cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sevgisi yolgonim kanali

Hayotda uchta do'stim bor Azoblarga chidagan yuragim Yuragim uchun yig'lagan ko'zlarim Ko'zlarim yoshini artgan qo'llarim #Xasta_Yurag1m_N1 17. 08. 2021. Kanal ochldi

Show more
TajikistanThe language is not specifiedReligion & Spirituality
Advertising posts
2 676
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Assalomu aleykum barcaga hayrli kech
Show all...
Hamma uxlayabdi 😔
Show all...
КЕРАГИМСАН ДЕГИН        ЁЛҒОН БЎЛСА ҲАМ? Дилимнинг малхами танхо ўзингсан, Ишқимнинг гуллаган бахори сенсан, Дунёга тенг эрур хар бир даханинг, Керагимсан дегин ёлғон булсахам. Ёлғонинга бугун муштоқ бўлдимку, Хақ сўзингдан ишон қалбим ёндику, Паймонамнинг сабри охир тӯлдику, Керагимсан дегин ёлгон бӯлсахам. Кӯнглим кошонаси бӯлиб вайрона, Туйғуларим қолди булиб сарсона, Кӯзимда жолалар оқар гирёна, Керагимсан дегин ёлғон бӯлсахам. Хижронинг  дастидан сочларимда қор, Мухабат боғларим гулламас зинхор, Ягона ӯтинчим сендан  сӯнгибор, Керагимсан дегин ёлғон бӯлсахам.      Шаҳноза Жӯраева #https://t.me/Ayriliq_Sherlari
Show all...
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Sabr 1506
Show all...
Repost from N/a
#buyurtma Musofir. Nasibasin axtarib xor ketganlar. Uzoq-uzoq manzillarga yetganlar. Sogʻinch nomli qoʻshiqlarni aytganlar. Musofirning boshi toshdan boʻlarkan. Yurak qoni, mungli yoshdan boʻlarkan. Yaqinlari diydoriga zor boʻlib. Tiralarmish har kuni ming bor oʻlib. Yigʻlayolmas bu dili toʻlib-toʻlib. Musofirning boshi toshdan boʻlarkan. Yurak qoni mungli yoshdan boʻlarkan. Ota- ona, farzandin qucholmasa. Yor bilan ishq mayin icholmasa. Sovuqdan, azoblardan qocholmasa. Musofirning boshi toshdan boʻlarkan. Yurak qoni mungli yoshdan boʻlarkan. Musofirga oson demang, ey doʻstlar. Toʻlsin deydi uyida kam-u koʻstlar. Dalda boʻlsin musofirga bu soʻzlar. Musofirning boshi toshdan boʻlarkan. Yurak qoni mungli yoshdan boʻlarkan. Boshingizni tik koʻtarib kelinglar. Qasr uylar, bazm, toʻylar qilinglar. Boy boʻlinglar, bizni nazar ilinglar. Musofirning boshi toshdan boʻlarkan. Yurak qoni, qonmas yoshdan boʻlarkan. ✍ Qarshiyeva Farangiz....
Show all...
Repost from N/a
#buyurtma Sogʻinasan . Yodga olma mayli mendek bechorani. Ishq koʻyida kuylar chalgan sarsonani. Telba dema, sen deb boʻlgan devonani. Bir kun kelar, meni yomon sogʻinasan. Sogʻinchlarda oʻrtanib xoʻp, ogʻrinasan. Ogʻritgani topolmaysan, dili pora. Muhabbatning azobiga bormi chora. Atrofingda toʻlib ketsa, qalbi qora. Oʻsha kunda meni yomon sogʻinasan. Sogʻinganda sogʻinchlarda ogʻrinasan. Yaqinlaring yarim koʻngling topolmasa. Jigarlaring gʻam eshiging yopolmasa. Sarxush boʻlsang, maylar darding ololmasa. Shunda meni juda yomon sogʻinasan. Sogʻich bilan quchoqlashib ogʻrinasan... Siyatimni suratlardan qidirganda. Yodga tushsa kulgularim, dil tilganda. Kech boʻlmasin, qadr neligin bilganda. Kun keladi meni yomon sogʻinasan. Sogʻinasan, sogʻinib xoʻp ogʻrinasan. ✍ Qarshiyeva Farangiz.
Show all...
Repost from N/a
01:00
Video unavailableShow in Telegram
#buyurtma Hech qursa, tushlarda kelaman degin.. Kutib yashayman umrim soʻngicha. Koʻngilchun sen ham bir, sevaman degin. Hayotim mazmuni oʻzgarar picha. Hech qursa, tushlarda kelaman degin. Oʻngimda endi hech koʻraolmayman. Xayollar oralab, aylanib kegin. Yoningda yonma-yon, yuraolmayman. Hech qursa,tushlarda kelaman degin. Roziman hattoki telba boʻlishga. Yuragim seniki, shuni sen bilgin . Hattoki tayyorman bevaqt oʻlishga. Hech qursa, tushlarda kelaman degin. Muhabbat yondirar, otash alanga. Mayliga soʻzingla koʻnglimni tilgin. Ovozing yoqimli, oromdir tanga. Hech qursa, tushlarda kelaman degin. ✍ Qarshiyeva Farangiz.
Show all...
Repost from N/a
00:17
Video unavailableShow in Telegram
#buyurtma Bunga men aybdor, ishqim gunohkor. Har kimni ayblash oʻzi bir xato. Qidirma uzoqdan, aniqku oshkor. Boʻlsaydi yuragim tikilgan mato. Bunga men aybdor, ishqim gunohkor. Ohimdan dod soldi, hattoki falak. Senga boʻlolmadim suyukli malak. Yashab kelayabdi, azobli istak. Bunga men aybdor, ishqim gunohkor. Oʻzingni oʻtlarga otma qoʻy jonim. Men yomon, aqmoqman yoki bir zolim. Kechirsin deb oʻtar, oʻtgan har onim. Bunga men aybdor, ishqim gunohkor. Dardimga davosin chorasi yoʻqmi? Qilganlarim xato, oʻylarim bekor. Sevgi dilginamga otilgan oʻqmi? Bunga men aybdor, ishqim gunohkor. Sendan nimalarni xoxlarman bilmam. Muhabbat tufayli ikkimiz abgor. Boʻldi bas, hech qachon orzular qilmam. Bunga men aybdor, ishqim gunohkor. Jabridan qochmadim, jafokashimning. Yoshlarim toʻldirdi, toʻldiku anhor. Dardi men bilaman, bu dardkashimning. Bunga men aybdor, ishqim gunohkor. ✍ Qarshiyeva Farangiz
Show all...
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Qorbobomiz Qorbobo. Qiliqlari bor bobo. Kungfuni oʻrganmoqchi. Hali kichkina bobo. Bayram boʻlmay kelvolib. Yuribdi, chana qolib. Soqol moʻylov yoʻq ekan. Qorbobo mitti bobo.
Show all...