cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning Telegram kanaliga xush kelibsiz! Telegram bot: @taturasmiybot www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov

Show more
Advertising posts
2 896
Subscribers
-924 hours
-367 days
-6930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Сўнгги 7 йил давомида Давлатимиз Раҳбари томонидан Ўзбекистонни халқаро даражадаги обрўсини ошириш борасидаги саъй-ҳаракатлари ўз натижаларини бермоқда. Буни Жанубий Кореяда ташкил этилган Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Давлат хизматлари форуми (UN PUBLIC SERVICE FORUM)да Ўзбекистон делегациясига бўлган алоҳида эътиборни ўзидаги оддий мисолларда яққол кўрса бўлади: Форум бошланишидан олдин тор доирадаги учрашувда Ўзбекистон вакили таклиф этилди (жуда кўп давлатлардан вазир ва ҳатто Бош вазир ўринбосари даражасидаги меҳмонлар бўлса ҳам). Умумий суратда Ўзбекистон вакилига энг марказдан – БМТнинг собиқ бош котиби Пан Ги Муннинг ёнидан жой ажратилди. Инчон шаҳар мэри расмий тушлик маросимида айнан Ўзбекистонни эслаб ўтди ва унга жавобан фақат Ўзбекистон вакилига сўз берилди. Форумнинг асосий биринчи пленар сессиясида давлатлар делегациялари ичидан ягона Ўзбекистон вакили нутқ сўзлашга таклиф этилди. Вазирлар давра суҳбати ҳам алфавит тартибида ўтказилган бўлса-да, асосий мезбон вазирдан кейинги биринчи сўз ҳам Ўзбекистонга берилди. “UN PUBLIC SERVICE FORUM”ининг ёпилиш маросимида ҳам Ўзбекистон вакилига сўз берилиб, ушбу муҳим форумнинг келаси йилда Самарқанд шаҳрида бўлиб ўтиши бўйича қарор қабул қилиниб, уни UNDESA раҳбари-БМТнинг Бош котиби ўринбосари Ли Сзянхуа томонидан эълон қилиши мамлакатимизнинг жаҳон майдонидаги обрўси янада юксалиб бораётганидан яққол дарак беради. Президентимизнинг тизимли равишда мажбурий меҳнат ва бошқа салбий турли хил қора рўйхатлардан мамлакатимизни чиқариб, БМТ ва бошқа халқаро ташкилотлар ҳамда барча давлатлар раҳбарлари билан самимий дўстона алоқаларни йўлга қўйиб боришлари, барча соҳалар раҳбарларига халқаро йўналишдаги фаолиятига кенг имкониятларни очиб бормоқда. Шу имкониятлардан фойдаланиб, барчамиз Ўзбекистондаги ёшларимизга кўпроқ юқори даромадли ишчи ўринлари яратишга ҳаракат қилиб боришимиз керак. PS. Яқинда Минскда 7 йил аввалгига нисбатан МДҲ алоқачилари орасида Ўзбекистон вакилига алоҳида эътибордан ижобий хайратлангандим. Юқори сифатдаги видеони Facebook саҳифамда кўришингиз мумкин: https://www.facebook.com/share/p/QGJ7oqpvhRKep4JS/?mibextid=oFDknk 🚀Telegram 📷 Instagram 🔵Facebook
Show all...
Rolik ALL DAY_c.mp430.95 MB
👍 3🙏 3👌 2
Photo unavailableShow in Telegram
#e'tirof #tabriklaymiz #TATU_talabasi 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident tomonidan yurtimizning tashabbuskor yoshlaridan bir guruhi mukofotlandi 💻 Ular orasida faol talabamiz ham munosib e’tirof etildi va "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi. 🎓 Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti; 🎉Muyassarxonni ushbu yuksak e'tirof bilan TATU jamoasi nomidan tabriklaymiz va kelajakda ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Show all...
👍 10 2❤‍🔥 1👌 1
#e'tirof #tabriklaymiz #TATU_talabasi 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident tomonidan yurtimizning tashabbuskor yoshlaridan bir guruhi mukofotlandi 💻 Ular orasida faol talabamiz ham munosib e’tirof etildi va "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi. 🎓 Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti; 🎉Muyassarxonni ushbu yuksak e'tirof bilan TATU jamoasi nomidan tabriklaymiz va kelajakda ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Show all...
Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#тафаккур ЁРДАМ БЕР, ЁРДАМ БЕРИШАДИ 2004 йили бу йигит амакисининг 13 ёшли қизига математикани тушунтиришга ҳаракат қилади. Чунки у қизнинг оиласи фақир бўлганлиги учун дарс харажатларига қодир эмас эди. Улар жуда узоқда истиқомат қилганлиги сабаб йигит улар билан телефон ёки интернет орқали боғланар ва дарс берар эди. Бироз сўнг йигитнинг бошқа қариндошлари ҳам математикани тушунтириб беришини сўрашди. Шунда йигит YouTube да видеолар таёрлаб қўя бошлади. Бугун Салмон Хоннинг дарсларидан фойдаланадиган мухлислари сони YouTube да 150 000 000 нафардан ошиб кетди. У ўз ишини ташлаб дунёдаги фақир, ўқишга пул тўлай олмайдиган ва қолоқ болаларга математикани ўргатиш учун видеоларини тарқатиш билан шуғулланаяпди. Шунинг учун Билл Гейтс уни 1 500 000 доллар билан, Google эса 2 000 000 доллар билан қўллаб қувватлади. ✈️@taturektori
Show all...
👍 15🔥 5🥰 2🙏 2
#табрик Соҳа ривожига муносиб ҳисса қўшиб келаётган Республикамизнинг барча Ахборот хизмати ходимларини ва барча журналист-блогерларни 27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан чин дилдан муборакбод этаман. Қаламингиз ҳамиша ўткир, сўзингиз кескир, қаддингиз ва қадрингиз доимо сарбаланд бўлсин! Юрт равнақи, мамлакат тараққиёти йўлидаги меҳанатингизга барака ёр бўлишини тилайман! ✈️@taturektori
Show all...
👍 30 3🎉 3👌 1🕊 1
#Huawei #Seeds_for_the_Future_2023 🎓 Huawei Seeds for the Future 2023 dasturida qatnashayotgan O‘zbekistonlik talabalar qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Jo‘rabekov Boburxon Dilshod o‘g‘li Xitoy bo‘ylab China Digital Tour ga yo‘l oldi. Tur doirasida IT yo‘nalishi bo‘yicha OTMlarining 12 nafar talabasi Shenchjan va Shanxay shaharlarida bo‘lib, Huawei kompaniyasi ko‘rgazma komplekslarining innovatsion olamiga sho‘ng‘iydilar, soha ekspertlari bilan raqamli taraqqiyot masalalarini muhokama etadilar, #MWCSHanghai tadbirlarida qatanashib, Xitoy madaniyati va an’analari bilan tanishadilar. O‘zbekistonlik guruh tarkibida TechnoMinds jamoasi a'zosi - Tech4Good 2023 global final sovrindorlaridan Jo‘rabekov Boburxon Dilshod o‘g‘li ham borligi quvonarli albatta. Umumiy hisobda 28 ta mamlakatdan 100 dan ortiq talabalar #ChinaDigitalTour turi ishtirokchilari safidan joy oldilar. 🗒 Ma'lumot o'rnida: Tech4Good global tanlovida Sakkiz nafar O‘zbekistonlik talabalardan tashkil topgan “Techno Mind” jamoasi Qatar davlatining Doha shahriga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, “Aquatibia” loyihasi bilan 🏆Silver Award mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. 🎉 Talabamiz bilan faxrlanamiz va unga kelajakda yanada yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz! ✈️@taturektori
Show all...
👍 26🔥 1🎉 1👌 1
➡️Vazirlik va tizim tashkilotlari o‘rtasida “UzQuiz” intellektual musobaqasi tashkil etildi ➡️ Joriy yilning 19-iyun kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari ishtirokida Toshkent shahridagi Inha universitetida “UzQuiz” intellektual musobaqasining ochilish o‘yini bo‘lib o‘tdi. Musobaqada jami 20 dan ortiq jamoa, 130 ga ishtirokchi o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Musobaqa 8 raunddan iborat bo‘lib, har bir raund turli mavzularga bag‘ishlandi. O‘yin yakunida g‘olib jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alar topshirildi. 📌 Birinchi o‘yin g‘olib va sovrindorlari:
1️⃣IT DESANT – (Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi jamoasi) 2️⃣ TATU 3️⃣UZTELECOM
Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/14404/
Show all...
👍 5🔥 1👌 1
#xalqaro_forum 📹 Ayni damda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak ta’lim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi bo'lib o'tmoqda. 🗒 Unda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Administratsiyalari, ta’lim vazirliklari, IT, madaniyat va madaniy meros, yoshlar tashkilotlari, 70 dan ziyod oliy va professional ta’lim muassasalaridan jami 150 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Dasturga muvofiq dastlab forum yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy mamlakatlar bilan hududlararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Igor Maslov, Rossiya ilm-fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilyovskiy so‘zga chiqib, ikki tomonlama ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ahamiyati, ularning natijasi hamda istiqbolli rejalar haqida nutq so‘zladilar. ✈️@taturektori
Show all...
👍 15 2🔥 2👌 1🕊 1
#INNO #live #taqdimot Muhandislik kasblari ta'limi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib muhandislik ta'limi bo‘yicha takliflar hamda ilg‘or ishlanmalar bilan tanishdi. Texnoparkda Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent davlat Transport universiteti, Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida tashkil etilayotgan oliy muhandislik maktablari taqdimoti o‘tkazildi. — Рассмотрены предложения по развитию инженерного образования Президент Шавкат Мирзиёев посетил инновационный учебно-производственный технопарк "Inno" в Алмазарском районе столицы, где ознакомился с предложениями по развитию инженерного образования и передовыми разработками. Президенту представлена деятельность высших инженерных школ, создаваемых при Ташкентском государственном техническом университете, Ташкентском университете информационных технологий, Бухарском инженерно-технологическом институте, Ташкентском государственном транспортном университете, Ферганском политехническом институте и Ташкентском архитектурно-строительном университете . ✈️@taturektori
Show all...
👍 19❤‍🔥 2 2👌 2🔥 1
Repost from President Tech Award
00:09
Video unavailableShow in Telegram
🐦 Umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi! Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun! 📝! Tanlov asosiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi. Tanlovning asosiy yoʻnalishi quyidagi toifalar boʻyicha oʻtkaziladi: 1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar; 2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar; 3. MicroSaaS va AdTech; 4. Kompyuter va mobil oʻyinlar; 5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar. 📢 Maxsus yoʻnalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni oʻz ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat. Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi: 1-oʻrin — $100,000 2-oʻrin — $50,000 3-oʻrin — $30,000 🤔 Tanlovning rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtishingiz, asosiy yoʻnalishlar, oʻtkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin. ✈️ Telegram
Show all...
IMG_4840.MP49.28 KB
👍 8👌 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.