FTTI.UZ - old
Closed channel
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti Фармацевтический институт образования и исследований Tel: +998971890050 Email: iper@ftti.uz @fttiuz Yunusobod tumani, 19- mavze, 46- uy. Mo'ljal Uz Mal-oil yoqilgʼi quyish shaxobchasi, Korzinka supermarketi.
Show more2 025
Subscribers
No data24 hours
-157 days
-6630 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '260
in 10 channels
August '26
+5
in 3 channels
Get PRO
July '26
+19
in 4 channels
Get PRO
June '26
+6
in 0 channels
Get PRO
May '26
+34
in 2 channels
Get PRO
April '26
+8
in 1 channels
Get PRO
March '26
+5
in 48 channels
Get PRO
February '26
+55
in 54 channels
Get PRO
January '26
+69
in 35 channels
Get PRO
December '25
+45
in 33 channels
Get PRO
November '25
+75
in 12 channels
Get PRO
October '25
+57
in 32 channels
Get PRO
September '25
+190
in 9 channels
Get PRO
August '25
+223
in 39 channels
Get PRO
July '25
+420
in 53 channels
Get PRO
June '25
+2 451
in 57 channels
Get PRO
May '25
+158
in 15 channels
Get PRO
April '25
+140
in 34 channels
Get PRO
March '25
+82
in 14 channels
Get PRO
February '25
+166
in 67 channels
Get PRO
January '25
+201
in 16 channels
Get PRO
December '24
+67
in 37 channels
Get PRO
November '24
+63
in 19 channels
Get PRO
October '24
+83
in 7 channels
Get PRO
September '24
+157
in 41 channels
Get PRO
August '24
+360
in 12 channels
Get PRO
July '24
+550
in 12 channels
Get PRO
June '24
+373
in 11 channels
Get PRO
May '24
+283
in 18 channels
Get PRO
April '24
+285
in 3 channels
Get PRO
March '24
+334
in 2 channels
Get PRO
February '24
+108
in 2 channels
Get PRO
January '24
+67
in 1 channels
Get PRO
December '23
+64
in 2 channels
Get PRO
November '23
+74
in 2 channels
Get PRO
October '23
+64
in 1 channels
Get PRO
September '23
+190
in 0 channels
Get PRO
August '23
+551
in 0 channels
Get PRO
July '23
+831
in 0 channels
Get PRO
June '23
+482
in 0 channels
Get PRO
May '23
+414
in 0 channels
Get PRO
April '23
+67
in 0 channels
Get PRO
March '23
+104
in 0 channels
Get PRO
February '23
+38
in 0 channels
Get PRO
January '23
+574
in 0 channels
Get PRO
December '22
+120
in 0 channels
Get PRO
November '22
+93
in 0 channels
Get PRO
October '22
+163
in 0 channels
Get PRO
September '22
+1 246
in 0 channels
Get PRO
August '22
+519
in 0 channels
Get PRO
July '22
+682
in 0 channels
Get PRO
June '22
+265
in 0 channels
Get PRO
May '22
+235
in 0 channels
Get PRO
April '22
+85
in 0 channels
Get PRO
March '22
+249
in 0 channels
Get PRO
February '22
+37
in 0 channels
Get PRO
January '22
+61
in 0 channels
Get PRO
December '21
+114
in 0 channels
Get PRO
November '21
+57
in 0 channels
Get PRO
October '21
+1 237
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
Repost from Sog‘liqni saqlash vazirligi
#Tibbiy_talim
🔴 ❗️❗️❗️❗️
✅ Mamlakatimizda tor mutaxassislikka ega shifokorlarni tayyorlashda yangi tartib joriy etiladi.❓ Xo‘sh, bu tizim nimalarni o‘z ichiga oladi? 🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
| 2 | 📖KITOB TAQDIMOTI
«Куркума и куркумин» — dorivor o‘simliklar tadqiqiga bag‘ishlangan yangi ilmiy qo‘llanma
🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida farmatsevtika sohasiga oid yangi ilmiy nashr — «Куркума и куркумин» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Xalqimiz azaldan tabiat ne’matlaridan, xususan, turli dorivor o‘simlik va giyohlardan shifo maqsadida samarali foydalanib kelgan. Bu borada buyuk alloma va tabib Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi alohida ahamiyatga ega. U o‘zining mashhur asarlarida yuzlab dorivor o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlari, ulardan foydalanish usullari va inson salomatligidagi ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlarni qoldirgan.
Bugungi kunda ham farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan bu boy tajribani zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida davom ettirmoqda. Dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, biologik faolligi, shifobaxsh xususiyatlari hamda ular asosida samarali farmasevtik vositalar yaratish imkoniyatlari chuqur tadqiq etilmoqda.
Joriy yilda farmatsevtika fanlari doktorlari A.N. Yunusxo‘jaev, Sh.F. Iskandarova hamda farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.S. Abduxalilova muallifligidagi «Куркума и куркумин» nomli ilmiy qo‘llanma Moskva shahrida nashr etildi.
Kitobda zarchavaning (Curcuma longa) shifobaxsh xususiyatlari, tarkibidagi biologik faol moddalar, jumladan, kurkumin, uning farmakologik ta’siri va tibbiyot hamda farmasevtikada qo‘llanilishi bilan bog‘liq ilmiy ma’lumotlar keng yoritilgan. Nashr dorivor o‘simliklar bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar bilan qiziquvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Taqdimot davomida Farmakologiya kafedrasi assistenti Dilfuza Saidumarovna Po‘latova talabalarga kitobning mazmun-mohiyati, unda jamlangan ilmiy ma’lumotlar hamda zarchava va kurkuminning farmasevtikadagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida talabalar yangi ilmiy nashr bilan tanishib, dorivor o‘simliklarni zamonaviy farmatsevtika nuqtai nazaridan o‘rganish, ilmiy manbalar bilan ishlash va tadqiqot olib borish borasida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Zarchava va kurkuminga bag‘ishlangan ushbu ilmiy qo‘llanmaning nashr etilishi — milliy farmakognoziya va farmatsevtika ilmini yangi tadqiqotlar bilan boyitish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.
🎓TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 88 |
| 3 | 🇺🇿 MUSTAQILLIK DARSLARI DAVOM ETMOQDA
🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida yangi o‘quv yilining dastlabki kunlaridanoq talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan «Mustaqillik darslari» davom etmoqda.
Institutning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida kafedra mudiri, dotsent K.K. Ismoilov rahbarligida «Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida navbatdagi mustaqillik darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida O‘zbekistonning mustaqillikka erishish arafasidagi va mustaqillikdan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti, yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimizning turmush tarzi hamda hayotidagi muhim o‘zgarishlar haqida talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi.
Darsni kafedra katta o‘qituvchisi D.A. Sadikova davom ettirib, talabalarning mustaqillik, Vatan taraqqiyoti va bugungi yurtimiz hayoti haqidagi fikr-mulohazalarini tingladi. Mavzu yuzasidan qiziqarli savol-javoblar, fikr almashinuvlar asosida interaktiv mashg‘ulot olib borildi.
Mustaqillik darslari yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, Vatan taqdiriga daxldorlik hissini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmatini yuksaltirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🎓TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 121 |
| 4 | Besh yillik taraqqiyot va yuksak maqsadlar
🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti tashkil topganiga 5 yil to‘ldi.
Tarix uchun qisqa bo‘lgan bu davr institutning shakllanishi, o‘z o‘quv va ilmiy salohiyatini yaratishi, zamonaviy ta’lim muhitini qaror toptirishi hamda Farmatsevtika sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlaydigan munosib ta’lim dargohi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlashida muhim bosqich bo‘ldi.
Institut faoliyatining ilk kunlaridanoq oldiga aniq maqsad qo‘ydi: zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, kasbiga sadoqatli, ilmiy izlanishdan cho‘chimaydigan, Farmatsevtika sohasining bugungi va ertangi talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash.
Bugun ana shu ezgu maqsadlarning amaliy natijalarini ko‘rish mumkin. Ta’lim dargohi o‘zining ilk bitiruvchilarini katta hayotga kuzatdi. Kechagi talabalar bugun Farmatsevtika va tibbiyot sohasining turli yo‘nalishlarida o‘z bilim va salohiyatini namoyon etmoqda.
Besh yil davomida institutning moddiy-texnik bazasi ham izchil rivojlandi. Yangi o‘quv binosi va talabalar turar joyining barpo etilishi talabalar uchun yanada qulay ta’lim va yashash sharoitlarini yaratdi. Yildan-yilga talabalar safining kengayib borayotgani barobarida pedagoglar jamoasi ham tajribali va malakali mutaxassislar bilan boyib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Institutda ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv laboratoriyalari bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining mavjudligi talabalar va tadqiqotchilar uchun nazariy bilimni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish imkonini bermoqda. Farma Park, simulyatsiya xonalari va boshqa zamonaviy o‘quv maydonlari esa har yili yangi jihoz va texnologiyalar bilan takomillashtirib borilmoqda.
Mavjud imkoniyatlarning eng muhim natijasi, avvalo, talabalarning yutuqlarida namoyon bo‘lmoqda. Institut talabalari respublika va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari, tanlov va intellektual musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Bu yutuqlar nafaqat yoshlarning bilim va izlanishga bo‘lgan intilishini, balki institutda ta’lim jarayoni samarali yo‘lga qo‘yilganining ham muhim ko‘rsatkichidir.
Besh yillik faoliyat davomida institut o‘nlab xorijiy hamkorlar bilan memorandum va kelishuvlarni imzolab, xalqaro aloqalarini ham kengaytirdi.
Bu hamkorliklar doirasida talabalarimiz qardosh respublikalardagi tibbiyot va Farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda Xitoy va Turkiya kabi davlatlardagi nufuzli ta’lim maskanlarida amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Zero, zamonaviy mutaxassis uchun faqat auditoriyada olgan bilimning o‘zi kifoya emas. U dunyo tajribasini o‘rganishi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi, turli ta’lim va ilmiy muhitlarda o‘zini sinab ko‘rishi kerak. Institutning xalqaro hamkorliklari aynan shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Bugun FTTI 5 yillik taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilar ekan, bu davrni shunchaki o‘tgan yillar emas, balki katta maqsadlar sari tashlangan mustahkam qadamlar davri sifatida baholash mumkin.
🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti jamoasini ushbu qutlug‘ sana — institutning 5 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Institutning ilmiy va ta’limiy salohiyati yanada yuksalsin, talaba va professor-o‘qituvchilarning yangi-yangi yutuqlari ko‘paysin. Farmatsevtika sohasi uchun bilimli, salohiyatli va vatanparvar mutaxassislar tayyorlashdek ezgu maqsad yo‘lidagi barcha tashabbuslar samarali natijalar bersin.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga mustahkam poydevor, yuksak parvozlar va yanada katta yutuqlar tilaymiz!
5️⃣ Besh yillik — birinchi katta qadam. Oldinda esa yanada ulug‘ maqsadlar va yangi marralar!
🆕 BATAFSIL
🎓TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 158 |
| 5 | 🇺🇿 KUN HIKMATI
Yer yuzi bir dashtu sahro bo‘lsa, gulzori ilm,
Sahnai olamni bo‘lmoqda namudori ilm.
Ilmu fan birla qurollanmoqda sardori ilm,
Ilm o‘qi, hech bir jonga yetkurmaydi ozor ilm.
Oraziy
🙂 Yangi kun muborak!
kanalga ulanish👇
ftti.uz | 183 |
| 6 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #mukofot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 216 |
| 7 | ⚡️Davlat oliygohlari ham xususiylashtirish boshlanmoqda.
Yirik oliy taʼlim muassasalari va respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich tijoratlashtirish maqsadida ular xo‘jalik jamiyatlariga aylantiriladi hamda ularning faoliyatiga xususiy investorlar, jumladan, ustav kapitalidagi aksiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarish orqali jalb etiladi — prezident farmoni
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar! | 225 |
| 8 | #Ҳукумат_қарори
❗️ “Энг инновацион ғоя” республика танловини ўтказиш тартиби белгиланди
Ҳукумат қарори (463-сон, 04.09.2026 й.) билан “Энг инновацион ғоя” республика танловини ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди.
🏛 Ушбу Низом давлат олий таълим ташкилотларининг иқтидорли талабалари ўртасида “Энг инновацион ғоя” республика танловини ўтказиш, уларнинг стартап лойиҳага айлантириш имконияти юқори бўлган ғояларини саралаш ва молиялаштириш тартибини белгилайди.
⏳ Низомга кўра, танлов ҳар йили сентябрь – декабрь ойларида ўтказилади.
Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
https://lex.uz/docs/8452392
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/lexuzofficial | 226 |
| 9 | 🟦🟦🟦
Tuzalib ketish — farm-kompaniya uchun zarar: AQSHda farmatsevtika biznesining parda orti
Uzoq yillardan buyon Amerikada yashab kelayotgan hamyurtimiz Madina Akmal (Madina New York) o'z intervyusida Amerika sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tizimi haqidagi kuzatuvlari bilan bo‘lishdi. Uning fikricha, mamlakatdagi o‘ta qimmat tibbiyot va dori vositalari bozori insonlarni batamom davolashdan ko‘ra, kasallikni nazoratda ushlab turish va doimiy dori xaridiga yo‘naltirilgan.
📺 To'liq video
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 192 |
| 10 | ⚛️ KIMYOVIY LABORATORIYA
Kuvyeta toza bo‘lmasa, natijaga ishonish mumkinmi? 👀
Baseline + toza kuvyeta = aniq natija!
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTubep | 191 |
| 11 | #qabul2026
👋 Salom, yangi talaba!
Nihoyat, siz kutgan kun ham yaqinlashdi! 😊
🗓 21 sentabr kuni
⏰ soat 08:00 da sizlarni
🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bo‘lib o‘tadigan yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimida kutamiz.
Ishoning, bu kun talabalik hayotingizning eng unutilmas kunlaridan biri bo‘ladi. Yangi do‘stlar, yangi maqsadlar va katta orzular aynan shu yerdan boshlanadi.
Eng muhimi, bu quvonchli lahzani ota-onangiz bilan ham baham ko‘rishingiz mumkin. Ularni ham marosimga taklif etamiz.
😎 21 sentabr, soat 08:00. Uchrashguncha!
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTubep | 195 |
| 12 | 🇺🇿 KUN HIKMATI
Emish har elg‘a qadri ilm balo,
O‘la ilm maqomi baski bolo.
Kishikim ilmu fandin boxabardur,
Haloyiqqa mo‘tabardur.
Tiriklikda kishikim qilsa har kor,
Aning osonlig‘ina ilm darkor.
Abdulla Avloniy
🙂 Yangi kun muborak!
kanalga ulanish👇
ftti.uz | 204 |
| 13 | 🟦🟦🟦
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari va ustoz-murabbiylariga
Aziz talabalar!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Fursatdan foydalanib, yurtimiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining minglab talaba-yoshlari, fidoyi professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilariga eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Bugun mamlakatimizdagi 28 ta davlat va nodavlat tibbiyot oliygohida hamda qo‘shma ta’lim yo‘nalishlarida jami 91 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 9 ming nafari xorijiy talabalardir.
Qadrli yoshlar!
Bilasiz, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishida zamonaviy bilimlarga ega, kreativ fikrlaydigan yangi avlod kadrlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotir.
Shu maqsadda tibbiyot oliygohlarida zamonaviy klinik bazalar, simulyatsion markazlar, ilg‘or laboratoriyalar va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Albatta erishilayotgan natijalar quvonarli. Oldimizda esa yanada ulkan vazifalar turibdi. Kuni kecha davlatimiz rahbari tibbiyot va farmasevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishar ekan, bu boradagi ustuvor maqsadlarni belgilab berdi.
Xususan, keyingi o'quv yilidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5+1 modeli asosida amalga oshiriladigan 6 yillik “Umumiy tibbiyot” ta’lim dasturiga transformatsiya qilinadi. Bu model 5 yillik nazariy va amaliy ta’lim hamda 1 yillik uzluksiz klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida AQSHning Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi.
Bunday islohotlardan ko‘zlangan maqsad bitta! U ham bo‘lsa, tibbiyotimiz uchun fidoyi va o‘z kasbiga sodiq yangi avlod tibbiyot xodimlarini tayyorlashdan iborat.
Hurmatli talabalar!
Sizlar — mamlakatimiz tibbiyotining kelajagisiz. Tanlagan kasbingiz inson hayoti va salomatligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shu ma’noda, talabalik yillarini ulkan imkoniyatlar davri sifatida qadrlab, zamonaviy tibbiyot ilmlarini, xorijiy tillarni, raqamli texnologiyalar va yangi innovatsion yondashuvlarni puxta egallashingizga tilakdoshman.
Talabalik davringiz katta yutuqlar va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! Ilm olish va izlanishdan aslo to‘xtamang!
Yangi o‘quv yili barchangizga muborak bo‘lsin!
Eldor ADILOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 195 |
| 14 | 🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari yozgi ta’tilni qanday o‘tkazishdi?
Sizga taqdim qilmoqchi bo‘lgan slaydlarimiz orqali talabalarimizning yozgi ta’til davrini ham mazmunli va samarali o‘tkazganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Ta’kidlash joizki, talabalarimiz ta’tilda ham vaqtni bekor o‘tkazmasdan, o‘z ustilarida ishlash, bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga intilishdi. Ular o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha yurtimizdagi turli klinikalarda amaliyot o‘tab, haqiqiy ish jarayoni bilan tanishdilar, tajribali mutaxassislardan o‘rgandilar va nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirdilar.
Bu — kasbiga bo‘lgan qiziqishi va mas’uliyatini chuqur his qilgan yoshlarning aniq maqsadi sari tashlayotgan muhim qadamlaridir.
Ha, tinib-tinchimagan, o‘z sohasining yetuk va malakali mutaxassisi bo‘lishni maqsad qilganlar aynan shunday yo‘l tutadi. Chunki haqiqiy mutaxassislik faqat auditoriyada emas, balki izlanish, mehnat, tajriba va amaliyot jarayonida shakllanadi.
Biz esa talabalarimizning har bir intilishi, har bir qadami va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan harakatidan faxrlanamiz.
Ularning bugungi harakati — ertangi yetuk mutaxassislik sari qo‘yilayotgan mustahkam poydevordir!
🎓TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 222 |
| 15 | ❓ Рақамли тиббиёт: Қанча дорихона “Электрон рецепт” тизимида ишлаяпти?
🖥 “Электрон рецепт” DMED тизимидаги асосий модуллардан бири бўлиб, аҳоли ва тиббиёт ходимлари учун кўплаб қулайликлар яратаётганлиги билан эътиборга молик.
🗓 Жорий этиш муддатлари:
📍 2025 йил 10 декабрдан Тошкент шаҳри ҳамда тажриба-синов тариқасида белгиланган 15 та туман (шаҳар)да амалиётга киритилди.
📍 2027 йил 1 январдан юртимизнинг қолган ҳудудларида ҳам тўлиқ жорий этилади.
⚙️ Ишлаш тартиби:
👨💻 Шифокор бемор учун “Электрон рецепт” модули орқали QR-кодли электрон рецептни шакллантиради ва у автоматик тарзда дорихоналарнинг ахборот тизимига узатилади.
❌ Электрон рецептни сохталаштириб бўлмайди. Чунки, шифокор, клиника ва дорихона маълумотлари автоматик тарзда қайд этиб борилади.
📍 “Электрон рецепт” модули ҳозирга қадар Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази ахборот тизими ҳамда Солиқ қўмитаси Маҳсулотлар (товарлар ва хизматлар) ягона электрон миллий каталоги билан интеграция қилинди.
💻 Шунингдек, ушбу модул дорихоналардаги 40 га яқин ахборот тизимлари билан интеграциялаштирилди.
💊 Натижада бугун юртимиздаги 11 мингдан зиёд дорихоналар “Электрон рецепт” тизими асосида фаолият олиб бормоқда.
❓Бу нима берди?
💊 Дори воситаларини тайинлаш тизимли назоратга олинди.
❌ Антибиотикларни кўрсатмасиз сотиш барҳам топяпти.
‼️Умуман, бу модул туфайли қоғоз шаклидаги рецепт, шифокор қабулига узундан узоқ навбат ва ортиқча бюрократик тўсиқлар ҳамда бошқа нохуш ҳолатлар тарихга айланмоқда.
Facebook | Instagram |Telegram| You Tube | 200 |
| 16 | Тиббиёт ва фармацевтика ходимларининг узлуксиз касбий таълим тизими такомиллаштирилади
Барча тиббиёт ва фармацевтика ходимларини қамраб оладиган янги узлуксиз касбий таълим тизими жорий этилади. Таълим провайдерлари ва дастурлари аккредитациядан ўтказилиб, жараёнлар рақамлаштирилади.
Тизим кредит-модуль тамойилига асосланади. Олий маълумотли тиббиёт ва фармацевтика ходимлари ҳар йили камида 50 кредит, ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимлари эса 28 кредит тўплаши белгиланмоқда. Ушбу кредитлар давлат рўйхатидан ўтиш ва касбий малакани тасдиқлашда ҳисобга олинади.
Мутахассисга таълим провайдери, дастур ва ўқиш шаклини мустақил танлаш ҳуқуқи берилади. Анъанавий ва масофавий таълим, онлайн курслар, иш жойида малака ошириш, семинар ва тренинглар каби турли шакллардан фойдаланиш мумкин бўлади.
Халқаро аккредитациядан ўтган хорижий дастур ва тадбирларда олинган кредитларни Ўзбекистонда тан олиш механизми ҳам жорий этилади.
Узлуксиз касбий ривожланиш маркази ташкил этилади. Унга таълим сифати, провайдерлар ва дастурлар аккредитацияси, замонавий стандартларни жорий этиш вазифалари юклатилади.
Касбий таълим дастурларида аҳоли орасида энг кўп учрайдиган ва ўлим хавфи юқори бўлган касалликларга устувор эътибор қаратилади. Кардиология, шошилинч тиббий ёрдам ва онкология йўналишларида етакчи хорижий ҳамкорлар билан замонавий дастурлар ишлаб чиқилади.
Facebook | Instagram |Telegram| You Tube | 204 |
| 17 | 🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI “MUSTAQILLIK DARSI” BILAN BOSHLANDI.
🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bugun 2026–2027 o‘quv yili boshlandi. Yuqori bosqich talabalari yozgi ta’tildan so‘ng katta sog‘inch va ko‘tarinki kayfiyat bilan yana sevimli auditoriyalariga qaytdilar.
Yangi o‘quv yilining ilk sabog‘i an’anaga ko‘ra, “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi.
Jarayonda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, dotsent K.K. Ismoilov ham ishtirok etib, “Mustaqillik darsi”ning mazmun-mohiyati va tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Talabalar bilan muloqotlar davomida yurtimizning mustaqil taraqqiyot yo‘li, bugungi islohotlar va yoshlar zimmasidagi mas’uliyat xususida fikr-mulohazalar bildirib, ularni Vatan taraqqiyotiga daxldorlik va yuksak maqsadlar sari intilishga chorladi.
Darslar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan mamlakatimiz mustaqilligi, uning tarixiy ahamiyati, bugungi taraqqiyot yo‘li hamda yoshlar oldida turgan yuksak maqsad va vazifalarga bag‘ishlangan mazmunli va qiziqarli ma’ruzalar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda talabalarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Yangi o‘quv yilining ilk kuni talabalar uchun nafaqat bilim olish, balki Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim saboq bilan boshlandi.
🎓TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 227 |
| 18 | 🟦🟦🟦
Hurmatli dorixona tashkilotlari rahbarlari!
Xabaringiz bor, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, "Elektron retsept" tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, "Elektron retsept" moduliga hali ulanmagan dorixonalarga DMED yagona tibbiyot axborot tizimining eHealth platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va tizimga ulanish tavsiya etiladi.
Mazkur platformaga ulanish orqali dorixonalar elektron retseptlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda tizim joriy etilishi jarayoniga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.
📼 Platformaga ulanish uchun havola
📼 eHealth platformasidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar (o‘zbek va rus tillarida)
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi dorixona tashkilotlarini mazkur imkoniyatdan foydalanib, eHealth platformasiga o‘z vaqtida ulanish choralarini ko‘rishga chaqiradi. Bu elektron retsept tizimini joriy etish jarayonini samarali tashkil etish va kelgusidagi ish faoliyatini uzluksiz davom ettirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 204 |
| 19 | Toshkentda Zamonaviy san’at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Bu yerda ko‘rgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam o‘tkazib boriladi.
“Mamlakatimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega”, — deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈 | 203 |
| 20 | 🇺🇿 KUN HIKMATI
Inson, hayotida qilgan yaxshiliklari qadar baxtli bo'ladi.
Shahobiddin Ahmad
🙂 Yangi kun muborak!
kanalga ulanish👇
ftti.uz | 205 |
