cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Uslubiy qo'llanmalar

Tadbirlar uchun

Show more
Advertising posts
350
Subscribers
-124 hours
-57 days
-4030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
«УКАМ БЎЛАДИ!» Синовларга бойдир бу дунё, Бир кун келиб сабрим тўлади. Кетар бўлсам Раббим қошига, Эслагувчи укам бўлади! Дуолар-ла, қўллайман уни, ИншаАллоҳ, бахти кулади. Бирдан изсиз ғойиб бўлсам ҳам, Излагувчим укам бўлади! Чидай-чидай тўкилиб бўлдим, Дилда не бор Аллоҳ билади. Бутун дунё унутар бироқ, Соғингувчим укам бўлади. Гоҳо ота, оғамдек бўлиб, Баъзан койиб, баъзан қўллади. Фарзандимдек бағрим тўлдирган, Шу эркатой укам бўлади! ✅️https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...
⚡️Rasman OTMga qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 💰Oylik bot Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...
Uslubiy qo'llanmalar

Tadbirlar uchun

Photo unavailableShow in Telegram
#ЯНГИ_КУН Ассалому алайкум азизлар! Аллоҳим барчамизга ушбу кунини файзли, баракали ва хайрли қилсин. Кунингиз хар кунгидан хам мазмунли,манфатли ўтсин! https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...
👏TA'ZIM SIZGA ( BARCHA FAN O'QITUVCHILARIGA BAG'ISHLANADI ) Ado etib vijdonning burchin, Ko'rsatdingiz bilimning kuchin, Sizga hamma - hammasi uchun, Ta'zimdamiz ustoz, muallim! Bilim olmoq dinimizda farz, Sizdan aslo uzilmaydi qarz, Jonfidolik - bir soatlik dars, Ta'zimdamiz ustoz, muallim! Mana yaqin so'nggi qo'ng'iroq, Ko'ngillarni o'rtaydi firoq, Garchi sizdan kеtsak-da yiroq, Ta'zimdamiz ustoz, muallim! Zar qadrini bilgan zargarsiz, Mo''jizasiz, siz sеhrgarsiz, Siz biolog, siz kimyogarsiz, Ta'zimdamiz ustoz, muallim! Go'zallikka bog'lab hayotni, Yodlatdingiz shе'ru-bayotni, O'rgandik til - adabiyotni, Ta'zimdamiz ustoz, muallim! Ranjimang hеch bizdan iltimos, Sho'xligimiz qiynadi biroz, Siz tarixchi, siz huquqshunos, Ta'zimdamiz ustoz, muallim! Hayot lavhi emas bitiksiz, Bitiklarda mudom еtuksiz, Siz fiziksiz, matеmatiksiz, Ta'zimdamiz ustoz, muallim! Ko'ngil - kitob, so'z - tarbiyachi, Siz ijodkor, siz targ'ibotchi, Ilmiy mudir, ma'naviyatchi, Ta'zimdamiz ustoz, muallim! Kasblar ichra a'lo, mumtozi, Bo'lsin sizdan Alloh ham rozi, Siz boshlang'ich ta'lim ustozi, Ta'zimdamiz sizga muallim! Ko'rdingiz siz, etmay sira kam, Jug'rofiya sirlarin baham, «Dunyo kеzdik» sinfimizda ham, Ta'zim sizga ustoz, muallim! Anglagandеk, dunyo sirini, Va o'rgandik olam elini, Rus, ingliz, olmon tilini, Ta'zim sizga ustoz muallim! Sog'lom tanga sog' aql ato, Jismoniy mashq bo'lmadi xato, Darsdan qochib to'p tеpdik, hatto, Ta'zim sizga ustoz, muallim! Qalbimizda ajib bir titroq, Nahot sizdan diydordir yiroq, Chalinmoqda so'nggi qo'ng'iroq, Ta'zim sizga ustoz, muallim! Ado aylab kasbingiz burchin, Ko'rsatdingiz bilimning kuchin, Sizga hamma - hammasi uchun, Ta'zimdamiz ustoz, muallim! © O'lmasbеk Samarqandiy. 💰Oylik bot Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...
Uslubiy qo'llanmalar

Tadbirlar uchun

03:11
Video unavailableShow in Telegram
25-май – Сўнгги қўнғироқ билан барча битирувчиларни табриклаймиз. Бугунги байрам муборак азиз битирувчилар. https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...
06:01
Video unavailableShow in Telegram
#Битирувчи_2024 Хайр мактабим... Бугун қайта-қайта янграйдиган қўшиқ. Барча битирувчиларга омад ёр бўлсин. https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🔔 Bugun 25-may - maktablarda so‘ngi qo‘ng‘iroq kuni. 🔔 Soʻnggi qoʻngʻiroq: Turi: Xalqaro Sana: 25-may Nishonlanishi: maktab formasi,  qoʻngʻiroqcha. Soʻnggi qoʻngʻiroq —  maktabni  bitirayotgan oʻquvchilar anʼanasi, bayrami.  🔔 Oʻzbekiston  va boshqa  MDH  mamlakatlarida  25-may kuni nishonlanadi. Bayram oʻquv yili tugaganida, biroq bitirish imtihonlaridan avval oʻtkaziladi. 🔔 Soʻnggi qoʻngʻiroqda bitiruvchilar, oʻqituvchilar va ota-onalar ishtirok etishadi. 🔹 Marosimda mehmonlar, maktab direktori, birinchi oʻqituvchilar, ota-onalar, birinchi sinf oʻquvchilari tabrik aytishadi. 9- va 11-sinfni yakunlayotgan bitiruvchilarga oq yoʻl va muvaffaqiyat tilab qolamiz! https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...
⚡️Prеzidеnt Shavkat Mirziyoеv maktab bitiruvchilariga tabrik yo'lladi. Shavkat Mirziyoev maktab bitiruvchilariga orzu qilishdan toʻxtamasliklarini, ezgu intilishlardan hech qachon qaytmasliklarini tiladi. Aziz oʻgʻil-qizlarim! Sizlar jonajon Vatanimiz shonli tarixining bir qismi, oʻz madaniyati va anʼanalarini asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan buyuk xalqning dilbandlari, Yangi Oʻzbekistonning umidi va tayanchi hisoblanasiz. Yana bir bor taʼkidlab aytmoqchiman, davlatimizning ertangi taqdiri, uning ravnaqi va taraqqiyoti sizlarning qoʻlingizda. Hech qachon orzu qilishdan toʻxtamang, katta maqsadlar yoʻlida imkoniyatlaringizni sinab koʻrishdan, bu yoʻlda xato qilish va ulardan saboq olishdan qoʻrqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi gʻoya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat Oʻzbekistonni, balki butun dunyoni oʻzgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham oʻz oldingizga qoʻygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang. Har biringiz ustozlaringiz va ota-onangiz qalbingizga singdirgan qadriyatlarga hamisha sodiq boʻlib, xalqimizning bebaho merosini yanada boyitishga, yurtimizning yorugʻ kelajagiga hissa qoʻshishga intiling. Biz jahonga ilm-maʼrifat, maʼnaviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulugʻ zotlarning avlodimiz. Ularga xos boʻlgan noyob xususiyatlar, ular yaratgan anʼanalar bugun har birimizning qalbimizda, ongimizda va hayotimizda yashamoqda. Endilikda biz ana shu buyuk ajdodlarimizning chinakam davomchilari boʻlgan qalbi qaynoq yoshlarimizning yuksak maʼnaviy va intellektual salohiyati, ularning dunyoni lol qoldiruvchi yutuqlari bilan ham faxrlanishga haqlimiz. Hech shubhasiz, hayotda yuksak natijalarga erishish uchun tinimsiz harakat, shijoat va jasorat talab etiladi. Sizlarning chuqur bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrganish orqali Vatanimizga munosib farzandlar boʻlib yetishishingiz va uning taqdiri uchun masʼuliyatni zimmangizga olishingizga ishonaman. Bu sharafli yoʻlda barchangizga baxt va omad doimo yor boʻlishini tilayman», Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Manba 💰Oylik bot Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...
00:17
Video unavailableShow in Telegram
🍃Aссалому алайкум. Жума тонги муборак бўлсин. 🤲Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин! ☘Аллоҳим тонгингизни нурафшон, 🍀Кўнглингизни хотиржам, ☘Чеҳрангизни нурли қилсин. 🍀Танангизни саломатлик, ☘Юзингизни эсa табассум безаб турсин!! 🍀Бахт,омад, муваффақият, меҳр-муҳаббат ҳамиша ҳамрохингиз бўлсин!! https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...
👍 1
❗️Ўқувчилар ижарага берилган дарсликларни йўқотиб қўйса етказилган зарар қандай қопланади? “Умумтаълим мактабларини дарсликлар ва ўқув-методик қўлланмалар билан таъминлаш тартиби тўғрисидаги низом”га мувофиқ дарсликлар ёки ўқув-методик қўлланмалардан фойдаланиш усулидан қатъи назар, улар йўқолган ёки фойдаланишга яроқсиз ҳолатга келиб қолган тақдирда, ўқувчининг ота-онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳомийлар ёки ўқитувчилар зарарни ҳудди шундай дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалар билан қоплайди ёхуд унинг бирламчи ҳужжатларда (ҳисоб-фактурада, юк хатида) кўрсатилган қийматини тўлаши шарт. Ўқувчиларнинг ота-онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳомийлар ёки ўқитувчилар зарарни қуйидаги миқдорларда тўлайди: 👉 1 синф ўқувчиларининг ҳар бир дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалари учун — унинг бир баравари миқдорида; 👉 2 - 4 синф ўқувчиларининг ҳар бир дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалари учун — унинг икки баравари миқдорида; 👉 5 - 11 синф ўқувчиларининг ҳар бир дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалари учун — унинг тўрт баравари миқдорида. Умумтаълим мактаби кутубхона жамғармасидаги дарсликлар ва ўқув-методик қўлланмалар ҳисобининг юритилиши, улардан фойдаланилиши, уларнинг сақланиши, улар бўйича тўлов ҳужжатларининг мавжудлиги ва ҳаракати, шунингдек ўқувчилар орасида дарсликларни авайлаб-асраш туйғусини ривожлантиришга йўналтирилган тарбиявий ишлар умумтаълим мактабларининг кутубхоначилари томонидан олиб борилади. Ойлик ҳисоблаш учун бот https://t.me/uslubiyqollanmalar
Show all...