizning maishiy texnikangizni ortiqcha ene
Maishiy texnika xarid qilishda uning energiya tejamkorligiga ahamiyat bering!
Bu – sizning maishiy texnikangizni ortiqcha energiya sarflashini oldini oladi. Eng muhimi, uy xo‘jaligining energiya samaradorligida oila budjetini iqtisod qilish imkonini beradi.
Quyidagi infografikada bu haqda batafsil tanishishingiz mumkin. 👉@kommunal

#nazorat Andijon viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi “O‘zenerg
#nazorat Andijon viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Andijon tumani "Teraktagi" MFYda joylashgan “U.P.” MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg’isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 67,3 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
1️⃣Ma’lumot o‘rnida: Sotuvchilar tomonidan sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilish — sifati belgilangan talablarga javob bermaydi 👉@kommunal

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Re
+3
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligida tashkil etilgan yig‘ilishda Respublika, hududiy va tuman (shahar) shtab a’zolari) hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Prezidentning 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qarori talablaridan kelib chiqib, may oyining ikkinchi 10 kunligida energiya resurslarni iqtisod qilish va yo‘qotishlarni qisqartirish, resurslarni talon-toroj etilishini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
1️⃣Unda mazkur qaror ijrosini ta’minlashda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarning 211 nafariga intizomiy va 157 nafariga ma’muriy ish qo‘zg‘atilganligi ta’kidlanib, qarorda belgilangan vazifalarni so‘zsiz bajarish, belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda yo‘qotishlarni kamaytirishning barcha zaruriydir. 👉@kommunal

#Tezkor_tadbir Buxoro viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro v
#Tezkor_tadbir Buxoro viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Olot tumanida “Sh. N. K.” MChJga tegishli shifo maskaning elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 184 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal

Energiya samaradorligini oshirish mavzusida ochiq muloqot
Davra suvbatida Surxondaryo viloyatidagi yirik yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarida energetik tekshiruv (energiya auditi) o‘tkazish jarayonlari, iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil quyidagi lavhamizda tanishishingiz mumkin. 👉@kommunal

#Eslatma Elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ruxsat etilgan quvvati 50 kW va undan ortiqni tashkil etgan barcha iste’
#Eslatma Elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ruxsat etilgan quvvati 50 kW va undan ortiqni tashkil etgan barcha iste’molchilar reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishi lozim
Shuni yodda tutingki, iste’molchilar reaktiv quvvatni yetarli darajada kompensatsiya qilmaganligi natijasida tarmoqlarda aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qotishlari uchun qayta hisob-kitoblar amaldagi tarifga nisbatan uch baravar miqdorda hisoblanadi.
1️⃣Ma’lumot o’rnida: Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash – isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashiga sabab bo‘ladi. 👉@kommunal

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 3 355 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi Joriy yilnin
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 3 355 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi Joriy yilning shu vaqtiga qadar “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 3 355 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 2 132 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi.
Shuningdek, 323 ta energetika obyektning elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 24 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.
1️⃣Shuni yodda tutingki, texnik shartlarsiz elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi. Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. 👉@kommunal

#nazorat Sirdaryo viloyatidagi AYOQSHda sifatsiz avtobenzin sotilish holati aniqlandi “O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati
#nazorat Sirdaryo viloyatidagi AYOQSHda sifatsiz avtobenzin sotilish holati aniqlandi “O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida "S.Y.O." MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan 9 914 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Shuningdek, aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi 👉@kommunal

#Bilish_shart 📁 Qoidalarga ko‘ra: Og‘irligi 1 tonnadan ziyod transformatorlar va 110 kV bakli moyli o‘chirgichlar shikastlan
#Bilish_shart
📁 Qoidalarga ko‘ra:
Og‘irligi 1 tonnadan ziyod transformatorlar va 110 kV bakli moyli o‘chirgichlar shikastlanganda moy va yong‘in tarqalib ketmasligi uchun moy quvurlari va moy qabul qiluvchi sig‘imlar o‘rnatiladi. 1️⃣Ushbu sig‘imlar transformatorlarni 100 foiz moyini va o‘chirgichning 80 foiz moyini sig‘dirishi kerak. 👉@kommunal

Termiz texnika va agrotexnologiyalar universitetida ta’lim oluvchi yosh mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi "O‘zenergo
+3
Termiz texnika va agrotexnologiyalar universitetida ta’lim oluvchi yosh mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi "O‘zenergoinspeksiya" malakali xodimlari bilan tashkil etilgan uchrashuvda Oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati, moddiy texnik bazasi hamda ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish masalasi muhokama qilindi.
Xususan, universitetning energetika kafedrasi mutaxassislari tomonidan viloyatda joylashgan yirik yoqilg‘i-energetika resurs iste’molchilarida energetik audit o‘tkazish salohiyati, kerakli moddiy-texnik bazasi mavjudligi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini samarali integratsiya qilish va energiya samaradorligini ta’minlashga oid ilg‘or yechimlar muhokama etildi.
Mazkur uchrashuvlarda olingan bilim, ma’lumot va tajribalarni bo‘lajak energetiklarga yetkazish va bu boradagi bilim va malakasini oshirish uchun bugungi kunda katta ahamiyat kasb etishi ishtirokchilar tomindan e’tirof etildi. 👉@kommunal

Surxondaryo viloyatida energiya samaradorligini oshirish mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi “O‘zenergoinspeksiya” t
+2
Surxondaryo viloyatida energiya samaradorligini oshirish mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda gaz va elektr ta’minoti korxonalarining ma’sul xodimlari, oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari, sanoat korxonalari hamda energiya auditorlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Davra suvbatida Surxondaryo viloyatidagi mavjud iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yili 19-oktabrdagi 690-sonli qarorining ijrosini ta’minlash, yirik yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarida energetik tekshiruv (energiya auditi) o‘tkazish jarayonlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan manzilli rejalar tuzilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. 👉@kommunal

#nazorat Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga suyultirilgan gaz tarqatgan AGTSHga
#nazorat Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga suyultirilgan gaz tarqatgan AGTSHga nisbatan chora ko’rildi “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Xonqa tumanida joylashgan “M.M.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ushbu AGTSHdagi gaz tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga suyultirilgan gaz tarqatilganligi aniqlandi.
1️⃣Tekshiruv yakunida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AGTSHga nisbatan 400,7 million so‘m (realizatsiya qilingan suyultirilgan gaz qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qo‘llanildi. 👉@kommunal

Barcha elektr stansiyalari texnik ekspluatatsiyadan o‘tkazilishi shart Qoidalarga muvofiq qurilishi tugallangan IES, GES, QES
Barcha elektr stansiyalari texnik ekspluatatsiyadan o‘tkazilishi shart
Qoidalarga muvofiq qurilishi tugallangan IES, GES, QES, SHES va boshqa elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar ekspluatatsiyaga qabul qilinishi kerak.
Ekspluatatsiyadan oldin quyidagilar amalga oshiriladi: 🔍 uskunalarning individual sinovlari, asosiy va yordamchi uskunalarning sinov tarzida ishga tushirilishi bilan tugaydigan energobloklar uchun alohida tuzilmalarning funksional sinovlari; 🔍 uskunalarning kompleks sinab ko‘rilishi. 1️⃣Qoidalarda energetika obyektlarining ekspluatatsiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish tartibi belgilangan. 🤩 Energetika obyektlarida ishlashga maxsus maʼlumotga ega va tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga ruxsat beriladi. 🤩 Tezkor va tezkor-taʼmirlash xodimlari kamida 3 oyda bir marta avariyaga qarshi nazorat mashg‘ulotlarini o‘tishlari shart. 👉@kommunal