cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Asad Ongarbaev | Nisbiy fikrlar

– Dush qabul qilayotganimda kelib qolgan fikrlar. O'zimni aqlli ko'rsatish uchun blog yozaman :) Fikrlar xato bo'lishi mumkin va fikrlarimiz mos kelmasligi meni "tupoy" degani emas. X'da: x.com/asadbecko_ Reklama olinmaydi/almashilmaydi. @CAXAPSHOU

Show more
UzbekistanThe language is not specifiedPsychology21 746
Advertising posts
333
Subscribers
No data24 hours
-27 days
+1930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Orzularing o'zingnikimi? Esingdami senda katta bo'lsang kim bo'lasan deganida nima deb javob berganding? Ko'pchilik 5 yoshda - harbiy, 8 yoshda - prezident, 10 yoshda - biznesmen va 15 yoshda "Shu biror kresloning egasi bo'lsam bo'ldi-da" deb javob beradi. Lekin gap bu haqida emas. Hech qiziqib ko'rganmisan, shu biz xohlayotgan orzularimizni o'zimiz ich-ichimizdan haqiqatdan ham xohlaymizmi? Afsuski, ko'p hollarda yo'q. Ota-ona, mahalla-ko'y, jamiyat xohlagani uchun shu mening orzuim deb o'ylaysan. Bolada orzu shakllanishiga eng katta sabab bu u joylashgan muhit. Oldin aytganimdek, mening uyimdagilar doktor va uyimdagi hamma kitoblar shunga oid bo'lsa men ham medicinaga qiziqishim mumkin. Lekin, uyimdagilar xohlaganligi uchun emas o'zim qiziqganligim uchun shu sohaga topshiraman. Bunaqa qilib bolani qiziqishini orttirsa zo'r. A bizda nima qilishadi, bola medicinani 'm' harfini ham tushunmasa da ota-ona "o'glim soqqani bari medicinada" deb medicinaga o'qitishadi. Keyin undan o'z ishini sevmaydigan sifatsiz kadr yetilishib chiqadi. Men bunda ota-onalarni ayblamoqchi emasman. Ular ham farzandlarim yaxshi yashasin deydi. Farzandining o'z yolini topishida riskka yo'l qo'yishni istamaydi. Agar siz o'zingiz xohlaydigan sohani ota-onangizda tushuntira olmayotgan bo'lsangiz shunchaki natija ko'rsating. Ular keyin deb ishonishadi. Masalan, ITni ota-onangizga tushuntira olmasangiz shunchaki pul topib ularga bering. Shuni o'zi yetadi. Va yana hozir yuridika, ekonomika, medicina kabi fakultetlarga topshirish avj olgan. Bunga ham shu ota-onalar sabab. Ularning paytida bu sohalar yaxshi bo'lgan lekin o'zlari o'qiy olishmagan shuning uchun o'zining orzusini bolalariga "yuqtirgan". Xudo bilsin biz bollarimizga kibersportsmen bo'lasan deb turib olamizmi :) Bu narsa, ya'ni sizning orzuingizni bolalaringizga o'tkazish zanjir bo'lib davom etaveradi. Bu zanjirni kimdir uzishi kerak. Yoki qanchadan qancha odamlar baxtsiz o'tib ketishadi. Xo'sh, endi senga savol "Orzularing o'zingnikimi?"
Show all...
Amalda yo'q Qo'shnilar "chiqinglar" deydi. Borsang kutishmaydi. Kelinglar mehmonga deydi. Aytmaydi manzilni. Ko'rishamiz deydi. Vaqtini aytmaydi. Yiliga yuzlab kitob o'qidi. Hayotida qo'llab bilmaydi. Keltirsak misollar ko'p. Xalqimiz juda gapga usta lekin amalda qo'llashga kelganda esa qo'lidan kelmaydi.
Show all...
Repost from Tony CEO
Introvertiklar, nima gap? Tekstrovertlikni kasb qilganlar realda to'rtta odamni ortidan ergashtira olarmikin, elita? Senchi? Yo faqat setdami? Mediaga chiqib, oratoratsiyasi bn inflyuens beradiganlar ko'proq hurmatga loyiq. Da, men hali media odami emasman. No, planlarim shu yo'lga qaratilgan. Tekst yozish - bu bir instrument. O'sha yo'l uchun fundamentning bir elementi. Mediada lifestyle'im bn qachondir realno paydo bo'lsam ham, self-analyse'im tekstrovertlikda qoladi, albatta. Chunki o'sha sen va men tanigan, hammayoqni portlatib yuborgan, orator - Teyt ham best speaker'ligini fikrlarini yozish bn bog'laydi. Asadbecko ukaxon shu haqida yozibdi, blog ochib, yozishni boshladim, nimadir o'sayotganini sezyapman deb. Vot eto daaa. Self-analyse uchun, fikrlaringni tartiblash va progress qilish uchun, real massa ichida inflyuens ulushingni kvant sakratish uchun eng zo'r metod - bu yozish! Gaplaring kak budto chatgpt bo'lib chiqadi, ummm ummm ummm deb shiltalanmaysan, konkret-konkret gapirasan, so'zing o'tkir bo'ladi. Odatga aylantir, elita. No umring faqat shu bn o'tib ketmasin✌️ @ceotony
Show all...
Ogʻriq bu vaqtincha, lekin afsus abadiy Mashhur tadbirkor va motivator Gary Vaynerchukning bir ajoyib gapi bor: "Qariganda afsuslanishni xohlamasang, qarilar bilan juda ham ko'p suhbat qur". Ba'zida yoshi ulug' insonlardan "Qaniydi yoshligimga qaytsam-u, haydovchi bo'lmasdan musiqa bilan qattiq shug'ullangan bo'lardim yoki farzandlarimga ko'proq vaqt ajratardim yoki o'zim yoqtirgan ishni qilar edim" deyishadi. Bularning hammasi bizning tilda aytganda "afsuslar"dir. Va Kimdir hayotdagi o'z qiziqishini erta anglab yetadi va butun umr shuning ustida ishlaydi. Kimdir uchun esa oʻz qiziqishini topish uchun birmuncha vaqt kerak bo'ladi. Shaxsiy fikrimcha, o'z qiziqishlarini hali topmagan inson o'z qiziqishlarini erta topgan insonga qarab o'ziga baho bermasligi kerak. Agar bunday qiladigan bo'lsa, tushkunlikka tushib harakatdan toʻxtab qolishi hech gap emas. Xo'sh, inson o'z qiziqishini qanday topadi? Inson o'z qiziqishini topish uchun turli xil joylarda o'zini sinab ko'rishi kerak. Sinab ko'rmasdan oldin "mendan yaxshi boshlovchi, jurnalist, ashulachi chiqmasa kerak" demasligi kerak. Men blog yozishni juda ham oldin boshlashim kerak edi, lekin "men buni eplay olmasam kerak" degan fikr doim meni to'xtatib qolar edi. Bir kuni shartda laptopni oldimda, "nima boʻlsa bo'ldi" deb postlar joylashni boshladim. Buni qarangki, ozmi ko'pmi yozish qobiliyatim yaxshilanib bormoqda. Lekin tan olaman hali yaxshi yoza olmayman va bilimim ham yetarli emas. Eng asosiysi, qariganimda "blog boshlasam boʻlar edi" deb afsuslanmayman. O'z qiziqishingizni topishingiz mobaynida juda ko'p xatoliklarga yoki qiyinchiliklarga dush elishingiz mumkin. Yozuvchi Rachel Eilenening bir gapi bor: "Ogʻriq bu vaqtincha, lekin afsus bu abadiy". Ideya: Shaha Dalimov
Show all...
Eng katta xato Hayotimdagi menga eng katta zarari va eng katta foydasi teggan xato bu meni rus tilini bilmasligim. Ha, afsuski rus tilini bilmayman. 50-60% tushunaman ammo gapirolmasang bir tiyin. Rus tilini bilmasligimga sabab esa o'ylashimcha yoshligimda biz tarafda rus maktablar umuman bo'lmagandi. To'g'ri buni xato deyish noto'g'ri chunki agar uni bilganimda hozirgidan yaxshiroq bo'lishimga hechkim kafolat bermaydi. Rus tili kerakmas deyayotgandirsiz. To'g'ri ingliz tilini zo'r bilishingiz mumkin ammo O'zbekistonda yashayotkan ekanmiz baribir rus tilini bilgan odam ustunroq va odamlar orasida ajralib turadigan bo'ladi. Esimda bundan 3-4 yil oldin bitta rus qiz menga taklif bildirgandi ammo men ahmoq gapira olmaganim uchun indamasdan ignor qilib o'tib ketkanman. Eh. Hozir ham shu holat takrorlanyabdi faqat teskarisi) Menimcha rus tilini aktualligi hali beri tushmaydi. Bizdagi ko'pchilik maktablarda 1-sinflarni qabul qilish uchun 7-8ta rus sinf va bor yo'g'i 1ta qoraqalpoq sinf bor. Shunday ekan, biz rus tilini o'rganib qoyuraylik. Bizni "pokaleniya" ota-onalar bo'lganda esa bolalarini ingliz tili sinflariga bera boshlaydi.) Xulosa: 1-o'rinda ingliz tilini o'rganish kerak. Lekin imkon bo'lsa rus tilini bilib qo'ygan yaxshi. P.S. Rus sinfga borganlarga bir umr havasim keladi. Ular til o'rganish uchun qiynalib o'tirishmaydida)
Show all...
Siz Ilon Mask bo'la olmaysiz. Yoshligimda internetga, ochiq dunyoga ochila boshlaganimda Ilon Mask, Bill Gates va Stiv Jobs kabi insonlarni ko'rib "Qaniydi, men ham o'shalarga o'xshab gigant kompaniyalar ochsam" deb orzu qilardim. Va shu orqali IT sohasiga qiziqishim ortdi. O'sha payt hammasi osondek tuyilardi. Va keyin aslida unaqa emasligini tushunib etdim. Omon qolgan xatosi degan tushuncha bor. Biz faqat bizgacha yetib kelganlarini ko'ramiz. Revolyuciya qilishni xohlaganlar faqat Ilon Masklarmi? Yo'q albatta. Qanchadan qancha odamlar urinib ko'rishganku axir. Ammo ularning 99%i muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Siz Ilon Mask qilgan ishlarni qilsangiz ham u kabi bo'lolmaysiz. Aytmoqchi bo'lganim siz qancha harakat qilmang baribir bizda uni darajasiga yetish ilojsiz. Ilon Maskni Ilon Mask bo'lishiga faqat bitta narsa sababchi bo'lmagan. Unga boshqa faktorlar ham ta'sir qilgan. Atrof muhit, ta'lim, do'stlar, til vahokazo. Javob bera olaman, agar u O'zbekistonda tug'ilganida qancha harakat qilmasin baribir hozirgidek bo'lolmasdi. Bu gaplarim bilan sizni yo'ldan urmoqchi emasman. Maqsadingiz sari to'xtamang. Ammo, realistroq bo'ling. Oyni maqsad qilib qo'ying yetolmasangiz ham yulduzlar orasida bo'lasiz.
Show all...
U qaytdi. Avvaliga ijtimoiy tarmoqlarni o'chirasan. Hammasi bilan aloqani uzasan. Faqat o'z ustingda ishlaysan. Ancha vaqt o'tadi. Keyin birdaniga "boom" etib chiqib kelasan. Hmm, bu sizga kimnidir eslatmayabdimi? Ha bu o'sha Tony (@ceotony). Uzoq tanaffusdan so'ng u o'z blogini yana boshladi. Va katta yangiliklar bilan qaytdi deb umid qilamiz. (RedPillga tayyorgarlik ko'raveringlar) Bilaman, uni ko'pchiligingiz tanisiz. Agar mabodo bilmasangiz kanaliga kirib postlarni o'qing. Balki yoqib qolar. Ortiqcha hech narsa demoqchi emasman. @ceotony
Show all...
Note taking Miyangizga zo'r g'oya kelib qoldi, ilmli insonlar bilan suhbatlashib yaxshi saboq oldingiz, kitoblarda kerakli narsa o'qib qoldingiz. Kelajakda kerak bo'ladi, eslab qolish kerak dedingiz. Bularni barchasi abadiyga yodimda qoladi deb o'ylaysiz. Yozmadingiz. Va tabiiyki 1-2 kun o'tib bular unutiladi. Ularni esda qolishi uchun yozish yoki qo'llash kerak. O'sha paytni o'zida qo'llash qiyin shuning uchun yozish kerak. O'rgangan narsalarangizning 90%i unutilib ketgan. Lekin siz bu yoqda ko'p narsa o'rganyapman, rivojlanyapman deb o'ylaysiz. To'g'ri ko'p narsa o'rganayotgan bo'lishingiz mumkin ammo u qo'llanilmasa bir tiyin. U faqat bilimligicha qolib ketadi. Bilimni ilimga aylantirish uchun esa aytganimdek, qo'llash kerak. Choy damlashni Youtube'dan o'rganganimni nima foydasi bor agar uni qilib ko'rmasam? P.S. Va hammada qilinishi kerak bo'lgan ishlar bor. Ularni ko'pincha miyamizda saqlab turamiz. Agar "to-do list" qilib yozganimizda esdan chiqarmagan bo'lar edik. Va kun bo'yi o'sha ishni unutib qo'ymaslik uchun qayta-qayta eslashimiz shartmasdi.
Show all...
📌📌📌 ⚪️ 17 yoshida Inglis tili hamda Rus tili óqituvchisi✅ ⚪️ 2 yillik offline teacher bo'lganman, experience bor✅ ⚪️ Ingliz tilidan sertifikatlarim bor✅ ⚪️//jahon adabiyotiga oid kitoblar mutolachisiman//✅ ⚪️Rus tili da ravon qiyinchilisiz gaplasha olaman✅ ⚪️Ba'zi bir o'smirlarga tog'ri yo'nalish bera olaman✅ ⚪️Hozirda Koreys va Arab tilini órganib kelayapman✅ ⚪️Kanalimda Inglis tilidan mutlaqo bepul darsla o'taman✅ ▫️Diana tahalluzi bilan o'z faoliyatimi olib boraman ⚪️Fevral oyidan boshlab Ingliz tili hamda Rus tili uchun yangi guruhlarga qabul ochilibdi,ulgirib qoling... Uning uchun mana bu kanalga tezroq kirib olamiz 👇👇👇👇 https://t.me/ingliz_tili_rus_tillari 👆👆👆👆👆👆👆👆 Kirsangiz aslo afsus qilmaysiz)
Show all...
Videolarni tezlashtirib ko'rish (playback speed) Youtube'dagi videolar, netflixdagi seriallar, animelar, podcastlar, audiokitoblarni 1.5x, 2x va 2,5x da ko'rishning foydalari: 1. Vaqt. Kamroq vaqt sarflab ko'proq narsalarga ulgurish mumkin. Oldin 1 soatda 1ta podcast ko'radigan bo'lsangiz hozir 1tada 2ta. 2.Refleks. Refleksni ya'ni tashqi ta'sirga javob tezligingizni oshiradi. Ma'lumotlar miyangizga 2x tezlikda kirayotganda miyangiz ham uni analiz qilish uchun 2x tezlashadi va neyronlar orasidagi bog'liqlik mustahkamlanadi. 3. Listening skill. Ingliz tilidagi videolarni tezlashtirib ko'rishning listeningga foydasi katta. 2x videoda aytilgan gaplarni tushuna olayotgan odam, 1xni bemalol tushunadi. To'g'ri birdaniga 2, 2.5x qilib ko'rsangiz tushunmasligingiz mumkin, shuning uchun 1.2, 1.5 shunaqa tarzda davom ettirgan yaxshi. 4. Prokrastinaciya. Ha, bu qaysidir ma'noda prokrastinaciyani yengishda yordam berishi mumkin. Masalan, men asosan 1 soatlik kursni tugatishim kerak bo'lsa "Haa yarim soatda tugarkanu" deb kechiktirmasdan qilaman. (Boshqalarda qanaqa bilmadim menda ishlaydigan usul)) ) P.S. O'ylab qarasang juda elementar narsade shuniyam yozamanmi)
Show all...