en
Feedback
PSIXOEKSPERIMENT

PSIXOEKSPERIMENT

Open in Telegram

1. Ilmiy tadqiqotchi 2. Koreyalik (vaqtincha) 3. Immigrantshunos 4. Psixokonsultant (shaxsiydan murojaat qiling) 5. Double-PhDer 6. Psixolingvist Shaxsiy murojaatlar uchun : @ganiev_akhrorjon

Show more
1 109
Subscribers
+124 hours
No data7 days
-430 days
Posts Archive
KO'P GAPIRISH - LIDERLIK (-MI?) Ba’zan odamlarning qanchalik boshqalarga nisbatan ta'sir o'taka olishini uning nima deganiga
KO'P GAPIRISH - LIDERLIK (-MI?) Ba’zan odamlarning qanchalik boshqalarga nisbatan ta'sir o'taka olishini uning nima deganiga emas, qancha gapirganiga qarab baholaymiz. Go‘yoki kimning ovozi balandroq bo‘lsa, uning ta’siri ham kattaroqdek. Qiziq tomoni, bu qarash psixologik jihatdan tushunarli, lekin har doim ham to‘g‘ri emas. Yaqinda jamiyatimizda tadbir yakuni bo‘yicha majlis o‘tkazdik. Unda jamiyat mas’ullaridan tashqari bir nechta yosh talabalar ham qatnashdi. Odatim bo‘yicha majlisda ko‘proq tinglashni afzal ko‘raman, faqat o‘zim aytishim kerak deb hisoblagan fikrim bo‘lsa yoki mendan bevosita fikr so‘ralsa, gapiraman. Men buni kamchilik deb hisoblamayman. Aksincha, yaxshi majlis bitta odam gapirib, qolganlar bosh irg‘ab o‘tiradigan majlis emas, deb o‘ylayman. Majlisdan keyin yosh talabalardan biri menga:
Men sizni liderlardan deb o‘ylagandim. Lekin majlisda unchalik ko‘p gapirmadingiz. Shuning uchun unday emas ekansiz, shekilli
deb qolsa bo'ladimi. Bu gap menga qiziq tuyuldi. Chunki insonlar ko‘pincha ko‘rinadigan faollikni real ta’sir bilan adashtirib yuboradi. Kim ko‘proq gapiryapti, kim o‘z fikrini ishonch bilan aytyapti, kim suhbatni ko‘proq egallayapti, bu bizga bu odam lider degan taassurot berishi mumkin. Psixologiyada buni verbal dominance bilan bog‘lash mumkin ya'ni suhbatdagi yuqori faollik ba’zan liderlikning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi, ammo bu avtomatik ravishda kompetentlik yoki haqiqiy ta’sirni anglatmaydi. Odam majlisda 40 daqiqa gapirishi mumkin, ammo hech kim uning fikriga amal qilmasligi mumkin. Boshqasi esa 3 daqiqa gapirib, aynan kerakli paytda kerakli fikrni aytib, qarorni o‘zgartirishi mumkin. Birinchisi ko‘proq ko‘rinadi, ikkinchisi esa ko‘proq ta’sir qiladi. Shuning uchun liderlikni “u qancha gapirdi?” bilan emas, “uning fikri qanchalik hisobga olinadi?”, “qarorlarga ta’sir qila oladimi?”, “muhim masalalarda odamlar uning fikriga murojaat qiladimi?” kabi savollar bilan baholash ancha to‘g‘riroq.
Qisqasi, shu savolni bergan ukam confidence - competence emas, visibility - influence emas va talking - leadership emas.
Men uchun liderlik hech qachon majlisda eng ko‘p gapirishdan iborat bo‘lmagan. Men kerakli paytda gapirishni, kerak bo‘lmaganda esa tinglashni afzal ko‘raman. Chunki ba’zan liderning vazifasi xonadagi eng baland ovoz bo‘lish emas, balki xonada aytilayotgan ovozlar orasidan qaysi biri qaror uchun muhimligini anglashdir. Shuning uchun meni lider deb hisoblash yoki hisoblamaslik - albatta, har kimning o‘z qarashi. Faqat meni bir majlisdag sukutimga qarab baholash biroz shoshqaloqlik bo‘lsa keragoooov???? PSIXOEKSPERIMENT

Tekin narsa har doim ham tekin emas Avvalgi postdagi savolga javob sifatida ko‘pchilikning fikrlarini o‘qib chiqdim. Qiziq to
Tekin narsa har doim ham tekin emas Avvalgi postdagi savolga javob sifatida ko‘pchilikning fikrlarini o‘qib chiqdim. Qiziq tomoni, bu holat men o‘ylaganchalik noodatiy emas ekan. Men o‘sha kafega borishni davom ettirgan vaqtimda, aslida egasining menga qilayotgan munosabati o‘zgarmagan edi. U hammaga bir xil samimiy muomalada bo'ldi. Demak, muammo uning xatti-harakatida emas, balki mening bu xatti-harakatni qanday qabul qila boshlaganimda bo‘lishi mumkin edi. Psixologiyada bunga yaqin tushunchalardan biri reciprocity norm - o‘zaro qaytarlik normasi deb ataladi. Insonlar odatda ijtimoiy munosabatlarda olgan narsasiga javob qaytarishga moyil. Kimdir bizga yaxshilik qilsa, ongimiz ko‘pincha buni shunchaki berildi va tugadi deb qabul qilmaydi. Ichimizda juda kichik bo‘lsa-da:
Men ham bunga javoban nimadir qilishim kerak.
degan signal paydo bo‘lishi mumkin. Bu yerda yana bir qiziq farq bor, minnatdorchilik va qarzdorlik hissi bir xil narsa emas. Minnatdorchilik: U menga yaxshilik qildi. Men bundan xursandman. Qarzdorlik hissi esa: U menga yaxshilik qildi. Endi men ham nimadir qaytarishim kerak. Tashqaridan ikkalasi ham bir xil ko‘rinishi mumkin. Ammo ichki tajriba butunlay boshqacha bo'ladi. Aynan shu sababli tekin berilgan narsa har doim ham psixologik jihatdan tekin bo‘lavermaydi. Bu hodisa biznes va behavioral economics uchun ham juda qiziq. Masalan, restoran yoki do‘kon sizga kichik sovg‘a beradi. Siz buni yoqimli belgi sifatida qabul qilishingiz mumkin. Ammo sovg‘a sizda endi men ham biror narsa qilishim kerak degan hissiyot uyg‘otsa, u allaqachon oddiy sovg‘adan ijtimoiy majburiyat signaliga aylangan bo‘ladi. Marketing tadqiqotlarida ham reciprocity tamoyili mijozlarning xatti-harakatini tushuntirishda ko‘p muhokama qilinadi. Insonlar faqat iqtisodiy qiymatni emas, ijtimoiy qarzdorlikni ham hisobga oladi. Lekin mening kafedagi vaziyatimda yana bir muhim detal bor edi: Kafe egasi buni faqat menga qilmasdi. Hammaga shunday muomalada bo'lardi. Shuning uchun bu yerda u mendan nimadir kutyapti degan xulosaga kelish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ehtimol, uning niyati shunchaki mehmondo‘stlik va o'xshash yangi mijozlarni kafega ko'proq jalb etish edi. Demak, noqulaylikning manbai har doim ham boshqa insonning niyati emas. Ba’zan bizning miyamiz ijtimoiy vaziyatni qanday talqin qilayotganida. O'ylab qarasam, yana bir qiziq va asosli jihat bor ekan... Birinchi kuni berilgan shirinlik menga sovg‘a bo‘lib tuyuldi. Beshinchi kuni berilgani esa ongimda beixtiyor endi bu takrorlanadigan munosabatga aylandi degan ma’no kasb eta boshladi. Ya’ni, bir xil xatti-harakat takrorlangani sari uning psixologik ma’nosi o‘zgarishi mumkin. Shu sababli men boshqa kafega ketishni xohlaganimni “bu odam menga yoqmayapti” deb tushunmagan bo'lardim. Balki men shunchaki o‘zimni hech kimga qarzdor his qilmaydigan, bemalol kirib, pulimni to‘lab, o‘tirib, o‘qib va chiqib ketadigan neytral muhitni xohlagandirman.
Ba’zan odamni noqulay qiladigan narsa yomon munosabat emas. Haddan tashqari yaxshi munosabat ham bo‘lishi mumkin.
 Lekin bu odamlar sizga yaxshilik qilsa, undan qoching degani emas. Aksincha, masala yaxshilikda emas, uni biz qanday ma’noda qabul qilishimizda. Shuning uchun keyingi safar kimdir sizga qayta-qayta yaxshilik qilsa, o‘zingizdan bir narsani so‘rab ko‘ring:
Men bundan minnatdormanmi yoki o‘zimni qarzdor his qilyapmanmi?
Balki ikkalasining orasidagi juda kichik farq bizning butun hissiy tajribamizni o‘zgartirayotgandir. PSIXOEKSPERIMENT

Bir necha hafta oldin yangi ochilgan bir study cafega borishni boshladim. Kafe egasi juda samimiy, muloyim inson ekan. Birinchi kuni borganimda biroz shirinlik va muzqaymoq berib, yangi ochildik tez tez kelib turing deb iltimos qildi. Keyingi kuni borganimda yana shirinlik bilan mehmon qildi. Undan keyingi kuni ham. Har safar iliq kutib oladi, “yaxshi o‘qing” deb kuzatadi. Lekin bu yaxshi munosabat faqatgina menga emas, hamma uchun shunday. Avvaliga bu menga juda yoqimli tuyuldi. Lekin bir necha kundan keyin negadir o‘zimni noqulay his qila boshladim. Eng qizig‘i - odamning o‘zida hech qanday yomonlik ko‘rmayapman. Aksincha, juda yaxshi muomala qiladi. Kafening o‘zi ham menga yoqadi. Shunga qaramay, bugun boshqa kafega borib ko‘rgim keldi. Shunda o‘zimga bir savol berdim: Nega ba’zan bizga qilinayotgan yaxshilikning o‘zi noqulaylik tug‘diradi? Bu faqat menda shundaymi yoki sizlarda ham shunaqa holat bo‘lganmi? Kimdir sizga qayta-qayta yaxshilik qilsa, sovg‘a bersa yoki alohida e’tibor ko‘rsatsa, bir payt kelib, “endi men ham nimadir qilib qaytarishim kerak” degan hissiyot paydo bo‘ladimi? Yoki aksincha, siz buni shunchaki samimiylik deb qabul qilasizmi? Qiziq, bu oddiy shaxsiy hissiyotmi yoki uning ortida ancha chuqurroq psixologik mexanizm bormi? Men bu haqda biroz izlanib ko‘rdim. Javobi esa kutilganidan ancha qiziqroq ekan avval sizlarni ham eshitib keyin o'zimni qimmatli ma'lumotlarim bilan bo'lishaman. PSIXOEKSPERIMENT

Va nihoyat, ikkinchi PhD uchun dissertatsiyamning yakuniy qoralamasi ham komissiya a'zolariga topshirish uchun tayyor bo'ldi.
+1
Va nihoyat, ikkinchi PhD uchun dissertatsiyamning yakuniy qoralamasi ham komissiya a'zolariga topshirish uchun tayyor bo'ldi. Buyog'iga, eng qiyin va eng qisqa joyi qoldi...😊😊😕.

#shaxsiy #munosabat Namanganda 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqidagi xabar yana bir bor jamiyatda kuchli g‘azab uyg‘otdi. Bunday voqea oldida g‘azablanish tabiiy. Ammo aynan shunday vaziyatlarda hissiyot bilan ilmiy tushunchalarni aralashtirib yubormasligimiz kerak. Chunki bugun pedofil so‘zi ko‘pincha bolaga jinsiy tajovuz qilgan har qanday odamga nisbatan ishlatilmoqda. Aslida esa bu ikki tushuncha bir xil emas. Pedofiliya - klinik tushuncha. U balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan barqaror va takroriy jinsiy qiziqish bilan bog‘liq psixiatrik holat sifatida tasniflanadi. Bu esa pedofiliya mavjud bo‘lgan har bir inson albatta bola bilan jinsiy aloqa qiladi degani emas. Xuddi shuningdek, bolaga jinsiy tajovuz qilgan har bir shaxs ham klinik mezonlar bo‘yicha pedofil bo‘lavermaydi. Bu farqni aytish jinoyatchini oqlash emas; aksincha, muammoni to‘g‘ri tushunish va uning oldini olish uchun zarur. DSM-5-TR mezonlari bo‘yicha odatda: 1. nishon - balog‘atga yetmagan bola, odatda 13 yosh yoki undan kichik; 2. tashxis qo‘yilayotgan shaxs kamida 16 yoshda bo‘lishi va bola bilan kamida 5 yosh farq qilishi kerak; 3. Masalan, 30 yoshli odamning 15 yoshli o‘smir bilan jinsiy munosabati yurisdiksiyalarda jinoyat bo‘lishi mumkin, lekin bu holatning o‘zi avtomatik ravishda pedofilik buzilish tashxisi degani emas. Klinik mezon va qonuniy mezonlar bir xil emas. Tasavvur qiling: bir inson o‘zida bolalarga nisbatan xavfli jinsiy mayl borligini anglaydi, bundan qo‘rqadi va hech qanday bolaga zarar yetkazmaslik uchun mutaxassisdan yordam olishni xohlaydi. Agar jamiyat unga faqat “sen maxluqsan” yoki “sen jinoyatchisan” desa, u yordam izlashga qanchalik jur’at qiladi? Tadqiqotlarda stigma, uyat va ijtimoiy-huquqiy oqibatlardan qo‘rqish bunday odamlarning professional yordamga murojaat qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Demak, biz bolalarni himoya qilishni istasak, xavfli mayl paydo bo‘lgan, ammo hali jinoyat sodir etmagan odamni ham mutaxassisga murojaat qilish imkonidan mahrum qiladigan muhit yaratmasligimiz kerak. Bu yerda eng muhim chegara esa juda aniq, jinsiy mayl boshqa, jinsiy zo‘ravonlik boshqa. Bola bilan jinsiy aloqa qilish, uni jinsiy ekspluatatsiya qilish yoki unga tajovuz qilish - jabrlanuvchiga real zarar yetkazadigan xatti-harakat va bunday jinoyat sodir etgan shaxs qonun oldida javob berishi kerak. Bola esa hech qachon aybdor emas. Shu sababli pedofil degan so‘zni har qanday bolaga jinsiy tajovuz qilgan odamga avtomatik yopishtirish ham, aksincha, pedofilik maylni mavjudligi sababli odamni avtomatik ravishda jinoyatchi deb e’lon qilish ham ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas. Endi eng bahsli masalaga kelamiz: jazoning yanada og‘ir bo‘lishi jinoyatning oldini avtomatik ravishda oladimi? Jamoatchilikning umrbod qamoq, o‘lim jazosi yoki kastratsiya kabi eng og‘ir choralarni talab qilishi bunday jinoyatlarning naqadar og‘ir qabul qilinishini ko‘rsatadi. Lekin kriminologik tadqiqotlar boshqa muhim omilni ko‘rsatadi, jinoyatchining aniqlanishi va jazolanishining muqarrarligi ko‘pincha jazoning shunchaki og‘irligidan kuchliroq deterrent (tiyib turuvchi) omil bo‘ladi. Ya’ni jazoni 20 yildan umrbodga oshirishning o‘zi, jinoyat shu nisbatda kamayishini ilmiy jihatdan kafolatlamaydi. Bundan tashqari, jinoyat sodir etgan shaxslar bilan olib boriladigan ayrim ixtisoslashgan davolash va reabilitatsiya dasturlari qayta jinoyat sodir etish xavfini kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatgan tadqiqotlar mavjud. Bu dasturlar mukammal yoki barcha holatlarda bir xil samarali degani emas. Ammo mavjud dalillar bizga bitta narsani ko‘rsatadi, “faqat jazoni maksimal darajaga yetkazish” jinoyatning oldini olish bo‘yicha yagona ilmiy strategiya emas. Shuning uchun menimcha, savolni faqat jinoyatchini qanday qilib eng qattiq jazolaymiz? deb qo‘yish yetarli emas. Bundan ham muhimroq savol bor: Qanday qilib keyingi bolaning jabrlanuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz? Buning uchun jazodan tashqari erta aniqlash, bolalar bilan ishlaydigan muassasalarda kuchli nazorat, ishonchli xabar berish mexanizmlari, xavf ostidagi shaxslar uchun professional yordam va jinoyat sodir etganlar uchun javobgarlik bilan birga qayta jinoyat xavfini kamaytirishga qaratilgan nazorat va davolash tizimlari ham kerak. Chunki jinoyat sodir bo‘lgandan keyin eng og‘ir jazo berish bolaning boshiga tushgan voqeani ortga qaytarmaydi. Haqiqiy profilaktika esa jinoyat sodir bo‘lishidan oldin xavfni ko‘ra olishdan boshlanadi. Men pedofilni avtomatik ravishda maxluq deb atashni ilmiy nuqtayi nazardan to‘g‘ri deb hisoblamayman. Men jinoyatchini oqlashni ham, bolaning boshiga tushgan zo‘ravonlikni yumshatishni ham nazarda tutmayapman. Aksincha, men bir-biridan farqli uchta narsani aniq ajratishni istayman: klinik mayl, jinoyat va jinoyatchiga nisbatan qonuniy javobgarlik. Odamni maxluq deb atash oson. Ammo xavfni jinoyat sodir bo‘lishidan oldin aniqlash, uni to‘xtatish va bolani himoya qilish ancha murakkab. Shuning uchun bolalarni himoya qilish siyosati faqat g‘azabga emas, ilm, profilaktika, nazorat va qonuniy javobgarlikka ham tayanishi kerak. Bola aybdor emas. Hech qachon. Jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, javobgarlik muqarrar bo‘lishi kerak. Ammo jinoyatga qarshi kurash faqat qattiq jazo bilan emas, uni sodir bo‘lishidan oldin to‘xtata olish bilan ham o‘lchanadi. PSIXOEKSPERIMENT

Kech bo'lganda, ozroq motivatorlik qilgim kelib qoldi😊 Kichik muhit katta imkoniyatni sig‘dira olmaydi Koi baliqlari haqida
Kech bo'lganda, ozroq motivatorlik qilgim kelib qoldi😊 Kichik muhit katta imkoniyatni sig‘dira olmaydi Koi baliqlari haqida mashhur bir biologik fakt bor, bu baliqlari kichik idishda kichik bo‘lib qoladi, kattaroq hovuzda esa uning o‘sishi uchun imkoniyat kengayadi. Va bu Koi’s Law yani Koi qonuni deb ataladi. Bu biologik qonun emas. Ammo metafora sifatida juda mashxur. Chunki inson ham ma’lum ma’noda o‘z muhitining mahsuli. Agar atrofingdagi odamlar faqat “bo‘lmaydi”, “qiyin”, “senga kerak emas”, "qo'lingdan kelmaydi" desa, vaqt o‘tishi bilan sen ham o‘z imkoniyatlaringni shu chegaralar ichida tasavvur qila boshlaysan. Agar esa seni fikrlashga, o‘rganishga, tavakkal qilishga va o‘sishga majbur qiladigan muhitga kirsang, sening “imkoniyatlar chegarang” ham o‘zgaradi. Shaxsan o'zim hayotimda buni bir necha marta his qilganman. Ba’zi joylarda men o‘zimni juda katta deb o‘ylardim. Boshqa joylarga kirganimda esa, aslida hali qanchalik kichik ekanimni tushundim. Katta muhit seni avtomatik ravishda buyuk qilmaydi. Lekin u senga ilgari tasavvur ham qilmagan narsalarni ko‘rish, sinash va o‘zingni qayta qurish imkonini beradi. Shuning uchun ba’zan: “Nega men o‘smayapman?” deb so‘rashdan oldin, “Men qanday muhitda yashayapman?” deb so‘rab ko‘rish kerak. Balki sening chegarang qobiliyatingda emasdir. Balki idishing ya'ni sen suzayotgan akvarium kichiklik qilayotgandir. PSIXOEKSPERIMENT

MANA BUNI QARANGLAR 😄😄😄 Men shaxsan hozirgi kunda yashayotgan Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha Osiyo birinchiligi o‘tkazilayotganini eshitgandim. Lekin taekvondo bu darajada rivojlanib, shunchalik innovatsion formatlarga kirib borayotganini bilmagandim. Gap virtual taekvondo haqida. 🥋🎮 Oddiy videoo‘yindan farqli ravishda, sportchining real jismoniy harakatlari texnologiya yordamida raqamli muhitdagi jangga aylantiriladi. Lekin buning maqsadi menimcha shunchaki texnologiya qo‘shish emas. Asosiy maqsad, videoo‘yinlarga tobora ko‘proq qiziqayotgan yoshlarni yana sportga jalb qilish, taekvondoni esa yangi avlod uchun zamonaviyroq va qiziqarliroq formatda saqlab qolish. Undan tashqari bu real taekvondoga nisbatan anchagina xavfsiz ham. Shu sababli virtual taekvondo Osiyo o‘yinlarida medal uchun bahs qilinadigan sport turi sifatida debyut qilishi rejalashtirilayotgan ekan. An’anaviy jang san’ati + raqamli texnologiya. Texnologiyani ko'rganmanu lekin bunaqasini....😁😁😁 PSIXOEKSPERIMENT

#mutolaa Yana bir kattagina va ilmiy postdan avval bir qizib olsak nima deysizlar? Kanalimda kitob o'qishni odatga aylantirga
#mutolaa Yana bir kattagina va ilmiy postdan avval bir qizib olsak nima deysizlar? Kanalimda kitob o'qishni odatga aylantirgan va doimiy mutolaa bilan shug'ullanuvchilar ham ancha bo'lsa kerak deb umid qilaman. E'tiboringizga o'zimni Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan MUTOLAA dasturidagi hozirgacha bo'lgan statistikamni xavola etyapman. Natijalarim ham yomon emas, 2026-yil boshidan hozirgacha 22 ta kitob tamomlapman, kunlik o'rtacha mutolaa vaqti 30, kunlik rekordim esa 846 daqiqa ekan. Sizlarda vaziyat qanday, sahifangizdagi faolligingizni screenshot orqali bo'lisha olasizmi🤔? Umuman olganda qaysi kitoblar mutolaasi bilan bandsiz hozirda? PSIXOEKSPERIMENT

+1
Koreyaning Chunchon shaxrida (Qish sonatasi suratga olingan ramantik shaxar😊😊) jamiyatimizning 5-Book Club (Kitob o'qish odatini shaklantirishga qaratilgan loyiha) yig'ilishini muvaffaqiyatli o'tkazib oldik. Bu safar safimizga anchagina yangi ishtirokchilar ham qo'shilishdi. O'qib kelingan kitoblar ham hamma uchun juda manfaatli bo'ldi: Harvard metodi, Ulamolar nazdida vaqtning qadri, Atom odatlar, Jinoyat va jazo, Benazir Imom, Olamlarga rahmat Paygambar, O'nta negr bolasi, Men shular jumlasidandir. Xullas o'tkazilgan 4 soat vaqtning xar daqiqasi qimmatli va qadrli bo'ldi. PSIXOEKSPERIMENT

Yana bir kuchli post, ISHONCHNING RADIUSI HAQIDA Nega bizda “tanish-bilishing bormi?” degan savol “o‘zim buni qanday uddalasam bo‘ladi?” degan savoldan oldin keladi? Shu yil boshida Toshkentda PhD himoyamdan oldin bir hujjatni rasmiylashtirishim kerak edi. Shu muommo bo'yicha, bir kunning o‘zida uch kishi menga deyarli bir xil savol bilan murojaat qilishdi: “U yerda tanishlaring bormi? Ishingni bitirib beradigan?” Hech kim “Buning qonuniy tartibi qanday va amalgi oshirish bosqichlari qanaqa ekan?" deb ham so‘ramadi. Avvalari buni shunchaki tizimdagi muammo deb o‘ylardim. Hozir esa bu holat menga ancha chuqurroq narsani ko‘rsatadigandek tuyuladi ya'ni jamiyatda ishonch kimga va qanday taqsimlanganini. Frensis Fukuyama 1995-yilda yozgan Trust kitobida jamiyatlarni “ishonch radiusi” orqali ham tushuntiradi. Ba’zi jamiyatlarda ishonch asosan oila, qarindoshlar va yaqin tanishlar doirasida qoladi. Notanish odamga ishonish esa hatto soddalik yoki ahmoqlik sifatida ko‘rilishi mumkin. Boshqa jamiyatlarda esa notanish odamga dastlab ishoniladi, ishonch buzilsa, keyin undan voz kechiladi. Fukuyamaning asosiy fikrlaridan biri shuki, katta tashkilotlar, korporatsiyalar va samarali davlat institutlarini qurish uchun aynan shu kengroq ijtimoiy ishonch juda muhim. Bu bo'yicha World Values Survey ham katta tadqiqotlar o'tkazgan. Respondentlardan: “Umuman olganda, ko‘pchilik odamlarga ishonish mumkin deb o‘ylaysizmi?” deb so‘raladi. Skandinaviya mamlakatlarida bunga ijobiy javob beruvchilar 60 foizdan oshadi. Braziliya, Filippin va Peru kabi mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 10 foizga ham yetmaydi. O‘zbekistonda ham 2011-yilgi so‘rovda bu ko‘rsatkich taxminan 10 foiz atrofida bo‘lgan. Lekin bu raqamlarni ehtiyotkorlik bilan talqin qilish kerak. Delhey, Newton va Welzel 2011-yilda juda muhim bir jihatga e’tibor qaratgan, ko‘pchilik odamlar degan ibora turli jamiyatlarda turlicha tushunilishi mumkin. Masalan, koreys yoki xitoylik respondent bu savolni o‘zining tanishlar doirasi haqida tushunishi mumkin, norvegiyalik esa butun jamiyatni nazarda tutishi ehtimol. Demak, bir xil savolga berilgan bir xil javob ortida aslida turli tushunchalar turishi mumkin. Xo‘sh unda, bu farq qayerdan keladi? Schulz, Bahrami-Rad, Beauchamp va Henrich 2019-yilda Science jurnalida bunga qiziq tarixiy izoh taklif qilgan. Ularning tadqiqotiga ko‘ra, G‘arbiy Yevropada o‘rta asrlarda cherkov tomonidan amakivachchalar o‘rtasidagi nikoh, ko‘p xotinlilik va katta qarindoshlik tuzilmalariga qo‘yilgan cheklovlar vaqt o‘tishi bilan qarindoshlik aloqalarini zaiflashtirgan. Qarindoshlik tarmog‘i zaiflashgani sari odamlar oila va qarindoshlardan tashqaridagi insonlar bilan hamkorlik qilishga ko‘proq ehtiyoj sezgan. Mualliflar zamonaviy ma’lumotlarda ham cherkov ta’siri tarixan kuchliroq bo‘lgan hududlarda umumiy ishonch yuqoriroq, nepotizm esa pastroq ekanini ko‘rsatgan. Ya’ni juda soddalashtirib aytganda:
qarindoshlik doirasi qanchalik zich bo‘lsa, ishonch radiusi shunchalik tor bo‘lishi mumkin.
Bu nazariya menga o‘zimizdagi ayrim holatlarni boshqacha ko‘rishga yordam berdi. O‘zbek jamiyati tarixan mahalla, qarindoshlik, urug‘ va katta oila kabi yaqin ijtimoiy tarmoqlar atrofida shakllangan. Qarindoshga yordam bermaslik ko‘pincha axloqiy jihatdan yomon ish deb qaraladi. Notanish odamga yordam berish esa ko‘proq shaxsiy saxovat sifatida ko‘riladi. Shunday sharoitda “tanish-bilishchilik”ni faqat korrupsiya yoki qonunbuzarlik sifatida ko‘rish yetarli emasdek tuyuladi. Uning ortida uzoq vaqt davomida shakllangan ijtimoiy ishonch modeli ham bor. Bu, albatta, tanish-bilishchilikni oqlamaydi. Aksincha, muammo shundaki, agar inson uchun “ishimni bitirib beradigan odam” qonunning o‘zidan ishonchliroq bo‘lib qolsa, faqat qonunni o‘zgartirishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Odamlar notanish inson bilan hamkorlik qilishga, tizimga ishonishga va muammoni tanish orqali emas, qonuniy yo‘l bilan hal qilish mumkinligiga ishonishni ham o‘rganishi kerak. Shuning uchun post yakunida sizdan so'ramoqchiman: Oxirgi marta jiddiy muammoga duch kelganingizda, yechimni birinchi bo‘lib qayerdan qidirdingiz, rasmiy yo‘ldanmi yoki tanish orqali? Va agar tanish orqali bo‘lsa, buni o‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblaysizmi? PSIXOEKSPERIMENT

Qattiq va yumshoq madaniyatlar (2-qism) So'nggi paytlarda madaniyat psixologiyasiga qiziqishim tobora kuchayib bormoqda. Saba
Qattiq va yumshoq madaniyatlar (2-qism) So'nggi paytlarda madaniyat psixologiyasiga qiziqishim tobora kuchayib bormoqda. Sababi shundaki, ikki xil jamiyatda yashab, bir savolga qayta-qayta duch kelaman, nega bir joyda tabiiy tuyulgan narsa boshqa joyda "noo'rin" hisoblanadi? Avvalgi mana bu postda qattiq va yumshoq madaniyatlar haqida yozgandim. Bu safar nazariyani hayotdan olingan misollar bilan tekshirib ko'rmoqchiman. Koreyada metroda telefonda baland gaplashish deyarli uchramaydi, hech kim taqiqlamagan, lekin hamma sukut saqlaydi. Professorga ism bilan murojaat qilish tasavvur qilib bo'lmas holat, gap tuzilishi yoshga qarab 7 xil darajagacha o'zgaradi. Germaniyada yarim tunda, ko'chada birorta mashina bo'lmasa ham, piyodalar qizil chiroqda turib kutadi. Singapurda saqichni ko'chada chaynash qonun bilan cheklangan. Bularning barchasi - Gelfand tadqiqotida qattiq deb baholangan jamiyatlar. Niderlandiyada esa talaba professorni ismi bilan chaqiradi, velosipedda yuqori mansabdor ham, talaba ham bir xil yo'lda yuradi, universitet ichida oyoq yalang yurgan odam hech kimni hayratlantirmaydi. Braziliyada uchrashuvga 20 daqiqa kechikish, kechikish emas, odat hisoblanadi. Bular yumshoq madaniyatga misollardir. Afsuski, O'zbekistonga qarasam, bizda qattiqlik boshqa sohalarda ko'rinadi: to'yga nechta odam chaqirish, qudaga nimalar olish, qizning necha yoshda turmushga chiqishi, katta gapirganda kichikning sukut saqlashi, hatto qo'shnining ko'chaga qanday kiyinib chiqqani - bularning hech biri qonunda yozilmagan, lekin qoidalar aniq va buzganlik qimmatga tushadi. Ayni paytda ish vaqtiga rioya qilish yoki navbatda turish kabi rasmiy qoidalarda biz ancha yumshoqmiz. Ya'ni bir jamiyat bir vaqtning o'zida ham qattiq, ham yumshoq bo'lishi mumkin, faqat sohalari farq qiladi. Meni qiziqtirayotgan savol endi shu, bizdagi qattiqlik nega aynan to'y, oila, yosh va obro' atrofida to'plangan, rasmiy institutlar atrofida emas? Bu tarixiy tasodifmi, yoki jamiyat o'z tartibini davlat emas, mahalla orqali qurganining izimi? Fikringiz qiziq... PSIXOEKSPERIMENT

Yuqoridagi ko'chirmalarga izohlar. Eng oxirgi: piyoz archish usuli @v_turakulov_mutolaa

Yuqoridagi ko'chirmalarga izohlar. Eng oxirgi: piyoz archish usuli @v_turakulov_mutolaa

Odamlar nima deydi? savolining psixogeografiyasi Koreyada yashab, o'zbeklar jamiyatini masofadan kuzatish menga ko'p narsani
Odamlar nima deydi? savolining psixogeografiyasi Koreyada yashab, o'zbeklar jamiyatini masofadan kuzatish menga ko'p narsani ochiqchasiga tushuntiradi, bizni bir-birimizdan ajratib turadigan asosiy narsa qadriyatlar emas, qoidalarning qattiq yoki yumshoqligidir. Ijtimoiy psixologiyada buni Michele Gelfand "tight–loose" (qattiq–yumshoq) nazariyasi orqali tushuntiradi. Qattiq madaniyatlarda yozilmagan qoidalar ko'p va ulardan chekinish qimmatga tushadi. Yumshoq madaniyatlarda esa normaning chegarasi kengroq, boshqacha bo'lish jazolanmaydi, ko'pi bilan e'tiborga olinmaydi. E'tibor bering, gap yaxshi yoki yomon odamlar haqida emas. Gap jamiyatning tarixi haqida bormoqda. Gelfandning ma'lumotlariga ko'ra, qattiq madaniyatlar ko'proq urush, epidemiya, tabiiy ofat va resurs tanqisligini boshdan kechirgan jamiyatlarda shakllanadi. Xavf ostida yashagan xalq uchun tartib - hashamat emas, omon qolish vositasi hisoblangan. Bizning ham odamlar nima deydi? degan savolimiz, ehtimol, aynan shu tarixiy xotiraning aks-sadosidir. Men buni ayb sifatida emas, diagnoz sifatida aytyapman. Qattiqlik jamiyatga hamjihatlik va ishonchlilik beradi. Yumshoqlik tajriba qilish va individuallik uchun kenglik ochadi. Ikkalasining ham ijobiy va salbiy jihatlari bor. Lekin bir farqni ajrata olish kerak. Biror narsani noto'g'ri deganimizda, biz haqiqatan axloqiy xulosa chiqaryapmizmi yoki shunchaki o'z jamiyatimizning odatidan chetga chiqqan narsaga g'alati tamg'asini bosyapmizmi? Bu ikkisi juda o'xshab ketadi. Ammo ular bir narsa emas. PSIXOEKSPERIMENT

Endi Biroz maqtanib ham olsam... 😄 Eslasangiz, yaqinda 5-sentyabr kuni men yashayotgan Chuncheon shahrida, o‘zim tahsil olayotgan Kangwon Milliy Universitetida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan Koreya bo‘ylab katta “Zakovat” turniri tashkil qilgan edik. Eng qiziq tomoni, turnirda “Zakovat” federatsiyasi prezidenti va "DIQQAT SAVOL" ovozi egasi — Abdurasul Abdullayev shaxsan ishtirok etib, o‘yinni olib bordilar. To‘g‘risi, Chuncheon O‘zbeklar Jamiyatidagi faollar va mas’ullar qatori men ham bu tadbir uchun ancha yugurdim, ishladim, asabiylashdim😄. Ammo yakunda tadbir juda yaxshi kayfiyatda va yuqori ruhda o‘tdi.
Bugun esa uning yana bir kichik “natijasi”ni ko‘rdik - tadbirimiz “O‘zbekiston 24” telekanali orqali ham namoyish etilibdi. 📺🇺🇿
Jamiyatimizning barcha a’zolari va bu tadbir uchun mehnat qilganlarni chin qalbimdan tabriklayman! Aytgancha, videoning ayrim joylarida o‘zim ham “kadrga tushib qolganimni” ko‘rib, alohida xursand bo‘ldim. 😄 Chunki, chamasi, bu hayotimda ilk marta rasmiy davlat telekanalida ko‘rinish berishim bo‘lsa kerak. Davomli bo'lsinaaaa😄. Xullas, tarixiy lahzani qayd qilib qo‘yaylik. Biroz maqtanishga ham haqqimiz borku axir to'g'rimi? 😄 PSIXOEKSPERIMENT

📚 Katta maqsadni qanday "maydalash" mumkin? Kuni kecha Chunchon O‘zbeklar Jamiyatining 5-Book Club tadbirida Vey Syuinning “
📚 Katta maqsadni qanday "maydalash" mumkin? Kuni kecha Chunchon O‘zbeklar Jamiyatining 5-Book Club tadbirida Vey Syuinning “Harvard metodi” kitobi bo‘yicha taqdimot qildim. Kitobdagi menga eng qiziq tuyulgan usullardan biri - katta maqsadlarni kichik va aniq bosqichlarga ajratishga asoslangan “piyoz archish” yoki dekompozitsion fikrlash usuli bo‘ldi. Ko‘pchiligimiz katta maqsad qo‘yamiz, ammo aynan shu maqsadning kattaligi ba'zan bizni harakatdan to‘xtatib qo‘yadi. Masalan, men o‘zim uchun juda uzoq va katta bir maqsad sifatida Nobel mukofotiga munosib ilmiy natijaga erishishni tasavvur qildim. Albatta, bir muhim aniqlik bor, psixologiya bo‘yicha alohida Nobel mukofoti berilmaydi. Biroq psixologik tadqiqotlar boshqa sohalarga fundamental ta’sir ko‘rsatishi va Nobel darajasidagi e’tirofga olib kelishi mumkin. Buning yorqin misollaridan biri biz hammamiz yaxshi taniydigan Daniel Kahneman. U psixolog bo‘lsa-da, uning inson qaror qabul qilishi va hukm chiqarishi bo‘yicha tadqiqotlari xulq-atvor iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi va u Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shuning uchun rasmdagi “Nobel mukofoti” men uchun shunchaki mukofotning o‘zi emas, balki psixologiya va behavioral psychology yo‘nalishida insoniyat uchun katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijaga erishish ramzi sifatida qo‘yilgan. Ammo bunday maqsadga bugun bir kunda erishib bo‘lmaydi. Uni “piyoz” kabi qatlamlarga ajratish kerak, ya'ni:
katta ilmiy yo‘nalish → o‘rta muddatli ilmiy natijalar → aniq bir yillik maqsadlar → haftalik va kundalik harakatlar.
Psixologik jihatdan ham bu juda muhim, uzoq va mavhum maqsadni inson bevosita nazorat qila olmaydi. Ammo bugungi aniq harakatini bemalol nazorat qilishi mumkin. Shuning uchun katta maqsad aslida bitta ulkan sakrash emas. U to‘g‘ri yo‘nalishda takrorlangan yuzlab va minglab kichik qarorlarning yig‘indisidir. Ana endi hamma uchun qiziq savol, sizning “Nobel mukofotingiz” nima? Va eng muhimi, unga olib boradigan bugungi birinchi qadamingiz qaysi? PSIXOEKSPERIMENT

Inson naqadar ojiz... Inson naqadar ojiz mavjudot ekanini tug‘ilganimizning o‘zi ham isbotlaydi. Oddiygina misol, chaqaloq tug‘ilgach, taxminan bir yilcha yurishga qodir bo‘lmaydi. To‘liq fikrlarini ifodalashi uchun esa yana bir necha yil kerak bo‘ladi. Shu vaqt davomida u butunlay boshqalarga bog‘liq va mustaqil emas. Holbuki, delfinlar tug‘ilishi bilan suza boshlaydi. Jirafalar bir necha soat ichida oyoqqa turadi. Hatto zebra bolasi 45 daqiqa ichida yugurishga qodir bo‘ladi. Biz esa hayotning boshidan shunchalik ojizmizki, yolg‘iz qolgan holda yashab ham keta olmaymiz. Ehtimol, insonning eng katta kuchi uning kuchida emasdir. Balki uning boshqalar bilan birga yashashni, yordam so‘rashni va bir-biriga suyanishni o‘rganishidadir. Siz nima deb o'ylaysiz? PSIXOEKSPERIMENT