cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

💕💕 СОГИНГАН ❤️ ҚАЛБЛАР 💕💕

Show more
Advertising posts
799
Subscribers
+22124 hours
+2137 days
+19430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

❤️❤️❤️ Oshiq koʻngillarda boʻlmasin alam Yornideb xijrondan chekmasin sitam Goʻyo bir dengiz boʻl mavj ur toʻlib tosh Lek aslo yoringga boʻlma bagʻri tosh. ❤️❤️❤️
Show all...
Jimgina, yo‘limiz kutishlarimiz, Bugun aytib erta kaytishlarimiz, Rad etib, rad etib sevishlarimiz, Qanchalar o‘xshaymiz bir-birimizga. Tanishish — tasodif, sevgi - tasodif, Nega ishonmaymiz taqsirimizga. Qalbim oynasiga nazar sol axir, Qanchalar o‘xshaymiz bir-birimizga ✍🥀🥀🥀🥀F🥀🥀🥀🥀🥀🥀✍
Show all...
❤‍🔥 1
🥀🥀 Ayting Ona!🥀🥀 Shoshmay turgin uzoqlarga ketma xayol, Man onamning istaglarin surab olay. Birozgina erkaligim olma malol, Otajonim diydolariga tuyib olay! Oʻxshashi yuq ikki olam saodatim, Bu hayotda noyob ulugʻ siymolarim , Volidamku, mening shirin halovatim , Sizlar bilan nurafshondir dunyolarim! Bolam deya jonlarini fido aylab, Farzand uchun uzligini unutgan zot. Duolari shomu sahar samo buylab Bizni asrar, balolar ham bulibon yod! Endi menga ayting onam dil rozingiz? Nima qilsam? Otajonim baxtiyor siz. Nasib bulsa Kaʼbalarda aylanamiz, Duo qilib tolmagay hech qizlaringiz! Dilbandim deb kungilginam qaragansiz, Eng aʼlosi bolamga deb, saragansiz. Mehrubonim, mehr bilan yaralgansiz, Ey xudoyo bulay sizga munosib iz. Ijozatxon Asqaralievna ✍
Show all...
Сатрларда колмасин  севги Кунгил учун кувониб яша Борлигинга айлансин ишкинг Юрагингни хуп сийлаб яша Бахорларда бойчечак булгин Тог багрида очилиб яша Назар килсин Оллох боринга Инсонлигинг учун хам яша Суйди кимлар,суймади кимлар Икболингда бахт ила яша Яхши ёмон купдир дунёда Узинг учун бир бора яша ✍🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀✍
Show all...
Bizda ham qalb ogʻriydi baʼzan . Biz ham inson , temir emasmiz. Bor mehrimiz qalbdagilarga.... Hech biriga kerak emasmiz.... 🥀🥀🥀🥀🥀🥀
Show all...
❤‍🔥 1
Yurak keldi jilmayib Tutdi Sevgi qolini. Shu payit Hijron va Armon Tosdi ular yolini. Sevgi shunchalar qorqoq Ketvordi Hijron bn, Bechora yurak qoldi Bit umr Armon bn. 😔😔😔😔😔 @bek19sogingan89qalblar
Show all...
🕊 1
UMR YO‘LDOSHIMGA Ota xonadondan olib ketganim, Baxtning saroyiga boshlagan qadam. Oppoq libos ichra titragan, ko‘nglim Ko‘ngil tafti ila isitgan odam. Yangi ostonada dildoshim chindan, Uni deb,tashlangan odimlarim naqd. Ishonch kutganimda,avaylab dildan Qo‘sh qo‘llab tutqazgan, vafo-sadoqat! Beayb Parvardigor,osiy bandamiz, Xatolar kimda yo‘q,bizda ham zohir. Yashadik...Kechirib,yuzda xandamiz, Kamchilik,ayblarga ko‘z yumdi, sabr. Mehr chashmasidan sipqorgan yurak, Umid niholini qadagan,shukur. Orzulardan bunyod,gullagan tilak Ildizi mustahkam,halovat huzur. Boshim qo‘yay desam,bag‘ri ummonim, Sevgi qayig‘ida suzganim birga. Menga yo‘liqtirgan,qodir Rahmonim Shukronalar aytay bitgan, taqdirga! Qay oila qilmagan munozara,baxs Har ro‘zg‘orning bo‘lar, g‘ala-g‘ovuri... Erkak sapchiganda...ayol tursa past, Tortishuv boshlanmas...kelmas oxiri. Ko‘nglimga qaraydi,chin inson kabi Ba‘zan qizishgan chog‘... sukutdaman,jim. Hovuri bosilgach,dovul singari, Yana o‘zligiga qaytadi,sokin. Kamtar koshonamiz sultoni,shoxi Boru-yo‘g‘imizni ko‘ramiz,baham. Guldek farzandlarim pushti panohi, Mehribon otadir.Suyukli yor ham. Maqsadlari bisyor,hamrohi bo‘lay, Qo‘llaridan tutay.Muhtoji o‘zim. G‘ururi osmonim,oyidek to‘lay, Yaxshi yomoniga tutashdir,yo‘lim. Iymoni mustahkam,oilam degan Qalbim shamchirog‘i,metin bardoshim. Topganin,tutganim,g‘amimiz yegan, Baxtimga sog‘ bo‘ling,umr yo‘ldoshim. Ko‘z tegmasin,baraka bersin Allohim, Ko‘z ochib ko‘rganim,oshufta dilsiz. Jannatda ham yoringiz bo‘lay, ilohim, Egam uchrashtirgan,mening  tenggimsiz. Azizim,baxtimning posboni begim, Peshonamga bitgan taqdir, xatimsiz. Ikki dunyo saodati dilda tilagim, Tangrim tuhfa etgan, Muhabbatimsiz! AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA
Show all...
UCHRAR EKAN... Dunyoga kelarkan, odamzot,beshak, Umr yo‘lida taqdir-bayon uchrar ekan. Allohimdan berilgan jonimiz,demak So‘nggi manzil-o‘lim,ayon uchrar ekan. Go‘yo o‘gil otadek,o‘z padariga, Onasini ilmay qo‘ymish,nazariga, Hamma emas.Bor,ba‘zilarning kasriga, Shaytonga bo‘ysungan iymon, uchrar ekan. Majburlik yo‘q,ammo riyokor goh zabon, Asov g‘urur-boshi egik turar hayron. Xaridorin asir aylab,qilar gapdon, Haqiqat jim,shirin yolg‘on,uchrar ekan. Do‘stingman deb,mol-davlatga oshno bo‘lar, Taqdir sinab,omad ketsa,pinhon kular. Xasad hokim,yurak tinmay ig‘vo qilar, Niqob taqqan,soxta inson uchrar ekan. Har to‘kisda bir ayb, turfa ko‘ngillari, Bir kami to‘lmagan armon,uchrar ekan. Risqimiz Robbimdan nasiba bo‘lari, Kimga siqim, kimga xirmon,uchrar ekan. AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA
Show all...