cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

KITOBXON

°Kitobsevar qizdan ▪Iqtiboslar ▪Hikoyalar Sizlar uchun manfaatli bo'lishi harakatidamiz🤗 "Beshikdan qabrgacha ilm izla" (hadisdan) Murojaat u/n: @Kitobsevarqizaloq_bot 📖Kitoblar olamida biz bilan bo'ling

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
179
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Baxt bor, sezmaymiz...
Show all...
#hikoya Yigirma besh yoshli bola poyezd oynasidan boshini chiqarib baqirdi: – Dada, qarang! Daraxtlar orqaga qarab ketyapti! Otasi kulib qo‘ydi. Ular bilan birga ketayotgan er-xotin ham yigitga achinish nazari bilan qarashdi. Shu payt yigit yana baqirdi: – Dada, qarang! Bulutlar biz bilan birga ketyapti! Er-xotin bu aqli past yigitning qiliqlariga chiday olishmadi va uning otasiga o‘g‘lini shifokorga olib borish kerakligini aytishdi. Ota quyidagicha javob qildi: – Olib bordim. Hozir shifoxonadan kelyapmiz. O‘g‘lim bugun ko‘rishni boshladi. Alloh unga ko‘rish ne’matini bugun nasib qildi. @kitobsevarqizaloq
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ayol zoti azzancha o‘ziga to‘q bo‘lsin, yegan-ichgani oldida bo‘lsin, azzancha serurug‘ bo‘lsin, seravlod bo‘lsin, baribir... baribir, o‘z oti o‘zi bilan... zaifa bo‘ladi!Shu bois, ayol zoti hamisha boshida panohi bo‘lishini xohlaydi. Ayol zoti azzancha o‘ziga mustaqil bo‘lsin, mag‘rur bo‘lsin, baribir, ana shu panohiga bosh egib yashaydi. Bosh panohi amaldormi? Bosh panohi kambag‘almi? Ko‘rmi yo kalmi? Bosh panohi mayibmi? Baribir, ayol zoti uchun baribir! Ko‘mirchi bo‘lsin, temirchi bo‘lsin, to‘rt devor ichida suyukli bo‘lsin! Ayol zoti ana shu bosh panohiga suyanib yashaydi! Boshi ochiq... Ayol zoti azzancha xo‘rlikni ko‘taradi, azzancha tahqirlashni ko‘taradi. Ammo «boshi ochiq», degan gapni ko‘tarolmaydi! «O‘nta o‘g‘lim bo‘lmasin... cholim o‘lmasin», demish gap, ayollar yuragidan otilib chiqqan bo‘ladi! 📚Oydinda yurgan odamlar ©Tog‘ay Murod @kitobsevarqizaloq
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
--Bo'ying tengi ayiq sovg'a qilaymi? --Yo'q kerakmas. --Ha unda bo'ying tengi panda sovg'a qilaman. --Yo'q... Bo'yim tengi kitoblar sovg'a qiling☺️🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰.....
Show all...
Shu zamonda majnun bo'laman deganlarni o'lganlaridan keyin tug' ko'tarib mozor qilmaydilar. "Jinni edi, o'lib qolibdi", deydilar va bir kulib qoʻyib, o'taveradilar; o'ligi ham ko'chaga qolib ketadi. 📚Kecha va kunduz ©Cho'lpon @kitobsevarqizaloq
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
*** Бир Ишқ ҳам дунёга етиши мумкин, Сенсиз ҳаётимда қолармиди ранг. Уйғонолмай ўтиб кетишим мумкин, Ўзинг кўзларимга кириб келмасанг. Яшашга етади қалбимнинг кучи, Ишон, кипригингга қўнмайди ғубор. Истасанг, шартлар қўй ёнмоғим учун, Майли, ўтга юбор, оташга юбор. Фақат менсиз Бахтнинг қошига борма, Нимага яралдим Вақтдай елмасам? Юрагингни берма, борингни берма, Умрингга қуёшлар олиб келмасам. Кафтимга юлдузлар қўндириб келай, Буюк эканимга ишонтир, тегин. Бориб осмонларни ёндириб келай, Жоним, яна бир бор “Севмайман!” дегин. © Беҳзод Фазлиддин @Behzod_Fazliddin
Show all...
​​​Ayolning yuragi chuqur ummonga o‘xshaydi: uning tubida hech kim bilmaydigan sirlar yashirin... ©️Stefan Sveyg @kitobsevarqizaloq
Show all...
Axborot xati.pdf1.98 KB
Azizlarim! Buni tarqatishda yordam beringlar? Vaqti o'tib ketmagan. Rejada shunday yozilgan xalos.
Show all...
Qalbimizga ko'mib qo'ygan dardlarimizni o'rni bor...
Show all...