en
Feedback
Kitob qadri

Kitob qadri

Open in Telegram

Ushbu kanalda: -Audio kitoblar; -Elektron kitoblar; -Kitobdan olingan xulosalar; -Bilim va tajribalar ulashib boriladi Murojaat uchun: @offline111

Show more
497
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-1130 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
May '25
May '250
in 0 channels
April '25
+3
in 0 channels
Get PRO
March '250
in 0 channels
Get PRO
February '25
+8
in 0 channels
Get PRO
January '25
+4
in 0 channels
Get PRO
December '24
+6
in 1 channels
Get PRO
November '24
+13
in 1 channels
Get PRO
October '24
+423
in 0 channels
Get PRO
September '24
+4 358
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
11 May0
10 May0
09 May0
08 May0
07 May0
06 May0
05 May0
04 May0
03 May0
02 May0
01 May0
Channel Posts
Dunyoda 8 milliarddan ortiq inson yashaydi. Va ular orasida juda ko’p insonlarga jumladan bizga so‘zlash ne’mati berilgan. Ha, bu oddiy qobiliyat emas – ne’mat! Faqat tilga ega bo‘lish emas, balki so‘z orqali o‘z fikrini ifodalash, boshqalar bilan muloqot qilish, ularga ta’sir o‘tkazish imkoniyati. Biroq, biz bu ne’matni qanday ishlatayotganimizni hech o‘ylab ko‘rganmizmi? Nima uchun so’zimiz muhimligini Atigi uch sabab tushuntiraman 1. So‘zlash – ne’mat. Uni qanday ishlatish – o‘z qo‘limizda. Ne’matni qadrsiz ishlatgan inson oxir-oqibat undan mahrum bo‘lishi mumkin. So‘zimizning qadri bizning kim ekanimizni belgilaydi. 2. Yomon so‘zdan tiyilish – buyurilgan. Dag‘al va qo‘pol gaplar faqat og‘izdan chiqmaydi, yurakni ham iflos qiladi. Kimgadir yomon gap aytish – bu, avvalo, o‘z qalbimizni bulg‘ashdir. 3. Agar mohiyatni tushunsak, bu yetarli. So‘zimiz o‘zimizni aks ettiradi. Yurak qanday bo‘lsa, so‘z ham shunday bo‘ladi. Agar ichimizdagi haqiqatni tushunib yetsak, yaxshi so‘z gapirishga o‘zimiz intilamiz. Shunday ekan, so‘zlarimizni sinab gapiraylik. Chunki so‘z ta’siri ba’zan yillar davomida qalblarda qoladi. Bizga so‘zlash ne’mati behuda berilmagan!

2
Barchamizga ma’lumki, oiladagi har bir insonning muayyan vazifasi bor, xoh erkak boʻlsin yokida ayol. Alloh taolo Quroni karimda bu haqida aytib oʻtgan. 1. “ … Erkaklar ayollarga rahbardirlar… ( Niso surasi, 34-oyat) 2. “… Soliha ayollar- itoatkor…” ( Niso surasi, 34-oyat) Bugungi kunga kelib, oila qurish, turmush tarzi, oʻzaro hamjihatlik kabi tushunchalarga darz ketgani barchamizga ma’lum. Buning bariga nima sabab boʻlmoqda? 📌Eng muhim sabablaridan biri, oila qurish yoshi deyilganda biz jismoniy, moddiy yoki boshqa jihatlarga e’tibor berganchalik, ularning oila toʻgʻrisidagi fikrlari, ruhiy holatlari, zimmasiga dinimizda qanday ishlar yuklatilganligiga e’tibor qaratmay qoʻyganimizdir. 🪶 Ayol-qizlarimiz oʻzlari bilgan yoki bilmagan holatlarida “tenglik” huquqlarini talab etmoqdalar. Ayollik fitralariga yod boʻlgan jihatlarni singdirib, oxir-oqibat baxtsiz boʻlmoqdalar. 📌 Oila boshligʻi boʻlgan yigitlar ham oʻz zimmalaridagi burch-vazifalarni anglashlari, ayolini oʻzining yarmi ekanligi, Allohning omonati va bu haqda qiyomatda soʻralishligi haqida oʻylashliklari lozim. “Baxtli oila formulasi” haqida Alloh va Rasulimiz tomonlaridan bizga bayon qilingan. Turmush doim ramantik holatlar, baxt, xursandchilikdan iborat emas. Seriallardagi ishqiy munosabatlarni koʻrib voyaga yetgan, miyasi zaharlangan “yoshlar” ertaga oila deb atalmish ma’suliyatli ishga yondashganlarida koʻplab muammolarni keltirib chiqarishlari turgan gap. Bu mavzuda yozaman desam koʻp satrlarni qoralashim mumkin ekan, lekin qisqa qilgan holda shuni ayta olamanki, birovlarning hayotidan koʻra oʻzimizning hayotimiz qiziq boʻlsin. Oʻzimga har kun oz boʻlsa ham vaqt ajrataylik, muslima ayol qanday boʻladi, yaxshi rafiqa yoki xoʻjayin boʻlish uchun nima qilishim kerak, muammoga duch kelsam darrov onamga xabar beramanmi yoki yechimni juftim bilan izlab hal etamanmi, farzandlarimni tarbiyasi va boshqa koʻplab mavzularda kunda oz boʻlsa ham oʻrganaylik. Chunki xech qanday tashqi ta’sir yoki atrofimizdagi biror bir inson bizga baxtli hayotni taqdim qilolmaydi, faqat oʻzimiz harakat qilamiz, oʻzimizgina yarata olamiz. Bekorchi ishlarni qoʻying, Alloh rozi boʻladigan oila qurish sirlarini oʻrganing, dunyo hayotida ham uyingizda jannatdan bir parcha yarating.
158
3
Barchamizga ma’lumki, oiladagi har bir insonning muayyan vazifasi bor, xoh erkak boʻlsin yokida ayol. Alloh taolo Quroni karimda bu haqida aytib oʻtgan. 1. “ … Erkaklar ayollarga rahbardirlar… ( Niso surasi, 34-oyat) 2. “… Soliha ayollar- itoatkor…” ( Niso surasi, 34-oyat) Bugungi kunga kelib, oila qurish, turmush tarzi, oʻzaro hamjihatlik kabi tushunchalarga darz ketgani barchamizga ma’lum. Buning bariga nima sabab boʻlmoqda? 📌Eng muhim sabablaridan biri, oila qurish yoshi deyilganda biz jismoniy, moddiy yoki boshqa jihatlarga e’tibor berganchalik, ularning oila toʻgʻrisidagi fikrlari, ruhiy holatlari, zimmasiga dinimizda qanday ishlar yuklatilganligiga e’tibor qaratmay qoʻyganimizdir. 🪶 Ayol-qizlarimiz oʻzlari bilgan yoki bilmagan holatlarida “tenglik” huquqlarini talab etmoqdalar. Ayollik fitralariga yod boʻlgan jihatlarni singdirib, oxir-oqibat baxtsiz boʻlmoqdalar. 📌 Oila boshligʻi boʻlgan yigitlar ham oʻz zimmalaridagi burch-vazifalarni anglashlari, ayolini oʻzining yarmi ekanligi, Allohning omonati va bu haqda qiyomatda soʻralishligi haqida oʻylashliklari lozim. “Baxtli oila formulasi” haqida Alloh va Rasulimiz ❤️ tomonlaridan bizga bayon qilingan. Turmush doim ramantik holatlar, baxt, xursandchilikdan iborat emas. Seriallardagi ishqiy munosabatlarni koʻrib voyaga yetgan, miyasi zaharlangan “yoshlar” ertaga oila deb atalmish ma’suliyatli ishga yondashganlarida koʻplab muammolarni keltirib chiqarishlari turgan gap. Bu mavzuda yozaman desam koʻp satrlarni qoralashim mumkin ekan, lekin qisqa qilgan holda shuni ayta olamanki, birovlarning hayotidan koʻra oʻzimizning hayotimiz qiziq boʻlsin. Oʻzimga har kun oz boʻlsa ham vaqt ajrataylik, muslima ayol qanday boʻladi, yaxshi rafiqa yoki xoʻjayin boʻlish uchun nima qilishim kerak, muammoga duch kelsam darrov onamga xabar beramanmi yoki yechimni juftim bilan izlab hal etamanmi, farzandlarimni tarbiyasi va boshqa koʻplab mavzularda kunda oz boʻlsa ham oʻrganaylik. Chunki xech qanday tashqi ta’sir yoki atrofimizdagi biror bir inson bizga baxtli hayotni taqdim qilolmaydi, faqat oʻzimiz harakat qilamiz, oʻzimizgina yarata olamiz. Bekorchi ishlarni qoʻying, Alloh rozi boʻladigan oila qurish sirlarini oʻrganing, dunyo hayotida ham uyingizda jannatdan bir parcha yarating.
4
4
#taqriz Barchamizga ma’lumki, oiladagi har bir insonning muayyan vazifasi bor, xoh erkak boʻlsin yokida ayol. Alloh taolo Qur+1
#taqriz Barchamizga ma’lumki, oiladagi har bir insonning muayyan vazifasi bor, xoh erkak boʻlsin yokida ayol. Alloh taolo Quroni karimda bu haqida aytib oʻtgan. 1. “ … Erkaklar ayollarga rahbardirlar… ( Niso surasi, 34-oyat) 2. “… Soliha ayollar- itoatkor…” ( Niso surasi, 34-oyat) Bugungi kunga kelib, oila qurish, turmush tarzi, oʻzaro hamjihatlik kabi tushunchalarga darz ketgani barchamizga ma’lum. Buning bariga nima sabab boʻlmoqda? 📌Eng muhim sabablaridan biri, oila qurish yoshi deyilganda biz jismoniy, moddiy yoki boshqa jihatlarga e’tibor berganchalik, ularning oila toʻgʻrisidagi fikrlari, ruhiy holatlari, zimmasiga dinimizda qanday ishlar yuklatilganligiga e’tibor qaratmay qoʻyganimizdir. 🪶 Ayol-qizlarimiz oʻzlari bilgan yoki bilmagan holatlarida “tenglik” huquqlarini talab etmoqdalar. Ayollik fitralariga yod boʻlgan jihatlarni singdirib, oxir-oqibat baxtsiz boʻlmoqdalar. 📌 Oila boshligʻi boʻlgan yigitlar ham oʻz zimmalaridagi burch-vazifalarni anglashlari, ayolini oʻzining yarmi ekanligi, Allohning omonati va bu haqda qiyomatda soʻralishligi haqida oʻylashliklari lozim. “Baxtli oila formulasi” haqida Alloh va Rasulimiz ❤️ tomonlaridan bizga bayon qilingan. Turmush doim ramantik holatlar, baxt, xursandchilikdan iborat emas. Seriallardagi ishqiy munosabatlarni koʻrib voyaga yetgan, miyasi zaharlangan “yoshlar” ertaga oila deb atalmish ma’suliyatli ishga yondashganlarida koʻplab muammolarni keltirib chiqarishlari turgan gap. Bu mavzuda yozaman desam koʻp satrlarni qoralashim mumkin ekan, lekin qisqa qilgan holda shuni ayta olamanki, birovlarning hayotidan koʻra oʻzimizning hayotimiz qiziq boʻlsin. Oʻzimga har kun oz boʻlsa ham vaqt ajrataylik, muslima ayol qanday boʻladi, yaxshi rafiqa yoki xoʻjayin boʻlish uchun nima qilishim kerak, muammoga duch kelsam darrov onamga xabar beramanmi yoki yechimni juftim bilan izlab hal etamanmi, farzandlarimni tarbiyasi va boshqa koʻplab mavzularda kunda oz boʻlsa ham oʻrganaylik. Chunki xech qanday tashqi ta’sir yoki atrofimizdagi biror bir inson bizga baxtli hayotni taqdim qilolmaydi, faqat oʻzimiz harakat qilamiz, oʻzimizgina yarata olamiz. Bekorchi ishlarni qoʻying, Alloh rozi boʻladigan oila qurish sirlarini oʻrganing, dunyo hayotida ham uyingizda jannatdan bir parcha yarating.
1
5
Baxtli bo‘lishni istaysizmi? 🍃 - Har orqangizdan gapirganga quloq solmang... 🍃 - Har so‘z berganni, so‘zida turadi, deb o‘ylamang... 🍃 - Har tanishgan insoningizni o‘zingiz kabi bilmang... 🍃 - Baxtsiz qilganni emas, huzur berganni yonida qoling... 🍃 - Sizni yoqtirmaganlarga tabassum qiling va yo‘lingizda davom eting... 🍃 - Boshingizga kelgan yomonliklar uchun sabr, neʼmatlar uchun shukur qiling... 🍃 - Har bir narsani Allohdan va qilgan amallaringizdan deb biling... 🍃 - Insonlardan hech narsa kutmang... 🍃 - Olishdan koʻra, berishni koʻproq yahshi koʻring... 🍃 - Pokiza qalbingizda insonlarga nisbatan nafrat va hafagarchilik saqlamang... 🍃 - Nima boʻlishidan qatʼiy nazar bu dunyo oʻtkinchi ekanligini va bir kun hammasi tugashligini unutmang.
1
6
⚡️ O‘zingizni boshqarish uchun avvalo diqqatni jamlashni o‘rganing Chunki, ong va diqqatni nazorat qilish sizning hayotingizn
⚡️ O‘zingizni boshqarish uchun avvalo diqqatni jamlashni o‘rganing Chunki, ong va diqqatni nazorat qilish sizning hayotingizni boshqarishning kalitidir. 📌 P:S; Hozirgi vaqtda esa diqqatimizni oʻgʻirlaydigan va asosiy maqsadimizdan uzoqlashtiradigan tuzoqlar talaygina…
49
7
o‘rgan - hozir turgan joyingni qadrlashni o‘rgan - qo'yib yuborsang, hayot osonlashishini o‘rgan - hayotning eng yaxshi qismi hozirligini
85
8
o‘rgan - hozir turgan joyingni qadrlashni o‘rgan - qo'yib yuborsang, hayot osonlashishini o‘rgan - hayotning eng yaxshi qismi hozirligini
1
9
#birona Bir kuni shunday ko'tarasizlar o'g'il bollar onangizni yelkalaringizga ko'tarasizlar nimada ko'tarishlaringizni tushunyabsiza shunday ko'tarasizlar yelkalaringizga ana shunda dang etib miyalaring ochilib ketadi ana shu ko'targuncha yelkada Onani kutmanglar hozir ko'taringlar boshlaringa
1
10
#birona Bir kuni shunday ko'tarasizlar o'g'il bollar onangizni yelkalaringizga ko'tarasizlar nimada ko'tarishlaringizni tushunyabsiza shunday ko'tarasizlar yelkalaringizga ana shunda dang etib miyalaring ochilib ketadi ana shu ko'targuncha yelkada Onani kutmanglar hozir ko'taringlar boshlaringa!!!
85
11
#biroyat “Iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlarga Firdavs jannati manzil bo’lgan.” (18:107)
147
12
Eng muhim odamlar Ota-onalar. Biz bu so‘zni ko‘pincha uning cheksiz ma’nosi haqida o‘ylamasdan talaffuz qilamiz. Ular bizning tayanchimiz, uyimiz, barcha qiyinchiliklardan qalqonimiz. Ularning sevgisi shartsiz, hisob-kitobsiz va amal qilish muddatisiz beriladigan yagona ne’matdir. Esingizdami, bolaligingizda kichkina qo‘llaringiz bilan onangizni quchganingiz? Yoki qanday qilib otangizning kafti dunyodagi eng ishonchli qal’a bo‘lib tuyulganini? Bu lahzalar bizga sevilishning asl ma’nosini o‘rgatgan ilk saboqlardir. Dunyo yuz o‘girsa, ota-onalar birinchi bo‘lib bizga ishonishadi. Ular bizning har bir qadamimiz, hatto eng kichik yutuqlarimiz bilan faxrlanadilar va ba’zan biz o‘zimizni kechira olmaydigan narsalarni ham kechirishadi. Biz ulg‘ayamiz, uydan chiqib ketamiz, o‘z tashvishlarimiz bilan band bo‘lamiz, lekin ular uchun har doim o‘z qo‘llarida ilk bor mahkam tutgan bolalarimiz. Kecha tuni karavot yonida o‘tirib, bizni ko‘rpaga yaxshilab o‘rab, hammasi yaxshi bo‘lishini tilab duo qilgan onamizni eslaysizmi? Uning muloyim ovozi bizga sevishni o‘rgatgan birinchi narsa edi. Otamiz esa hayotda mustahkam turishni, kuchli bo‘lishni, ammo shafqatsiz emas, balki rahmdil bo‘lishni o‘rgatdi. Biz ko‘pincha vaqt tugayotganini o‘ylamaymiz. Ota-onalarimizning ko‘zlari endi avvalgidek charaqlamaydi, yelkalari esa hayot yuklarini oldingidek oson ko‘tara olmaydi. Ular biz uchun sog‘lig‘ini, kuchini, yoshligini bag‘ishladilar, faqat biz baxtli bo‘lishimiz uchun. Qachon oxirgi marta ularga rahmat aytdingiz? Faqat so‘z bilan emas, balki e’tiboringiz, mehringiz bilanmi? Qachon onangizni bolalikdagidek qattiq quchoqlagansiz? Otangizga uni qanchalik qadrlashingizni qachon aytdingiz? Kutmang. Kechiktirmang. Bugun ularga qo‘ng‘iroq qiling. Agar ular yoningizda bo‘lsa, mahkam quchoqlang. Ularni qanchalik sevishingizni ayting. Chunki ota-onangizdan boshqa hech kim sizga ularning mehrini bera olmaydi. Chunki ularning sevgisi bizni kimligimizga aylantirgan eng muhim kuchdir. Ota-onalar nafaqat hayotimizdagi eng muhim odamlardir. Ular bizning hayotimizning o‘zidir.
137
13
Barcha jonzotlarni yuqdan bor qilgan, ularga bu tiriklik dunyosida rizq bergan va ma’lum bir vaqtdan keyin vafot ettiradigan Zot Alloh, taolodir. Xususan, insonlar xam bu xayoti dunyoda foniydir. Xar bir insonga qancha umr va qanday rizk tegishini faqat Allohning O’zi biladi. Inson ma’lum vaqt dunyoda bo’lganidan so’ng Mangu Xayot - oxirat diyoriga o’tadi. U yerda esa insonni bu xayoti dunyoda qilib o’tgan ishlarining mukofoti yoki jazosi kutadi. Qo’lingizdagi ushbu kitob, ana shu oxirat diyoridagi jazo va mukofotlar - jannat va duzax xaqida xabar beradi.
83
14
Barcha jonzotlarni yuqdan bor qilgan, ularga bu tiriklik dunyosida rizq bergan va ma’lum bir vaqtdan keyin vafot ettiradigan Zot Alloh, taolodir. Xususan, insonlar xam bu xayoti dunyoda foniydir. Xar bir insonga qancha umr va qanday rizk tegishini faqat Allohning O’zi biladi. Inson ma’lum vaqt dunyoda bo’lganidan so’ng Mangu Xayot - oxirat diyoriga o’tadi. U yerda esa insonni bu xayoti dunyoda qilib o’tgan ishlarining mukofoti yoki jazosi kutadi. Qo’lingizdagi ushbu kitob, ana shu oxirat diyoridagi jazo va mukofotlar - jannat va duzax xaqida xabar beradi.
1
15
O‘lim, qabr, jannat va do‘zax xabarlari | Dr. Oiz Qarniy.mp3
76
16
No text...
93
17
Yaxshilik har doim insonni yuksaltiradigan, qalbga taskin beradigan amaldir. Ko‘pincha biz yaxshilikni faqat katta ishlarda deb o‘ylaymiz, lekin u eng oddiy narsalarda ham namoyon bo‘ladi. Uni sinab ko‘ring – qalbingizning qanday yengillashishini, hayotingizning qanday go‘zallashishini his qilasiz. Yaxshilikni yaqinlaringizdan boshlang. Ularga mehribon va xushmuomala bo‘ling. Ba’zan bir chiroyli so‘z, mehr bilan aytilgan gap, samimiy tabassum odamning butun kunini yoritib yuborishi mumkin. O‘zingiz uchun istagan yaxshilikni avvalo ularga tilang va ularga bergan baxtingiz ortidan o‘zingiz ham baxtli bo‘lasiz. Maqtovni ayash kerak emas. Odamning yaxshi sifatlarini unga o‘zi eshitishi qanchalik zavqli va ilhom baxsh etishini bilasizmi? Chin dildan aytilgan maqtov va dalda insonni kuchliroq, ishonchliroq qiladi. Shunday ekan, yaqinlaringizning haqiqiy fazilatlarini ularga ayting, ularni rag‘batlantiring, ular uchun duo qiling. Oldin o‘zingiz harakat qiling. Sizga yaxshilik qilishlarini kutish o‘rniga, avval siz boshqalarga yaxshilik qiling. Qalbingiz ochilib, mehr-muhabbatingiz ortishini his qilasiz. Chunki yaxshilik – bu ikki tomonlama jarayon: qancha ko‘p bersangiz, shuncha ko‘p qaytadi. Sinab ko‘ring – kichik yaxshiliklar hayotingizga katta huzur olib keladi. Yaxshilik qilgan odam hech qachon yutqazmaydi, aksincha, u qalbining eng chuqur burchaklarida haqiqiy baxtni topadi!
136
18
Piyoda yurish inson uchun faqatgina jismoniy harakat emas, balki ruhiy yengillik va fikriy ozodlikka eltuvchi tabiiy yo‘ldir. Uzoq masofalarga piyoda yurish kishini yengil qiladi, chunki bu jarayonda inson o‘zining ichki dunyosi bilan yolg‘iz qoladi. Yo‘lda yurish davomida miyadagi turli fikrlar, qalbdagi his-tuyg‘ular birin-ketin yuzaga chiqadi va ularni tartibga solish, tahlil qilish, xulosalar chiqarish uchun yetarlicha vaqt paydo bo‘ladi. Ba’zan inson yurish asnosida o‘z hayotiga, muammolariga, orzu va maqsadlariga butunlay boshqacha nigoh bilan qaraydi. Hatto, o‘zini qiynayotgan barcha narsalar haqida yetarlicha o‘ylab, ichki tortishuvlarini tugatib qo‘yishi ham mumkin. Eng muhimi, fikrlar tartibga tushib, tashvishlar kamaygani sari inson ichki yengillikka erisha boshlaydi. Kundalik muammolar, moddiy tashvishlar, hissiy og‘irliklar yo‘l davomida ortda qolgandek tuyuladi. Natijada, inson o‘z-o‘zidan Haq bilan suhbatga intila boshlaydi. Ichki sokinlik, fikrlarning ravshanlashuvi, qalbning yengillashi bilan birga, kutilmaganda yangi yechimlar, ilhom va hayotga yangicha qarash hissi paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham piyoda yurish – bu nafaqat jismoniy faollik, balki ichki dunyo bilan muloqot qilish, ruhiy yuksalish va hayotning asl mohiyatini teranroq anglash imkonini beruvchi tabiiy bir yo‘ldir. Kimki o‘z fikrlarini jamlashni, ichki xotirjamlikka erishishni, haqiqiy huzur va farovonlikni izlayotgan bo‘lsa, piyoda yurishga vaqt ajratishi lozim. Yo‘l sizga doimo ichki yengillik, xotirjamlik va yangi ilhom baxsh etadi.
130
19
O'zingiz uchun har doim real o'lchovga ega bo'ling. Sizni nima xursand qiladi? O'z didingizni biling. Chunki hayotdan haqiqiy qoniqish va baxt o'zingga mos yo'lni topgandagina keladi. Boshqalarning fikriga ko'ra yashash, jamiyatning talablari yoki tendentsiyalari vaqtinchalik zavq bag'ishlashi mumkin, ammo ichki uyg'unlik faqat o'z qadriyatlaringiz va istaklaringizni tushunganingizda paydo bo'ladi. Nimadan zavqlanayotganingizni, sizga haqiqiy motivatsiya beradigan narsani aniqlang. Menga ishoning, bu yondashuv hayotning barcha jabhalarida - ishda, munosabatlarda va o'zini o'zi rivojlantirishda ishlaydi.
128
20
Safarning Foydalari: O’zingni va Boshqalarni Anglash Safar – bu nafaqat yangi joylarni ko‘rish, balki o‘zingni qayta kashf etish jarayoni hamdir. Yo‘lga chiqqanimizda biz turli odamlar bilan muloqot qilamiz, turfa madaniyatlarni o‘rganamiz va hayotga yangi nigoh bilan qaray boshlaymiz. Eng muhimi, safar bizga kim bilan til topisha olishimizni va kim biz bilan til topisha olishini anglash imkonini beradi. Sayohat davomida inson o‘zining sabr-bardoshi, murosa qilish qobiliyati va boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlarini sinovdan o‘tkazadi. Har xil sharoitlarda o‘zini qanday tutishini kuzatadi, atrofidagi insonlarning xarakterini chuqurroq tushuna boshlaydi. Bu esa kelajakda do‘stlik, biznes hamkorlik yoki umr yo‘ldoshini tanlashda katta ahamiyat kasb etadi. Safar shaxsiy o‘sish va dunyoqarashni kengaytirish vositasidir. U bizga hayotdagi ustuvorliklarni aniqroq belgilashga, o‘zimizga mos muhit va odamlarni tanlashga yordam beradi. Oxir-oqibat, sayohat bizni nafaqat dunyo, balki o‘zimiz haqimizda ham ko‘proq bilishimizga turtki bo‘ladi.
138