cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TATU NURAFSHON FILIALI | RASMIY

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining rasmiy telegram kanali

Show more
Advertising posts
806
Subscribers
-424 hours
+607 days
+5830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Yaponiya #xalqaro_hamkorlik Xabaringiz bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali delegatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Yaponiya davlatida boʻlib turibdi. Navbatdagi tashrif Yaponiya ta'lim tizimida alohida mavqega ega GIFU KOSEN (National institute of technology) taʼlim muassasiga amalga oshirildi. Uchrashuv delegatsiyamizni iliq kutib olgan muassasa Prezidenti Itsuno Shinichiga filialimizning yangi kampusi va undagi jahon andozalari asosida talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirishdan boshlandi. Itsuno Shinichi janoblari tashrifdan juda mamnunligini bildirdi. Oʻzbekiston taʼlim dargohlari bilan hamkorlik, ayniqsa axborot texnologiyalari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi boʻlgan TATUning filiallaridan biri boʻlgan Nurafshon filiali bilan hamkorlik ushbu sohada salmoqli natijalar berishini aytib oʻtdi. Uchrashuv davomidagi ikki tomonlama muzokaralardan soʻng Nurafshon filiali va GIFU Kosen oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishildi. Ushbu hamkorlik orqali talabalarimiz va professor-oʻqituvchilarimizda Yaponiyadagi ushbu taʼlim muassasida qisqa va uzoq muddatli bepul talabalar almashinuvi dasturlari va malaka oshirish kurslarida qatnashish imkoniyati yaratildi. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Show all...
👍 8 3🔥 2 1😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
#TATU_Nurafshon #Tabrik 📆 Bugun Filial Devonxona mudiri Sholbayeva Dilrabo Abdijabarovnaning tug'ilgan kunlari! 🎁 Shu munosabat bilan Filial nomidan sizga avvalo sog'lik, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Show all...
🎉 15👍 3 3🥰 1
#Yaponiya 🇯🇵 #xalqaro_hamkorlik Filial delegatsiyasi xizmat safarini davom ettirib 70 yildan oshiqroq tarixga ega Norotsuisu kompaniyasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida kompaniyaning axborot texnologiyalari, marketing, menejment, sifat nazorati kabi boʻlimlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Kompaniya ma'muriyatidan Yuzuru Teramura delegatsiyamiz bilan o'zbek tilida salomlashib, kompaniya Jahon bozoriga chiqish harakatlarini boshlaganligi va birinchi qadam sifatida "O'zbekiston" loyihasiga start berilganligini hamda loyiha boshqaruvchisi sifatida ta'yinlanganligini ma'lum qildi. Uchrashuv davomida filialimiz talabalarining ushbu kompaniya axborot tizimlari bilan bog'liq yo'nalishlarda amaliyot o'tashlari hamda ularni "O'zbekiston" loyihasiga jalb etish imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Kejakdagi hamkorlik aloqalari va ularni amaliy jarayonlarga aylantirish masalalari muhokama etildi. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Show all...
👏 7👍 3🔥 3 1
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat #Davra_suhbati JAHOLATGA QARSHI - MA'RIFAT 🤩 "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida davom etayotgan targ‘ibot profilaktik tadbirini 2-kuni Nurafshon filialida 3-bosqichda tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazildi. ♾ Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi Ilhom Ma’rupov so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda dunyoviy ilm-ma’rifatni ahamiyati, vijdon erkinligini huquqiy va falsafiy mohiyati, asl islom dini ma’naviyati, radikalizm va uning salbiy oqibatlari, yoshlarni noto‘g‘ri yo‘llarga kirib, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari, Islom dinini noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida g‘arazli insonlarning ta’siriga tushib qolish holatlari oldini olish uchun nimalarga e’tiborli bo‘lish kerakligi yuzasidan fikrlar bildirdi.Tadbir jonli muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. 🎬 Tadbir nihoyasida adashganlar qismati va Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan"Mehr" operatsiyasi tufayli Vatanimizga, sog‘lom turmush tarziga qaytganlar haqidagi ta’sirchan film namoyish etildi. 🖥 Nurafshon filialida tahsil olayotgan talaba-yoshlar kontingentini to‘liq qamrab olgan holda tashkil etilgan 2-kunlik targ‘ibot profilaktik tadbirni yuqori saviyada o‘tishida o‘zining mazmunli ma’ruzasi bilan hissa qo‘shgan I.Ma’rupovga filial rahbariyatining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi topshirildi.Mazkur targ‘ibot tadbirlari talaba-yoshlarda sog‘lom dunyoqarashlarini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Show all...
🔥 7👍 3😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Raqamli_texnologiyalar_vazirligi #IT_Skills 🟥🟥🟥 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-maydagi PF-76-son Farmoni 5-ilovasi Tdim ic61-bandiga muvofiq iqtidorli yoshlarni saralash, qo‘shimcha o‘qitish hamda xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash maqsadida “IT Skills” loyihasi ishga tushirilganligi ma’lum qilingan, shuningdek, loyiha doirasida ishlab chiqilgan platformaning imkoniyatlari sanab o‘tilgan. 👫 Yuqoridagilarni inobatga olgan TATU Nurafshon filialida mutaxassislar ishtirokida ushbu loyihani talabalar orasida ommalashtirish masalasini ko‘rib chiqilayotgani shuning uchun loyiha bo‘yicha qiziqish bildirgan talaba-yoshlarga seminar treninglar o‘tkazishni ma’lum qilamiz. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Show all...
👏 2
#Yaponiya 🇯🇵 #xalqaro_hamkorlik Ilm-fanning ko'plab sohalarida katta yutuqlariga erishgan, tarkibida bir necha tadqiqot institutlarini birlashtirgan Nihon Fukushima University ga tashrif ham delegatsiyamiz uchun manfaatli kelishuvlarga bo'y bo'ldi. Ilmiy tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, talabalar almashinuvi, professor-o'qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish jarayonlarini muhokama qilindi. Ushbu jarayonlarning tashkiliy va moliyaviy tomonlari o'rganildi. Kelishuvlarning huquqiy asoslarini yaratish uchun o'zaro anglashuv memorandumi imzolash uchun dastlabki muzokaralar olib borildi. ✅ Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu shaharga shaxsan tashrif buyurganlari, Nagoya shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari, kompaniyalar va turli tashkilotlar, xususan Nihon Fukushima universiteti ma’muriyatida aholining katta qismini yoshlar tashkil qiladigan O'zbekiston va unda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari katta qiziqish uyg'otayotgani va har qanday hamkorlik aloqalari uchun tayyorligini bildirishdi. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Show all...
👍 11 3🤩 2 1
#Yaponiya 🇯🇵 #xalqaro_hamkorlik Delegatsiyamizning keyingi manzili Toyota, Mitsubishi, Honda kabi avtomobilsozlik gigantlariga asosiy kadrlarni yetkazib beruvchi Pro-Ace injenerlar maktabi boʻldi. Maktabda talabalarning nazariy taʼlim jarayonlari bilan parallel ravishda tashkil etilgan amaliyot dars jarayonlari delegatsiyamizga batafsil namoyish etildi. ⏺Injenerlar maktabida tahsil oluvchi horijlik talabalar bilan suhbat uyushtirilib ta'lim olish jarayonlari va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi. Maktab ma'muriyati bilan avtomobillar dasturiy ta'minoti sohasida qisqa muddatli talabalar almashinuvini tashkil etish imkoniyatlari, bu boradagi dastlabki amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama etildi. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Show all...
👏 9👍 4 1🤩 1
Go to the archive of posts