Redbyte
Open in Telegram
Redbyte - O’zbek tilidagi dunyo kiberxavfsizlik yangiliklari va soha bo’yicha qiziqarli blog postlar bilan bo’lishadi! Sayt: https://redbyte.uz
Show more2 408
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1930 days
Posts Archive
2 408
Shimoliy Koreya hakerlari Drift’ni“ichkaridan” urdi - 285 million yo’q 💸
💸 Yaqinda Drift kriptoplatformasiga uyushtirilgan hujum, natijada 285 million dollar o‘g‘irlangan voqea, kutilmagan “hakerlik” emas, balki deyarli yarim yildavomida puxta rejalashtirilgan operatsiya bo‘libchiqdi. Oddiy ishbilarmonlik aloqalari ortida murakkabtizim ichiga kirib borish sxemasi yashiringan bo‘lib, unda asosiy qurol aynan ishonch bo‘lgan.
🇰🇵 Solana blokcheyni asosida ishlovchi Drift ushbuhodisani Shimoliy Koreyaga aloqador UNC4736 guruhi bilan bog‘ladi. Bu guruh AppleJeus va Golden Chollima nomlari bilan ham tanilgan. Kompaniyama’lumotlariga ko‘ra, hujumga tayyorgarlik 2025-yil kuzidayoq boshlangan. O‘zlarini treyding kompaniyasivakillari sifatida tanishtirgan shaxslar….Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Ukraina davlat sektorining shifrlash tizimi buzildi 🔒
🇷🇺 Rossiyaning “Kiber Serp” hakerlar guruhi Ukraina davlat sektoriga tegishli barcha idoralarning shifrlash kalitlari va raqamli imzolar reyestriga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi. Bu haqda guruh vakili xabar berdi.
❗️ Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda yopiq shifrlash kodlari, dasturiy manba kodlari hamda idoralararo elektron hujjat almashinuvida qo‘llaniladigan kalitlarni yuklab olish imkoniyati paydo bo‘lgan. Ushbu operatsiyani “Ukrainaning raqamli yuragiga hujum” sifatida baholash mumkin.✅ “Sayfer” kompaniyasi davlat tashkilotlari, yirik banklar va yetkazib beruvchilar uchun himoyalangan ish muhitiga kirishni ta’minlab kelgan, shuningdek davlat xaridlari bazalari va elektron davlat xizmatlarining xavfsizligini shifrlash orqali qo‘llab-quvvatlagan. Kompaniya o‘z rasmiy veb-saytida hujum faktini tasdiqladi. 🇺🇦 Avvalroq KillNet hakerlar guruhi o‘zining interaktiv xaritasida Ukraina Qurolli Kuchlarining (VSU) jangovar pozitsiyalari joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Bundan oldin esa “Kiber Serp” faollari OAVga MIDVOLGA-2 tankeri va Rossiya qirg‘oq hududlariga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisoblangan VSU (Ukraina Qurolli Kuchlari) jangchilari ro‘yxatini taqdim etgan. 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Rossiyalik hakerlar minglab Signal va WhatsApp akkauntlarini buzdi - FBI 🎩
❗️ Rossiya maxsus xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan hakerlar tijorat messenjerlari foydalanuvchilariga, xususan Signal va WhatsApp platformalariga qarshi keng ko‘lamli hujumlar uyushtirdi.
🇺🇸 Bu haqda AQShning Federal Qidiruv Byurosi (FBI) hamda Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi (CISA) ma’lum qildi…Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Ramazon Hayitingiz muborak bo’lsin!
✨ Redbyte jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muqaddas bayram – Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi.
🎉 Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, muvaffaqiyat, baxt, tinchlik va hamjihatlik tilaymiz!
Xonadoningizda tinchlik va ezgulik hukm sursin. Barchamizga bayram muborak bo'lsin!
🚀 @Redbyteuz
RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿
YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
O‘zbekistonning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi 🇺🇿
🛡 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistondagi bir qator muhim davlat idoralarida kiberxavfsizlikni kuchaytirish maqsadida maxsus bo‘linmalar tashkil etiladi. Bu haqda prezident farmonida belgilangan bo‘lib, u mamlakatda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlik strategiyasini ham tasdiqlaydi…
Batafsil o’qish uchun ◀️
🚀 @Redbyteuz
RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿
YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Hakerlar hukumat darajasidagi iPhone eksploitini qo‘lga kiritdi 💬
👍Kiberxavfsizlik mutaxassislari iPhone foydalanuvchilari uchun jiddiy ogohlantirish bermoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, avval davlat darajasidagi kiberoperatsiyalar uchun ishlab chiqilgan iOS eksploit to‘plami endi oddiy kiberjinoyatchilar qo‘liga tushib qolgan.
👺 Ushbu vosita yordamida hakerlar foydalanuvchining qurilmasini hatto oddiy veb-saytga kirgan paytda ham yashirin tarzda buzib kirishi mumkin.🔒 Mutaxassislar aniqlagan eksploit to‘plami “Coruna” deb nomlangan. U juda murakkab kiberhujum arsenalini o‘z ichiga oladi... Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Kanada Eron hakerlari uchun nishonga aylanishi mumkin 👺
🛡 Kanadaning kiberxavfsizlik xizmatlari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hakerlar tomonidan kiberhujumlar sodir bo‘lish ehtimoli yuqori ekanidan ogohlantirdi.
🇨🇦 Canadian Centre for Cyber Security bayonotida shunday deyiladi: “Muhim infratuzilma obyektlarini boshqaradigan tashkilotlar va Kanadadagi boshqa ehtimoliy nishonlar eronlik hakerlar tahdidiga nisbatan hushyor bo‘lishi kerak.”💬 Shuningdek, mutaxassislarning ta’kidlashicha, Eron haker guruhlari Kanadani ehtimoliy nishon sifatida ko‘rishi mumkin. Bunga sabab sifatida Kanadaning AQSh va Isroilning harbiy harakatlarini ochiq qo‘llab-quvvatlayotgani... Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz Barchaga osoyishtalik tilaymiz. Dunyoning turli joylarida davom etayotgan mojarolar imkon qadar tezroq barham topishini tilaymiz 🕊 RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Eron internetida uzilish va yirik kiberhujum ❗️
🔒 Kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar va kuzatuvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, shanba tongida AQSh va Isroil tomonidan Eron bo‘ylab nishonlarga qilingan qo‘shma hujumlar bilan bir vaqtda keng ko‘lamli kiberoperatsiyalar ham amalga oshirilgan.
🦠 Hujumlar davomida bir nechta yangiliklar saytlariga buzib kirilib, turli xabarlar joylashtirilgan. Shuningdek, 5 milliondan ortiq yuklab olingan BadeSaba diniy taqvim ilovasi ham hakerlar tomonidan egallab olingan. Ilovada “Hisob-kitob vaqti keldi” degan yozuv hamda qurolli kuchlarni qurolni tashlab, xalq tomoniga o‘tishga chaqiruvchi murojaat joylashtirilgan…Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz Barchaga tinchlik tilaymiz. Urushlar imkon qadar tezroq yakun topishini istaymiz 🕊 RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Gollandiya telekommunikatsiya operatori Odido mijozlarining 300 mingdan ortiq bank hisob raqamlari internetga sizdirildi 🎃
🇳🇱 Gollandiya telekommunikatsiya operatori Odidoga qilingan kiberhujum natijasida mijozlarning yuz minglab bank hisob raqamlari ochiq manbalarda paydo bo‘ldi.
👺 Ma’lumotlarga ko‘ra, ShinyHunters nomli hakerlar guruhi o‘g‘irlangan ma’lumotlar bazasining ikkita qismini e’lon qilgan. Ochiq manbalarda 300 mingdan ortiq bank hisob raqamlari (IBAN) mavjudligi aniqlangan…Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Global kibermojaro: AQSh sanksiyasida o‘zbekistonlik va BAA kompaniyasi 🤠
🇺🇸 AQSh Moliya vazirligi huzuridagi Office of Foreign Assets Control (OFAC) 2026-yil 24-fevral kuni e’lon qilgan press-relizga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Mamashoyev Azizjon Mahmudovich va unga aloqador BAAda ro‘yxatdan o‘tgan Advanced Security Solutions kompaniyasi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.
🔒 Gap oddiy IT xizmatlari haqida emas. Gap - eksploytlar savdosi, ya’ni dasturiy ta’minotdagi zaifliklardan foydalanishga mo‘ljallangan kodlar va vositalar haqida bormoqda…Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
PayPal’da katta ma’lumotlar buzilishi 📱
🗞 So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, dunyoda millionlab foydalanuvchilar ishlatadigan to‘lov platformasi PayPal o‘z mijozlarining shaxsiy ma’lumotlari buzilganini rasmiy tasdiqladi. Bu holat 2025-yilda PayPal Working Capital (PPWC) kredit ilovasidagi tizim xatosi tufayli yuzaga kelgan va kamida 2025-yil 1-iyuldan 13-dekabrgacha davom etgan.
🎃 Bu nosozlik tufayli ruxsatsiz boshqa shaxslar mijozlarning ayrim ma’lumotlariga kira olgan bo‘lishi mumkin, jumladan: • Ism-familiya • Email manzili • Telefon raqami • Biznes manzili • Tug‘ilgan sana • Ijtimoiy sug‘urta raqami (SSN)🛡 Muammo aniqlangandan so‘ng, PayPal buzilgan kodni bekor qilib... Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
CyberHack Conference 2026 🛡
🛡️ CyberHack - bu kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan oflayn konferensiya bo‘lib, real amaliyot, hands-on tajriba va faol kiberxavfsizlik hamjamiyatini bir joyga jamlaydi.🚀
✅ CyberHack’da sizni nimalar kutmoqda?
• Guest Lecture sessiyalari
Kiberxavfsizlik mutaxassislaridan real keyslar, sanoat tajribasi va karyera bo‘yicha foydali bilimlar.
• Texnik workshoplar
Amaliy ko‘nikmalar, real hujum va himoya ssenariylari asosidagi qo‘lbola mashg‘ulotlar.
• Qo‘shimcha faoliyatlar
Interaktiv zonalar, networking, challenge’lar va faol ishtirokchilar uchun sovrinlar.
• CyberHack CTF
Universitet va maktab o‘quvchilari uchun alohida Capture The Flag musobaqasi. Real kiberxavfsizlik vazifalari va 100 000 000 so‘m sovrin jamg‘armasi.
📍New Uzbekistan University 🗓️ 28-fevral, 2026-yil 🕘 09:00 – 19:00🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: Havola ❗ Ishtirok faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tilgan holda mumkin
2 408
Haker prokuraturaga undan o‘g‘irlangan $21,4 mlnlik bitkoinlarni qaytarib berdi 🎃
🇰🇷 Janubiy Koreya prokuraturasi noma’lum hakerdan qiymati taxminan $21,4 mln bo‘lgan bitkoinlarni qaytarib oldi. Ushbu mablag‘lar musodara qilingan kriptoaktivlar saqlanadigan hamyondan o‘g‘irlangan edi.
📱 17-fevral kuni noma’lum shaxs prokuratura hamyoniga 320,8 BTC qaytardi. Idora vakillarining aytishicha…Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Har kuni AI ishlatasizmi? Unda buni bilishingiz shart! 🤖
🤖 So‘nggi paytlarda olimlar qiziq bir hodisani kuzatmoqda: odamlar sun’iy intellekt bilan oddiy yordamchi sifatida emas, balki suhbatdosh sifatida yashay boshladi. Ba’zilar hatto AI bilan gaplashgandan keyin o‘z fikrlarini qayta shakllantiradi, qarorlarini o‘zgartiradi va ba’zan uning javoblarini ichki “haqiqat” sifatida qabul qiladi.
🤖 Muammo shundaki, sun’iy intellekt ko‘pincha foydalanuvchining ohangiga moslashadi. Agar odam shubhali yoki noto‘g‘ri taxmin bilan savol bersa, AI uni inkor qilish o‘rniga mantiqan rivojlantirib beradi...Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Foydalanuvchilar xavotirda: MobiUz buzilgani rostmi yoki navbatdagi vahima? ❔
🔻🔻🔻🔻 MobiUz atrofida kutilmagan kiberxabar tarqaldi: darknetda noma’lum shaxslar operator tizimlari “to‘liq qo‘lga olingani”ni da’vo qildi. Xabarlarda ichki tarmoq, SMS-shlyuzlar va hatto MyID identifikatsiya xizmatiga kirish imkoni bo‘lgani aytilgan. Ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar orasida xavotir uyg‘otdi.
✈️ Kompaniya esa bunday keng ko‘lamli buzilish bo‘lmaganini bildirdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, faqat tizimning izolyatsiya qilingan segmentiga ruxsatsiz kirish aniqlangan…Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
AI hakerlarni “professional” qildi - endi tajriba kerak emas 🤖
🔰 Google Threat Intelligence Group hisobotiga ko‘ra, davlat qo‘llovidagi hakerlar generativ AI’dan allaqachon real operatsiyalarda foydalanmoqda. Bu endi nazariya yoki futuristik prognoz emas - bu hozir sodir bo‘lyapti.
🇰🇵 Masalan, Shimoliy Koreya bilan bog‘liq guruhlar kompaniya xodimlari haqida ochiq manbalardan ma’lumot yig‘ib, AI yordamida aynan o‘sha odamning ishiga, lavozimiga va hatto ohangiga mos phishing xatlari yozmoqda. Endi “Salom hurmatli foydalanuvchi” davri tugadi - sizga yozilgan xat sizning HR menejeringizdan kelgandek ko‘rinadi.
👺 Xitoy va Eron APT guruhlari esa AI’dan exploit yozishda, kodni tuzatishda va ijtimoiy muhandislikni avtomatlashtirishda foydalanmoqda. Eng qiziq tomoni - ba’zi zararli dasturlar real vaqt rejimida yangi zararli kod generatsiya qilgan. Ya’ni antivirus ushlashga ulgurguncha malware o‘zini o‘zgartirib bo‘ladi.🔒 Endi haker bo‘lish uchun 10 yil tajriba shart emas. Junior darajadagi hujumchi ham APT darajasidagi hujum qilishi mumkin. 💬 Shuning uchun kompaniyalar hanuz “xodimlarga phishing trening o‘tkazdik” deb o‘zini xavfsiz his qilayotgan bo‘lsa - bu xavfli illuziya. 🛡 Yangi davrda xavfsizlik perimeterda emas, shaxsiyatda quriladi. Kim kimligini doimiy tekshirmasangiz - sizni albatta aldashadi. 💬 Redbyte jamoasining fikricha 2 yil ichida eng ko‘p hujum va buzilishlar exploit sabab emas, ishonch sabab sodir bo‘ladi. Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
+1
Bepul VPN qanchalik xavfli? 🌎
🆓 Bepul VPN xizmatlari ko‘pincha xavfsizlik hissini beradi, ammo amalda foydalanuvchi ma’lumotlari uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Chunki bepul xizmat ham qandaydir yo‘l bilan daromad qilishi kerak va aksariyat hollarda bu daromad manbai - foydalanuvchining o‘zi bo‘ladi.
🔒 Ko‘plab bepul VPN’lar brauzer tarixi, IP-manzil, qurilma haqida ma’lumotlarni uchinchi tomonlarga uzatadi. Ba’zilarida esa haqiqiy shifrlash umuman mavjud emas yoki juda past darajada ishlaydi. Ayniqsa, ochiq Wi-Fi tarmoqlarida bunday VPN’lar foydalanuvchini himoyalamaydi.🦠 Yana bir muammo - reklama va zararli dasturlar. Ayrim bepul VPN ilovalari ichiga yashirin trekerlar, reklama modullari yoki zararli kodlar joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Natijada foydalanuvchi o‘z qo‘li bilan telefon yoki kompyuterini kuzatuv ostiga oladi. ⚖️Huquqiy jihatdan ham xavf mavjud. Ko‘p bepul VPN xizmatlarida shaffof maxfiylik siyosati yo‘q, kompaniya qayerda ro‘yxatdan o‘tgani noma’lum, ma’lumotlar esa foydalanuvchi bilmasdan uzatilishi mumkin. 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
Stan Ghouls guruhi NetSupport RAT orqali O‘zbekiston va Rossiyadagi nishonlarga hujum qilmoqda ❗️
👺 Stan Ghouls (yoki Bloody Wolf) - bu kiberjinoyatchilar guruhi bo‘lib, kamida 2023-yildan buyon Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi tashkilotlarga qarshi yo‘naltirilgan hujumlarni amalga oshirib kelmoqda. Huquqbuzarlar asosan ishlab chiqarish, moliya va IT sohasidagi tashkilotlarga qiziqish bildirmoqda. Ularning hujumlari puxta rejalashtirilgan va aniq qurbonlarga moslashtirilgan bo‘lib, qo‘llanilayotgan vositalar orasida Java tilida yozilgan maxsus zararli dasturlar, shuningdek, alohida kampaniyalar uchun ajratilgan resurslarga ega keng infratuzilma ajralib turadi.
📂 Hujumlarning dastlabki bosqichida ular zararli PDF-ilovalari mavjud bo‘lgan elektron xatlardan foydalanadi...Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
2 408
2025-yilda hakerlar eng ko‘p hujum qilgan davlatlar
🛡 StormWall mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda eng ko‘p kiberhujumlarga uchragan TOP–5 davlatlar qatoriga Xitoy, AQSh, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya kirgan. Tadqiqot StormWall mijozlaridan olingan real ma’lumotlarga asoslangan.
❗️ 2025-yilda DDoS-hujumlarning asosiy qismi Xitoyga (umumiy holatlarning 16,2%), AQShga (14,8%) va Hindistonga (12,6%) qaratilgan. Ushbu davlatlar kiberjinoyatchilar uchun doimiy va strategik nishon bo‘lib kelmoqda.Batafsil o’qish uchun ◀️ 🚀 @Redbyteuz RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿 YouTube | Instagram | LinkedIn
