cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

𝐒𝐢𝐫𝐝𝐚𝐫𝐲𝐨𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐚𝐲𝐨𝐥𝐢

Sirdaryo viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasining rasmiy kanali

Show more
Advertising posts
610
Subscribers
+524 hours
+227 days
+430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#_Oqoltin tumani #_"Kumush tola" #_A.Navoiy MFY Yurtimizda ayni vaqtda Pilla qurtinini yetishtirish mavsumi keng koʻlamda olib borilmoqda. Oqoltin tumani A.Navoiy MFY "Oqila ayollar harakati" aʼzosi, lider ayol Fotima Normuradova boshchiligida bir guruh ayollarimiz, milliy boyligimiz boʻlgan pilla qurtini boqib, terib olishga kirishdilar. Ota bobolarimiz, momolarimizdan meros boʻlib qolgan milliy boyligimiz Pilla qurtini boqish bizdan katta kuch va masʼuliyat talab etadi. Bu zavqli mehnat bilan "Kumush tolalar"ni Yurtimizning ravnaqi, rivojlanishi yoʻlida yetishtirish, topshirish bizga oʻzgacha gʻurur va faxr tuygʻusini beradi deydi: lider ayol Fotima Normuradova. 💬https://t.me/sirdaryoning_ayoli
Show all...
👍 1🔥 1🥰 1😍 1
Гулистонда "Нафосат" кўрик-танлови 16:56 https://uza.uz/uz/posts/gulistonda-nafosat-korik-tanlovi_599820
Show all...
Гулистонда

Гулистон шаҳридаги “Ҳунармандлар маркази”да “Нафосат” кўрик-танловининг Сирдарё вилояти босқичи бўлиб ўтди.

🔥 4👍 2 2🥰 1👀 1
Joriy yilning 15 may kuni Guliston shahridagi “Hunarmandlar  markazi”da “Nafosat” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi  o‘tkazildi. Mahalliy dizaynerlar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Nafosat” koʻrik-tanlovning maqsadi xotin-qizlarning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, ular oʻrtasida milliy va zamonaviylik uygʻunligidagi,  madaniyatimiz hamda mentalitetimizga xos liboslarni keng targʻib qilishdan iborat. Tanlovda milliy va zamonaviy qadriyatlar uygʻunligida liboslar loyihalari va toʻplamlarini yaratayotgan dizayner xotin-qizlar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tumanlar kesimida viloyatning urf-odatlari, kiyinish madaniyatini targʻib etgan holda, oʻz  koʻrkazmalarini  namoyish etdi. Tuman bosqichiga tavsiya qilingan 120 nafar tikuvchi dizaynerlarning tayyorlagan eskiz va kombinatsiyalari tuman komissiyasi tomonidan o‘rganib, viloyat bosqichiga 46 nafari tavsiya qilindi. Viloyat hakamlar hay’ati tomonidan 46 nafar ayol dizaynerlarning hujjatlari o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, shundan 7 nafari tanlovining g‘olibligini qo‘lga kiritdi.  1-o‘rinni Sayxunobod tumanidan Shokirova Gulhayo 2 -o‘rinni Oqoltin tumanidan Sariyeva Dilnoza 2-o‘rinni Sardoba tumanidan Qorayeva Nafisa 3-o‘rinni Guliston shahridan Saidova Komila 3-o‘rinni Yangiyer shahridan Turdialiyeva Muxabbat 3-o‘rinni Boyovut tumanidan Xotamova Gulnozalar egalladi. Tanlov natijasiga ko‘ra hay’at a’zolari qaroriga muvofiq, Guliston tumanidan Eminjanova Dilrabo Yuldashevna  tanlovda oliy o‘ringa sazovor bo'ldi. Tanlovning barcha ishtirokchilari diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. 💬https://t.me/sirdaryoning_ayoli
Show all...
🥰 3👍 2😍 2 1🔥 1👏 1🤬 1🙊 1
06:28
Video unavailableShow in Telegram
Diyor Yangiliklari|| #16may #Sirdaryo 📡 @Sirdaryo_Mtrk
Show all...
🔥 3👍 1 1👏 1
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-sonli qaroriga asosan 15-may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. 👨‍👩‍👧‍👦Oila jamiyatning asosiy elementi sifatida insoniy qadriyatlar, madaniyat va avlodlarning tarixiy davomiyligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Shirin shahrida Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ajrimlarni oldini olish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ko‘pchilikka ibrat bo‘lgan soha vakillarini elimizga tanishtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Unda shahrimizdagi nuroniy otaxon-onaxonlar, o‘rta yosh avlod vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida shahrimizdagi faol oilalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. ➡️ Telegram |Instagram | Facebook | Youtube
Show all...
👍 3🔥 1🥰 1👏 1👌 1😍 1
😄Sirdaryolik pillakorlar hosil yig‘ishni boshladi Avval xabar berganimizdek tuman pillakorlari tomonidan ipak qurti boqish hamda tayyor mahsulotlarni pillachilik korxonalariga yetkazib berish hamda 114 tonna “kumush tola” olish rejalashtirilgan edi. Tuman pillakorlarining shijoati baland yetishtirilgan mo‘l pilla hosilini yig‘ishtirib olinish, sifatini buzilmasdan pillani qabul qilish maskanlariga topshirish va quritish, g‘umbagidan ajratish hamda saralash ishlari qizg‘in olib borilmoqda. 📱 https://t.me/sirdaryoning_ayoli
Show all...
👍 4 1🔥 1🥰 1👏 1
😄Sirdaryolik pillakorlar hosil yig‘ishni boshladi Avval xabar berganimizdek tuman pillakorlari tomonidan ipak qurti boqish hamda tayyor mahsulotlarni pillachilik korxonalariga yetkazib berish hamda 114 tonna “kumush tola” olish rejalashtirilgan edi. Tuman pillakorlarining shijoati baland yetishtirilgan mo‘l pilla hosilini yig‘ishtirib olinish, sifatini buzilmasdan pillani qabul qilish maskanlariga topshirish va quritish, g‘umbagidan ajratish hamda saralash ishlari qizg‘in olib borilmoqda. 📱 @https://t.me/sirdaryoning_ayoli
Show all...
Xovos tumanida pilla hosilini yig‘ish boshlandi Shu kunlarda viloyatimiz bo‘ylab pilla xirmondan ko‘tarilmoqda. Pillakorlar uchun mashaqqatli mehnatlarning rohatini ko‘radigan payt keldi. Xususan, bugun Xovos tumanida pilla hosilini qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Ulug'bek Yo'ldoshev, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi xodimlari, soha mas’ullari hamda kasanachilar ishtirok etdi. Tumanda 1 ming 287 quti ipak qurti parvarishlanib, 76 tonna hosil yetishtirish rejalashtirilgan. Tadbirda so‘z olganlar zahmatkash pillakorlarni mavsum bilan tabriklab, kelgusidagi rejalar, sohadagi o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, kasanachilar tomonidan yetishtirilgan pillalar taroziga tortildi hamda shu joyning o‘zida mehnat haqlari to‘lab berildi. Ilg‘or pillakorlarga estalik sovg‘alari topshirildi. 📲Rasmiy sahifalarimiz: https://t.me/sirdaryoning_ayoli
Show all...
👍 4 1🔥 1🥰 1👏 1
Go to the archive of posts