cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning Telegram kanaliga xush kelibsiz! Reklama uchun: @Uzbwepbot

Show more
Advertising posts
4 665
Subscribers
-424 hours
-387 days
+9130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. 👉 @hushnudbekreklama 👈
Show all...
❤‍🔥 5
DXX tomonidan turli mansabdor shaxslar pora bilan ushlandi ➖ Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2000 dollar olgan vaqtida ushlangan. U pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bog‘cha rahbariga nisbatan tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmasligiga yordam berishi evaziga 3 ming dollar talab qilgan va 1000 dollarni avvalroq olgan; ➖ Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan fermer xo‘jalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini ixtiyoriga qaytarib berish hamda bajarilmagan g‘alla ekish rejasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2,5 ming dollar talab qiladi. Agrofirma rahbari so‘ralgan puldan 1000 dollar va 5 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. Chortoq tuman hokimi o‘rinbosari esa 100 dollarni olib, qolgan qismini agrofirma rahbariga o‘zida saqlab turishini aytgan vaqtida ushlangan; ➖ Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z rahbarining og‘zaki topshirig‘iga asosan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning transformatorini elektr tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xizmat xonasida 40 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i ham protsessual tartibda ushlangan; ➖ Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 25 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan. Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 👉 @hushnudbekreklama 👈
Show all...
Xon Saroy’da bahoriy chegirmalar! Qulay rejalashtirishga ega Xon Saroyʼning “Zoʻrsan” loyihasidan xonadon xarid qilib, boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini oyiga 5,7 mln soʻmdan toʻlab boring. Loyiha hududida quyidagilar mavjud: 👉Bog‘cha va maktab; 👉Xavfsiz bolalar maydonchasi; 👉Avtoturargohlar; 👉24/7 kuzatuv kameralari. Bot orqali bogʻlanish ☎️ 712007400 ☎️ 555017400 🌐 xonsaroy.uz Reklama
Show all...
👍 3
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. 👉 @hushnudbekreklama 👈
Show all...
🔥 8🤝 3
Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik! Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi. Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi. 👉 @hushnudbekreklama 👈
Show all...
👍 14
‼️Zo‘r xabar: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin. Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. 👉 @hushnudbekreklama 👈
Show all...
Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Республикаси Президенти

Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси Президенти – Президентнинг расмий сайти. Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ҳақида маълумот

👍 18😱 4🤔 2 1
Hujjatlar nusxasini so‘rash qonuniymi? Byurokratiyadan qachon qutilamiz? Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 5 yil staji bor ayollar uchun tavsiyanoma berish maqsadida arizalar qabul qilishni boshladi. Hujjatlar 1-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlarida qabul qilinadi. Nomzodlardan so‘ralayotgan hujjatlar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom. Ya’ni 5 yil staji bor ayollar 3 ta hujjatni ko‘tarib, ishchi guruh qayerdaligini topib, ovora bo‘lib borishi kerak. Kimnidir qosh-qovog‘iga qarashi, tavsiyanoma berasizlarmi, iltimos, hal qilib bering, deb so‘rashi kerak. Va eng qizig‘i boshqa joyda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6191-son va PF–6269-son Farmonlariga asosan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan: — shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; — shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati; — mehnat daftarchalari va ularning nusxalari; — kadastr hujjatlari va ularning nusxalari; — soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi; — diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus); — tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari; — “Manzil-ma’lumot”, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar (to‘liq ro‘yxat yuqoridagi farmonlar havolasida). Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi. Ko‘rinib turibdiki, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi so‘rayotgan 3 ta hujjatni (uning ikkitasi shunchaki nusxa) so‘rash Prezident farmonlari bilan taqiqlangan. Nahotki bunga hech kim e’tibor qilmaydi? Ushbu tavsiyanomani berish 2022-yildan boshlangan. Oradan 2 yil o‘tdi. Bu vaqt ichida bemalol shu tizimni onlayn qilsa bo‘lar edi. Hech kimdan hech qanaqa hujjat so‘ralmaydigan, hech kimni ovora qilmaydigan, inson omilidan butunlay xoli tizim qilsa bo‘lardi. Faqat ozgina xohish kerak edi xolos. Bunday tizim qo‘mitada mavjud bo‘lmaganda ham mayli edi. Ehtiyojmand ayollarga beriladigan boshqa tavsiyanomani olish uchun aynan onlayn ariza beriladi, qo‘shimcha hujjat so‘ralmaydi. Nega shunaqa imkoniyatni 5 yil stajli ayollarga ham qilish mumkin emas? Hayronman ochig‘i. 👉 @hushnudbekreklama 👈
Show all...
👍 3🔥 1
Aytgancha, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari yo‘q. Ya’ni faqat 9-may, payshanbada dam olish kuni bo‘ladi, boshqa kunlar odatiy ish kuni hisoblanadi. 👉 @hushnudbekreklama 👈
Show all...
👍 8😭 5🔥 1
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8 va 9-may kunlari “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi: ● 762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi: Toshkent — soat 6:59 Qarshi — soat 10:33761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi: Qarshi — soat 16:51 Toshkent — soat 20:20. ⠀ 👉 @hushnudbekreklama 👈
Show all...
👍 3 1🔥 1