cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Uzmir.uz || Rasmiy kanal

Uzmir.uz saytining rasmiy telegram kanali Bizda 24/7 🌐 📡Ommabop yangiliklar 📲 Rasmiy xabarlar 📈 Qiziqarli ma’lumotlar 📑Tahliliy maqolalar Facebook: fb.com/uzmiruz Instagram: instagram.com/uzmir_uz_rasmiy

Show more
Uzbekistan31 540The language is not specifiedNews & Media36 477
Advertising posts
1 104
Subscribers
No data24 hours
+27 days
-5 32430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda to‘rt oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Xabarga ko‘ra, reytingda Cobalt peshqadam – 41 704 dona. Keyingi o‘rinda Damas – 23 244 dona. Uchinchi pog‘onada Tracker – 17 177 dona. Shuningdek: Onix – 11 580 dona Lacetti Gentra – 10 954 dona Kia – 6 151 dona Chery – 3 492 dona Haval – 230 dona Exeed – 73 dona Maxsus yengil avtomobillar – 7 671 dona Avvalroq UzAutoMotors Lacetti Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida xabar bergan edi. 2024-yilning 8-may kuni esa UzAutoMotors 15 daqiqa ichida Lacetti‘ga 4,4 mingta shartnoma tuzdi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonga 2024-yilda mingdan ortiq britaniyalik turist yuborilishi rejalashtirilmoqda. Maʼlum qilinishicha, muloqot chog‘ida Buyuk Britaniyadan sayyohlarni O‘zbekistonga keng jalb etish va 2024-yilda ular uchun mamlakatimizni jozibador yo‘nalish sifatida tanishtirish masalalari muhokama qilindi. Xorij tomoniga mamlakatimiz tarixiy shaharlarining turizm salohiyati, so‘nggi yillarda barpo etilgan jahon standartlari asosidagi mehmonxonalar, ichki transport infratuzilmasi, ovqatlanish maskanlari hamda xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berildi.Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining islomiy meʼmorchilik, buddizm, etno va tog‘ turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan videomateriallar namoyish qilindi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Jizzaxda bir-biri bilan urishayotgan ikki ilon tasvirga olindi. Unga ko‘ra, Nurota davlat qo‘riqxonasida sariq ilonlar suratga olindi. Sariq ilonlar oyoqlari bo‘lmasa ham kaltakesak hisoblanadi. Dunyoda ularning uch turi mavjud. O‘zbekiston hududida bir turi uchraydi.  Oldingi oyoqlari umuman yo‘q. Orqa oyoqlarini o‘rniga qorin ostida dungchalar bor.Erkaklarining olishuvi tabiatda tez-tez uchrab turadi.Urg‘ochilari 10-14-tagacha tuxum qo‘yadi.Ushbu video va fotosuratlar Nurota davlat qo‘riqxonasi nozirlari G‘iyos Shakarov va Shuhrat Musayevlar tamonidan olingan. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Andijonda MIB xodimini temir bilan urib, tan jarohati yetkazgan fuqaroga hukm o‘qildi. Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 2021-yildagi ijro hujjatiga asosan da’vogar I.I.ga tegishli bo‘lgan, Xortum qishlog‘ida joylashgan yer maydonidagi javobgar B.A. va uning oila a’zolari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni javobgarlar hisobidan buzdirish belgilangan. Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida jami 7 marotaba tayinlangan majburiy ijro harakatlarida qarzdor taraflarning ishtiroki ta’minlanmagani sababli ijro harakatlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmagan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-2-moddasiga binoan qarzdor B.A.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston fuqarolari uchun bu yilgi haj kvotasi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 000 nafar etib belgilandi.Qayd etilishicha, “Haj-2024” mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni paytda Makka va Madina shaharlaridagi mehmonxonalarda, shuningdek, Mino, Arafot, Muzdalifa manzillarida bo‘lib, yurtdoshlar uchun barcha sharoitlarni hozirlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Joriy yilning 23-maydan 7-iyun kuniga qadar respublikaning 10 ta hududiy xalqaro aeroporti: Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlari orqali hojilarni Madina shahriga yuborish hamda 22-iyundan 12-iyulga qadar Jidda shahridan O‘zbekistonga olib kelish ishlari amalga oshiriladi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Andijonda ishdan bo‘shatilganidan norozi farrosh o‘zini o‘ldirishini aytgan ovozli xabar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, ovozli yozuvda u talablari bajarilmasa, o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilmoqda. Ushbu suhbatni yozib olish uzoq vaqt oldin qilingan.O‘sha paytda N. Muxitdinova bir necha bor, xususan, Mirzo Ulug‘bek tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan 2021-yilda 169-moddaning 1-qismi bo‘yicha, Paxtaobod tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan 2023-yilda 168-moddaning 1-qismi bo‘yicha sudlangan va oxirgi jazoni tugatmasdan yana qonunni buzib, tergov ostida bo‘lgan. Uning ishdan bo‘shatilishi norozilikka sabab bo‘lib, u o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qilgan va rahbariyatni muzokaraga majburlamoqchi bo‘lgan.Hozirgi vaqtda N.Muxitdinova Paxtaobod tuman jinoyat ishlari sudining 19-apreldagi qarori bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bo‘yicha 3 yil 8 oygacha ozodlikdan mahrum etilgan. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi. Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi maktab yonida 16-aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida ildizi bilan qo‘porib tashlangan.Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlar D.E. va A.A.  Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi va 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Aybdor D.E. ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 8 million 500 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. A.A.ga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 17 million so‘m jarima belgilangan.Toshkent shahar Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, huquqbuzarlar D.E. va A.A. dan Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarori 4-ilovasiga binoan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 27 million 880 ming so‘m undirib olingan. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Makkada umra safariga borgan o‘zbekistonlik erkak tunab ketildi. Bosh konsulxona maʼlumotiga ko‘ra, G.M. Saudiya Arabistoniga umra amallarni bajarish maqsadida borgan turmush o‘rtog‘i A.R. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli unga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan.Erkak Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida O‘zbekistondan 30-mart kuni velosipedda yo‘lga chiqqan. U O‘zbekistondan Rossiyaga, u yerdan Gruziyaga borgan. Gruziya chegarachilari tomonidan u kelgan joyiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Shundan so‘ng A.R. Vladikavkaz—Istanbul —Jidda yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga yetib kelgan. Bosh konsulxona vakillari Makkadagi o‘zbekistonlik fuqarolar yordamida A.R.ni topishga erishdi va unga O‘zbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirildi.Faol vatandoshlar ko‘magida Madina—Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovga chipta olib berildi va u 17-may kuni sog‘-salomat oilasi bag‘riga qaytdi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda vafot etdi. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Yuzrobod ko‘chasi 4-uy qarshisida 20-may kuni  soat 21:00 larda 1989-yilda tug‘ilgan (erkak) P.M. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoshi 35-40 atrofida rus millatiga mansub piyodani urib yuborgan.Maʼlum qilinishicha, YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov davom etmoqda. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zgidromet” 22-may kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja, baʼzi joylarda 34 darajagacha bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
Show all...