cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Rustam Abdumurodovich🇺🇿 | Shaxsiy blogi

To'g'ri so'z va halollik foydadan ustun! Ilm bu - Najotdir. Biz dunyoni ilm bilan fath etamiz.

Show more
Tajikistan11 023The language is not specifiedPolitics33 831
Advertising posts
203
Subscribers
No data24 hours
+17 days
+630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Biznes qilishimdan maqsad nima? Men kecha chamadonimdan 10 yil oldin yozgan daftarlarimni topib oldim. Unda juda ko`p yozgan she`rlarim va mahshurlardan iqtiboslar ekan. O`sha paytlarda o`ylaganlarim bugun real hayotimda bo`layapti. Demak bekorga Alloh orzu va maqsadlarni bizning qalbimizga solmas ekan. Maktab davrimdan ta`lim berishga hatto o`zim o`quvchi bo`la turib maktabdagi sinfdoshlarimga dars o`tishga ustozlarim ruxsat berishardi. Chunki maktabdagi o`qituvchilardek pedagogik mahoratim kuchli edi. Kitoblarni bir o`qiganimda xotiramda qolar edi. Bugungi kunga kelib yoshlikdagi orzularimizni real maqsadga aylantirib o`quv markaz ochib shu yerda O`zbekistonni kelajagi bo`lmish yoshlarga ta`lim bermoqdamiz. Endi biz diplomi bor yoshlarni emas, zamonaviy kasb-hunarga ega mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammosni yechgan bo`lamiz. @rustam_abdumurodovich
Show all...
👍 5🔥 1👏 1
Repost from Foydali Moliya
Stol teoriyasi Stolning to'rt oyog'i bor, uning bir oyog'i sinsa, u yiqilmaydi, hatto ikki oyoq bilan ham turib qolishi mumkin. Ammo bir oyoqli stol albatta sinadi. Pul mablag'ining kelishini ham stol teoriyasi asosida yarating, hech qachon birgina pul manbasiga ishonib qolmang, albatta ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi pul manbalari bo'lishi kerak. Ana shunda qaysidir ishingiz yurmay qolganda ham siz qolgan manbalar hisobiga qiynalib qolmaysiz. Yodda tuting, boy bo'lish uchun mehnat qilishning o'zi kamlik qiladi, albatta boylardek fikr yuritishingiz kerak, har qanday pul avval miyada shakllanadi. 🔝 @foydali_moliya
Show all...
👍 4
Repost from Alisher Rustamov
Ҳикоя. Қассобнинг ёнига бир аёл товуқ олгани келибди, лекин дўкон деярли ёпилган вақт эди. Ҳамма нарса прилвкадан ичкарига олиб кирилиб қўйилганди. Суҳбат бошланди: - Ака, товуқ тортиб беринг - Ҳўп ҳозир - деб қассоб ичкарига кириб товуқ олиб чиқди ва торозга қўйди - Бу товуқ 1 кг экан, сал каттароғи борми - деб аёл мурожаат этди - Ҳозир - деб қассоб товуқни қайтариб ичкарига кириб кетди. Бу оҳирги товуқ эди, бошқа йўқлигини кўриб, худди ўша товуқни яна олиб чиқиб торозга қўйди. Сал тороз четини бармоғи билан босиб турди, 1,5 кг чиқди - Ҳа, бўлади - деди аёл Қассоб шу товуқни пакетга солмоқчи эди, лекин аёл тўҳтатиб айтди: - Ўша иккаловини ҳам олиб кетаман Қассоб нима қилишни билмайди қолди, чунки битта дона товуқ бор эди. Ҳулоса: ёлғон гап ўзингизга қарши чиқади бир кун. Алишер Рустамов
Show all...
👍 6
Sotuv qachon o`sadi? Ovozi chiroyli sotuvchilarni telefon qo`ng`iroqlariga javob berishga qo`ysangiz yaxshi effekt beradi. Istarali sotuvchilarni esa kutib olish va ularga mahsulot yoki xizmatlaringiz haqida uchrashuvlarda ma`lumot bersa zo`r effekt berar ekan. Shuning uchun bo`lsa kerak ovozi chiroyli ammo tashqi ko`rishi oddiyroqlari radio boshlovchi va kinolarga ovoz berishadi, tashqi ko`rinishi yaxshilari esa jurnalist, boshlovchi va har qanday sohaga olishar ekan. Sotuv menejerlarini ishga olayotganda albatta shu joyiga ham ahamiyat berish kerak. Eng muhim yolg`on ishlatmaydigan samimiy insonlarni ishga olishni maslahat beraman. Shaxsiy ko`nikmalari bor inson doimo o`z ustida ishlaydi o`zi rivojlansa kompaniya ham rivojlanadi. @rustam_abdumurodovich
Show all...
👍 5🔥 2
Muvaffaqiyatni pul bilan oʼlchaydigan boʼlsak: Muvaffaqiyat = kamroq ish bajarib koʼproq pul topishdadir. @rustam_abdumurodovich
Show all...
👍 6
Agar ilm o‘rganilmasa, har bir og'zi shaloqning va har bir suyuq  oyoqning so‘zi hikmat, hayoti esa ibrat bo‘lib qoladi. "Savdogarlar ustozi" kitobidan
Show all...
🔥 8
Orqada qoldim(mi?) Bozorchi tengdoshlarim ikkinchi mashinasini olyapti, men esa hali ham taksida yuraman Qarindoshlar ota-onasini umraga olib boryapti, men ularni chorvoqqa ham olib chiqmadim Odamlar xotiniga tilla taqinchoqlar sovg’a qilyapti, men esa tug’ishiga kiyim-kechak olmadim Yaqinlarim qaynatasidan har bayramda qimmatbaho sovg’a olyapti, men esa endigina bir juft paypoq oldim Sohadoshlarim yilda bir turli davlatlarga sayohatga chiqyapti, men esa hali Toshkentdan chiqmadim Tengdoshlarim haftada choyxonada to’planishyapti, men esa oilam bilan yakshanba kunlari ham yetarlicha birga bo’lmadim - Shunda baxtsizmisiz? - Aksincha, dunyodagi eng baxtli insonlardan biriman, chunki: 1. Bir vaqtning o’zida ilm olish, ilm berish va topganimni to’g’ri joyga sarflash ne’mati berildi; 2. Atrofim ayni yo’ldagi insonlar bilan to’lgan va ularning men va faoliyatimga hayrihohligi samimiy, deb ishonaman; 3. Baxtni yutuqlarni ko’pligida emas, balki, jarayonni to’g’ri, qiziq va bir vaqtning o’zida mashaqqatidan rohat olishda ekanligini tushunganlardanman; 4. Qilolmadim va qilmadim so’zlarning mohiyatini anglaganlardanman. Biz safarga buyurilganmiz, zafarga emas. Hamma zafarlar ham kerak emas, imkon bo’lsa ham. https://t.me/abdulloh_shamsiddin Ustozim Aziz Rakhimovning oxirgi postlaridan ilhomlanib yozdim.
Show all...
👍 5
TUGʻULGAN KUNIM😅 Bilsam oʻzim oʻzimga kerak, Esga olmas  birorta doʻstim. Oʻzimga baxt soʻrayman bugun, Axir bugun tugʻilgan kunim. Bayram qilib oʻzimga oʻzim, Osh qilay deb qoraydi yuzim, Eslamadi  chin sevgan qizim, Axir bugun tugʻilgan kunim. Soʻvga bermang tabriklang xolos, Shirin soʻzga uchganlarim rost, Ichmadim lek bugun boʻldim mos, Axir bugun tugʻilgan kunim. Qani oʻsha akaxonlarim, Sheʼr soʻragan qadirdonlarim, Asil muxlis jonajonlarim, Axir bugun tugʻilgan kunim. Kimlarnidir koʻnglin ogʻritdim. Kechiringlar bugun doʻstlarim. Dushman emas doʻstim boʻlinglar, Axir bugun tugʻilgan kunim. Yana bir yosh oldinga yurdim, Azob tortdim oʻynadim kuldim, Yangi orzu niyyatlar qildim, Axir bugun tugʻilgan kunim. ✍Muallifi: Qodir Qaxxor
Show all...
👍 5
Чек-лист (2).pdf8.54 KB
👍 3
Yurtim Ona yurtim — oltin beshigim, Bogʼu boʼston, guliston Vatan. Qaynoq mehr, muhabbat soʼzim, Gulga burkanayotgan jon Vatan. Oʼtmishimda jasorat, mardlik, Jonlanadi ulkan bir tarix. Ajdodlarim oʼtgan bebaho, Sheʼrim uchun beradi ilhom. Necha asr, necha ming yillar, Sahovatli, saxiy el omon. Yuksaklikka chorlaydi yoʼllar, Tuprogʼimiz aziz begumon. Bulbul gulni sevgani kabi, Sensiz yashay olmayman zotan, Oʼtayotgan har kunim totli, Yuragimda yashaysan, Vatan. Rustam Boʼriyev 2014 yil
Show all...
🥰 4👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.