uzbmaxfiy
Open in Telegram
📌Yuridik sohalarga oʻqishga va ishga kirishda siz izlagan maʼlumotlar jamlangan kanal.🗃️ 📌tezroq qoshilib oling. Siz izlagan maʼlumotlar sizni kutmoqda.☑️ 📌 Shu sohalar boyicha yasalgan videolar ham bor🎥 📍владелец канала: @davlataliyevn
Show more367
Subscribers
+124 hours
+57 days
-930 days
Posts Archive
367
⚡️Bu yil imtihon topshiradigan oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun “qaynoq” sanalar.
🔴5-25 iyun – abituriyentlarni ro‘yxatga olish;
🔴1-25 – ijodiy imtihonlar o‘tkazish;
🔴14-28 iyul – kirish test sinovlari;
🔴29 iyul - 12 avgust – universitet, yo'nalish va o'qish shaklini tanlash.
✅ @uzbmaxfiy | obuna bo'ling
367
Repost from Ta'lim Huquqi
#Qabul2024
⚡️2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
🎓@Talim_huquqi
367
✅ "Yurisprudensiya" yo'nalishining diplomlari mutaxassisliklaridan qat'iy nazar bir xil kuchga ega hisoblanadi
📊 60420110 – Yurisprudensiya (qishloq xo'jaligi huquqi) – “Huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u O‘zbekiston
Respublikasi davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlarida, sud, prokuratura, adliya va
boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarida, advokatlik tuzilmalarida, notariat
idoralarida, tashqi iqtisodiy va siyosiy sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi
davlat idoralarida, xalqaro tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida, shuningdek
boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarida, nodavlat hamda boshqa jamoat
tuzilmalarida yuridik faoliyat sohalarini qamrab oladi.
© «Yurisprudensiya».
💥Kanalga qoshilish: @uzbmaxfiy
367
⚡️Kirish imtihonida qatnashish uchun kimlar to'lov qilmaydi?
Imtihon uchun hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi.
To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
➖ o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
➖ nogironligi bo‘lgan shaxslar;
➖ mehribonlik uylari bolalari;
➖ bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
➖“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.
❗️Eslatib o'tamiz, abituriyentlar uchun bu yilgi to'lov – 170 ming so'm.
kanalga qoshilish: @uzbmaxfiy
367
HMQ Akademiyasiga topshirayotganlar diqqatiga !!!
Biz bilamizki, 9 iyun kuni diktant va psixologik testlari oʻtkaziladi.
Diktanti xuddi shu tartibda oʻqib beriladi. Diqqat bilan eshitib koʻring.
367
#news
⚡️Endi otmlarga qabul 5-iyundan boshlanadi.
Rasman Prezidentning farmoni qabul qilindi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:
1⃣ abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
2⃣ davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
✅Birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
✅Ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
📍manba: xushnudbekuz
⏩Kanalga qoʻshilish: @uzbmaxfiy
