en
Feedback
"TALIMARJON IES" AJ Official

"TALIMARJON IES" AJ Official

Open in Telegram

"Talimarjon IES" AJning telegramdagi rasmiy kanali. Yaqinlarga ulashing

Show more
1 525
Subscribers
-224 hours
-107 days
-2930 days
Posts Archive
🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston energetika sohasidagi islohotlar natijalari ————— 🇺🇿🇺🇿 Результаты реформ в энергетической сфере Узбекистана Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda Davlat aktivlari va y
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:
🔵Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi. 🔵To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi. 🔵7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).
📖 “Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikatsiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi. Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

Halollik insonni doimo baxt sari yetaklaydi. Halol inson hech qachon mukofotsiz qolmaydi. Mazkur videorolikdagi voqea esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. “Talimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.   Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 #sport_kuni “Sport kuni” doirasida xodimlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi “Tolimarjon IES”
+6
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 #sport_kuni “Sport kuni” doirasida xodimlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi “Tolimarjon IES” AJda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida “Sport kuni” doirasida shaxmat o‘yini tashkil etildi. Musobaqada korxonaning turli bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etib, o‘zlarining shaxmat bo‘yicha bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, vaziyatni tezkor tahlil qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish va strategik yondashuv borasidagi qobiliyatlarini namoyon etdilar. “Sport kuni” doirasidagi bunday tadbirlar kelgusida ham davom ettirilib, xodimlarning sportning turli yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirishga xizmat qiladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 👨‍👩‍👧‍👦 #yashil_energiya 👨‍👩‍👧‍👦 Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida joriy etilgan quyosh stansiyalari – 17,1 MVt ——————————— 👨‍👩‍👧‍👦#зеленая_энергия 👨‍👩‍👧‍👦 Солнечные станции, сооруженные на тепловых электрических станциях и централях – 17,1 МВт Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda
+4
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

“Talimarjon IES” AJda shaxmat bo‘yicha saralash bellashuvi “Talimarjon IES” AJda xodimlar o‘rtasida "Issiqlik elektr stansiya
+6
“Talimarjon IES” AJda shaxmat bo‘yicha saralash bellashuvi “Talimarjon IES” AJda xodimlar o‘rtasida "Issiqlik elektr stansiyalari kubogi" musobaqasi uchun shaxmat bo‘yicha saralash bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashib, mantiqiy fikrlash va strategik mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuv yakunida eng yaxshi natija qayd etgan ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. “Talimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.   Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik. Kitob haqida ajoyib qisqa metrajli film. “Talimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.   Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha i
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения. Facebook|Instagram|X

EʼLON! "Talimarjon IES" AJ xodimlari o‘rtasida "Issiqlik elektr stansiyalari kubogi" musobaqalari uchun shaxmat bo‘yicha sara
EʼLON! "Talimarjon IES" AJ xodimlari o‘rtasida "Issiqlik elektr stansiyalari kubogi" musobaqalari uchun shaxmat bo‘yicha saralash bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Sana: 03.09.2026 Vaqti: 14:00 Manzil: Bug‘-gaz qurilmasi boshqaruv binosi “Talimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.   Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 🔴 🟦🟦🟦 ❗️“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – BMT Global shartnomasi ishtirokchilari safida 🌐2026-yil
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 🔴 🟦🟦🟦 ❗️“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – BMT Global shartnomasi ishtirokchilari safida 🌐2026-yil 27-avgust kuni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global shartnomasiga (United Nations Global Compact) rasman qo‘shildi. Shu tariqa Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining elektr energetikasi generatsiya sektorida mazkur xalqaro tashabbusga qo‘shilgan birinchi kompaniya bo‘ldi. BMT Global shartnomasi korporativ barqarorlik sohasidagi dunyodagi eng yirik xalqaro tashabbus bo‘lib, mas’uliyatli biznes yuritish va barqaror rivojlanishning umume’tirof etilgan tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan kompaniya va tashkilotlarni birlashtiradi. UN Global Compact’ga qo‘shilish orqali “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ inson huquqlariga rioya qilish, munosib mehnat munosabatlarini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishni qamrab oluvchi Global shartnomaning to‘rtta muhim yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan o‘nta tamoyiliga sodiqligini tasdiqlaydi. BMT Global shartnomasida ishtirok etish Jamiyat faoliyatiga ESG tamoyillari va barqaror rivojlanish mezonlarini joriy etish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning navbatdagi muhim bosqichidir. Mazkur yo‘nalishda Jamiyat ekologik va ijtimoiy mas’uliyat, korporativ boshqaruv, ESG xatarlarini boshqarish, faoliyat shaffofligini oshirish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llash bo‘yicha yondashuvlarini izchil takomillashtirib bormoqda. Batafsil ——————————— ❗️АО «Тепловые электрические станции» - в числе участников Глобального договора ООН 🌐27 августа 2026 года АО «Тепловые электрические станции» официально присоединилось к Глобальному договору Организации Объединённых Наций (United Nations Global Compact), став первой компанией электроэнергетического генерирующего сектора Республики Узбекистан, присоединившейся к данной международной инициативе.
Глобальный договор ООН является крупнейшей в мире международной инициативой в области корпоративной устойчивости, объединяющей компании и организации, которые принимают на себя обязательства по ведению ответственного бизнеса и поддержке универсальных принципов устойчивого развития. Присоединяясь к UN Global Compact, АО «Тепловые электрические станции» подтверждает свою приверженность десяти принципам Глобального договора ООН, охватывающим четыре ключевых направления: соблюдение прав человека, обеспечение достойных трудовых отношений, охрану окружающей среды и противодействие коррупции. Участие в Глобальном договоре ООН является очередным этапом системной работы компании по внедрению принципов ESG и устойчивого развития в деятельность Общества. В рамках данной работы Общество последовательно совершенствует подходы к экологической и социальной ответственности, корпоративному управлению, управлению ESG-рисками, повышению прозрачности деятельности и применению международных стандартов устойчивого развития. Подробнее
——————————— ❗️JSC “Thermal Power Plants” Joins the United Nations Global Compact.   🌐On 27 August 2026, JSC “Thermal Power Plants” officially joined the United Nations Global Compact (UN Global Compact), becoming the first power generation company in the Republic of Uzbekistan to participate in this international initiative.
The UN Global Compact is the world’s largest corporate sustainability initiative, bringing together companies and organizations committed to responsible business practices and the universal principles of sustainable development. By joining the UN Global Compact, JSC “Thermal Power Plants” reaffirms its commitment to the Ten Principles of the UN Global Compact, which cover four key areas: human rights, labour standards, environmental protection, and anti-corruption. Participation in the UN Global Compact marks another important milestone in the Company’s systematic efforts to integrate ESG and sustainability principles into its activities. Read more
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr. ——————————— Первая леди Узбекистана приняла участие в культурных мероприятиях в рамках саммита ШОС в Бишкеке. 1 сентября 2026 года. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"Talimarjon IES" AJ Bosh direktori Jasur Pirmanov bugun Nishon tumanidagi 20-maktabda bo‘lib o‘tgan "Birinchi qo‘ng‘iroq", "Bilimlar kuni" tadbirida ishtirok etib, maktab jamoasini yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. “Talimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.   Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 🇺🇿🇺🇿 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2026-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyiha
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 🇺🇿🇺🇿 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2026-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari va yangi quvvatlar ——————————— 🇺🇿🇺🇿 Инвестиционные проекты и новые мощности, реализуемые АО «Тепловые электрические станции» в 2026 году Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

Nishon tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026—2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan an’anaviy “B
+9
Nishon tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026—2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda “Talimarjon IES” AJ Bosh direktori Jasur Pirmanov ishtirok etib, maktab o‘quvchilari, ustoz va murabbiylarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi. Korxona Bosh direktori o‘z tabrigida o‘quvchilarga puxta bilim olish, yangi marralarni zabt etish, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Bayram tadbiri davomida maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar hamda harbiy xizmatchilarning namoyishkorona chiqishlari yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbirning eng hayajonli va ramziy lahzasi — “Birinchi qo‘ng‘iroq”ning jaranglashi bilan yangi o‘quv yiliga rasman start berilgani bo‘ldi. “Talimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.   Kanalga obuna bo‘ling. https://t.me/tallimarjon_ies

Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrikПоздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa! Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Issiqlik elektr stansiyalari”: kecha, bugun va ertaga” nomli yangi kitob nashrdan chiqdi. Mazkur nashr mamlakatimiz issiqlik energetikasi tarixini, bugungi taraqqiyot yo‘lini va kelajakdagi ustuvor vazifalarni yagona solnomada mujassam etgan. Kitobda issiqlik elektr stansiyalari va markazlarining yurtimiz energetika tizimi shakllanishidagi ilk qadamlari, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, so‘nggi 10 yil davomida sohada yuz bergan tub yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, nashrda energetika sohasida yaratilgan yangi quvvatlar, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi, ishlab chiqarish samaradorligining oshirilishi hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar keng yoritilgan. “Issiqlik elektr stansiyalari”: kecha, bugun va ertaga” — bu shunchaki kitob emas. U mamlakatimiz energetika taraqqiyotining kechagi kuni, bugungi salohiyati va ertangi marralarini o‘zida aks ettirgan tarixiy solnoma va avlodlarga qoldiriladigan qimmatli manbadir. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

Repost from Rasmiy axborot
📌 So‘nggi o‘n yillik O‘zbekiston hayotining barcha sohalarida yangilanish, o‘sish va taraqqiyot davri bo‘ldi. Mamlakatimizda iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, infratuzilma, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekiston tobora ochiq va faol davlat sifatida dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashib, xalqaro maydondagi nufuzi va hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratmoqda. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! https://t.me/Rasmiy_axborot_official

👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Aziz yurtdoshlar! Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Aziz yurtdoshlar! Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonasi bilan chin qalbimizdan va samimiy muborakbod etamiz! Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ qadriyati, erkin va farovon hayotimiz, tinch va osuda kunlarimizning mustahkam poydevoridir! Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, qalblaringizga quvonch va ezgu niyatlaringiz ro‘yobini tilaymiz! Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xalqimizda hamjihatlik va bag‘rikenglik, har bir xonadonda shodlik va farovonlik bardavom bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! ——————————— 🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 С праздником Дня независимости! Дорогие соотечественники! От всей души и искренне поздравляем вас с празднованием 35-годовщины независимости нашей Родины! Независимость – величайшая ценность нашего народа, прочная основа нашей свободной и благополучной жизни, наших мирных и спокойных дней! В этот поистине знаменательный день желаем каждому из вас крепкого здоровья, семейного благополучия, мира и достатка в каждом доме, душевных радостей и исполнения добрых пожеланий! Пусть в нашей стране всегда царят мир и спокойствие, а в сердцах наших людей – взаимопонимание и толерантность, в каждой семье - радость и благополучие! Пусть наша независимость будет вечной, а небо нашей Родины – мирным и ясным! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt