cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

🚀 Uchadi Uxladi 😴

MARKETING | PR | REKLAMA 💡 Marketing'da to‘g‘ri qo‘llanilgan #kreativ — biznes daromadining akseleratori 🚀 Asoschi Shoxrux Nizamutdinov 👇 YouTube kanalimizga obuna bo'ling! 🎬 youtube.com/@UchadiUxladi 🌐 ProMarketolog.uz ☎️ +998 (78) 113 30 13

Show more
Advertising posts
4 208
Subscribers
+124 hours
+387 days
+5630 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
Shvetsiyalik animator Apple Vision Pro va VR ko'zoynaklaridan fitnes zalda qanday foydalanish mumkinligini ko'rsatish maqsadida hajviy videolar chiqardi. Fitnes zalda shug'ullanish uchun motivatsiyaning zo'ri. Sportchi do'stlaringizga ulashib qo'ying
35112Loading...
02
Gazeta o‘qib turasizmi? London shahridagi metrolarda Metro nomli gazeta nashrlarini har kuni uchratish mumkin. Qiziqarlisi, yo‘lovchilarning ko‘pchiligi ushbu gazeta yangiliklarini har kuni o‘qishadi. Ushbu mushtariylarning yosh segmentiga kelsak o‘rtacha 23-65+ yoshdagilar. E’tiborli jihatlaridan yana biri bu - gazetadagi reklamalar. Muqovasi bilan hisoblaganda 50 dan oshiq sahifaga ega gazeta nashrlarida o‘rtacha 40-45 ta reklamalarni uchratish mumkin. Bu degani deyarli har bir sahifada bittadan reklama. Va reklamalarning har biri turli qiziqish va talablarga mos ravishda o‘ylangan. Siz ham gazeta o‘qib turasizmi? Va sizningcha, bizdagi gazetalarda qanday reklamalarni uchratish mumkin? P.s. Londondagi marketingga aloqador taassurotlarni siz bilan ulashishni ma’qul deb bildik.
5611Loading...
03
Coca-Cola yangi reklama kampaniyasini taqdim etdi Yuqoridagi postlarimizda oxirgi paytlarda ko‘pchilik brendlar iste'molchilarning kundalik hayotidagi holatlardan ilhomlanib kreativ reklama kampaniyalari ishlab chiqishayotganligi haqida ulashgan edik. Masalan Heinz Bu safar esa Coca-Coladan ajoyib reklama kompaniya - Taste can't wait Odatda biz e'tibor bermaydigan, shunchaki oddiy hol deb hisoblaydigan odatlarimiz aslida kreativ g‘oya va ma'lum bir mahsulot iste'moliga bog‘liqligini shu kabi reklama kampaniyalarda ko'rish brend tajribasi (brand experience) ni his qilish uchun yanada turtki bo‘ladi. Shunchaki "bizda Cola bor, keling oling" deyishsa ham bo‘ladi-ku, lekin kreativ yondashuv va ideyaga nima yetsin. Ha aytgancha, siz Cola yoki Pepsi shishasini qaysi yo‘l bilan ochasiz?
6543Loading...
04
Kaliforniyada itlar uchun oziq-ovqat va "snack"lar sotadigan mashina do‘kon Ushbu mikroavtobus do‘konlarini istirohat bog‘lari, plyaj va shu kabi odamlar uy hayvolari bilan sayr qiladigan joylarda uchratish mumkin. Yaxshi o‘ylangan g‘oya va e'tiborni jalb qiladigan ko‘rinish bo‘lipti
7134Loading...
05
PepsiCo bu yilgi Chempionlar ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan Uembli stadionidagi Tesco supermarketida katta tashqi reklama o’rnatdi. Uembli stadionida o‘tkaziladigan barchaning e’tiborini bir yerga jamlaydigam o‘yinda PepsiCo kompaniyasining uchta asosiy brendi homiylik qiladi: uning pepsi va Pepsi MAX flagman ichimliklari, Walkers va Doritos brendlari. Ushbu tashqi reklamadagi slogan ham ajoyib: “Grab A Taste of The Action”
7361Loading...
06
VII “Yil brendi 2023” mukofotining eng yaxshi brendlari e'lon qilindi 18-19-mayda “Humo Arena”da 25 ta nominatsiyada iste'molchilar va ekspert hay'ati taenloviga ko‘ra “Yil brendi 2023” mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi. “MAKON Sotuvchilar Davri” biznes-forumi doirasida VII “Yil brendi 2023” mukofotining g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi o‘tkazildi. Unda ochiq xalqona ovoz berish hamda uyushmaning ekspertlari va hamkorlari ovoz berishi g‘oliblari e'lon qilindi. Har yilgi “Yil brendi” mukofoti – bu O‘zbekiston maraketing uyushmasining sovrini bo‘lib, u 2024-yilda yettinchi marta o‘tkazilmoqda. VII “Yil brendi 2023” mukofotining g‘oliblarini bu yerda bilib oling https://brendgoda-2023.marketing.uz/uz/
7632Loading...
07
Yirik bizneslar nima sababdan tez yo‘qolib ketadi? Dafna(Eman Group) ta’sischisi Aziz Nuritdinov bilan suhbatni tez kunda YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
8857Loading...
08
Креатив ташқи реклама
8274Loading...
09
Podkast reklamasining daromadi $2,5 milliardga yetadi PR.uz xabariga ko‘ra, Interfaol reklama byurosi (IAB) tahlillari Amerika Qo‘shma Shtatlarida podkastlar reklamasidan tushadigan daromad 2024-yil oxiriga qadar $2 milliardga yetishi taxmin qilmoqda. Qiziqarlisi, ushbu raqam 2026-yilga borib $2,5 milliard dollarga o‘sish ehtimoli bor. Yana bir misol, Britaniyalik Stiven Barletning Diary of CEO podkasti ham 2024-yil yakuniga qadar reklamalardan 20 million funt sterlingdan oshiq daromad olishi taxmin qilingan. Siz qaysi podkastlarni ko‘proq kuzatasiz? Mahalliy yoki xorijiy?
8732Loading...
10
O‘zbekistonda mebel bozori qanchaga baholanadi? Dafna Mebel(Eman Group) ta’sischisi Aziz Nuritdinov bilan podkastni tez kunda YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
8659Loading...
11
Aston Villa klubi o‘z rebrendingini e'lon qildi APLning mashhur futbol klublaridan biri Aston Villa klubi o‘z rebrendingini e'lon qildi. Bundan asosiy maqsad ushbu klubning o‘ziga xosligi, brend tajribasi (brand experience)ni yanada oshirish hamda glolab ya'ni xalqaro brendga aylanish deya ta'kidlab o‘tilgan xabarda. Shu bilan birga, ushbu rebrending orqali klubning yangi maqsadlari, Chempionlar Ligasining keyingiz mavsumida yorqin o‘yin ko‘rsatish hamda operatsion boshqaruvdagi yangi o‘zgarishlar ham bo‘lishi kutilmoqda. Xatto futbol klublari rebrending qilayotgan bir paytda, ba'zi bizneslarda brending haqida o'ylab ham ko'rilmagan )
1 1768Loading...
12
Shveytsariya o‘zining brend "aydentikasini" yangiladi. Shveytsariya barchaga ma'lum va mashhur brend "aydentikasini" va bu bilan mamlakat o‘zini sayyohlar tashrif buyuradigan noyob va qimmat dam olish maskani sifatida ta'riflamoqda. Bu yerda batafsil rebrending bilan tanishishingiz mumkin: https://made-identity.ch/en/cases/switzerland Nima deb o‘ylaysiz, bizning mamlakat ham xalqaro turizm bozorida o‘z "aydentikasiga" egami?
1 30213Loading...
13
Coca-Cola’ning telereklamadagi ulushi sezilarli darajada oshdi PR.uz nashriga ko‘ra Coca-Colaning O‘zbekiston telereklamasidagi ulushi 2024-yilning birinchi choragida 54,5 foizni tashkil etdi va bu ko‘rsatgich O‘zbekistondagi alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning telereklamadagi umumiy ulushidan ham oshib ketdi. Qiziq, bizda qaysi yosh segmentdagi iste’molchilar tv reklamalar ko‘rishadi? Fikrlaringizni izohda qoldiring
1 0214Loading...
14
Domino’s Pizza: birinchi filial ochilishga tayyor @uzbekfoodtech xabariga ko‘ra pitsa bozorida jahon yetakchi brendlardan biri hisoblangan Domino's Pizza O‘zbekistonda o‘zining birinchi filialini ochishga hozirlik ko‘rmoqda. Birinchi filial Toshkentdagi Labzak massivida joylashadi. O‘zimizning qorako‘z somsalardan qo‘ymasin, a labbay
1 4407Loading...
15
O‘zimiznikilar ham bo‘sh kelishmaydi Cambridge o‘quv markazi taqdim etgan qisqa lekin milliy yondoshilgan kreativ e'tiborni tortmasdan qolmaydi. Axir milliylikka nima yetsin. Hududga moslab o‘ylangani esa yana bir ajoyib tarzda ko‘ringan jihatlardan biri bo‘lgan. Nima deysiz, ushbu rolik uchadimi yoki ... "Ha nafasni issiq qiling, o‘zimiznikilar albatta uchishadi" deysizmi?
4 33928Loading...
16
Apple’ga jiddiy javob qaytarishdi Esingizda bo‘lsa Apple yangi iPad Pro uchun maxsus kreativ rolik taqdim etgan edi. Rolik qisqa muddat ichida ijtimoiy tarmoqlarda salbiy izohlar va mulohazalar bilan kutib olindi. Kuzatuvchilar rolikda yillar davomida paydo bo‘lgan insonlar uchun qadrli ijodkorlik buyumlarini yo‘q qilish aks etgan va bu ijodkorlikka bo‘lgan hurmatsizlik bo‘ldi ma’nosida fikr bildirishgan. Shundan so‘ng Apple rasmiy tarzda barchadan uzr so‘rab chiqdi. Ammo … Ammo, Apple’ning azaliy raqibi Samsung vaziyatdan aqlli tarzda foydalanishga urindi. Samsung Apple reklamasida parchalangan gitara bilan boshlangan hamda “ijodkorlikni yo‘q qilib bo‘lmaydi” g‘oyasi ilgari surilgan rolikda Galaxy Tab S9 Ultrani reklama qildi.
1 26111Loading...
17
Internetdagi barcha suratlaringizni bir necha soniyada toping Aytgancha, Odnoklassniki sobiq foydalanuvchilariga platformadan foydalanish xavfli😉
1 25225Loading...
18
Internetdagi barcha suratlaringizni bir necha soniyada toping Aytgancha, Odnoklassniki sobiq foydalanuvchilariga platformadan foydalanish xavfli 😉
1052Loading...
19
L'Oreal ayni paytda dunyodagi eng qimmat kosmetika brendi Brand Finance 50 ta eng yirik kosmetika brendlarining yillik reytingini yangiladi. Ushbu reytingda L'Oreal doimiy ravishda birinchi o‘rinni saqlab, bozorda hukmronlik qiladi. 2024-yilda brend qiymati 2023-yilga nisbatan 11 foizga oshib, $13,4 milliard tashkil etdi va reytingdagi peshqadamlikni saqlab qoldi. Reytingdagi keyingi pog‘onalarda Gilette, Nivea va shu kabi boshqa bizga tanish, kundalik hayotimizda mahsulotlaridan doimiy foydalanadigan brendlar o‘rin olgan. Siz qaysi brend mahulotlaridan ko‘proq foydalanasiz?
1 2917Loading...
20
O‘zbekiston media va moda bozorida yangi o‘yinchi Moda, go‘zallik, madaniyat va turmush tarzi bo‘yicha dunyodagi eng yirik nashrlardan biri bo‘lgan ELLE tez orada O‘zbekistonda ish boshlaydi deya yozmoqda @skartariss o‘z telegram kanalida. ELLE dunyodagi Top 1 ayollar media brendi hisoblanadi. Ushbu brendga 1945-yilda asos solingan bo‘lib, bugungi kunda ELLE tarmog‘ining 56 veb sahifalarida 32 million o‘quvchi auditoriya mavjud. Qolaversa, har oylik tashrif buyuruvchilar soni 90 milliondan ortiq. Ayni paytda, ELLE’ning umumiy auditoriyasi 200 milliondan ortiq kishini tashkil etadi. To‘liq o‘qish uchun: @skartariss
1 2442Loading...
21
Pinterest ijtimoiy tarmog’i bizda mashhur emas-ku, ammo ma’lum bir segment undan foydalanishadi. Pinterestning o‘z akademiyasi bor va kichik undagi onlayn kurslar qiziquvchilar uchun foydali bo‘ladi. Quyidagi link orqali o‘tishingiz mumkin https://www.pinterestacademy.com/student/catalog
1 40017Loading...
22
Coca-Colaning Samarqanddagi yangi zavodi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Coca-Cola Samarqand va Namangan viloyatlarida ikkita yangi zavod qurish uchun $165 million sarmoya kiritishi haqida xabar berilgan edi. Bugun, 14-May kuni Samarqanddagi yangi zavod ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilishda Coca-Cola kompaniyasi bosh direktori Jeyms Kvinsy va xorijiy hamda mahalliy tadbirkorlar, soha professionallari ishtirok etishdi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu zavodda 200 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilgan va zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlar MDH davlatlariga eksport qilinishi reja qilingan.
1 1225Loading...
23
“Xorijiy ekspertlar ham bizdan kuchli emas” Saidakmal Vahobov bilan podkastni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin
1 1144Loading...
24
Tinib-tinchimas Dysondagilardan yana bir yangilik Dyson o‘zining yangi WashG1TM elektr pol artgich reklamasini chiqardi. Ushbu moslama yordamida poldagi har qanday narsani osongina tozalash mumkin. Esingizda bo‘lsa, Dysonning yangi chang yutgichida mobil ilova orqali tozalangan joylaylarni ko‘rish funksiyasini taqdim etishgan edi. Keyingi yangilik nima bo‘lar ekan endi?
1 1559Loading...
25
OpenAI ChatGPT uchun rasmiy ayol ovozini e'lon qildi. Ushbu ovoz holatga qarab o‘zgaradi va moslashadi. Ushbu virtual ovoz audio, video, va hatto jiddiy suhbatlarni ham tushunadi. Yolg‘iz qolishni afzal ko‘ruvchilar uchun yaxshi subatdosh bo‘ladi!
1 55714Loading...
26
Pandemiya preimum segment bozoriga qanday ta'sir qildi? Saidakmal Vahobov bilan podkastimizni to‘liq shaklda hoziroq YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
1 2335Loading...
27
"Qanday qilib oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni "yaxshi odat"ga aylantirish mumkin?" Serviceplan va Makro supermarketlar tarmog'i xaridorlarni kun davomida tez-tez piyoda yurishga undash kampaniyasini boshladi. Bunda Makro "Oziq-ovqatlarni xarid qilish uchun supermarketga boradigan bo'lsangiz, ular sog'lomroq bo'ladi" («‎Продукты полезнее, если за ними ходить в супермаркет») (asl ma'no joyida qolsin deya to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilindi). Statistik ma'lumotlarga ko'ra, supermarketda bir soatlik xaridda xaridorlar taxminan 4-5 ming qadam yurishi mumkin ekan. Hozirda ko'pchilik kompaniyalar brenlar onlayn xarid qilishni reklama qilayotgan birpaytda Makro odamlarni uyda o'tirib qolishdan uzoqda bo'lishga, xaridlar uchun supermarketlarga tashrif buyurishni taklif qilmoqda. Manbaa: @uzbekretail
1 1113Loading...
28
Amerikaning Krispy Kreme tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kiradi 🍩 Tez orada Toshkentda Amerikaning Krispy Kreme tarmog‘i ochiladi deya xabar bermoqda @uzbekretail. Qozog‘istonda o‘tgan yilgi muvaffaqqiyatli framchayzingdan so‘ng ular O‘zbekiston bozorini maqsad qilishgan. Ammo hozircha brendning O‘zbekistonda ish boshlanishi haqida rasmiy e’lon qilinmagan. Ma’lumot o‘rnida, Krispy Kreme - Amerika “doughnut” 🍩 kompaniyasi va kofe tarmog‘i hisoblanadi. Kompaniya 1937 yilda Amerikaning Unison-Salem shahrida (Shimoliy Karolina) “doughnut”larni sotishni boshlagan va hozirda dunyo bo‘ylab 1,400 dan ortiq filiallari mavjud. 2021-yilgi IPO statistikalariga ko‘ra kompaniyaning qiymati $2,78 milliard baholangan.
1 1696Loading...
29
Cheetos ta’mli KFC qanotchalari! KFC va Cheetos birgalikda yangi ta’mli KFC qanotchalarini taqdim etishdi. Cheetos chipslari bilan qoplangan KFC qanotchalarini KFC ning faqatgina Saudiya Arabistonidagi filiallarida ta’tib ko‘rish mumkin!
1 0702Loading...
30
🎙 Bu Uchadi Uxladi podkastining 5-soni va bu safargi mehmonimiz: "QAND" kompaniyasi asoschisi Saidakmal Vahobov! 🗣 Podkastimiz davomida: - QAND kompaniyasining yaratilish tarixi; -Bozorda arava tortishdan shokolad ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisigacha bo'lgan yo‘l; -Biznesda narxlash siyosati; -Xalqaro va mahalliy bozor haqida suhbatlashdik. 🎬 To‘liq podkast YouTube-kanalimizda. O‘ting va tomosha qiling! 👇 https://youtu.be/_e8gNk7qTJQ
2 42411Loading...
Shvetsiyalik animator Apple Vision Pro va VR ko'zoynaklaridan fitnes zalda qanday foydalanish mumkinligini ko'rsatish maqsadida hajviy videolar chiqardi. Fitnes zalda shug'ullanish uchun motivatsiyaning zo'ri. Sportchi do'stlaringizga ulashib qo'ying
Show all...
👍 12
Photo unavailableShow in Telegram
Gazeta o‘qib turasizmi? London shahridagi metrolarda Metro nomli gazeta nashrlarini har kuni uchratish mumkin. Qiziqarlisi, yo‘lovchilarning ko‘pchiligi ushbu gazeta yangiliklarini har kuni o‘qishadi. Ushbu mushtariylarning yosh segmentiga kelsak o‘rtacha 23-65+ yoshdagilar. E’tiborli jihatlaridan yana biri bu - gazetadagi reklamalar. Muqovasi bilan hisoblaganda 50 dan oshiq sahifaga ega gazeta nashrlarida o‘rtacha 40-45 ta reklamalarni uchratish mumkin. Bu degani deyarli har bir sahifada bittadan reklama. Va reklamalarning har biri turli qiziqish va talablarga mos ravishda o‘ylangan. Siz ham gazeta o‘qib turasizmi? Va sizningcha, bizdagi gazetalarda qanday reklamalarni uchratish mumkin? P.s. Londondagi marketingga aloqador taassurotlarni siz bilan ulashishni ma’qul deb bildik.
Show all...
👍 9
Coca-Cola yangi reklama kampaniyasini taqdim etdi Yuqoridagi postlarimizda oxirgi paytlarda ko‘pchilik brendlar iste'molchilarning kundalik hayotidagi holatlardan ilhomlanib kreativ reklama kampaniyalari ishlab chiqishayotganligi haqida ulashgan edik. Masalan Heinz Bu safar esa Coca-Coladan ajoyib reklama kompaniya - Taste can't wait Odatda biz e'tibor bermaydigan, shunchaki oddiy hol deb hisoblaydigan odatlarimiz aslida kreativ g‘oya va ma'lum bir mahsulot iste'moliga bog‘liqligini shu kabi reklama kampaniyalarda ko'rish brend tajribasi (brand experience) ni his qilish uchun yanada turtki bo‘ladi. Shunchaki "bizda Cola bor, keling oling" deyishsa ham bo‘ladi-ku, lekin kreativ yondashuv va ideyaga nima yetsin. Ha aytgancha, siz Cola yoki Pepsi shishasini qaysi yo‘l bilan ochasiz?
Show all...
👍 12👎 4
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Kaliforniyada itlar uchun oziq-ovqat va "snack"lar sotadigan mashina do‘kon Ushbu mikroavtobus do‘konlarini istirohat bog‘lari, plyaj va shu kabi odamlar uy hayvolari bilan sayr qiladigan joylarda uchratish mumkin. Yaxshi o‘ylangan g‘oya va e'tiborni jalb qiladigan ko‘rinish bo‘lipti
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
PepsiCo bu yilgi Chempionlar ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan Uembli stadionidagi Tesco supermarketida katta tashqi reklama o’rnatdi. Uembli stadionida o‘tkaziladigan barchaning e’tiborini bir yerga jamlaydigam o‘yinda PepsiCo kompaniyasining uchta asosiy brendi homiylik qiladi: uning pepsi va Pepsi MAX flagman ichimliklari, Walkers va Doritos brendlari. Ushbu tashqi reklamadagi slogan ham ajoyib: “Grab A Taste of The Action”
Show all...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
VII “Yil brendi 2023” mukofotining eng yaxshi brendlari e'lon qilindi 18-19-mayda “Humo Arena”da 25 ta nominatsiyada iste'molchilar va ekspert hay'ati taenloviga ko‘ra “Yil brendi 2023” mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi. “MAKON Sotuvchilar Davri” biznes-forumi doirasida VII “Yil brendi 2023” mukofotining g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi o‘tkazildi. Unda ochiq xalqona ovoz berish hamda uyushmaning ekspertlari va hamkorlari ovoz berishi g‘oliblari e'lon qilindi. Har yilgi “Yil brendi” mukofoti – bu O‘zbekiston maraketing uyushmasining sovrini bo‘lib, u 2024-yilda yettinchi marta o‘tkazilmoqda. VII “Yil brendi 2023” mukofotining g‘oliblarini bu yerda bilib oling https://brendgoda-2023.marketing.uz/uz/
Show all...
👍 4👎 3
00:44
Video unavailableShow in Telegram
Yirik bizneslar nima sababdan tez yo‘qolib ketadi? Dafna(Eman Group) ta’sischisi Aziz Nuritdinov bilan suhbatni tez kunda YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
Show all...
👍 12👎 2
Repost from Yusufov fikrlari
00:06
Video unavailableShow in Telegram
Креатив ташқи реклама
Show all...
👍 11👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Podkast reklamasining daromadi $2,5 milliardga yetadi PR.uz xabariga ko‘ra, Interfaol reklama byurosi (IAB) tahlillari Amerika Qo‘shma Shtatlarida podkastlar reklamasidan tushadigan daromad 2024-yil oxiriga qadar $2 milliardga yetishi taxmin qilmoqda. Qiziqarlisi, ushbu raqam 2026-yilga borib $2,5 milliard dollarga o‘sish ehtimoli bor. Yana bir misol, Britaniyalik Stiven Barletning Diary of CEO podkasti ham 2024-yil yakuniga qadar reklamalardan 20 million funt sterlingdan oshiq daromad olishi taxmin qilingan. Siz qaysi podkastlarni ko‘proq kuzatasiz? Mahalliy yoki xorijiy?
Show all...
👍 9👎 2
00:34

👍 9👎 3