en
Feedback
Venera olami💙

Venera olami💙

Closed channel

Hikoya yozuvchining sirli olami uning qalbi!♡︎ Muallif: #Venera - @Iroda_M1 Kanaldagi barcha hikoyalar muallifi Venera. Romantik, fantastik, detektiv, tragedik janrdagi hikoyalar.. Kanal ochilgan sana: 16.01.2022.

Show more
1 979
Subscribers
No data24 hours
-147 days
-4930 days
Posts Archive
Hayrli kun hammaga Mani kutayotganlar uchun minnatdorman va silaga shuni ma'lum qilmoqchimanki, tez orada "zulmat oğushida" hikoyamni yozishni boshliman. Kanalda sabr bilan kutayotgan tez orada hursand bolasiz🌚 Vip kanalda esa "Hudbin" asari yarmidan ötti. Vip kanalga qabulli töxtatgan edim, ammo sorashgani uchun yana qabul ochdim. Eng ohirgi qabul!) Hudbin hikoyasi bu kanalga tashalmidi, yosh chegarasi mavjud bolgani uchun u ham Bezabon hikoyam kabi faqat vip kanalda qoladi. Vip kanalga qöshilmoqchi bölsangiz : @Iroda_M1 ga murojaat qilasiz. Kuningiz hayrli ötsin.

Vip kanalda yozilayotgan hikoyamdan bir qismcha. Shuni hozir özim öqib turib öyladimki: man yigit obraz tomonidan ham bemalol hikoya yoza olar ekanman. Yaxshi tasvirlaganman fikrimcha. Shu vaqtgacha yigit obraz tomonidan yozolmasam kere dib öylardim... No yaxshi yozarkanman. Ayniqsa Mağlubda Usmon tilidan ham yaxshi yozganakanman. Hayrli kech hammaga💙 Bilaman ancha zerikib qolgansiz. Ammo vipdagi shu hikoya tugashi kerak avval. Keyin shu kanalda va vipda ham Zulmat oğushidani boshlimiz.❤️

Repost from N/a
"Miran" Uni pushti tusga kirgan yuzlaridan tutib özimga qarattim. Uni tashlab ketish?! Hech qachon! Men uni ilk bor körganimdayoq, butun umirga özimniki qilishni bor vujudim ila istaganman. Va shunday böladi ham! Garchi uni özi istasa ham, hayotimizda nimalar sodir bölishiga qaramay u doim men bilan böladi. Hohshiga qarshi chiqib bölsa ham, majburlab bölsada, hatto qamab qôysam ham u men bilan bölishi shart. Odamlar aytadi: "sevsang, sevgan insoning baxti uchun, bazan uni qôyib yuborishing kerak" Ammo men unday qilmayman, hatto özgasiga köngil qöysa ham - hech qachon qôyib yubormayman. Balki bu öta ketgan hudbinlikdir.. lekin men özimni usiz qoldirolmayman!.. — Hech qachon! - dedim yumilib ketay deyotgan közlariga qarab va labiga labimni bosdim. Uning közlari yumildi, issiq nafasi takror yuzimga urilib meni aqldan ozdira boshladi. Har körganimda quchgim keladigan nozik belidan qattiqroq siqdim va shu zahoti u norozi qimirladi. Bir qölim bilan böynining ort qismidan ushlagancha uni yanayam özimga yaqinroq tortib, bösani chuqurlashtirdim.. Unga qancha yaqin bölsam, borgan sari bundanda köproğini istayveraman. Göyoki narkoman inson singari. Töyimlilik hissi mavjud emas.. Labidan öpar ekanman, uning köksimga urishidan biroz uzoqlashdim. Elmira tez - tez nafas ola boshladi. Maroq bilan tikilib, sochlarini yuzidan oldim. Ayni damda köproğini istayman, oppoq, silliq terisini ohista silashni, nafaqat labidan, balki tanasining boshqa joylaridan ham öpishni hohlatrdim. U menga nima qilgan bilmayman, ammo bu soğlomlik emasdek.. — Jodugar - dedimu beihtiyor jilmayib, ishgan lunjlaridan avval zavq ila tishlab, söng ohista öpdim. U indamadi. Közlarini yumib, köksimga boshini qöydiyu, uyquga ketti. Ichimda avj olayotgan ehtiros, uni özimniki qilishga bölgan hohishni bazör chetlab öttim. Har doimgidek! Ehtiyotlab kötardimu, ikkimiz uchun atalgan yotoqxonaga olib bordim. Ustki kiyimini yechib ustiga körpa yopdim va ôzim ham yonidan joy olib, mahkam bağrimga bosdim. U meniki!

Hayrli kun. Faqat bugun vip kanal narxi 10 ming dan böladi✅ Ochiği bugunni özida 3 ta odam shuni sörab yozishgani uchun kotta kanalga e'lon qildim. Vip kanalda #Hudbin asarining ancha olov romantik va qiziqarli qismlari tashab borilyapti.

Bugun deyarli barcha savollarga javob beraman🌚

Assalomu alaykum yaxshimisizlar yaxshilar💗 Bugun soat 18:00da "Venera olami💙" kanalini yozuvchisi @iroda_M1 dan intervyu olamiz🫠 Savollarni shu kanal komentiga yozinglar https://t.me/+wN93B22TsDs0MTIy

Bu mani blogim Bu kanalda siz Venera bilan yaqinroq tanishasiz🌚

Va söraganlar uchun ma'lumot: Vip kanalda deyarli har kuni asosan romantik janrdagi #Hudbin hikoyasi yozib borilmoqda. Vip kanal narxi 15 min. Va kanalda tugallagangan #Bezabon asari ham bor. 5614 6805 1562 0942 Mannofxojayeva Irodaxon Skrinwot tawaladi - @iroda_M1

Hayrli kun hammaga❤️ Sizlarga yoqimsiz habar bilan yuzlanmoqchiman. #Zulmat_oğushida hikoyam ma'lum bir vaqtga töxtatildi. Sababi esa man faqat vip kanaldigi #Hudbin hikoyani yozvomman. Öqib, ham ishlavotganim uchun hikoya yozishga unchalik vaqt topolmayaptudim, ammo amallab vaqt topib bor e'tiborimni Hudbin hikoyamga qarattim va uni yozvomman. Hudbin tugashi bilan Zulmat oğushida yana davom etadi, shu kanalda ham, vip kanalda ham. Keyin uniyam tez - tez yozishga harakat qilaman. Tushunasiz degan umiddaman. Noqulayliklar uchun özim ham afsusdaman. Ammo vaziyat shuni taqazo qivotti ayni kunlada... Savollaringiz va biror takliflaringiz bölsa bemalol❤️

#Zulmat_oğushida — Endi esa gapir - dedi közlarimga savol nazari bilan qarab. — Men uyimga ketayotgan edim. Keyin birdan qandaydir... odam desa odamga öxshamaydigan bir maxluq meni öldirmoqchi böldi. Uni körsangiz edi, shunaqanggi qörqinchli. Bilasizmi men bazör qochdim undan. Meni öldirmoqchiligida özimni himoya qilish uchun yerda yotgan temir bölagini bilmay unga tiqib oldim. Men atayin qilmadim, qörqib ketgandim.. - deya shoshib gapirib berdim. Hamon ichimdagi vahima, qörquv unchalik bosilmagandi. Közlarim yoshlanib ketti.. Rafeil meni diqqat bilan eshitti va biroz vaqt öylanib qoldi. — Endi yolğiz ketmaysan uyingga, Elidar seni tashlab qöyadi - dedi nihoyat undan sado chiqib. Hayron boshimni kötardim. — Elidar?! — Ha. — Nega aynan u? - yuzim burishib ketay dedi. Chunki u meni asablarimni yeb tamom qiladiku. — Nega u emas? Savol nazari bilan qoshlari kötarildi. — Chunki u doim meni asabimga tegadi. Mazzali taomga qaragan odamdek qaraydi menga - dedim asabiylashib. Rafeilni qoshlari tirishib ketti va biroz öylanib qoldi. — Men u bilan gaplashaman. Sen esa hozir yotib uhla. Hech nimani öylama - deya örnidan turdi. — Yaxshi - eshik yopilishi bilan ustki kiyimimni yechib körpa ichiga kirdim va yaxshilab joylashib yotib oldim. ...... Angelinani xonasidan chiqqan Rafeil uydan chiqib ketti. Eshikni yopib mahkamladiyu özi hech qanday qiyinchiliksiz ochgan portali ichiga kirib, bir zumda katta bino ichidan chiqdi. Eshikni ochib binoga kirar ekan, yuziga tamaki hidi urilib yuzi burishdi. — Oo yöq azizlar boshliq shu yerda - dedi xona burchagda uzun kursiga yotib olgan qiz sakrab örnidan turar ekan. Qizning ovozini eshitgan qolganlar ham tez - tez örnidan turib oldi. Birinchi örinda tv qarshida kursida oyoqlarini kötarib, chakib ötirgan yigit, keyin esa yuvinish xonasidan ham biri hayron chiqib keldi. Rafeil uchchoviga hafsalasiz qarab turar ekan, bu tartibsizlikdan asabi buzila boshlagandi. — Nega yalpayib yotibsan hammang?! - dedi jiddiy holda va ular tomon yurib bora boshladi. Hech kimdan sado chiqmadi, chunki hammasi Rafeilni fe'lini biladi. — Azlar?! - dedi böychang, sochlarini qizilga böyab olgan yigitga öqrayib qarab, javob talab qilar ekan. — Shunchaki bugun barchamiz yiğilgandik.... - yigit gapini tugata olmay, tanasida paydo boʻlgan oğriq sabab yuzi burishdi.

U maxluq men tomon tashlanayotganida beihtiyor nigohim yerda yotgan tiğli temirga tushdiyu, hech ikkilanishsiz uni qölimga oldim va maxluq menga yaqinlashishi bilan, unga tiqib oldim. U birdan qimirlamay qoldi. Meni bunday qilishimni kutmaganmidi bilmayman, ammo qarshilik qilolmadi va natijada temir kirib ketti. Ölay agar bunday qilishni hohlamagan edim. Vujudim qörquvga tushib qoldi. Özimni boshqara olmay qoldim. Qarshimdagi maxluq yerga quladi. Men esa qöllarim qaltirab temirni qöyib yubordim. Bir muddat qotib qoldim. Tanam, miyam shök holatiga tushib qolgandek edi. Qarshimda, yerda jonsiz yotgan maxluqqa qaradimu yiğlab yubordim. Shunchalik qörqib ketganimdan biroz muddat shunday yiğlab ötirdimu, söng örnimdan turib ortimga yugurishni boshladim. Öz uyimga emas, Rafeilni uyiga. Chunki uyimga borgunimcha qörquvdan ölib qolishim aniq. Rafeilniki esa yaqin. Uyga kirib özimga kelib olaman degan maqsadda tez yugurib uyga yetib keldim. Közimdan yoshlar tinmay oqar ekan, qaltiroq qöllarim bilan eshikni ochib uy ichiga kirdim. Yugurgancha zinalardan kötarilar ekanman, qarshimdan kutilmaganda Rafeil chiqib qoldi. Menga hayron qarar ekan, men esa hech ikkilanishsiz yoniga yugurib borib, uni quchoqlab oldimu höngrab yiğlab yubordim. — Angelina?! - dedi u hayron meni ikki yelkamdan ushlab uzoqlashtirmoqchi böldi. Men esa uzoqlashish örniga battar unga yopishib oldim. — Senga nima böldi? — Men...men...öldirib qöydim - dedim yiğlashdan bir zum ham töxtamay — M.men....maxluq! Qancha urinmay bemalol gapirolmadim. Qörqib ketganim uchun, ham yiğlayotganim uchun duduqlanib qoldim. — Tshsh, böldi. Hammasi yaxshi. Men yoningdaman! — Rafeil ham nihoyat meni quchib, tinchlantirish uchun sochlarimdan silashni boshladi. Ohista yurib xonasiga olib kirib yotoqqa ötqizdi va özi ham yonimga ötirdi. Uni quchoğida yiğlashda davom ettim. Sochlarimni silayotgan qöllari meni ancha tinshlantirishni boshlagandi. Menga hozir uni kimligi muhim emasdi, shunchaki keng bağriga boshimni qöygancha tinchlanaytogandim. Nihoyat yiğlayverganim uchun nafasim qaytishni boshlab, hiqillab qoldim. — Suv ichib ol - dedi meni özidan uzoqlashtirib. Labim yoniga kelgan stakandagi suvni qarshiliksiz ichib, ancha özimga keldim.

#Zulmat_oğushida U menga qaradiyu, shunchaki hech nima bölmagandek labi chetida jilmayib qöyib xonadan chiqib ketti. Nafasimni ichimga yuttim. Ahir nega?! Nega u menga bu darajada yaqinlashyapti? Nega chegaralarni buzyapti? Va eng muhim savol esa nega men qarshilik qilmayapman. Hatto kipriklarim pir - piramay, hamon jim ötirar ekanman, beihtiyor barmoğimni labim yoniga olib bordim va aynan uni muzdekroq labi tekkan joyiga qöydim. Yuragim! Chuqur nafas oldim. Hammasi ötib ketadi. Bu boshqa qaytarilmaydi... Bugun deyarli ish qilmadim, ötirdim, tv kördim. Uyda hech kim bölmadi, Elidar ham, Rafeil ham. Kech tushishi bilan kiyinib uydan chiqib kettim. Tun kirgan. Bu joylar qishloqning chekkasi bölgani uchun ancha qoronğu va ateofga hech kim yöq. Töğri ichimda qörquv bor, ammo noilojman. Yurib ketar ekanman, ortimdan qadam tovushlari eshitildi. Bundan qörqsamda, tez - tez qadam bosib ketaverdim. Kech bölganda kim böldi ekana? Sekin ortimga qarab qöydim, yöq hech kim yöq?! — Jin ursin! Asabiy shivirlab yurishda davom ettim. Ammo ortimdan kimdir kelayotganini aniq his qilar edim. Muyilishga kelganda tösattan qarshimdan odam chiqib qoldi. Qörqib ketganimdan beihtiyor chinqirib yubordim. Yuragimni ushlab qolib unga qarar ekanman, uni yuzini körib ortga qanday qilib qadam tashlaganimni sezmay qoldim. Uning yuzi qop - qora, hatto közlari ham qora. Betartib sochlari yuzini tösib turardi. Esim chiqib ketti. Ich - ichimdan qaltirab kettim. Kim yo nima böldi ekan bu?! Maxluqmi? Yo biror bir hayvon?! Ortga qadam tashlar ekanman u ham men tomon yura boshladi. Mana endi miyam tezlikda ishlab yugura boshladim. Ammo uzoq qocholmadim. Chunki u qarshimda paydo bölgandi. Bor ovozim bilan chinqirib yubordim. Ahir qanday qilib?! U esa meni böynimdan ushlab böğdiyu, qölidagi tiğli nimadirni men tomon yönaltirdi. Özimni bazör chetga olishga ulgurib qoldim. Yerga zarb bilan tushganim uchun oyoğim qayrilib ketgan bölsada örnimdan bazör turib yana yugurishni boshladim. Ammo bu safar ham uzoqqa bormadim. Qarshimdan paydo bölgan maxluq meni itarib yubordi. Zarb bilan yerga tushdim. Közimdan shashqator yoshlar oqishni boshladi. Ölimimni tan olishni boshlab yubordim hatto...

— Nima ular özi hohlab kechasi yurar ekanmi? — Shunday emasmi? - dedi yonimga kelib ötirar ekan. — Yöq! Unday emas. — Hösh qanday? - dedi közlarimga tikilib. — Balki ular ham menga öxshab pul zarurligidan ishlar. Ishi kech tugagani uchun majbur tunda köchada yuradi. Ammo bazi bir ablaxlar esa, notöğri tushunishadi! - dedim ayni unga qarab. — Hammasi ham ishdan qaytayotgan bölmaydi - dedi u ishonch bilan — Siz qayerdan bilasiz?! Rafeil mening bu savolimga javob berishga biroz öylanib qoldi. Men esa uni gapirishga shoshiltirgandek qoshlarimni kötardim. Ammo u kutilmaganda nigohini olib qochib shunchaki yelkasini qisib qöydi. — Bilmayman. — Iyaa, siz hamma narsani biladigan aqilli edingizku?! - kesatmay turolmadim. — Menga unday gapirma - qoshlarini chimirib oldi Buni körib kulgim keldi negadir. — Gapirsamchi? — Haddingdan oshma — Hösh, oshsamchi?! Negadir uni asablarini buzish menga yoqayotgandi. Rafeil indamadi, ammo indagani yaxshi edi. Chunki bir qöli böynimdan nomiga ushlab meni kursining ortiga suyantirdi va yuzimga yuzini yaqinlashtirdi. Men esa uni harakatlarini qarshiliksiz kuzata boshladim. — Agar meni yaxshiroq bilganingda edi, bunday bemalol gapirolmas eding - dedi ovoz tönini pasaytirib. Shunchaki jilmaydim, va közlariga tik qaradim. — Balki sinab körarmiz? — Tafsiya qilmayman - dediyu nigohini labimga qaratti. Uning bunday qarashidan yurak urishim tezlashib, ichimda ğalayon qila boshladi. Tushunmayman. Nega bu odamni birgina qarashi meni ossongina hayajonga sola oladi?! Unda özgacha nimadir bordek.. — ..nega? - dedim kipriklarim pir - pirab. — Qarashimni özida bu mitti yurakchang tipirchilay boshlaydi. Qolganiga chidolmaysan, bu aniq - dediyu u kutilmaganda yana ham egilib labim yonidan noomiga öpib qöydi. Buni öpish ham deb bölmaydi, shunchaki tegar - tegmas labini bosdi holos. Men esa toshdek qottim. Hayratdaman!

#Zulmat_oğushida Uni özimdan kuch bilan itarib yubordim. Men bor kuchimni ishlatgan bölsamda u shunchaki mendan nechadir santimetr uzoqlashdi holos. Nima ahmoqmi?! Unga asabiy qarab barmoğimni bigiz qildim. — Agar yana bir bor menga yaqinlashgudak bölsang, seni öldiraman! - dedim özim qörqib turgan bölsamda, unga tahdid qilib. U hech nima bölmagandek kulib qöydi. — Uzr, shunchaki sendan ajoyib hid kelayotgandi... — Shunga böynimdan hidlab kördingizmi? - qoshlarimni kötarib, unga ishonmaganimni bildirdim. — Ha shunday. Sen esa vahima qilib yubording - dedi huddi hech nima bölmagandek. Qoshlarim tirishdi. Baribir ham bu odam yaxshi emasligini könglim sezyapti. Menga mazzali taomga qaragandek qarashidan ham ma'lum. Unga qarata ensamni qotirib pastki qavatga tushib kettim. — Suyuq, ahmoq! - shivirladim özimga özim Miyam esa endi u yigitdan uzoq yurishim kerakligini takidlar edi. Mana bu uyda ishlayotganimga ham bir haftadan oshdi. Bu qishloqning bir cheklasidagi olamdan uzilgan uyda ishlayapman. Aslida buni ish deb ham bölmaydi. Bu uyda deyarli ish yöq. Shunchaki changlar bölsa bölmasa artib yuraveraman. Chunki boshqa nima qilishni bilmaymanda. Rafeil juda sirli. Indamay yuradi, bazan uyda bölmaydi. Kam gapiradi. Ammo köp ish buyurib turadi menga. Anavi Elidar esa öylaganimdek ğirt suyuq. Uyda bölsa menga gapiraveradi, gapiraveradi. Ammo u ham qandaydir sirli. Mana bugun yana vaqtidan kechikib keldim. Uy har doimgidek jim - jit. Demak Elidar yöq. — Hayriyat - deya mehmonxonaga kirib uzun kursiga ötirdim va tv ni yoqdim. Birin - ketin kanallarni aylanar ekanman, bugungi kun yangiligiga közim tushdi. Qiziqish bilan eshita boshladim. — "Yosh qizlarning bedarak yoqolish soni köpaymoqda. Buning sababi aniq emas. Ular shunchaki öqish, ish va bazi qizlar maktabga chiqib ketadiyu qaytib kelmaydi. Aynan bu yoshdagi va faqat qizlarning yoqolishi ancha shubhali. Savollar köp, javob nomalum. Kuni kecha 22 yoshli qizning jasadi örmon ichidan topilgan. Tanasidagi jarohatlardan, uni hayvonlar hujum qilgan degan gumonga borilyapti. Jasadni ekspertizaga jonatishgan..." Jurnalistning gaplaridan yuragim jizillab ketti. Ichimga vahima oralada. Nima bölyapti ekana? — Shunchaki tunda yolğiz yurish kerak emas, ayniqsa qizbola! - ortimdan Rafeilni jiddiy ovozi yangradi. Uning gapidan yuzim burishdi.

— Men ham hohlamagan edim, öğri odamni uyiga kelaman deb - dedim hech ikkilanmay. Uning közlariga qarab turar ekanman, kutilmaganda ikki yelkamdan ushlab ortga itardi. Natijada esa men zinaning devoriga butkul yopishib qoldim. Közlarim moshdek ochilib ketti, uni bunday  qilishini kutmagandim ahir.      — Eyy...nima qilyapsiz?!     Elidar indamadi. Ammo nigohi meni böynimga qaratildi. Tipirchilay boshladim. Lekin foyda bermadi, göyoki men boğlab qöyilgandek edim. Umuman qimirlolmadim. Nega bunday qaraydi ablax. Shunchalik kuchi köpmi bu yigitni?! Unga hvotir bilan qarab turar ekanman, kutilmaganda boshini men tomon egdi. Ochiğroği böynimga egilib chuqur nafas oldi. Hozir aqldan ozaman!

Hayit ayyomingiz muborak💫🌸

Repost from Venera blog🪐
Venera hikoyalaridan reallik izlamang... Chunki man hikoyalarimda hayotni unitib, hayoliy hikoyam ichiga shönğishingiz uchun yozaman~

Silaga zör yangilik bilan keldim - Kopchilik tanigan ösha #Lady_Gipsofila yana ijoddi boshladila🌚