cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Jasurbek Kamolovich | Eko_blogeruz🍃

Jasurbek G‘afforov 🍃Eco Blogger💚 💥YEH Buxoro vil raisi 🥇"Yil talabasi" – 2023 🏛President BETI SC (Student's council) 🧑‍🎓Student of BETI 4/4 🖐Kogon volontyorlar koordinatori 🧠Zakovatchi 💥Yosh liderlar akademiyasi a'zosi 💣UVA Volontyori

Show more
Advertising posts
189
Subscribers
-224 hours
-57 days
-3030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

O`sha yodda qolarli kun ya`ni 23-fevral kunida Erining ishdan kelishini, ayol intizorlik bilan kutardi, va nihoyat o`sha vaqt bo`ldi 23 00 lar atrofida eri ishdan keldi, so`ngra jaa chuqur so`rashmay xonasiga televizor ko`rgani kirib ketdi, erining charchab kelganini ko`rgan ayol, ishdan xoynahoy juda och qolib kelgan bo`lsalar kerak deb o`ylab, shosha-pisha ovqatlarni dasturxonga tortish uchun urina boshladi, lekin uning yodiga ertalabdan buyon kuyib-pishib qilgan harakatlari, shuncha noz ne`matlarini ajoyib tarzda tayyorlab qo'yganini eri ko`rganda qanchalik xursand bo`lishini o`ylab, unga maqtov aytishini, mexrli so`zlar bilan erkalab o`tishini ayniqsa eri televizor ko`rganda jo`xori qalamchalarini yeb tomosha qilishni yaxshi ko`rishini bilib do`kondan op keb qo`yganini ham o`ylab, hayajon bilan sal xayol surib qoldi. Shu onda qo`lidagi likopcha tars etib yerga tushib, 4-5 bo`laklarga bo`linib ketdi. Shunda eri xonasidan shart etib chiqdida, ayoliga g`azab bilan og`ziga kelgan dashnomlarni ayta ketdi. O`sha vaqtda ayoli ko`zdagi yoshlari bilan 1 ta likopchani deb shuncha gap eshitishini bilsa edi, hech qachon qo`lidagi likopchadan xayolini uxlasligini o`yladi. Erkak hamma nafratini sochib olgach xonasiga qayta kirar ekan, ishxonadagi charchoqlarini ham, bor alamini ham shu baxonada o`z ayolidan oldi, go`yo. Ayoli ko`zda yosh bilan oshxonadagi xontaxtaga issiq choyni kirgazib erini ovqatga arang, pas ovoz ila chaqirdi. Eri ovqatga o`sha holatdan hali ham asabiyligini namoyon etar darajadagi yuz ifodasi ila ko`rpachaga o`tirdi. Qarasaki dasturxonga tortilgan ovqatlar 1-2 soatda urinib qilingan narsalar emas, ko`rinib turibdiki, erini xursand qilish uchun kamida 5-6 soat urinib qilingan mehnat samarasidir, hattoki erining yoqtirgan taomlarini birvarakayga ko`p yeb qo`yib so`ngra oshqozoni og`rib qolishidan ham xavotir olgan mexribon ayol, dorixonadan dori keltirib bir chekkaga keltirib qo`yganini ko`rdi. Shu payt dasturxon ustida turgan choynak qopqog`ini ko`rib ayolining ertalab ishga kuzatayotganida: — "Adasi bozorda yaqin joyda ishlaysiz gar peshinda, yo`lingiz tushsa do`kondan choynak qopqoqlari uchun zanchircha olib kelsangiz " — degan so`zlari yodiga tushdi lekin erkak o`sha oddiy iltimosni ham bajarishga eringan edi. Qarabsizki erning vijdoni qiynala boshladi. Ayolining mexribon va iymonli ekaniga ishonchi komil edi, shaytonga ergashib 1 bexosdan qilgan ishi uchun uni shuncha dashnomlar bilan haqoratlanganidan qattiq afsuslandi. Shu payt xayoliga internet orqali chorvoq sihatgohiga 2 yo`llanma olishni diliga tugib qo`ydi. Va ayolini yoniga chaqirdi. Ko`zlarida yosh aylanib turgan ayoliga qarab: Azizim meni kechir, o`zimcha bu xonadonda faqat men mehnat qilyabman, men ishlayabman deb o`ylabman, ko`rib turibmanki hali uylanganimizda ko`p bo`lmasada, bag`ringda zurriyodimiz bo`la turib shuncha e`tibor bilan men uchun taomlar qilibsan, harakat qilibsan. Men esa asabimni borini hech ikkilanmay senga sochdim. 1 likopcha singani uchun shuncha qo`pollik qildim. Sen esa shunda ham qilgan mehnatingni yuzimga solmading, bir og`iz ham indamading. Meni kechir men xato qildim. Shu aybimni yuvish uchun ertagayoq ikkalamiz sihatgoh borib 1 haftalik dam olib kelamiz, zero sening va bag`ringdagi bolamizning sog`ligi men uchun muhim.
Men seni juda ham yaxshi ko`raman!
— deya ayolini endi ko`zdagi yoshlari quvonch yoshlariga aylanib, yuziga sirg`alayotgani ko`rib, ayolini bag`riga bosdi. Shu onda o`rtadagi sovuq sukunat quvonch kulgusiga aylandi. Tamom. Xulosa: Ayolning sabrli sukunati, erkakning vijdoni uyg`onib, g`ururini yenga olib uzr so`rashiga sabab bo`la oladi. Jasurbek G`afforov. 23.02.2024 22:52 Ilk bor yozgan hikoyam shu bo`ldi. Rahmat Mirjalol aka.
Show all...
👍 5 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔊Hurmatli talabalar! 🔊 Sizda o'zingizni qiynayotgan muammo yuzasidan murojaatingiz bormi? Yoki oliygoh rivoji bo‘yicha taklif va tashabbusingiz bormi? ✅Unda, sizga Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Talabalar kengashi raisi Jasurbek G'afforovning @Talabalar_kengashi_feedback_bot (https://t.me/Talabalar_kengashi_feedback_bot) — murojaat boti ishga tushganligini ma'lum qilamiz! ✅Botda murojaatchilar taklifiga ko’ra ularning anonimligini saqlanadi va shaxsan Talabalar kengashi raisining nazoratida bo'ladi. Ariza, taklif, tashabbus, shikoyatingiz bo‘lsa, start tugmasini bosing va murojaatingizni qoldiring. Talabalar kengashi raisi ushbu muammolarni o‘rganadi, tahlil qiladi va talabalarda bo'layotgan muammolarni yechish bo‘yicha rahbariyat bilan birgalikda doimiy harakat qiladi!
Zero Talabalarning haq-huquqlarini himoya qilish va ularning tashabbus hamda ğoyalarini har tomonlama quvvatlash — Oliy maqsadimiz!
Jasurbek G'afforov! @bmti_talabalarkengashi
Show all...
👍 1 1😇 1
08:20
Video unavailableShow in Telegram
Yomonlik
zanjirini uzaylik va õzimizni qutqaraylik!
Ushbu xikoyadan Õzim uchun katta saboq oldim! Bu men uchun hayotiy muxim bir katta saboq bõldiki, ayni paytda shuni eshitganim va kerakli xulosani chiqarganimdan xursandman! Inson tayyor bõlganiga qarab ilm beriladi degan gapni yana bir martta guvohi bõldim! Sizga ham ilindim! Agar Sizni dilingizni qay xolatda xira qilgan yoki oğritgan bõlsam, iltimos Meni Olloh uchun kechiring va Siz ham yovuzlik zanjirini uzing!
Hurmat bilan Jasurbek G'afforov.
@Kamolovich_blog😢
Show all...
3👍 2🔥 2🥰 1👏 1
Қойил, оқибат ҳам, дўстлик ҳам инстаграмдаги "подписка", "отписка" билан ўлчанадиган бўлиб қолибди. Агар обунани бекор қилсангиз, худдики сиз уни рад этган, 7чи осмон, қанотсиз учаман дегандек. Менимча бу инсоннинг шахсий қарори эмасми, қаердан биласиз унда ҳозир вазият қандай ёки уни ичини ёриб кириб кўрдингизмики, ўзингизча хулоса чиқарасиз. Хуллас, я хайране 🙉 Сизнинг фикрингиз қандай? П/с: Агар шундай бўлса, ҳурматли дўстларим, менга фойдаланувчи номингизни қайтадан ёзиб юборинг, сиз учун алоҳида профил очганим бўлсин 🫡
Show all...
🔥 7👍 2 1👏 1🤔 1🆒 1
Photo unavailableShow in Telegram
Lekin mag'rurmiz, xuddi sherlarmiz. @ecoblog_uz | @grants_hunter
Show all...
👍 6🔥 2👎 1 1🥰 1
00:57
Video unavailableShow in Telegram
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ota-onalar bilan yig'ilishda dunyoqarashni o'zgartirish kerakligi va farzandlar uchun sharoit yaratishga ko’proq urg’u qaratish lozimligini ta’kidladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 4🔥 4 1🥰 1👏 1
04:47
Video unavailableShow in Telegram
Илтимос видеони имконингиз борича тарқатинг. Кўриб йиғлайсиз...😭👇 @Qalbimdda_bahor
Show all...
🔥 3👍 2 2🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ha nima Buxoroga hech qor yoğmaydi deb õylagan edingizmi?😅 Bizda ham qor yoğyabdi❄️🌨
Show all...
👍 7🔥 2 1🥰 1😁 1
Excel da yaxshi ishlay oladigan va tushunadigan, insonning yordami kerak. Ko`pi bilan 10 daqiqa vaqtingiz ketadi.
Show all...
👍 3🤣 2🤷‍♂ 1🔥 1😁 1🤔 1
Toshkentdagilar qorni maqtab tashlashyabdi❄️🌨, Surxondaryoliklar bodom gullagani bilan🌸🌳. Nega endi Buxoroda doim qorning sovuği va kuchli izğirin shamoli kelarkina.🌬💨🌪😅 Alhamdulillah shukr. Buxoroliklar sizlarda nima yangiliklar?
Show all...
😁 6🔥 2👍 1👎 1🥰 1🫡 1🆒 1