en
Feedback
Sherali Jo'rayev nomidagi musiqa va san'at oliy maktabi rasmiy axborot kanali

Sherali Jo'rayev nomidagi musiqa va san'at oliy maktabi rasmiy axborot kanali

Open in Telegram

Sherali Jo'rayev nomidagi musiqa va san'at oliy maktabi rasmiy axborot kanali

Show more
1 194
Subscribers
+624 hours
+477 days
+2230 days
Posts Archive
🤝O‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha  shartnoma imzolandi✍️   🔅Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi va Andijon davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnoma imzolandi. 🔅Kelgusida nazariy mashg‘ulotlarning amaliy qismini oliy maktabda o‘tkazish hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari ham muhokama etildi. 🔅Ikki ta’lim muassasasi tuzilmasi bo‘yicha barcha bo‘limlar va kafedralar, mutaxassisliklar va ta’lim yo‘nalishlari funksiyalarini o‘rganish ishlarini olib borishga kelishib olindi.

TAQDIRLASH MAROSIMI O'TKAZILDI O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati Bobur shahrida o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabining bir guruh fidoyi o‘qituvchi va iqtidorli o‘quvchilari bayram tadbirini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishdagi faol ishtiroki uchun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Qo‘shoqboyevich Abdurahmonov tomonidan “TASHAKKURNOMA” bilan taqdirlandilar.  Tashakkurnomalarni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Andijon viloyati bo‘limi rahbari Zaynobiddin Najimitdinov tantanali ravishda topshirdi.  Mazkur e’tirof Oliy maktab jamoasining madaniyat va san’at sohasidagi faoliyati, Vatanimizning ulug‘ bayramlarini munosib nishonlashga qo‘shayotgan hissasi hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlariga berilgan yuksak bahodir.  Taqdirlangan ustoz va o‘quvchilarimizni samimiy muborakbod etamiz!

✅MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RGAZMA TASHKIL ETILDI 🔅Kecha 3 sentabr kuni Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabida Andijonlik taniqli rassom, Oliy maktabning “Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni badiiy bezash” bo‘limi o‘qituvchisi Odiljon Nishonovning ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔅Ijodiy ko‘rgazmada Odiljon Nishonovning Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab ishlagan yangi ijodiy ishlari, shuningdek, sevimli hofizimiz O‘zbekiston xalq artisti, Tojikiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti va “Fidokorona xizmatlari uchun” hamda “El-yurt hurmati” ordenlari sovrindori Sherali Jo‘rayev hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tasviriy san’at asarlari namoyish etildi. 🔅Ko‘rgazmada rassomning Sherali Jo‘rayevni betakror va umrboqiy qo‘shiqlari asosida “Karvon”, “Sarbon”, “Biz uchrashmadik”, “Birinchi muhabbatim”, “Yoshligimiz”, “Ketma bahor”, “Oq qayin”, “Achchiq haqiqat”, “Ayriliq”, “Orolim”, “Bobodehqonim”, “O‘zbegim”, “Inson qasidasi”, “El bilsa bo‘ldi” kabi qo‘shiqlariga rang-tasvir asarlari, yuzdan ortiq Sherali Jo‘rayevning portretlari namoyish etildi. 🔅Bundan tashqari rassomning keyingi yillarda yaratgan “Hayrat”, “Shoir yodi”, “Soy bo‘yida”, “Tog‘dagi daraxt”, “Qoya”, “Kelinchak”, “Yer kabi kamtarin ey bobo dehqon”, “Olis o‘lka”, “Bir juft terak”, “Mustaqillik nidosi” kabi o‘nlab yangi asarlari ko‘rgazmadan o‘rin olganligi ishtirokchi san’atsevarlarning olqish va tahsinlariga sazovor bo‘ldi.

🎺Ijodiy konsert dasturi namoyishi 🔅Kecha oqshom Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi ijodiy jamoasi tomo
+6
🎺Ijodiy konsert dasturi namoyishi 🔅Kecha oqshom Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi ijodiy jamoasi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur shahridagi yangi barpo etilgan “Amfiteatr”da Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlab katta konsert dasturi namoyish etildi. 🔅Konsertda Andijon viloyatining turli shahar va tumanlaridan kelgan san’atsevar xalqimiz hamda viloyatimiz mehmonlari ishtirok etdilar. 🔅Ijodiy dasturdan o‘rin olgan dilrabo kuy-qo‘shiqlar va jozibador raqslar tomoshabinlarda iliq taassurotlar qoldirdi. 🔅Ayniqsa tomoshabinlarning kuy-qo‘shiqlarni olqishlar bilan qarshi olishlari hamda birgalikdan jamoa bo‘lib raqs tushishlari konsert fayziga fayz qo‘shdi.

✅Bayram tadbiri o‘tkazildi 🔅Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tashkil etildi. 🔅Tadbirda o‘quvchilar va ularning ota-onalari, mehmonlar va professor- o‘qituvchilar, konsertmeyster hamda xodimlar ishtirok etishdi. 🔅Bayram tadbiri Respublikamiz Davlat Madhiyasining “Damli cholg‘ular orkestri” jo‘rligidagi jonli ijrosi bilan boshlandi. 🔅Mamlakatimiz istiqlolining 35 yillik tantanasi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda, Yangi O‘zbekistonning ulkan salohiyati va jahon maydonidagi yuksak nufuziga muvofiq tarzda nishonlandi. 🔅Azizlar barchamizga Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi 2026-2027-o‘quv yili muborak bo‘lsin!💐

2 sentyabr Sherali Jo'rayev nomidagi musiqa va san'at oliy maktabida yangi 2026/2027-oʻquv yili boshlanadi.

ANDIJON AXBOROTI   |  12.08.2026 BOBUR SHAHRIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN AHOLI UCHUN MADANIY TADBIR Telegram | Youtube | Instagram | Facebook

+1
Sh. Jo'rayev 2026-yil Mandat 9- sinf uchun qabul. .pdf52.56 MB

Ijodiy imtihonlar yakunlandi   🔅Bugun 20-iyul kuni ham Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul imtihonlari doirasida “Estrada xonandaligi” va “Estrada cholg‘ulari ijrochiligi” professional ta’lim kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tdi. 🔅Har kungidek imtihonlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. 🔅Abituriyentlarning ota-onalari imtihon jarayonlarini maxsus tayyorlangan auditoriyada jonli efir orqali kuzatib bordilar. Shuning bilan bu yilgi ijodiy imtihonlar yakunlandi.

Ijodiy imtihonlar davom etmoqda   🔅Bugun 18-iyul kuni ham Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul imtihonlari doirasida “Xalq cholg‘ulari ijrochiligi”, “Xor dirijyorligi”, “Xalq raqsi ijrochiligi” hamda “Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni badiiy bezash” professional ta’lim kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha ijodiy imtihonlar o‘tkazildi. 🔅Ijodiy imtihonlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borildi. 🔅Abituriyentlarning ota-onalari imtihon jarayonlarini maxsus tayyorlangan auditoriyada jonli efir orqali kuzatib bordilar. 🔅Barcha abituriyentlarga kirish imtihonlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🔅Oxirgi ijodiy imtihonlar 20-iyul dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.