cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Otaboyev Murodali

Oddiylikni yaxshi ko‘rgan oddiy yigitman🕊

Show more
Advertising posts
865
Subscribers
-124 hours
-67 days
-4530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

O‘g‘il-qizim Qiziq emas boyliklar-u tillo tanga, Yuragimda yonar mangu o‘t-alanga, Allohimdan duo qilib so‘raydurman, O‘g‘il-qizim baxtli bo‘lsa bo‘ldi manga. Ko‘zlarida hech zamonda nam bo‘lmasin, O‘ylarida hech zamonda g‘am bo‘lmasin, Hech kimlarning farzandidan kam bo‘lmasin, O‘g‘il-qizim baxtli bo‘lsa bo‘ldi manga. Roziman-da ular uchun o‘rtansam ham, Achchiq hayot damlarida sinalsam ham, Qiynalayin, ammo, o‘zim qiynalsam ham, O‘g‘il-qizim baxtli bo‘lsa bo‘ldi manga. Shular uchun bu hayotda yashayabman, Qadamimni shular uchun tashayabman, Chin yurakdan, chin ko‘ngildan so‘rayabman, O‘g‘il-qizim baxtli bo‘lsa bo‘ldi manga. Xizmatlari tegsin, axir, bu Vatanga, Borar joyi aylangaydur gul chamanga, Sajda qilib yalvoraman, Rabbim, sanga, O‘g‘il-qizim baxtli bo‘lsa bo‘ldi manga. Sevgan yorim shular uchun bosh bo‘lgaydur, Dillariga cheksiz hadli baxt to‘lgaydur, Ko‘rsa, faqat, bayram bilan to‘y ko‘rgaydur, O‘g‘il-qizim baxtli bo‘lsa bo‘ldi manga.
Show all...
She'riy maslahat" Bolam tengi insonlar, Ish buyurib sultonlar, O‘qiganin nishonlar, O‘qi bolam, sen o‘qi. Haligacha iymanib, Yuribman-da o‘rtanib, Yurmay desang qiynalib, O‘qi bolam, sen o‘qi. Qaytmaydigan shashting bor, Hali yoshsan vaqting bor, Bilimdonsan, aqling bor, O‘qi bolam, sen o‘qi. Baxtingni o‘zing qurgin, Sog‘-u salomat yurgin, O‘rganib olim bo‘lgin, O‘qi bolam, sen o‘qi. Shukur til-u dilingda, Sinov ko‘pdir yo‘lingda, Hayoting o‘z qo‘lingda, O‘qi bolam, sen o‘qi. Dunyoni ko‘rmoq uchun, Zo‘r inson bo‘lmoq uchun, Ayni paytidir bugun, O‘qi bolam, sen o‘qi. Ish qilganda charchayman, Pushaymonlarni yeyman, Senga maslahat deyman, O‘qi bolam, sen o‘qi. Mukammal ilm bilgin sen, Uqib, ilmni ilgin sen, So‘zga amal qilgin sen, O‘qi bolam, sen o‘qi. Menga endi bo‘ldi kech, Imkon topolmayman hech, Bilagimdan qochdi kuch, O‘qi bolam, sen o‘qi. Birovga bo‘lmaysan qul, Cho‘ntagingda bo‘lar pul, Hayoting ham bo‘lar gul, O‘qi bolam, sen o‘qi. Qizlarga yoqmoq istab, Yaqinlar boqmoq istab, Sendan birgina talab, O‘qi bolam, sen o‘qi. Afsus yemay deganda, Alloh imkon berganda, Qo‘llaringdan kelganda, O‘qi bolam, sen o‘qi. Biror sohani tanlab, Bekor ishlarni tashlab, Miyang turganda ishlab, O‘qi bolam, sen o‘qi. Kam bo‘lmaslik istasang, Zo‘r sharoit yashasang, O‘z vaqtida uxlasang, O‘qi bolam, sen o‘qi. Uydan ketmaysan uzoq, Bola-chaqangdan yiroq, Gap ham toparlar, biroq, O‘qi bolam, sen o‘qi. Alloh o‘zi qo‘llaydi, To‘g‘ri yo‘lga yo‘llaydi, O‘qimasang bo‘lmaydi, O‘qi bolam, sen o‘qi. Ko‘ngling istagan korda, Anglab tushungan holda, Hozir-ku fursat borda, O‘qi bolam, sen o‘qi. Sen ham yaxshi inson bo‘lar, Rahbar bo‘l-u sulton bo‘l, Murodali, omon bo‘l, O‘qi bolam, sen o‘qi.
Show all...
Alloh mansab berganda Ishing yurib turganda, Omading ham kulganda, Kibrlanib o‘zgarmagin, Alloh mansab berganda. Zo‘rman deya kerilma, Manmanlikka berilma, Ko‘tarilma, egilma, Alloh mansab berganda. O‘lim yetguvchi bir payt, Havolanishdan sen qayt, Hamd-u sanolarni ayt, Alloh mansab berganda. Kimnidir siylab beradi, Kimnidir sinab beradi, Hikmatin o‘ylab beradi, Alloh mansab berganda. Muloqotda o‘zgarma, Ko‘p ham burning ko‘tarma, Ojizlarni itarma, Alloh mansab berganda. Hurmat qilgin hammani, Kichiklar-u kattani, Bilmoq istaydi sani, Alloh mansab berganda. Kayf-u safo etmagin, Iymoningni saqlagin, Ko‘p o‘zingdan ketmagin, Alloh mansab berganda. Qo‘l ostingdagi inson, Senga qolmasin hayron, Kamtarin bo‘l har zamon, Alloh mansab berganda. Olishni ham biladi, Xohlagan qiladi, Sinov qilib ko‘radi, Alloh mansab berganda. Murodali, oddiy bo‘l, O‘tirganda turganda. Barchaga o‘rnak bo‘lgin, Alloh mansab berganda.
Show all...
Alloh mansab berganda Ishing yurib turganda, Omading ham kulganda, Kibrlanib o‘zgarmagin, Alloh mansab berganda. Zo‘rman deya kerilma, Manmanlikka berilma, Ko‘tarilma, egilma, Alloh mansab berganda. O‘lim yetguvchi bir payt, Havolanishdan sen qayt, Hamd-u sanolarni ayt, Alloh mansab berganda. Kimnidir siylab beradi, Kimnidir sinab beradi, Hikmatin o‘ylab beradi, Alloh mansab berganda. Muloqotda o‘zgarma, Ko‘p ham burning ko‘tarma, Ojizlarni itarma, Alloh mansab berganda. Hurmat qilgin hammani, Kichiklar-u kattani, Bilmoq istaydi sani, Alloh mansab berganda. Kayf-u safo etmagin, Iymoningni saqlagin, Ko‘p o‘zingdan ketmagin, Alloh mansab berganda. Qo‘l ostingdagi inson, Senga qolmasin hayron, Kamtarin bo‘l har zamon, Alloh mansab berganda. Olishni ham biladi, Xohlagan qiladi, Sinov qilib ko‘radi, Alloh mansab berganda. Murodali, oddiy bo‘l, O‘tirganda turganda. Barchaga o‘rnak bo‘lgin, Alloh mansab berganda.
Show all...
Labi Hovuz, Bahouddin Naqshbandiy kabi maskanlarni ortda qoldirib, taomlanib va Navoiy viloyatini bir qismini ham ko‘rib, Qashqadaryo viloyatidek ajib go‘shada tong ottirdik. Ayni paytda ham shu viloyatdamiz.
Show all...
Labi Hovuz, Bahouddin Naqshbandiy kabi maskanlarni ortda qoldirib, taomlanib va Navoiy viloyatini bir qismini ham ko‘rib, Qashqadaryo viloyatidek ajib go‘shada tong ottirdik. Ayni paytda ham shu viloyatdamiz.
Show all...
Ayni paytda Buxoro viloyatidamiz😍
Show all...
Menga ular raqobat aylab bilmasi rostdir, Yozganimni ma'nosin anglab bilmasi rostdir, Parvozim barchasidan ko‘kka qadar cho‘zilgan, Ming urinib men tomon sakrab bilmasi rostdir!
Show all...
Farida qiz Bir maktabning bir sinfi, Bir ustoz dars o‘tardi, Darsning muhitin buzib, Yigit qo‘lin ko‘tardi. -Ha, nima bo‘ldi, aytgin, Savoling bormi, Qudrat? Deya ishora qilib, So‘zlashga berdi ruxsat. -Ustoz, yozayin desam, Bir ruchkam yo‘qolibdi, Boyagina bor edi, Kimdir uni olibdi. Ustoz asta qaranib, Hammaga nazar soldi, Gap boshladi, so‘ranib: - Ruchkasini kim oldi? Hamma hayron, hamma jim, Hech kim javob bermadi, Bir xayolni o‘yladi, Boshqa o‘y ham kelmadi. Sumkalarni tekshirib, Barin ochmoq istadi, O‘g‘ri kimligin topib, Ruchka topmoq istadi. Asta tekshirib bordi: Lola, Gulnoz-u Botir, Sumkasini ochmadi, Farida - o‘rni oxir. - O‘g‘ri, iflos, alvasti, Qo‘li egri, tirrancha, Ustozi gumonlandi, Shu so‘zlarni degancha. Farida yig‘lab-yig‘lab, Qarar dugonasiga, Ustozi sudrab ketdi, Direktor xonasiga. Direktorga aytishdi, Qo‘lga sumkani oldi, - Xo‘sh, nima bor ekan-a... Birdan hayratda qoldi. Sumkaga qarab-qarab, Birozcha vaqt kuzatdi, Astagina sumkani, Ustoziga uzatdi. Ustoz sumkani olib, Ichini ko‘rdi ochib, Birdan fikri o‘zgardi, Turgandi, zahrin sochib. Sumka ichida non-u, Pechenyelar ushog‘i, Bo‘laklari turardi, Yaqqol ko‘rinib, chog‘i. Bechora qiz Farida, Darsdan keyin qolarkan, Qolgan yeguliklarni, Sumkasiga solarkan. Olarkan: onasiga, Ukasiga, bechora... Axir, qurbi yetmasa, Nima qilsin, ne chora? Ustoz bag‘riga bosib, Boshlarini siladi, Duv-duv yoshlar oqizib, To‘xtamasdan yig‘ladi. - Men o‘g‘ri qiz emasman, Yamonlikni bilmayman, Iltimos, kechiringlar, Endi bunday qilmayman. Ustozi battar yig‘lab, So‘radi - bir kechirim, Dedi: Mendek nodonni, Iltimos, kechir, qizim. - Ustoz, xafa emasman, G‘amni ko‘kka uchirdim, Yolg‘on so‘zni demasman, Allaqachon kechirdim. Murodali, Farida - Qara, qanday halol qiz? Yaxshi ta'rif egasi, Bitta "Sohibjamol" qiz!
Show all...
"Murodali ijodi" gazetasi (19.06.2024 №:6 soni) Format A3🔥 Muallif: M. OTABOYEV
Show all...
Murodali ijodi 6-son.pdf4.10 KB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.