cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Urganch tumani bo'linmasi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Urganch tumani bo'linmasi rasmiy sahifasi

Show more
Advertising posts
575
Subscribers
-324 hours
-257 days
-6030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Show all...
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Urganch tumani bo'linmasi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Urganch tumani bo'linmasi rasmiy sahifasi

Repost from Otabek Hasanov
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар https://t.me/otabek_khasanov
Show all...
Repost from Xorazm.uz
Урганч туманидаги Оёқбоғ маҳалласида вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов иштирокида "Ҳоким ва ёшлар" учрашуви ўтказилди. Очиқ ва самимий мулоқот тарзида ўтган навбатдаги учрашувда ҳам ёшларнинг ҳаётда ўз ўрнини топиши учун муносиб шароит яратиш, уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, касбга йўналтириш ва бандлигини таъминлаш, ташаббусларини рағбатлантиришга эътибор қаратилди. Жумладан, ёшларнинг бандлигини таъминлаш мақсадида муайян фаолият тури билан шуғулланишлари учун субсидия ажратиш, ижтимоий ҳимояга муҳтож талабаларга олий ўқув юртларида таҳсил олиш учун контракт тўловларига кўмаклашиш, саломатлигида муаммоси бўлган йигит-қизларни даволанишлари учун моддий ёрдам бериш юзасидан қилинган мурожаатлар ўрганилиб, ижобий ҳал этилди. Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
Show all...
Инсон бир бирига комплимент айтиб туриши керак. Бу инсон кайфиятига ижобий таъсир қилади. ЭНГ оммабоп комплиментлар: 🔅Бугун очилиб кетибсиз; Бугунги костюм сизга жуда ярашибди; 🔆 Бугун кўринишингиз ажойиб; 🔆 Куйлагингиз жуда мос тушибди; 🔆 Россаям зўрсиз! 🔆 СИЗ билан гаплашсам роса енгиллашаман; 🔆 Бор бўлинг! 🔅 Яхшиям сиздай дўстим (акам, укам, синглим, устозим, шогирдим) бор! Қани, сиздаям бўлса, давом эттиринг, қўшиб қўяман. @hayot_manzillar
Show all...
🥰 1
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi rahbari R.Vapayeva va tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Ramanovalar. tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2024-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi II-bo‘lim 10-bandi Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar holatini monitoriningni yuritish va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga, tuman Ko‘zi ojizlar kutubxonasiga va 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
#hududlarda #Kinokarvon
"Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!"
🔰Xorazm viloyati, Qo'shko'pir tumanidagi Oshoqqal'a madaniyat markazida “Kinokarvon” loyihasi doirasida madaniy-ma'rifiy uchrashuv o‘tkazildi. ▫️Loyiha doirasida "Ayol qismati" badiiy filmi namoyish etildi. ▫️Mazkur film tomoshabinlarni chuqur mulohazalarga, ogohlikka chorlaydi. ▫️"Ayol qismati" filmida adashib Suriyaga ketgan ayolning ayanchli taqdiri, Vatanga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilinadi. ▫️Shuningdek, “Mehr operatsiyasi” doirasida Vatanga qaytgan ayollarning taqdiri Sojida timsolida namoyish etiladi.  ▫️Kinofilm tomoshabinlar e'tiborini qozondi va barchaga birdek manzur bo‘ldi. Jarayondan fotolavhalar Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from XORAZMIYLAR
Quddusdagi Xolidiy kutubxonasi yohud Xorazmshoh Jaloliddinning qarindoshlari dafn etilgan joy
Quddusning eski shahar qismida Xolidiy kutubxonasi bor. Ushbu kutubxona o‘rnida 1246-1280-yillarda qurilgan maqbara bo‘lgan va unda asli kelib chiqishi Xorazmdan bo‘lgan amir Barokatxon, uning ikki o‘g‘li Husomiddin Barka (vafoti 1380-yil) va Badriddin Muhammadbek dafn etilgan. Bu joy Turbai Barkaxon deyilgan. Keyingi asrlarda bu Turba va undagi masjid Xolidiylar xonadoni hisobiga o‘tgan va ushbu yerda kutubxona ochilgan. Amir Barokatxon xorazmshoh Jaloliddinning tog‘asi Davlat Malikning o‘g‘li bo‘lib, Sulton vafotidan keyin 1246-yilga qadar Xorazmliklarga boshchilik qilgan va bir necha bor salibchilarga zarba bergan va hatto bir gal Quddusni ulardan olib qo‘ygan. Uning bir qizi Sulton Baybarsga turmushga chiqadi. Undan tug‘ilgan Said Baraka 1277-1279-yillar Misrni boshqargan.
🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀 🕸| 📝Telegram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Show all...
👍 1
Насиб қилмаса оғзингдаги ошни ҳам ютолмайсан. 1980-йиллар. Эндигина армиядан қайтган ўғилга онасининг полни ғижирлатиб у ёқдан бу ёққа юриши ёқмасди. – Ойи, ғижирлатманг, ухлолмаяпман. – Полни бошқатдан қилиш керак, ўғлим. – Хўп, эртага қиламан, ухланг энди. Эртасига ўғил ишга кетди. Дам олиш куни албатта полни янгилайман деб ваъда берди. Аммо дам олиш куни ўртоғининг тўйи эди... Шундай қилиб йиллар ўтаверди. Орада она ўзи пол учун тахталар сотиб олиб машина ва мардикорлар ёллаб уйга келтириб қўйди. Аммо ўғил полни алмаштиришга ҳеч вақт тополмади. 1992 йил. Она вафот этди. Уй-жойни ўғлига мерос қолдирди. Ўлими олдидан албатта полни алмаштиришини сўради. Ўғил онасининг сўнгги илтимосини бажаришга ваъда берди. Бироқ... Барибир вақт тополмади. 2017 йил. – Дада, уйнинг полини алмаштирайлик, ғижирлашидан набирангиз уйғониб кетяпти. – Майли, эрталабдан шу ишни бошлайлик. Раҳматлик бувинг аллақачон пол учун тахталар ҳам келтириб қўйгандилар. Эртасига ота-бола уйнинг полини янгилашга тушдилар. Эски тахталарни кўчиргандилар, каттагина сумка чиқди. Ичи тўла пул эди. Шўро давридаги энг йирик купюралар! Ва бир мактуб ҳам бор эди: “Ўғлим, ниҳоят полни янгилаётганингдан хурсандман. Сен ҳарбийдалигингда онамдан қолган уйни сотдим, пулларини келажагинг учун олиб қўйдим. Энди бу эски полли уйда яшамайсан, янги уй сотиб олишинг мумкин!” Ўғил алам билан энди оддий қоғозга айланган купюраларга тикилиб турарди. T.me/+FRVxLY3C7mg5ZmMy T.me/+FRVxLY3C7mg5ZmMy
Show all...
Urganch tumani Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2024-yilga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasi II-bo'limi 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkilot va muassasalarning sohaga oid faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ikki tomonlama tasdiqlangan hamkorlik dasturlari ijrosi, “Maʼnaviyat soat”larini tashkil etilishini monitoring qilish hamda hujjatlarni davlat tilida olib borilishini taʼminlash yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi rahbari R.Vapayeva va tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Ramanovalar tashkilot va muassasalarning maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha biriktirilgan mas’ullarga vazifalari yuzasidan tushuncha va kerakli maslahatlar berdilar. Seminar ishtirokchilari qiyinchilik tug‘dirayotgan masalalar yuzasidan maslahatlashib oldilar.
Show all...
👍 2
Repost from XORAZMIYLAR
❗️❗️❗️ 📌📌 🇺🇿 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida “Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan hududiy bo‘limi” tanlovini e’lon qiladi. ✅Tanlovida Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining 13 ta hududiy bo‘limlari ishtirok etadi. ⏰Eng namunali bo‘limlar ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Ovoz berish jarayoni 6-may kuni soat 18:00 da to‘xtatiladi. 🎁Eng ko‘p ovoz yig‘gan bo‘limlar: 1-o‘ringa 3 mln. so‘mlik, 2-o‘ringa 2 mln. so‘mlik, 3-o‘ringa 1 mln. so‘mlik kitoblar 📚 jamlanmasi bilan taqdirlanadilar. 📌Eng namunali bo‘limni aniqlashda sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega!
Show all...
🤔 1
14 Bog‘ot tuman
46 Gurlan tuman
27 Urganch tuman
38 Qo‘shko‘pir tuman
25 Xonqa tuman
19 Tuproqqal’a tuman
5 Hazorasp tuman
23 Xiva tuman
26 Shovot tuman
7 Yangiariq tuman
57 Yangibozor tuman
9 Xiva shahar
13 Urganch shahar