cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

To'rtko'l tumani IM

To'rtko'l tumani IM Murojat uchun : @imschooltortkolBot

Show more
Advertising posts
389
Subscribers
-224 hours
-77 days
-2030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#buguntarixda 1749-yil 14-may kuni ingliz vrachi Edvard Jyenner birinchi bor suvchechakka qarshi emlash ishlarini o‘tkazdi.
Show all...
👍 1🔥 1
Bugun 14-may 2024-yil, seshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🌏 Xalqaro Dylan Tomas kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇵🇾 Paragvay - Mustaqillik kuni. 🇨🇱 Chili - Muhandislar kuni. 🇱🇷 Liberiya - Milliy Birlashish kuni. 🇹🇭 Tailand - Tailand buffalolarini saqlash kuni. 🇰🇭 Kambodja - Qirol Norodom Shiamoni tug'ilgan kun. 🇲🇼 Malavi — Kamuzu kuni. 👉 VOQEALAR: - 1147 - Konrad va nemis salibchilari 2-salib yurish paytida Regensburgni tark etishdi. - 1607 - inglizlar Amerikada birinchi doimiy yashash manzilgohi - Jeymstaunni tashkil etishdi. - 1796 — Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi  vaksinani  qoʻlladi. - 1835 - Pushkin qalamiga mansub “Baliqchi va baliq haqidagi‘ertak” dunyo yuzini ko‘rdi. - 1862 - Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi. - 1853 - AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi.  - 1869 - Oqto‘ba shahriga asos solindi. 1872 - Germaniya kansleri Otto fon Bismark katoliklarga qarshi kurash uchun Kulturkampf kampaniyasini e'lon qildi. - 1878 - “Vazelin” nomi savdo markasi sifatida patentlandi. - 1900 - Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi. - 1904 - AQShning Sent-Luis shahrida III yozgi Olimpiada o‘yinlariga start berildi.  - 1917 - Moskvada 1-Butunrossiya musulmonlari qurultoyi ochildi. - 1927 - Meksika futbol federatsiyasi tuzildi. - 1939 - Perulik Lina Medina besh yoshida tibbiyot tarixidagi eng yosh tasdiqlangan onaga aylandi. - 1948 — David Ben Gurion  Isroil  mustaqillik deklaratsiyasini  eʼlon qildi. - 1954 - Gaagada BMTga a'zo davlatlar "Qurolli to'qnashuvlar paytida madaniy boyliklarni himoya qilish to'g'risida Gaaga konvensiyasini" qabul qildilar. - 1955 — Varshava shartnomasi tashkiloti tuzildi. - 1962 — Afinada Ispaniya  qiroli  Xuan Karlos va Gretsiya   qirolichasi Sofiyaning nikohlanishi. - 1963 - Quvayt BMT ga a’zo bo‘ldi. - 1993 - Litva, Sloveniya va Estoniya davlatlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi. -1993 - MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi. - 2007 - “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi.  - 2008 -  “Zenit” futbol klubi UYeFA kubogini qo‘liga kiritdi. - 2009 - Britaniyalik astronom Uilyam Gershel sharafiga nomlangan “Gershel" teleskopi orbitaga chiqarildi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1265 - Dante Aligyeri (1321) - italiyan adabiyotining yirik vakili, shoir. - 1316 - Karl IV (1378) - german qiroli, Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1347-1378). - 1553 - Margarita de Valua (1615) - fransuz malikasi, Qirolicha Margo nomi bilan mashhur. - 1771 - Robert Ouen (1858) - ingliz sotsialist utopisti. - 1838 - Vilgelm Steynis (1900) - nemis shaxmatchisi, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni. - 1905 - Uyg‘un - O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg. - 1922 - Frano Tudjman (1999) - Xorvatiyaning 1990-1999 yillardagi prezidenti. - 1942 - Edvard Rtveladze - arxeolog-tarixchi olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992). - 1943 - Birodar Abduraimov - futbolchi, "Paxtakor" (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960–68, 1970–74), sport ustasi (1962), "O‘zbekiston Respubli-kasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" (1994).  - 1944 -  Uolton Lukas - amerikalik film rejissori, prodyusser, ssenariy muallifi va tadbirkor. - 1946 - Rahmon Muhammadiyev - koʻz kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001).  - 1952 — Robert Zemekis  - “Kelajakka qaytib”,  “Forest Gamp” va boshqa  ko‘plab filmlar rejissyori. - 1969 - Ketrin Elis Blanshet - avstraliyalik kinoaktrisa va teatr rejissori.  - 1984 - Mark Sukerberg - Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Bosh direktori. - 1994 - Marquinos (asl ismi Markos Aoas Korrea) - braziliyalik futbolchi, Olimpiada chempioni (2016).
Show all...
👍 2🔥 1
#buguntarixda Bugun 14-may - Inglizlar Amerikada birinchi doimiy yashash manzilgohi - Jeymstaunni tashkil etishgan kun 1607-yil 14-mayda Amerikada birinchi doimiy ingliz aholi punkti tashkil topdi. U 90 yildan ortiq vaqt davomida mavjud bo'lgan, keyin esa tashlab ketilgan. Bugungi kunda Jeymstaun materikning kashf etilishi haqida hikoya qiluvchi ochiq osmon ostidagi muzey bo'lib, Uilyamsburg va Yorktaun bilan birga Virjiniyaning tarixiy uchburchagiga kiritilgan.
Show all...
🔥 1👏 1
#Muvaffaqiyat_sirlari 📖 Mazkur qoʼllanma biznesmen uchun qiziqarli, shuningdek, endigina tadbirkorlikni rejalashtirayotgan insonlarga ham kerakli hisoblanadi. 🧠Аmerikalik mashhur biznes-faylasuf, chet el bestselleri Jim Ron maslahatlari kichik, yakka tartibdagi ishlab chiqarishdan tortib, to ulkan masshtabdagi transnatsional korporatsiya rahbarlarigacha juda zarurdir. Bu koʼrsatmalar umumiy boʼlgani uchun undan nafaqat tadbirkorlar, balki oddiy kishilar ham oʼzlariga kerakli hayotiy saboqni olishlari koʼzda tutilgan. 📔 Jim RON, AQI VITAMINLARIKitob keng doiradagi o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
Show all...
👍 1 1
👏 2 1
Bugun 9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan bayram tadbiri davomida tuman hokimi R.Shamuratov, sektor rahbarlari, faxriylar, tashkilot vakillari va yoshlar Afg‘onistonda halok bo‘lgan eldoshlarimiz estaligiga ham gulchambarlar qo‘ydilar. Afg‘on tuprog‘ida qolib ketgan yurtdoshlarimizni eslab, duoga qo‘l ochdilar.
Show all...
🔥 5👍 3 2
“JASORAT - MILLAT G‘URURI VA IFTIXORI” shiori ostida Bugun To‘rtko‘l tumanida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” va Ikkinchi jahon urushining 79 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali bayram tadbiri “Jasorat-millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Tuman markazidagi “Bog‘yop” kanali bo‘yida bayramona qiyofaga kirgan «Yodgorlik xiyoboni»dagi tadbirda sektor rahbarlari, mehnat faxriylari, mudofaa va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, o‘quvchi-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok qildilar. Tadbirda Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan askarlar esdaligiga gulchambarlar va guldastalar qo‘yilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Show all...
7👍 2
Bugun 9-may - Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi. 🔹Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. 🔹Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. 🔹Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bag'ishlaydi. 🔹Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e‘zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Show all...
👍 6
#turon_yolbarslari
Show all...
👍 7🔥 5 1
🔥 4👍 3