AIRI.uz
Open in Telegram
🇺🇿 Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti https://airi.uz
Show more3 561
Subscribers
-624 hours
-437 days
-18130 days
Posts Archive
3 561
⚡️ "Mahalla" telakanalining "Kun nafasi" dasturida sun'iy intellekt va undan foydalanishdagi muhim jihatlar mavzusi muhokama qilindi.
Ko'rsatuvda Institut xodimi Kamoliddin Nishonov ekspert sifatida ishtirok etdi.👉Batafsil videoda tomosha qiling. ✅Telegram | 🌐Instagram | ♾Facebook | 📹YouTube | 🌐Website
3 561
+9
Akademik Vosil Qobulov tavalludining 105 yilligi tantanali nishonlandi
😇 Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, kibernetik olim, "Fidokorona xizmatlari uchun", “El-yurt hurmati” ordeni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni sohibi Vosil Qobulovich Qobulovning 105 yilligiga bag‘ishlangan Institut ilmiy kengashining tantanali majlisi bo‘lib o‘tdi.
👥 Tadbirda kibernetika sohasida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan akademiklar, davlat arboblari, faxriy professor-olimlar, soha mutaxassislari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.
💬 Tadbirni institut direktori Anvarxodja Kadirov ochib berdi va kibernetika fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan akademik Vosil Qobulovning ilm-fandagi o‘rni, ilmiy merosi hamda samarali mehnat faoliyati haqida alohida to'xtalib o‘tdi.
✍️ Tadbir davomida so‘zga chiqqan ustozlar tomonidan akademik Vosil Qobulovning ilmiy maktabi, fundamental izlanishlari va kibernetika sohasida yaratgan ilmiy yo‘nalishlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Olimning ko‘p yillik ilmiy faoliyati, shogirdlar tayyorlashdagi xizmatlari hamda O‘zbekistonda kibernetika fanining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida e’tirof etildi.💳 Shuningdek, tadbir davomida akademik Vosil Qobulovning sermahsul ilmiy faoliyati, hayot yo‘li va boy ilmiy merosiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Unda olimning kibernetika faniga olib kirgan yangi yondashuvlari va ilmiy g‘oyalarining bugungi raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan davrdagi o‘rni va ahamiyati muhokama qilindi. ✅Tantanali tadbir yakunida akademik Vosil Qobulovning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uning ilmiy maktabi an’analarini davom ettirish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida keng aks etish muhimligi ta’kidlandi. 📸 Tadbirning qaynoq lahzalarini tomosha qilish uchun havola ustiga bosing! ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
🚀 STARTAP BOSHLAMOQCHIMISIZ? AVVAL TO‘G‘RI STARTAPNI TANLANG!
✅ Ko‘pchilikda yaxshi g‘oya bor. Ammo har bir g‘oya ham biznesga aylanmaydi.
📚 Eng muhim savol: Qaysi startapni tanlash kerak va uni qanday qilib to‘g‘ri amalga oshirish mumkin?
Bu savollarga amaliy javoblarni Mo‘ydinov Xayot bilan birgalikda ko‘rib chiqamiz.
🎙 Spiker: Mo‘ydinov Xayot
🔹 2020-yildan beri “Purewell Grand” kompaniyasi asoschisi.
🔹 Startap va kichik biznesni rivojlantirish sohasida media-trener.
📌 Mavzu: “To‘g‘ri startapni tanlash va amalga oshirish formulasi”
Suhbat davomida: 💡 G‘oyani qanday to‘g‘ri baholash? 🎯 Qaysi startapni tanlash kerak? 📈 G‘oyani biznesga qanday aylantirish mumkin? ⚙️ Startapni amalga oshirishda nimalarga e’tibor berish kerak?🗓 11-sentyabr, payshanba ⏰ 14:00 💻 ONLAYN
G‘oya yetarli emas. To‘g‘ri formula kerak.🔥 Agar siz ham startap boshlash yoki mavjud g‘oyangizni biznesga aylantirishni istasangiz — ushbu uchrashuvni o‘tkazib yubormang! ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Huquqiy_axborot
#Bilib_oling
📣 Qonunchilikka ko'ra, 2026-yil 1-sentabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
Shuningdek, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori - oyiga 1 360 000 so'm, bazaviy hisoblash miqdori - 440 000 so'm etib belgilanmoqda.✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
G'oyangiz bor va uni kuchli startapga aylantirmoqchimisiz? Unda bu imkoniyatni aslo boy bermang!
⭕️Muvaffaqiyatli startap uchun faqat yaxshi g‘oya va motivatsiya yetarli emas. Buning uchun aniq strategiya, to‘g‘ri yo‘nalish va amaliy harakat zarur.
🚀 “STARTAP VA UNI YARATISH ASOSLARI” vebinarida siz: 💡 g‘oyani to‘g‘ri shakllantirish; ↗️ uni biznes modelga aylantirish; 🎯 bozor va mijozni aniqlash; 💸 startapni daromadli loyihaga aylantirish yo‘llarini o‘rganasiz.🎙 Spiker - Usmon Raximjanov - IT Park Uzbekistan Startap oqimini rivojlantirish bo'limi bosh menejeri, “Startap tashabbuslari” dasturi asoschisi hamda USAID va UNDP loyihalari eksperti 🗓 7-sentyabr, dushanba ⏰ 14:00 💻 Onlayn Vebinarda qatnashing va g‘oyangizni startapga aylantiring! ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
G'oyangiz bor va uni kuchli startapga aylantirmoqchimisiz? Unda bu imkoniyatni aslo boy bermang!
⭕️Muvaffaqiyatli startap uchun faqat yaxshi g‘oya va motivatsiya yetarli emas. Buning uchun aniq strategiya, to‘g‘ri yo‘nalish va amaliy harakat zarur.
🚀 “STARTAP VA UNI YARATISH ASOSLARI” vebinarida siz: 💡 g‘oyani to‘g‘ri shakllantirish; ↗️ uni biznes modelga aylantirish; 🎯 bozor va mijozni aniqlash; 💸 startapni daromadli loyihaga aylantirish yo‘llarini o‘rganasiz.🎙 Spiker - Usmon Raximjanov - IT Park Uzbekistan bosh menejeri “Startap tashabbuslari” dasturi asoschisi hamda USAID va UNDP loyihalari eksperti 🗓 7-sentyabr, dushanba ⏰ 14:00 💻 Onlayn Vebinarda qatnashing va g‘oyangizni startapga aylantiring! ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
+4
🟦🟦🟦
🤗 Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga Mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbat jarayoni bo'lib o'tdi
Eslatib o'tamiz, hujjatlar quyidagi ixtisosliklar bo'yicha qabul qilingan edi: ➡️ 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash; ➡️ 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari; ➡️ 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui; ➡️ 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt.🔖 Ta'kidlash joizki, suhbat jarayoni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida shaffof holatda amalga oshirildi. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
Startapga investitsiyani qayerdan jalb qilish mumkin?
Startapingiz uchun investor qidiryapsizmi? O‘zbekistonda buning uchun venchur fondlar, angel investorlar, grantlar va akseleratorlar tobora ko‘paymoqda.🖥 Startaplar uchun investitsiya manbalari va investorlar ro‘yxati bilan tanishing! ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
🤖 Robot sportda insonlar rekordini yangilamoqda
📈 Pekindagi robotlar musobaqasida gumanoid robotlar yugurish va balandlikka sakrash yo‘nalishlarida insonlar rekordlarini yangiladi.
Shuningdek, futbol, tennis, boks va boshqa sport turlari bo‘yicha ham bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu jarayon robototexnika va sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.🔖 Batafsil videoda tomosha qiling. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
Anthropic kompaniyasi "Claude Fable 5.1"ni taqdim etdi
📣 Anthropic kompaniyasi "Claude Fable 5.1" modelini taqdim etdi. Yangi model murakkab masalalarni tahlil qilish va yechim topish, dasturlash jarayonlarini mustaqil amalga oshirish hamda ko‘p bosqichli tadqiqot vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan.
Benchmark natijalariga ko‘ra, "Fable 5.1" avvalgi versiyaga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan. "Terminal-Bench-Science" testida model 52,6% natija qayd etib, "Fable 5"dagi 24,7% ko‘rsatkichdan ikki barobardan ko‘proq yuqori natijaga erishgan.📥 Ma'lumot o'rnida, model 1 million tokenlik kontekst hajmi va 128 ming tokenlik maksimal javob hajmini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu katta hajmdagi kod, hujjat va boshqa ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
Anthropic kompaniyasi "Claude Fable 5.1"ni taqdim etdi
📣 Anthropic kompaniyasi "Claude Fable 5.1" modelini taqdim etdi. Yangi model murakkab masalalarni tahlil qilish va yechim topish, dasturlash jarayonlarini mustaqil amalga oshirish hamda ko‘p bosqichli tadqiqot vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan.
Benchmark natijalariga ko‘ra, "Fable 5.1" avvalgi versiyaga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan. "Terminal-Bench-Science" testida model 52,6% natija qayd etib, "Fable 5"dagi 24,7% ko‘rsatkichdan ikki barobardan ko‘proq yuqori natijaga erishgan.📥 Ma'lumot o'rnida, model 1 million tokenlik kontekst hajmi va 128 ming tokenlik maksimal javob hajmini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu katta hajmdagi kod, hujjat va boshqa ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35
Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimizning erkinligi, tinchligi va barqaror taraqqiyoti yo‘lida erishilgan barcha yutuqlar xalqimizning birdamligi va matonatining yorqin namunasidir.
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan samimiy muborakbor etadi! Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🗣️ Mustaqilligimizning qadrini ulug‘lash, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish va bu ezgu qadriyatlarni kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
Ilmiy-tadqiqot ishi taqdimoti bo‘yicha talablar bilan tanishing!
🤗 Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar bo‘yicha qabul qilishda ilmiy-tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish va baholashga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi.
📝 Batafsil tanishish uchun havola ustiga bosing!
✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
+9
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🤗 Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi tadbir bo'lib o'tdi.
🗣️ Tadbirni institut direktori A.Kadirov ochib berdi va barchani yaqinlashib kelayotgan eng aziz va eng muqaddas bayramimiz - mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
📣 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.🔖O'z navbatida so'zga chiqqan ustozlar ham mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi - xalqimizning fidokorona mehnati, ulkan irodasi va bunyodkorlik salohiyati bilan bosib o‘tilgan murakkab va sharafli taraqqiyot yo‘lining yorqin ifodasi ekanligini ta'kidladilar. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
🔥🔥🔥
🔘Rashidov Xusan Shirinboyevichning “Tasniflash masalalarida relevant belgilarni tanlab olish gibrid algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun ilmiy tadqiqoti xususida.🎥 "YouTube" orqali ko'rish uchun havola. 📝 Maqolani o'qish uchun havola. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
Repost from Kriminologiya tadqiqot instituti| Rasmiy kanal
+5
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida Kriminologiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi mas'ul xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar Ombudsmani, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyati va boshqa kengash a'zolari ishtirok etishdi.
Unda Institut huzurida faoliyat yuritayotgan Ilmiy kengashlar va Markazlararo komissiyaning yarim yillik faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xalqaro indekslar bilan ishlash holati hamda laboratoriyalar faoliyati yuzasidan axborotlar tinglandi.
Shuningdek, Institutning 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, tugallangan ilmiy tadqiqotlar, jumladan, Andijon, Namangan, Navoiy, Jizzax viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlari jinoyatchiligini tadqiq qilish loyihalari bo‘yicha tayyorlangan tadqiqot hisobotlari yakunlanganligi e’tirof etildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti hamda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Navbatdagi yig‘ilishda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, zamonaviy kriminologik tadqiqotlarni amaliyot bilan yanada uyg‘unlashtirish hamda sohadagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
|🌐Website|✈Telegram|✅Facebook|📹Youtube|🌐Instagram
3 561
🔥🔥🔥
🔘Ravshanov Anvar Asatilloyevichning “Giperspektral tasvirlarga dastlabki ishlov berish asosida paxta kasalliklarini tasniflash algoritmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun ilmiy tadqiqoti xususida.🎥 "YouTube" orqali ko'rish uchun havola. 📝 Maqolani o'qish uchun havola. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
+1
"Top 100 startap" loyihasi tinglovchisi "Kelajak startuplari” tanlovida g'olib bo'ldi
📈 Farg‘ona Yoshlar Texnoparkida yosh innovatorlar va startap tashabbuskorlari o‘rtasida “Kelajak startuplari” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan loyihalari hamda jamiyat uchun foydali yechimlarini taqdim etdi.
🥇 Quvonarlisi, "Top-100 startap" loyihasi tinglovchisi Olimjonov Muzaffar tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
✅ Mazkur loyiha chorvachilik sohasida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, samaradorlikni oshirish va innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgani bilan alohida e’tiborga loyiq.🥳 Tinglovchimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz! ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
"World Humanoid Robot Games 2026" musobaqasi start oldi
✅ Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan "World Humanoid Robot Games 2026" musobaqasi Xitoyning Pekin shahrida rasman start oldi.
📈 Musobaqaning 2025-yildagi ilk turnirga nisbatan qamrovi kengaygan. Joriy yilda dunyo bo‘yicha 666 ta jamoa va 2 000 dan ortiq gumanoid robot bellashmoqda.🗣️ Ma'lumot o'rnida, musobaqada yugurish, fudbol, og'ir atletka kabi 30 ga yaqin sport yo'nalishlari va 21 ta amaliy vazifa kiritilgan. ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
3 561
Startap loyihani shakllantirishda TZ'ning ahamiyati
➡️ Startap uchun yaxshi g‘oyaning o‘zi yetarlimi? ➡️ G‘oya qanday qilib aniq va tushunarli loyihaga aylantiriladi? ➡️ Loyiha talablarini to‘g‘ri shakllantirish nima uchun muhim? ➡️ Texnik topshiriq - TZ startapning muvaffaqiyatiga qanday ta’sir qiladi? ➡️ Dasturchi, dizayner va loyiha jamoasi o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni TZ qanday kamaytiradi? ➡️To‘g‘ri tuzilgan TZ loyiha vaqtini, xarajatini va resurslarini qanday tejaydi? Aynan shu kabi savollarga Top-100 startap loyihasining navbatdagi onlayn ma’ruzasida javob olasiz.🎙 Ma'ruzachi mehmon: Muhamediyeva Dildora Kabilovna Texnika fanlari doktori, DSc, professor. 📌 Mavzu: “Startap loyihani shakllantirishda TZ ning ahamiyati” 🗓 26-avgust ⏰ 14:00 💻 Onlayn Agar sizda startap g‘oyasi bo‘lsa-yu, uni qanday qilib aniq loyiha shakliga keltirishni bilmayotgan bo‘lsangiz bu darsni o'tkazib yubormang! #Top100Startap #Startap #TexnikTopshiriq #TZ #Innovatsiya #StartupUzbekistan ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ♾ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Website | 🌐 LinkedIn
