π΅ Ar-Rapiy
Open in Telegram
"Bu hayotda san va boshqalar yashaydi". Ar-Rapiy instagram.com/arrapiy youtube.com/arrapiy tiktok.com/@arrapiy
Show more344
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Abdulla Qodiriy yozgan "O'tgan kunlar" romanini umrimning to'rtdan bir qismi o'tib bo'lganidan keyin o'qiyman, hali yoshman deb yurar edim.
Mana yoshim 30 dan oshgandan keyin o'qidim.
Zo'r, kayf qildim.
P.S. Qaysi yo'nalishda bo'lsa ham aynan onlayn kurslarni tugatgan bolalar mandan sigaret so'rab chakardi.
Dadam 40 yildan ko'p vaqtdan beri moshina o'xshatadi.
Bizni shu ishdan pul topib boqqan.
40 yil ichida 30 tadan ko'p shogird chiqardi.
Ya'ni dadamni oldiga kelgan bolalar usta bo'lib chiqib ketgan va hozir o'shalar ham katta usta va har biridan yana kamida 5-10 tadan ko'p shogirdlar chiqib ular ham usta bo'ldi. Hozir pul topadi va oilasini boqadi. Moshina olgan, uy qurgan va hokazo.
Endi onlayn darslarni sotib olaveringlar.
Natijasini shu postni kommentiga yozib ketarsizlar.
Bu kechagi mavzuga mantiqiy yakun.
Tasavvur qilinglar, hozir kimdir sizlarga instagram orqali Ona tili fanidagi jarangdosh so'zlar yoki ergashtiruvchi qo'shma gaplar haqidagi onlayn kursini "Sotaman, 99% chegirma!" desa, sotib olasizlarmi?
Albatta yo'q.
Mobilagrafia haqidagi kurs yoki marketing, trening va boshqa kurslar ham shunaqa narsa bo'lib ko'rinishi kerak odamlarga.
Ya'ni, biz bularni maktabda o'rganganmiz, shart emas.
Xudoni qo'shib kontent qiladiganlar o'tiradi keyin, "Endi kimni qo'shib gapirsam kurslarim sotilarkan a?"
Zo'rmi? π @arrapiy
Xalq ta'limi vaziri kimni amakisi yoki dadasi bo'lsa, bu gapimni yetkazsin o'sha odamga.
Maktablarda ta'lim bepul, bu yaxshi.
Endi shu ta'limda maktabdagi fanlar qatoriga:
1. Mobilografia
2. Biznes
3. Marketing
4. Sotuv
5. Dizayn
6. SMM
7. Blogerlik
Fanlarini qo'shinglar. Haqiqiy o'z ishini ustalaridan har bir fan uchun video darsliklarni tasvirga yozib olinglar va bu darslarni onlayn platformaga joylashtiring.
Platformaga hamma o'quvchilar internet bor joyda kira oladi. Uyga vazifa bajarmasa keyingi dars ochilmaydigan qiling. Keyingi darslarni ko'rmay, umuman videolarni ko'rmasa attestatini bermanglar. Maktabni tugata olmasin.
Yakunda bu nima beradi degan savolga javob berib ketaman:
Yakunda bugungi kundagi it ham bit ham ruslarni YouTubeda joylagan BEPUL darslarini o'zbekchaga tarjima qilib xalqqa sota olmaydi.
Xalqdan pul olish uchun hozir hamma bitta qorong'u xonada, kamera, basharasiga yarim yorug'lik tushirgan, mikrafon, orqa fonda shkafga 4 ta kitobni bir-biriga suyab qo'yib o'zidan aqlli odamni yasab soqqa qilish uchun kontent qilyapti.
Kontent planlari bo'yicha videolari ham zo'r:
- Halollik;
- Baraka;
- Niyat qilish;
- SMM kursimizni 50% chegirma bilan oling;
- Ibodat;
- Xudoni tanish;
- Exson;
- Treningimizni 70% chegirma bilan oling...
va hokazo.
Mana shular jonga tegdi. Bularga bo'lgan talabni yo'q qilish uchun maktablarda shu darslar berilsin.
Shunda bular hech kimga hech narsa sota olmaydi.
Maktablar ham va nihoyat bolalarga kelajakda kerakli bo'ladigan bazaviy bilimlarni beradi.
Ana shunda bugungi kundagi instagramdagi motivatorlarga hech kimni kuni qolmaydi.
Rahmat. @arrapiy
Sandan xato topganlar bilmaydi xato nima,
Mandan so'ra tanishtiraman Odam Atoni man.
Ukraina-Rossiya o'rtasidagi xarbiy harakatlar davomida har ikkala davlatning bolalari o'lib ketyapti. Ukrainalik onalar ham qon yig'layapti, rossiyalik onalar ham xoru-zor bo'lib farzandlarining kishi tanimas bo'lib parchalanib ketgan va qayta yig'ilgan jasadlarini kutib olyapti.
Mana shunaqa tobutlar har ikkala mamlakatning xonadonlariga deyarli har kuni borayotganiga ham ikki yildan oshdi.
Mana shunaqa bir davrda ommaviy tadbirlar va ayniqsa bayram-konsertlarni tashkil etayotgan Rossiya hukumati terakt haqida emas, farzandlarining titilib ketgan jasadlari ustiga ko'z yoshlarini to'kayotgan onaizorlarning hurmati konsertlar va "xaxa-xixi"larni tashkillashtirmaslik haqida ozgina kallasini ishlatsa yaxshi bo'lardi o'zi.
Manimchada. @arrapiy
