en
Feedback
Azamat A | konspekt

Azamat A | konspekt

Open in Telegram

Kitob PDF: https://t.me/+0h-p5l_WCPE2ZDgy Bog’lanish uchun:

Show more
461
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-2330 days
Posts Archive
• Muhabbat haqida yozgan har kishi muhabbatli bo‘lavermaydi. • Zotan ozodlik haqida eng ko‘p yozganlar zindondagilar ekanini unitma! © Mahbubiy @azabook

Ko'ngilda ko'p edi orzu-yu havas, Imorat bitdi-yu, yetmadi nafas! @azabook

#1601 Xaqiqat go'yo urug'dir. Uni xarchand yashirma, tuproq ostida xam o'saveradi. @azabook

Xaqiqat go'yo

Bir hakim aytgan ekan: «Har bir narsa dastlab kichik bo‘ladi, so‘ng kattalashadi. Lekin musibat unday emas, u katta holda boshlanib, so‘ngra kichrayadi. Har bir narsa ko‘paygan sari arzonlashadi. Lekin odob-axloq ko‘paygan sari uning narxi oshadi. @azabook

Bola fazilatli axloq haqida har qancha ko‘p o‘qimasin, o‘sha axloqni kattalar xulqida o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagunicha axloqlar varaqlardagi yozuv holicha qolaveradi. @azabook

OTA-ONAM Yonimga kelishgan edi tunov kun, Qarasam, ikkisi ancha xoribdi. Mahzun ko‘zlaridan sezib qoldim men, Otam ham, onam ham birdek qaribdi! Dardlarim ko‘p edi serob, to‘kinli, Dardlarki, yurakka qadar boribdi. O‘rtadan bo‘lishib olgan, shekilli, Otam ham, onam ham birdek qaribdi! Ko‘zda yosh yiltillar nogoh kularkan, Anordek yuzlarni ajin yoribdi. Yolg‘iz o‘g‘il dardi og‘ir bo‘larkan, Otam ham, onam ham birdek qaribdi! Qarilik dardini berkitolmas zeb, Atrofdan serjilo yoshlik aribdi. Tavba, bir-biridan qolishmayin deb, Otam ham, onam ham birdek qaribdi! Yillarni yamlaydi bittagina g‘am, Bitta dard sochlarga qorlar qoribdi. Besh kunlik ekan-da dunyo rostan ham - Otam ham, onam ham birdek qaribdi! ... Yonimga kelishgan edi tunov kun, Boqsam, bus-butunlay soch oqaribdi. Nogoh bir qo‘rqinchdan cho‘chib ketdim men - Otam ham, onam ham birdek qaribdi! | Xayrulla Hamidov

Ishq bilan yurgan kishi sirtida dunyoni ko'tarib yuroladi. Ishqsiz yurgan esa 'vujud' otliq quruq jasaddir. | Shayx Toptuk Em
Ishq bilan yurgan kishi sirtida dunyoni ko'tarib yuroladi. Ishqsiz yurgan esa 'vujud' otliq quruq jasaddir. | Shayx Toptuk Emro

Правда жизни такова, что те люди, которые знают мало, говорят много, а те, которые знают много, предпочитают молчать.

Hamyon bo'shayotganda yurak to'ladi. © Viktor Gyugo
Hamyon bo'shayotganda yurak to'ladi. © Viktor Gyugo

Farosat qushning patiga o’xshaydi. O’zi o’sib chiqmasa uni ekib bo’lmaydi.

Qo'l urgan gunohlari uchun aybni boshqa joylardan izlash har kimning, aybni o'zidan izlash esa mard kishining ishi. © Mehmet Yildiz ("Izlash" kitobidan)

Agar maqsading xatolarimni sanash bo‘lsa ular ko‘p. Agar mendagi yaxshi tomonlarni bilmoqchi bo‘lsang uni ham topasan. Niyating miqyosidagisini tanlayver. Sening fikring mendagi narsani ziyoda ham, kam ham qila olmaydi... | Abdulqodir Polvonov

• Muomala san’atida «Masofani ushlash» degan «fan» bor. Bu fanning asosida ikkita qoida yotadi: - birinchisi, kishiga uning ayblarini ko‘radigan darajada yaqin kelmaslik; - ikkinchisi, kishidan uning yaxshiliklarini unitib yuboradigan darajada uzoqlashib ketmaslik. | Mahbubiy

AYTMANG.    Menga meni yomon ko‘rishlarini va mening haqimda yomon gapirganlarni aytmanglar. Qo‘ying, hammani yaxshi ko‘ray va hamma meni yaxshi ko‘radi deb o‘ylay!    | Najib Mahfuz

• Yaxshilik - ishonganingda; • Yanada yaxshirog‘i - sabr qilganingda; • Eng yaxshisi esa - voz kechmaganingda keladi! • Voz k
• Yaxshilik - ishonganingda; • Yanada yaxshirog‘i - sabr qilganingda; • Eng yaxshisi esa - voz kechmaganingda keladi! • Voz kechma! | Mahbubiy

“Erkak kishiga faqat cho‘ntagini bo‘shligi ayb bo‘lishi mumkin xolos” degan jumla qanchalar pastkashlikning cho‘qqisini ifodalaydi. Aslida kishini tarbiyasi kamligi, dini kamligi, aqli kamligi, erkaklik hamiyati va g‘ururi kamligi uchun ayblanadi. Mol-dunyo hech qachon seni haqiqiy erkak sifatida namoyon eta olmaydi.

Bolalar bog‘chasida ishlaydigan bir tarbiyachi o‘zi kuzatgan qiziq holat haqida so‘zlab bergan edi. Uning aytishicha, bolalar u bilan birga yoki alohida televizor ko‘rganlarida o‘zlarini har xil tutadilar. Agar ularni televizor qarshisida qoldirib o‘zi boshqa ish bilan shug‘ullanishga ketsa, dasturga qiziqish asta-sekin susayadi, bolalar bir-biri bilan tortishib janjallasha boshlaydilar. Ona va tarbiyachining bolaga ta’siri shu qadar kattaki, bolaning qiziqish darajasi qandayligi ularning kichkintoyga munosabatiga bog‘liq. Agar tarbiyachi ishtiyoq bilan biror narsa tomosha qilsa, ona zavq bilan musiqa tinglasa, bola ham xuddi shunday qiladi.

Nimanidir qattiq istasang, shu narsa sodir bo'lmaydi. Doim qochishga harakat qilganing esa ro'y beradi. © Xaruki Murakami
Nimanidir qattiq istasang, shu narsa sodir bo'lmaydi. Doim qochishga harakat qilganing esa ro'y beradi. © Xaruki Murakami

Erkinlik kesatishdan boshlanadi. © Viktor Gyugo
Erkinlik kesatishdan boshlanadi. © Viktor Gyugo