🏛TSTU Axborot-resurs markazi️
Open in Telegram
📚 Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin 🌐 Rasmiy saytlar: https://lib.tstu.uz - Kutubxona katalogi https://elib.tstu.uz — Elektron resurslar bazasi 📩 Murojaat uchun: +998712990414 Kanalimiz haqida: https://t.me/TDTrU_ARM/7432
Show more1 337
Subscribers
-324 hours
+787 days
+5430 days
Posts Archive
🔴ILM ULASHAMIZ
🗣Yaxshi odam
☝️Bir zamonlar qirol, o‘z saroyiga keladigan yo‘l ustiga katta harsang tosh qo‘ydirdi. Tijoratchilar, karvonchilar, saroy xizmatchilari bu yo‘ldan o‘tar edilar. Ularning hammasi bu katta qoyaning atrofidan aylanib o‘tib saroyga kirar edilar.... ‼️Bir kuni bir qishloqlik odam shu yo‘ldan yurib keldi. Ko‘rsaki, ayni odamlar yuradigan yo‘l ustida kattagina harsang tosh yotibdi. Darhol, ustidagi chakmonini yerga otib, odamlarga noqulaylik tug‘dirayotgan bu katta toshni olib tashlashga kirishdi. Bir qancha muddat astoydil harakat qilib, terlagancha toshni yo‘lning chetiga surib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.. ✔️Chakmonini qayta kiyarkan, toshning o‘rnida bir xaltacha yotganini ko‘radi. Xaltachani qo‘liga oldi. Xalta oltin bilan to‘la edi. Ichida esa, podshohning bir xati ham bor edi: «Bu oltinlar, xarsang toshni yo‘ldan olib tashlagan yaxshi odamga tegishlidir»... Qirol odamlarga shu yo‘l bilan muhim bir dars berishni iroda qilgan edi. «Har bir to‘siq – insonlarga qulaylik yaratish orqali savob olishimiz uchun bir imkondir!»Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
📖 YANGI KUN — YANGI SAHIFA
Assalomu alaykum, aziz kitobxon! Bugungi kuningiz ilm, baraka va ilhom bilan to‘lsin!
Axborot resurs markazi sizni kutmoqda — yangi kitoblar, sokin muhit va bilim sari ochiq eshiklar bilan.
______
📖 NEW DAY — NEW CHAPTER
Assalamu alaykum, dear readers! May your day be filled with wisdom, blessings, and inspiration.
The Information Resource Center is here for you — with new books, a calm atmosphere, and open doors to knowledge.
Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺Youtube
Repost from TDTrU_online
+4
#kitobxonlik
Iqtisodiyot fakulteti tyutori o‘ziga biriktirilgan guruhlar bilan birgalikda Milliy kutubxonada bo‘lib o‘tgan “Vatan madhida dillarda” deb nomlangan ijodiy uchrashuvga tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida shoira Oygul Ubaydullayeva hamda Shoira Davletovalar o‘zlarining kitob ko‘rgazmalarini namoyish etdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Uchrashuv davomida talabalar shoiralarning ijodiy faoliyati, kitoblari va adabiyotga bo‘lgan qarashlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir so‘ngida esa talabalar uchun yoqimli taassurot qoldirgan holda, shoiralar tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.
🔴 BIR KUNDA BIR KITOB
📖 Ibtido | ✍️ Muallif: Den Braun
📄 Asar haqida:
"Ibtido" (Origin) — dunyoga mashhur yozuvchi Den Braunning ilm-fan, sun'iy intellekt, din va insoniyat kelajagi haqida mushohada yuritishga undovchi hayajonli romani. Asar bosh qahramoni, professor Robert Lengdon, milliarder olim Edmond Kirshning butun dunyoni larzaga soladigan ilmiy kashfiyoti ortidagi sirlarni ochishga harakat qiladi. Voqealar Ispaniyaning Barselona va Madrid shaharlarida kechib, kitobxonni sirli jumboqlar, tarixiy ramzlar va zamonaviy texnologiyalar olamiga yetaklaydi. Muallif ilm-fan va e'tiqod o‘rtasidagi munosabatni chuqur tahlil qilib, insoniyatning eng muhim savollariga javob izlaydi: Biz qayerdan keldik va qayerga ketyapmiz? Ushbu asar fikrlash doirasini kengaytiradigan, bir nafasda o‘qiladigan intellektual trillerlardan biridir.💬 Asardan iqtibos: "Har bir yangi kashfiyot avvaliga imkonsizdek tuyuladi." 🔗https://t.me/TDTrU_ARM
📖 YANGI KUN — YANGI SAHIFA
Assalomu alaykum, aziz kitobxon! Bugungi kuningiz ilm, baraka va ilhom bilan to‘lsin!
Axborot resurs markazi sizni kutmoqda — yangi kitoblar, sokin muhit va bilim sari ochiq eshiklar bilan.
______
📖 NEW DAY — NEW CHAPTER
Assalamu alaykum, dear readers! May your day be filled with wisdom, blessings, and inspiration.
The Information Resource Center is here for you — with new books, a calm atmosphere, and open doors to knowledge.
Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺Youtube
🔴ILM ULASHAMIZ
Muvaffaqiyatning “oddiy” formulasi: Mutolaa
Dunyoni o‘zgartirgan Bill Geytsdan yangi g‘oyalar manbayini so‘rashganda, u shunday javob beradi: “Men har kuni kitob o‘qiyman”. Milliarder investor uchun mutolaa – bu shunchaki hobbi emas, balki innovatsiya yoqilg‘isidir: 🔹Fikr tiniqligi: Kitob miyani keraksiz ”shovqin”dan tozalaydi. 🔹Rivojlanish: Bilim olish to‘xtagan joyda – muvaffaqiyat ham to‘xtaydi. 🔹Innovatsiya: Yangi g‘oyalar doimiy izlanish natijasida tug‘iladi. Geytsning xulosasi aniq: “Agar mutolaadan to‘xtasam, demak yangilik qilishdan to‘xtayman”.❓Sizningcha, muvaffaqiyatga erishishda asosiy omil nima? Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
📖 YANGI KUN — YANGI SAHIFA
Assalomu alaykum, aziz kitobxon! Bugungi kuningiz ilm, baraka va ilhom bilan to‘lsin!
Axborot resurs markazi sizni kutmoqda — yangi kitoblar, sokin muhit va bilim sari ochiq eshiklar bilan.
______
📖 NEW DAY — NEW CHAPTER
Assalamu alaykum, dear readers! May your day be filled with wisdom, blessings, and inspiration.
The Information Resource Center is here for you — with new books, a calm atmosphere, and open doors to knowledge.
Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺Youtube
🔴 BIR KUNDA BIR KITOB
📖 O‘tkan kunlar | ✍️ Muallif: Abdulla Qodiriy
📄 Asar haqida:
"O‘tkan kunlar" — o‘zbek adabiyotining durdonasi va ilk o‘zbek romani bo‘lib, buyuk adib Abdulla Qodiriy tomonidan yozilgan. Asarda XIX asr oxiridagi Turkiston hayoti, xalqning urf-odatlari, ijtimoiy muammolari hamda inson taqdiri chuqur badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Roman markazida Otabek va Kumushning samimiy muhabbati, oilaviy munosabatlar, sadoqat, vijdon va adolat g‘oyalari yotadi. Muallif o‘sha davrdagi eskicha qarashlar, ichki nizolar va adolatsizliklarning inson hayotiga ta'sirini yorqin voqealar orqali ochib beradi. "O‘tkan kunlar" nafaqat muhabbat qissasi, balki millatning o‘tmishi, qadriyatlari va ma'naviy merosini aks ettiruvchi bebaho asardir.💬 Asardan iqtibos: "Muhabbat qalbni poklaydi, sadoqat esa uni abadiylashtiradi." 🔗https://t.me/TDTrU_ARM
📖 YANGI KUN — YANGI SAHIFA
Assalomu alaykum, aziz kitobxon! Bugungi kuningiz ilm, baraka va ilhom bilan to‘lsin!
Axborot resurs markazi sizni kutmoqda — yangi kitoblar, sokin muhit va bilim sari ochiq eshiklar bilan.
______
📖 NEW DAY — NEW CHAPTER
Assalamu alaykum, dear readers! May your day be filled with wisdom, blessings, and inspiration.
The Information Resource Center is here for you — with new books, a calm atmosphere, and open doors to knowledge.
Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺Youtube
Repost from TSTU Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal
😀Toshkent davlat transport universiteti rasmiy sahifalari
Sizga kerakli ma’lumotlarni qayerdan olish mumkin?
💡Biz universitetimizning barcha rasmiy sahifalarini bir joyga jamladik. Bu sahifalarda siz universitet yangiliklari, e’lonlar va muhim xabarlarni kuzatib borishingiz mumkin.
👉 Rasmiy sahifalarimizni ko‘rish uchun
❗️Quyidagi havolalar orqali kirib, sahifalarni o‘z ijtimoiy tarmoqlaringizga qo‘shib olishingiz mumkin (barchasi ochiq va bepul).
📌Bizni kuzatib boring, ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘ling!
✍️Yoshlar ittifoqi axborot xizmati
Sahifalarimizni kuzatib boring
Savollarimiz oʻz nihoyasiga yetdi, faol boʻlganingiz uchun tashakkur.
📝 Izohlarda nechta toʻgʻri javob topganingizni yozib qoldiring va savollar haqidagi fikr-mulohazalaringizni ham biz bilan ulashing!
💬 Sizning fikringiz biz uchun muhim. Faolligingiz keyingi testlarni yanada qiziqarli va sifatli tayyorlashimizga yordam beradi.
15. Asar yakunida Gregorning ota-onasi Greta boʻyicha nima qilishmoqchi edi?
14. Gregorning oʻlimidan keyin oilasi qanday holatga tushishadi?
13. Ijarachilar Gregorni koʻrgandan keyin qanday munosabat bildirishadi?
12. Skripka voqeasidan keyin Gregorga nisbatan Gretaning munosabati qanday boʻldi?
