Redbyte
Open in Telegram
Redbyte - O’zbek tilidagi dunyo kiberxavfsizlik yangiliklari va soha bo’yicha qiziqarli blog postlar bilan bo’lishadi! Sayt: https://redbyte.uz
Show more2 408
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1930 days
Posts Archive
2 408
Hakerlar kriptobozordan yarim yilda qariyb 3 milliard dollar o'g'irladi 💸
🎃 "2025-yilning dastlabki olti oyida kriptobozor hakerlar hujumidan 2,1 milliard dollar yoqotdi." deb TRM Labs o'z hisobotida ma'lum qildi.
Yo'qotishlarning 80 foizdan ortig'i to'g'ridan-to'g'ri infratuzilmaga qilingan hujumlar natijasida yuz bergan. Hakerlar maxfiy kalitlar, seed-frasa va ko'pincha ijtimoiy muhandislik usullaridan yoki kompaniya ichidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan xodimlar — insayderlardan foydalangan.
💬 2025-yilning birinchi yarmidagi umumiy yo'qotish hajmi 2024-yil davomida qayd etilgan ko'rsatkichga deyarli tenglashgan. Bu ko'rsatkich esa, 2022-yilning rekord darajadagi birinchi yarmi bilan solishtirganda esa 10 foizga yuqori.❗️ Zararning katta qismini, ya'ni 1,5 milliard dollarni — fevral oyida Bybit kriptobirjasiga qilingan yirik hujum tashkil etgan. Bu voqea natijasida birgina hakerlik hujumidan o'rtacha zarar 30 million dollarga yetgan — bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan ikki barobar ko'p. Tahlilchilar bu hujum ortida Shimoliy Koreya hakerlari turganini taxmin qilishmoqda.
🇰🇵 TRM Labs ma'lumotlariga ko'ra, Shimoliy Koreya bilan bog'liq guruhlar umumiy zararning 70 foizini tashkil qilgan — 1,6 milliard dollarni o'g'irlashgan. Hisobotda iyun oyida Eronning Nobitex birjasiga uyushtirilgan hujum ham tilga olingan — bu hujum uchun javobgarlikni Gonjeshke Darande nomli, Isroil tarafdori bo'lmish kiberguruh o'z zimmasiga olib, platformaning dasturiy kodini ommaga e'lon qilgan.Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
O'zbekistonlik haker Rossiyaning "Davlat xizmatlari" portalini buzib kirdi 😷
🇷🇺 Boshqirdistonda haker - O'zbekiston fuqarosi Azamatjon R. qo'lga olindi. U Rossiya fuqarolarining "Davlat xizmatlari" akkauntlarini buzib, vatandoshlarini boshqa odamlarning uy manzillariga noqonuniy ro‘yxatdan o'tkazib kelgan.
💬 Tergovchilarning aytishicha, u bu xizmatni pul evaziga taklif qilgan va shu tarzda 10 dan ortiq migrantni "propiskadan" o'tkazgan. Uy egalari esa bundan bexabar bo‘lgan.
🤕 Azamatjon Sterlitamak shahrida, Rossiyani tark etib Minskka uchib ketmoqchi bo'lganida qo'lga olindi. Sud uni uy qamog'iga jo'natgan, lekin tergovchilar uni tergov izolyatoriga (SIZO) joylashtirishga harakat qilishmoqda.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
2 408
Fancy Bear guruhi haqida eshitganmisiz? 🐻
🎯 Ular pul uchun emas. Maqsad – tarix yo‘nalishini o'zgartirish.
❓Ular o'zi kim → Fancy Bear – APT28 deb ham ataladi → Rossiya harbiy razvedkasi (GRU) bilan bog'liq → 2000-yillardan beri faol → Asosiy faoliyati: kiberjosuslik, maxfiy ma'lumotlarni olish, beqarorlik yaratishEng mashhur hujumlari: 🗳 2016-yil, AQSh – Demokratik partiyaning elektron pochtasi buzilgan. WikiLeaks orqali tarqatilgan hujjatlar saylov natijasiga ta'sir qilgan 🏃 WADA va Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi – doping mojarosidan so'ng sportchilarning tibbiy ma'lumotlari sizdirilgan 💡 Ukraina elektr tarmoqlari - butun davlatni elektrsiz qoldirgan dunyodagi birinchi va yirik kiberhujum 💣 NATO, Polsha, Germaniya – davlat tizimlariga doimiy kirish urinishlari
👺 Fancy Bear qanday ishlaydi? → Ular firibgar xatlar, zaifliklardan foydalanish (Zero-Day) va o'zlari yaratgan zararli dasturlardan foydalanadi → O'zlarini faollar, jurnalistlar yoki hatto Google deb ko'rsatishadi → Har bir nishonga mos tarzda harakat qilishadi – bu ularni xavfli qiladi⚠️ Nega ular shu darajada xavfli? → Ular siyosiy maqsadlarga xizmat qiladi → Saylovlar, noroziliklar va hatto urushlarga aralashadi → Kiberhujumlarni geosiyosiy qurolga aylantirgan
🕵️ Ular hech qanday iz qoldirmaydi, ammo katta oqibatlarga olib keltiruvchi harakatlarni amalga oshirish natijasida butun hukumatlar qulaydi, global janjallar yuz beradi📲 Shu kabi guruhlar haqida yanada ko'p ma'lumotga ega bo'lmoqchimisiz? Unda Infosec Blog sahifasiga hoziroq obuna bo'ling! Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
Kasperskiy yordami bilan Interpol minglab hakerlarni fosh etdi 🔎
❗️ Interpol 2025-yilning yanvaridan apreliga qadar Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi stilerdan foydalanganlar faoliyatini va ularni bartaraf etishga qaratilgan yirik xalqaro Secure amaliyotini o'tkazdi. "Kasperskiy laboratoriyasi" esa Interpolga ushbu zararli dasturlarni tarqatishda foydalanilgan infratuzilma haqida texnik ma'lumotlarni taqdim etdi.
🖥 Amaliyotga Vyetnam 🇻🇳, Gonkong 🇭🇰, Nauru 🇳🇷 va Shri-Lanka 🇱🇰 kabi jami 26 davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari jalb etildi. Ishtirokchilar zararli serverlarni aniqlab, ularning joylashuvini aniqlashdi va birgalikda bloklashdi. Kasperskiy tomonidan topshirilgan ma'lumotlar orasida stilerdan foydalanish uchun ishlatilgan boshqaruv va nazorat serverlarining manzillari ham bo'lgan.
🤕 🇻🇳 Natijada, kiberjinoyatlarda gumon qilingan 30 dan ortiq shaxs hibsga olindi, ularning 18 nafari Vyetnamda qo'lga olindi. 20 mingdan ortiq noqonuniy IP-manzillar va domenlar bloklandi, 40 dan ortiq serverlar musodara qilindi.💬 Operatsiya yakunlangach, huquq-tartibot idoralari tasdiqlangan jabrlanuvchilarga — 216 mingdan ortiq foydalanuvchiga akkauntlarini himoya qilish bo'yicha tavsiyalar bilan xabarnomalar yubordi. Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
Asrning eng yirik ma'lumotlar sizib chiqishi: 16 milliard parol internetga tarqaldi 🌎
🛡 "Cybernews" mutaxassislari tarixdagi eng katta shaxsiy ma'lumotlar buzilishini aniqlashdi. "Forbes" xabariga ko'ra, taxminan 16 milliard akkaunt ma'lumotlari hakerlar qo'liga tushgan.
💻 Ushbu ulkan ma'lumotlar to'plamida milliardlab parollar hamda ijtimoiy tarmoqlar, VPN, shaxsiy kabinetlar va turli internet-servislarga kirish uchun kerakli ma'lumotlar mavjud. Bular orasida "Apple", "Facebook", "Google", "GitHub", "Telegram", shuningdek turli davlat xizmatlari va platformalari ham bor.🌐 Google korporatsiyasi bu holatga zudlik bilan munosabat bildirib, 2 milliarddan ortiq Gmail foydalanuvchilarini parollarini darhol yangilashga chaqirdi.
↔️ Infosec Blog jamoasi barcha foydalanuvchilarga ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqishni, hamda parollarni darhol o'zgartirishni tavsiya etadi.Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
Eron Isroilga "ancha vayronakor" raqamli zarba tayyorlamoqda 🇮🇷
🚀 Eron va Isroil o'rtasidagi qarama-qarshilik faqat yerda yoki havoda emas, balki kiberfazoda ham davom etmoqda. Har ikki davlatda kuchli kiberhujum imkoniyatlari mavjud va bu soha hozirda strategik kurashning ajralmas qismiga aylanmoqda — raketalar va harbiy operatsiyalar qatorida.
🚀13-iyun kuni Isroil tomonidan Eronning yadroviy obyektlari va yuqori lavozimli harbiylariga qarshi hujum uyushtirilgach, ko'pchilik tahlilchilar Tehron faqat harbiy javob bilan cheklanmasligiga ishonmoqda. Mudofaa salohiyati zaiflashgan bir paytda Eronning qo'lida yana bir kuchli vosita bor — bu kiberhujumlar. Ular nafaqat Isroil infratuzilmasiga, balki AQSh tizimlariga ham ta'sir qilishi mumkin.🇺🇸 Oq uyning sobiq maslahatchisi, hozirda "Cyber Threat Alliance" rahbari bo'lgan mutaxassis fikricha, tomonlar hozirning o'zidayoq kiberrazvedka ishlarini faol olib bormoqda. Eron ham, Isroil ham vaqtincha ishga yaroqsiz qiluvchi (masalan, DDoS) yoki butkul yo'q qiluvchi (masalan, ma'lumotlarni o'chiruvchi zararli dasturlar) hujumlar uyushtirish imkoniga ega. Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
Anonymous — hech kimni kechirmaydigan hakerlar 🥷
✏️ "Biz — Legionmiz. Biz kechirmaymiz. Biz unutmaymiz. Bizni kutib turing."↔️ Ularning rahbari yo'q, rasmiy ofislari yoki tuzilmasi ham yo'q. Ammo ular urush e'lon qilganida, bundan butun internet olami xabardor bo'ladi.
🥷 Anonymous o'zi kimlar? Bu — dunyo bo'ylab tarqalgan haktivistlar jamiyati. Ular pul uchun emas, g'oya uchun harakat qilishadi. Axborot erkinligi, senzura, diktatura va korrupsiyaga qarshi kurash — ularning asosiy maqsadlari. ❗️ Eng yorqin amalga oshirilgan jinoiy harakatlari: • 2022 yildagi “OpRussia”kampaniyasida davlat saytlariga, telekanallarga va vazirliklarga kiberhujum uyushtirildi. • “OpISIS” doirasida terroristik guruhlarning raqamli infratuzilmasi yo'q qilindi. • WikiLeaks'ga bosim va ommaviy kuzatuvga qarshi norozilik sifatida Sony, PayPal va Visa kabi kompaniyalarga hujum qilindi. • Diniy oqimlar, diktatorlar va hokimiyatni suiste'mol qiluvchilar ham nishonga olingan.
🥷 Ularning hujumlari odatda shov-shuvli bo'ladi: – DDoS hujumlar, – ma'lumotlar sizib chiqishi, – Guy Fawkes niqobidagi videolar, – veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarni egallash.👺 Anonymous nega shu darajada xavfli? Chunki ular kim bo'lishi mumkin: talabami, dasturchimi yoki sobiq maxsus xizmat xodimimi — aniqlab bo'lmaydi. Ular tez harakat qilishadi va izsiz yo'qolishadi. Ularga pul taklif qilib bo'lmaydi, barchasini bir vaqtning o'zida qo'lga olish ham imkonsiz. Sizga kiberjinoyat olamidagi "shov-shuvli" guruhlar haqida ma'lumotlar qiziqmi? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring! Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
“Infosec Blog” jamoasi talab va istaklarini inobatga olgan holda “Anonymous”haqida kontent tayyorladi. Are you ready ❔
2 408
Infosec Blog jamoasi talab va istaklarini inobatga olgan holda “Anonymous”haqida kontent tayyorladik. Tayyormisiz❔
2 408
Sizning kompyuteringizni, hakerlar kripto-fermaga aylantirishi mumkinligini bilarmidingiz? 😎
🛡 “Kasperskiy Laboratoriyasi” yangi hakerlik sxemasini aniqladi. Jinoyatchilar faqat ma'lumotlarni o'g'irlab qolmay, balki yuqtirilgan kompyuterlarni noqonuniy tarzda kriptovalyuta qazib olishga majburlamoqda.
❗️ "Librarian Ghouls" (yoki "Rare Werewolf") nomli guruh Rossiya va MDH davlatlaridagi kompaniyalarga hujum qilmoqda. Ular fishing (soxtalashtirilgan xatlar) va qonuniy dasturiy ta'minotning kombinatsiyasidan foydalanadi. Bu haqda "Kasperskiy" mutaxassislari o"z tadqiqotlarida ma'lum qilishdi.😷 Mutaxassislarning aytishicha, "Librarian Ghouls" – bu o'z viruslarini yaratmaydigan, biroq qonuniy dasturlardan ustalik bilan foydalanadigan haktivistlar hisoblanadi. Ular o‘z zarar yetkazuvchi kodlarini avtomatik ochiluvchi arxiv fayllar orqali tarqatadi.
Ushbu sxema qanday ishlaydi ❔ 🥷 Jinoyatchilar moliyaviy hujjatlarga o'xshatib tayyorlangan soxta xatlarni yuborishadi — masalan, to'lov topshiriqlari. Foydalanuvchi bunday arxivni ochganida, kompyuteriga sezilmaydigan tarzda zararli dastur o'rnatiladi. 💻 Ular virus yaratish o'rniga, AnyDesk, WinRAR va Blat kabi ishonchli dasturlardan foydalanishadi. Shu sababli ularni aniqlash qiyin — antiviruslar bu dasturlarga ko'pincha ishonadi.
👺 Zararlanishdan so‘ng hakerlar quyidagilarni amalga oshiradi: • Parollar va kriptovalyuta hamyonlaridagi ma'lumotlarni izlab topadi (masalan, wallet.dat, seed iboralari yoki keystore.json fayllari) • Kompyuterda "Monero (XMRig)" maynerini o'rnatadi — qurilma quvvatidan foydalangan holda kriptovalyuta qazib olish uchun • Faollik izlarini yashirish uchun har kuni ertalab soat 5:00 da kompyuterni avtomatik o'chirib qo'yishni sozlab qo'yadiInfosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
10 million dollar ishlab topmoqchimisiz? ☠️
🇺🇸 "The Register" xabar berishicha AQSH Davlat departamenti "Adolat uchun mukofot" dasturi doirasida RedLine zararli dasturini yaratishda gumon qilinayotgan Maksim Aleksandrovich Rudometov yoki uning sheriklari haqida ma'lumot bergan shaxslarga 10 million dollargacha mukofot va'da qilmoqda.
💸 Shu bilan AQSH tarixida hakerga qo'yilgan eng yirik mukofotlardan biri taklif etilmoqda. Solishtirish uchun: bundan 10 yil avval FBI rus hakerini qo'lga olish uchun 3 million dollar taklif qilgan edi.🤕 2024-yil oktabrida xalqaro huquqni muhofaza qilish organlari Belgiya hududida Meta infostealer va RedLine vositalari orqali noqonuniy faoliyat olib borganlikda gumon qilinayotgan ikki shaxsni qo'lga oldi. Shu vaqt ichida Rudometovga ham rasmiy ayblov e'lon qilingan. FBI bu ishni bir necha yil davomida tergov qilgan.
🇺🇦 Rudometov 1999-yilda Ukrainada tug'ilgan bo'lib, Rossiyaga 2022-yildan keyin ko'chib o'tgan. AQSH rasmiylariga ko‘ra, 2024-yil Krasnodar shahrida bo‘lgan va uning "Apple iCloud" akkauntidan o'yin o'ynaganida IP-manzili aniqlangan. iClouddagi suratlarning meta-ma'lumotlari ham Krasnodarda olinganini tasdiqlagan.😷 RedLine dasturi 2020-yildan beri mashhur bo'lib, foydalanuvchilarning login-parollari, cookie-fayllari, bank kartalari va kripto hamyonlaridagi ma'lumotlarni o'g'irlash, boshqa dasturlarni yuklash va ishga tushirish imkonini beradi. U ko'pincha zararli spam xatlari va uchinchi tomon yuklovchilari orqali tarqatiladi. Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
Kiberjinoyat olamida "Lazarus" eng xavfli guruhlardan biri ekanligini bilarmidingiz❔
🇰🇵Lazarus — bu kiberjinoyatlar ortida turgan kuchli va sirli guruh bo'lib, hatto dunyoning eng yirik kompaniyalari ulardan hayiqib turishadi. Ular Shimoliy Koreya bilan bog'liq bo'lib, yillar davomida ko'plab davlatlar va yirik tashkilotlarga zarba berishgan
❗️ Ularning nishoni oddiy odamlar emas — ular faqat strategik maqsadlar bilan hujum qilishadi:
— Sony Pictures'ga qarshi hujum: kompaniya ichki ma'lumotlari ommaga tarqalgan🎬
— SWIFT tizimi orqali Markaziy banklardan millionlab dollar o'g'irlandi 🏦
— 2025 yilda Bybit birjasidan 401 000 ETH (taxminan $1,4 mlrd) yo'qolgan 🤑
— Janubiy Koreya va AQSH kabi davlatlarning hukumat tizimlari ham nishonga olingan 🇰🇷 - 🇺🇸
🔒 Ular qanday ishlaydi? Lazarus ijtimoiy muhandislik, zararli dasturlar va ilg'or josuslik texnologiyalarini birlashtirib ishlaydi. Bunga ko'pincha davlat darajasidagi resurslar jalb etiladi.
👺 Bugungi kunda Lazarus — bu oddiy hakerlar emas, balki siyosiy topshiriqlarga xizmat qiluvchi raqamli armiyadir.
Sizga kiberguruhlar haqida ma'lumotlar qiziqmi? O'z fikringizni izohlarda yozib qoldiring va biz albatta davomini sizga taqdim etamiz! ✏️
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
2 408
O'zbekistonda kiberjinoyatlar soni 68 barobarga oshdi 🎃
🧑💻 So'nggi besh yil ichida O'zbekistonda kiberjinoyatlar soni 68 barobarga oshgani ma'lum qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida ma'lumot berildi. Tadbirda taqdim etilgan tahlillarga ko'ra, ayniqsa bank kartalari bilan bog'liq firibgarlik va o'g'rilik holatlari keskin o'sishda davom etmoqda.
💰 2021–2024-yillar davomida kiberjinoyatlar sababli yetkazilgan umumiy zarar 1,9 trln so'mdan oshgan. Faqatgina 2024-yilning o'zida bu ko'rsatkich 603 mlrd so'mni tashkil etdi — bu raqamlar raqamli firibgarlik tahdidi tobora kuchayib borayotganini ko'rsatadi.🤳 Kiberxavfsizlik markazi rahbari Bekzod Mamajonovning aytishicha, eng keng tarqalgan sxemalardan biri bu telefon orqali amalga oshiriladigan firibgarliklar, xususan, raqamlar almashtirilgan holatda qo'ng'iroq qilish, hamda zararli APK-fayllarni tarqatish. Jinoyatchilar deepfake texnologiyalari yordamida audio va videolarda soxtalashtirish usullarini ham faol qo'llamoqda.
👤 Mazkur jinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida mamlakatda yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Xususan, Prezidentimizning 153-sonli qaroriga muvofiq, barcha banklar antifrod-tizimlarini joriy qilishi va mijozlarga o'g'irlangan mablag'larni qaytarib berish majburiyatiga ega bo'ladi. Shu bilan birga, texnik himoya choralarini kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda.📨 Bundan tashqari, Mamajonov "Telegram"da shaxsiy ma'lumotlarni noqonuniy tarqatayotgan kanallarni aniqlash va bloklash bo'yicha ishlar olib borilayotganini aytdi. Xususan, qizlarning shaxsiy ma'lumotlari tarqatilib, ular orqali pul talab qilish holatlari kuzatilgan. Tergov natijasida "Hello Tashkent" guruhi bilan bog'liq 100 ga yaqin kanal bloklangan, 40 dan ortiq shaxs esa javobgarlikka tortilgan.
❕ Infosec Blog jamoasi kiberxavfsizlik borasida barchani hushyorlikka chaqiradiInfosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
"Adidas" mijozlarining shaxsiy ma'lumotlari o'g'irlandi ↔️
✔️"Adidas" kompaniyasi kiberhujumga uchradi va ushbu hujum natijasida mijozlarning shaxsiy ma'lumotlari o'g'irlangan. Mutaxassislarning fikricha, "Adidas" boshqa yirik savdo tarmoqlariga qaraganda kamroq zarar ko'rgan. BBC xabariga ko'ra, ushbu hakerlik hujumlari ortida bitta guruh turgani taxmin qilinmoqda.
⚽️ "Adidas" ma'lumot berishicha, hakerlar faqat mijozlarning ba'zi ma'lumotlarini o'g'irlashgan — asosan, brendning mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'limiga murojaat qilganlarning shaxsiy ma'lumotlari.🛡 Parollar, bank kartalari raqamlari va boshqa to'lov ma'lumotlari zarar ko'rmagan. Shunga qaramay, kompaniya barcha mijozlarga ogohlantirish yuborib, hisob raqamlarini vaqtincha diqqat bilan kuzatib borishni tavsiya qildi.
💸 Joriy yilda "Marks & Spencer", "Co-op", "Harrods" kabi yirik chakana savdo kompaniyalari ham shunga o'xshash hujumlarga uchradi. Ularning har biri sezilarli darajada moliyaviy zarar ko'rgan. Masalan, "M&S" uchun bu hodisa taxminan 400 million dollarga tushadi — bu kompaniya foydasining uchdan biriga teng.👮 Politsiya ushbu hakerlik ortida Scattered Spider nomli ingliz tilida so'zlashuvchi guruh turganini taxmin qilmoqda. Barcha hujumlar o'xshash ssenariy asosida amalga oshirilgan. Ularga ma’lumotlar ko'pincha tashqi xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar orqali sizib chiqqan. Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
Malayziya ichki ishlar vaziri WhatsApp orqali hakerlar qurboni bo'ldi. Tizim ishlamay qoldi 🛡
🇲🇾 Malayziya ichki ishlar vaziri Saifuddin Nasutionning WhatsApp akkaunti hakerlar tomonidan buzib kirildi va bu holat mamlakatda kiberxavfsizlik darajasi yuzasidan katta savollarni uyg'otdi. Ayniqsa, gap politsiya, migratsiya xizmati, chegara nazorati, qamoqxonalar, fuqarolikni ro'yxatga olish va senzura uchun mas’ul vazirlik rahbari haqida ketmoqda.
↔️ Vazirlik ushbu voqeani "mas'uliyatsiz guruhlar" tomonidan amalga oshirilgan deb ta'kidladi va fuqarolarni vazir nomidan yuborilgan xabarlar yoki qo'ng'iroqlarga javob bermaslikka chaqirdi — ayniqsa, agar ular moliyaviy masalalar yoki uchrashuv takliflari bilan bog'liq bo‘lsa.
💬 Siyosiy tahlilchi Sayyid Akramin esa to'g'ridan-to'g'ri savol qo'ydi: "Agar Saifuddin o‘z shaxsiy ma'lumotlarini himoya qila olmasa, butun vazirlikni qanday himoya qiladi?"🛡 Bu voqea fonida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o'zlarining korporativ hayotdagi voqealari bilan bo'lishmoqda. Ulardan biri shunday izoh qoldirgan: "Bizning kompaniyamizda har oy fishing simulyatsiyasi o'tkaziladi. Testdan o'ta olmagan xodimlar qaytadan o'qishga yuboriladi. Bu esa vazirlik emas, shunchaki xususiy kompaniya xolos."
😁 O'zimizda ham shu kabi holatlar uchrasa kerak? Nima deb o'ylaysiz? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring)Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
Adliya vazirligiga uyushtirilgan kiberhujum natijasida hakerlar fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlariga ega bo'lishdi 🔒
🇬🇧 "The Guardian" nashrining yozishicha, Buyuk Britaniya Adliya vazirligi tizimlariga uyushtirilgan yirik kiberhujum natijasida hakerlar 2010-yildan beri yuridik yordam olish uchun ariza bergan yuz minglab odamlarning shaxsiy ma'lumotlariga kirish imkoniga ega bo'lishgan. Jinoyatchilar Angliya va Uels aholisi haqida sudlanganlik, moliyaviy ma'lumotlar va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni qo'lga kiritishgan.
💻 Rasmiylar ta'kidlashicha, o'g'irlangan ma'lumotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: murojaatchilarning aloqa ma'lumotlari, manzillari, tug'ilgan sanalari, milliy sug'urta raqamlari, sudlanganlik tarixi, bandlik holati va moliyaviy ma'lumotlar.🥷 Hakerlar 2,1 million satrdan iborat ma'lumotlar bazasiga kirishganini e'lon qilgan, ammo rasmiylar bu raqamni hozircha tasdiqlamagan.
🔐 "The Guardian" manbasining ta'kidlashicha, hodisa "oldingi hukumatning beparvoligi va samarasiz boshqaruvi" natijasidir. Ushbu nashr suhbatdoshi Adliya vazirligi tarkibidagi Yuridik yordam agentligining tizimlarida zaifliklar borligi haqida yillar davomida xabardor bo‘lganini bildirgan.↔️ Vazirlikning ma'lum qilishicha, amaldorlar kiberhujum haqida 23-aprel kuni xabar topishgan. Biroq dastlab hakerlar faqat yuridik firmalarning ma'lumotlariga kirgan deb o'ylashgan. Faqatgina may oyining o'rtalarida, rasmiylar ma'lumotlar oqimi ko'lami ancha kengroq ekanini aniqlashgan. Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿 YouTube | Instagram | Telegram
2 408
KXDR hakerlarining kriptohujumlarini G7 davlatlari iyun sammitida muhokama qilishadi
↔️ "Bloomberg"ning yozishicha, 2025-yil iyun oyida Kanadada bo'lib o'tadigan G7 sammitida yetakchilar Shimoliy Koreya hakerlari tomonidan amalga oshirilayotgan kriptovalyutaga oid hujumlarni muhokama qilishadi. Bu mavzu xalqaro hamjamiyatning Pxenyan tomonidan o'g'irlagan mablag'lar harbiy dasturlarni moliyalashtirishda foydalanishiga nisbatan ortib borayotgan xavotirini aks ettiradi.
🇰🇵 So'nggi yillarda KXDR global kompaniyalarga hujum qila oladigan kuchli hakerlik tarmog'ini yaratdi, deya ta'kidlaydi "Bloomberg". Bunga yaqqol misol — Bybit kriptobirjasiga qilingan $1,46 milliardlik ulkan hujum, bu kriptoindustriyada tarixdagi eng yiriklardan biri bo‘ldi.
✋ "Chainalysis" ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilda Shimoliy Koreya hakerlari $1,34 milliarddan ortiq kriptovalyuta o'g'irlashga muvaffaq bo‘lishgan, va bu ko'rsatkich 2023-yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko'p. Bybit voqeasi va boshqa hujumlar bu muammoni yana global kun tartibiga olib chiqdi.
👺 Bundan tashqari, Pxenyan xorijiy IT-mutaxassislar orqali murakkab sxemalarni ham qo'llamoqda. AQSh Adliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, minglab shimoliy koreyaliklar soxta ismlar ostida G'arb kompaniyalarida ishlamoqda, maqsad esa ular orqali sanksiyalarni aylanib o'tib, rejimga daromad yetkazishdir.
🎃 "Bloomberg" ta'kidlaganidek, bu mutaxassislar soxta akkauntlar va proksi tarmoqlardan foydalangan holda har yili yuz millionlab dollar ishlab topishadi. Ushbu mablag'lar esa KXDR Mudofaa vazirligi va ommaviy qirg'in qurollari dasturlarini moliyalashtirishga yo'naltirilib, global yetakchilarda jiddiy xavotir uyg'otmoqda.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
2 408
LockBit'ni buzib kirishdi — DarkNet esa ular o'rnatgan parollaridan kulmoqda 😂
🤠 So'nggi vaqtlarda eng faol va xavfli bo'lgan hakerlar guruhi — LockBit navbatdagi katta sharmandalikka yuz tutdi. Ularning butun DarkNet infratuzilmasi noma'lum hakerlar tomonidan buzilib, admin panellari o‘rniga “Don't do crime CRIME IS BAD xoxo from Prague” degan xabar qoldirildi. Eng qizig'i — hujumchilar MySQL ma’lumotlar bazasining to‘liq nusxasini yuklab olish uchun havolani ham joylashtirishdi
❗️ Avvalroq, 2024-yilda Operation Cronos nomli xalqaro amaliyot davomida LockBit'ning 34 ta serveri musodara qilingan, maxfiy ma’lumotlar, kripto hamyonlar va minglab deshifrovka kalitlari qo‘lga kiritilgan edi. O'sha hujumdan so'ng ham o'zini tiklashga uringan guruhga bu safargi zarba og'irlik qildi.
↔️ Guruh hali rasman faoliyatini to'xtatmagan bo'lsa-da, bunday fosh etilishlar ularning sheriklari orasida ishonchsizlik uyg'otishi va keyingi harakatlarini murakkablashtirishi mumkin. Bunga o'xshash holatlar ilgari Conti, Black Basta va Everest singari guruhlarning parchalanishiga olib kelgan edi. Bu esa bir narsani aniq ko'rsatadiki: kiberjinoyatchilikda "barqarorlik" — yolg'on illuziyadan boshqa narsa emas.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
2 408
✨ Hurmatli yurtdoshlar ✨
🥳 Siz, azizlarni Infosec Blog jamoasi 9 may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etadi
🔥 Bu muqaddas sana - ozodlik va tinchlik yo'lida fidokorona jon bergan ajdodlarimizni yod etish, ularning jasorati oldida bosh egish, qadriyatlarimizga hurmat ifodasidir. Ularning mardligi, sabr-toqati va vatanparvarligi - bugungi avlod uchun ibrat maktabidir.
💥 Vatan ozodligi yo'lida kurashgan barcha yurtdoshlarimiz va ularning munosib avlodlarini samimiy qutlab, barchangizga mustahkam sog‘lik, osoyishta hayot, totuvlik va farovonlik tilaymiz
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
