Geoinnovatsiya Markazi DUK
Open in Telegram
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
Show moreUzbekistan62 681The category is not specified
198
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-730 days
Posts Archive
+2
“Kitobxon ayollar kuni” ma’rifiy tadbiri tashkil etildi!
🌟Kadastr agentligi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotining 2026-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Kitobxon ayollar kuni” ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. 🌟“Geoinnovatsiya markazi” DUK mezbonlik qilgan ushbu tanlov yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi.
“Kitobxon ayol — ma’rifatli jamiyat timsoli!” shiori ostida o‘tgan tadbirda xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishi va ma’naviy dunyoqarashini oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Shuningdek, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod, ayniqsa, qizlarning kitobga mehrini uyg‘otish muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi. Zero, bilimli qiz — bilimli ona, bilimli ona esa bilimli avlod demakdir. Qizlarning ta’lim va tarbiya olishi millat kelajagi uchun qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir.
Tadbir davomida markazning “Topografiya va fotogrammetriya” bo‘limi bosh mutaxassisi N. Inomova jahon adabiyoti namoyandasi Yuy Xuanning “Yashamoq” romanidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U muallif ta’kidlaganidek, ushbu asar haqiqatdan ham o‘quvchini “ko‘z yoshlarga g‘arq qiluvchi” va chuqur falsafiy mushohadaga chorlovchi asar ekanligini gapirib berdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, eng faol va bilimdon ishtirokchilar aniqlanib, g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Mazkur ma’rifiy tadbir xotin-qizlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#Geoinnovatsiya_markazi #kitobxon_kadastrchi
📱Telegram| 📱Instagram
+1
Korrupsiyaga qarshi kurashish — umumiy mas’uliyat
🌟“Geoinnovatsiya markazi” DUKda korrupsiyaning oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda “Geoinnovatsiya markazi” DUK direktori v.v.b. S. Yunusov so‘zga chiqib, Kadastr agentligi direktori S.A. Turdiyevning 2026-yil 11-avgustdagi 00274-sht-son buyrug‘ini o‘qib eshittirdi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish — nafaqat huquqiy talab, balki har bir xodimning kasbiy va fuqarolik mas’uliyatidir.
Shu bois korxonada:
🔹 halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash; 🔹 yuksak odob-axloq me’yorlariga rioya etishni ta’minlash; 🔹 korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik; 🔹 korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish imkoniyatlarini kengaytirish; 🔹 kelib tushgan murojaatlarning maxfiyligini ta’minlash; 🔹 korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va ularni kamaytirishga qaratilgan samarali tizimni shakllantirish muhim vazifalar sifatida belgilandi.Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ularning ijrosini doimiy nazorat qilib borish zarurligi qayd etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat mas’ul xodimlarning emas, barchamizning vazifamiz. Halollik va shaffoflik esa tashkilot faoliyatining asosiy mezonlaridan biridir. #Geoinnovatsiya_markazi #Korrupsiyaga_qarshi_kurash 📱Telegram| 📱Instagram
Repost from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Aholi sarson boʻlmasligi uchun Kadastr maslahat burchagi” va “Tezkor kadastr” xizmatlarini yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilandi.
Agentlik faoliyatini “bitta ariza – bitta toʻlov” tamoyili asosida tashkil etish boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi.
Yangi tartibga koʻra, koʻchmas mulkka huquq paydo boʻlganida ariza avtomatik ravishda shakllantirilib, proaktiv xizmat koʻrsatiladi. Bu orqali bir yilda 1 million 200 ming nafar arizachining vaqti va mablagʻi tejaladi. Kadastrga oid barcha xizmatlarni bitta ariza asosida koʻrsatish yoʻlga qoʻyilib, yiliga 200 mingta ortiqcha ariza qisqartiriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni toʻliq onlayn shaklga oʻtkaziladi. Natijada yiliga 500 mingta arizani amaldagi 10-15 kun oʻrniga bir necha soniyada roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati yaratiladi.
#Prezident #Kadastr_agentligi
🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kadastr agentligi faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish, aholi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni soddalashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по организации деятельности Агентства по кадастру на основе новых подходов, а также упрощению услуг, оказываемых населению и предпринимателям.
#Mirziyoyev #taqdimot #kadastr #xizmatlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
❗️❗️❗️ 🔅🔅🔅
🔖 “Kitobxon kadastrchi” tanlovi o’tkazildi!
📌Kadastr agentligi tizimida tasdiqlangan Taqvim rejasining 35-bandi ijrosini ta’minlash hamda xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Geoinnovatsiya markazi” DUKda “Kitobxonlik madaniyati” loyihasi doirasida “Kitobxon kadastrchi” tanlovi o‘tkazildi.
✅Tanlov yakunlariga ko‘ra eng faol va bilimdon ishtirokchilar aniqlanib, g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
💡Mazkur tanlov xodimlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🎁 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi tanlovlarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!Bizning sahifalarimiz: ========== 📱Telegram 📱Instagram #GeoinnovatsiyaMarkazi #KitobxonKadastrchi #KitobxonlikMadaniyati
🔅🔅🔅
📌Namangan shahrida o‘tkazilayotgan 65-Xalqaro gullar festivali doirasida “Afsonalar vodiysi” bog‘ida tomoshabinlar uchun unutilmas dron shou namoyishi haqida.
✅“Geoinnovatsiya markazi” DUK tomonidan 1000 ta dron ishtirokida tashkil etilgan ushbu yuksak texnologik shou festivalga o‘zgacha fayz va zamonaviy ruh bag‘ishladi. Osmonda yaratilgan yorqin tasvirlar, yorug‘lik o‘yinlari va badiiy kompozitsiyalar tomoshabinlarga hayrat, zavq va hayajon ulashdi.
📍Markazning fidoyi xodimlari mashaqqatli va mas’uliyatli mehnat evaziga ushbu spektaklni yuksak darajada amalga oshirib, mehmonlarga chinakam bayramona kayfiyat taqdim etishdi.🔰Namangan – go‘zallik, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unlashgan maskan! Bizning sahifalarimiz: ========== 📱Telegram 📱Instagram
+3
❗️❗️❗️🔅🔅🔅
📣 HASHAR O‘TKAZILDI
✨ “Geoinnovatsiya markazi” DUK xodimlari ham faol ishtirok etib, markazga tegishli hududda hashar tadbirlarini tashkil etdilar.
🌿 Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. ✅ Bunday ezgu tadbirlar yurtimizda hamjihatlik, obodlik va poklik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.🌿🌿🌿#Hashar #ObodYurt #GeoinnovatsiyaMarkazi
#har_oyda_bir_kitob
📚 “Kitobxonlik madaniyati” loyihasi doirasida yangi tashabbus
📌 Kadastr agentligi tizimida xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida “GEOINNOVATSIYA MARKAZI” DUKda “Har oyda bir kitob” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
📖 Loyiha doirasida markaz xodimlari har oy kamida bitta badiiy yoki ilmiy-ommabop asarni mutolaa qilib, uning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va hayotiy saboqlari yuzasidan o‘zaro fikr almashadilar. Shuningdek, kitoblar bo‘yicha davra suhbatlari, muhokamalar va tahliliy uchrashuvlar muntazam tashkil etib boriladi. 💡Mutolaa jarayoni nafaqat bilimlarni boyitadi, balki xodimlarning tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ijodiy yondashuvini kuchaytirish va kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi. 🎁Faol kitobxonlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida “Kitobxon kadastrchi” tanlovi tashkil etilib, eng faol, izlanuvchan va bilimdon ishtirokchilar munosib taqdirlanadi. 🔰Ushbu loyiha jamoada kitobxonlik muhitini shakllantirish, ma’naviy birlikni mustahkamlash va kitobsevarlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.🌐Kitob o‘qigan insonning fikri teran, dunyoqarashi keng va maqsadlari ulug‘ bo‘ladi. Har oyda bir kitob — o‘z ustingizda ishlash sari muhim qadam! Bizning sahifalarimiz: ========== 📱Telegram 📱Instagram
Repost from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🌏 2-IYUL — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN
Bugun mamlakatimiz hayotidagi muhim tarixiy sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 34 yilligi nishonlanmoqda.
📄 1992-yil 2-iyul kuni "O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinib, davlatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifoda etuvchi muqaddas ramzlardan biri rasman tasdiqlandi.
Davlat gerbimizdagi har bir timsol yuksak ma'no kasb etadi:
🌾 Bug‘doy boshoqlari — xalqimizning farovonligi va to‘kin-sochin hayotini;
🌱 G‘o‘za shoxlari — yurtimizning mehnatsevarligi hamda milliy boyliklaridan birini;
☀️ Quyosh nurlari — tinchlik, taraqqiyot va porloq kelajakni;
🅰 Humo qushi — erkinlik, baxt, ezgulik va yuksak orzu-intilishlarni ifodalaydi.
🇺🇿 Davlat gerbi — bu shunchaki rasmiy ramz emas. U xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, mustaqillikka bo‘lgan sadoqati hamda yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchining yorqin ifodasidir.
2-iyul — Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
#Kadastr_agentligi #gerb
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
📎Bugun mamlakatimiz tarixidagi muhim sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi. 🔗1992-yil 2-iyul kuni tasdiqlangan Davlat gerbi mustaqil O‘zbekistonning suvereniteti, milliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlari va porloq kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir. 🇺🇿Gerbdagi Humo qushi baxt va erkinlik timsoli, quyosh nuri yurtimiz ravnaqi va nurafshon kelajagini, bug‘doy boshoqlari mo‘l-ko‘llikni, paxta shoxlari xalqimizning bunyodkorligi va mehnatsevarligini, sakkiz qirrali yulduz esa birlik, hamjihatlik hamda qadimiy ma’naviy merosimizni ifodalaydi. ➡️Davlat ramzlari — xalqimizning g‘ururi, milliy o‘zligimiz va Vatanga sadoqatimizning yorqin ifodasidir. Ularni e’zozlash va asrab-avaylash har bir fuqaroning sharafli burchidir.🇺🇿 *Davlat gerbi qabul qilinganining 34 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!
#30iyun #YoshlarKuni
🙋 Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi.
Xususan, bilim olish, kasb-hunar egallash, til o‘rganish, ish topish va biznes boshlashda qiyinchilikka uchragan 1,5 million yoshlarning muammosi “Yoshlar daftari” orqali hal qilindi. Alohida dasturlar asosida jozibador biznes muhiti va imtiyozli resurslar natijasida yosh tadbirkorlar soni 5 karra ko‘payib, 287 mingdan oshdi. O‘quv markazlarini ko‘paytirishga qulay sharoit yaratilgani uchun xorijiy tillarni intensiv o‘rganayotgan yigit-qizlarimiz 3,5 millionga yetdi. Iqtidorli o‘quvchi va talabalarimiz nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qo‘lga kiritdi. Tarbiyasi og‘ir yoshlarga huquq-tartibot idoralari va hokimlar biriktirilgani uchun ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 karra kamaydi. “Lekin bu – yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, degani emas”, – dedi davlatimiz rahbari.👥 Yoshlar masalalari uchun mas’ul idoralar, vazirlar, hokimlar, rektorlar, texnikum va maktab direktorlari yoshlar muammosi, ehtiyoj va qiziqishlari bo‘yicha tinimsiz ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
#30iyun #YoshlarKuni
🙋 Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
🎉 Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. “Biz islohotlarimizning ilk kunlaridan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarishni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olganmiz”, – dedi Prezidentimiz. Yurtimizning har bir mahallasida o‘g‘il-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularga ko‘makchi bo‘ladigan yoshlar yetakchilari korpusi shakllantirildi. Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat va ezgu insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash maqsadida nuroniy otaxon va onaxonlarimizning boy hayotiy tajribasidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi.🔎 Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik va idoralar yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish masalasiga to‘liq safarbar qilindi. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik
—
Поздравление работникам печати и средств массовой информации
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+2
❗️❗️❗️ 🔅🔅🔅
🔖 “Kitobxon kadastrchi” tanlovi o’tkazildi!
📌Kadastr agentligi tizimida tasdiqlangan Taqvim rejasining 35-bandi ijrosini ta’minlash hamda xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Geoinnovatsiya markazi” DUKda “Kitobxonlik madaniyati” loyihasi doirasida “Kitobxon kadastrchi” tanlovi o‘tkazildi.
🔍Tanlov davomida ishtirokchilarning mutolaa madaniyati, o‘qilgan asarlar yuzasidan tahliliy fikrlash qobiliyati, adabiyotga bo‘lgan qiziqishi va bilim saviyasi baholandi. Xususan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari bo‘yicha ishtirokchilar o‘z bilim va mulohazalarini namoyon etdilar. ✅Tanlov yakunlariga ko‘ra eng faol va bilimdon ishtirokchilar aniqlanib, g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. 💡Mazkur tanlov xodimlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🎁 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi tanlovlarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!Bizning sahifalarimiz: ========== 📱Telegram 📱Instagram #GeoinnovatsiyaMarkazi #KitobxonKadastrchi #KitobxonlikMadaniyati
Repost from Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
+4
Kadastr agentligida tayinlovlar amalga oshirildi
11 iyun kuni Kadastr agentligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev olib bordi. Yig‘ilishda Kadastr tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi vaziyat va oldinda turgan asosiy vazifalar tahlil qilindi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Prezidentimizning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. S.Turdiyev shu paytga qadar prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:
Fayzullayev Murat Muxtarovich Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Xafizov Alisher Abduazizovich
Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;
Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich
Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;
Abdullayev To‘lqin Mansurovich
Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, Abdushukr Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Yig‘ilish yakunida kadastr organlari mutasaddilari oldida turgan asosiy vazifalar belgilab berildi.
Telegram kanal / Facebook sahifasi
