cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Pastdarg‘om tumani Maktabgacha va Maktab ta'limi bo‘limi

Pastdarg‘om tumani Xalq ta'limi bo‘limining rasmiy telegram kanali. Yangiliklar uchun @pxtb_yangilik_bot 🔻 Telegram: https://t.me/pxtb_uz 🔻 Facebook: https://www.facebook.com/pastdargomxtbuz 🔻 Instagram: https://www.instagram.com/pastdargom.mmtb/

Show more
Uzbekistan31 619The language is not specifiedNews & Media24 838
Advertising posts
450
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-1330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 ⚡️Aziz pastdarg'omliklar barchangizni Yoshlar festivaliga taklif etamiz! 17-iyun soat 19:00 da Pastdarg'om tumani markazi Juma shahrida "Yangi O'zbekiston" maydonida" “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Yoshlar sayli o'tkaziladi. Sayl doirasida intellektual tanlovlar, sport musobaqalari hamda ko'ngilochar loyihalar tashkil etiladi. ⚡️ Dastur mehmonlari estradamiz yulduzlari "Bojalar" va "Marokand" guruhlari. Konsert dasturiga kirish mutlaqo bepul. 👍👍👍👍👍👍 ➖➖➖➖➖ Obuna bo'ling: @PASTDARGOMUZ 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 Youtube 🔍 Web-sayt
Show all...
Samarqand_ Pastdarg‘om 17-iyun TG.mp46.93 MB
1️⃣1️⃣1️⃣ 🟨🟨🟨🟨🟨 Pastdarg‘omlik Xushnoza Osiyo chempioni Jonubiy Koreaning Seul shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U20) Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu Osiyo chempionatida yengil atletikaning uch xatlab sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan, pastdarg‘omlik Xushnoza Shavkatova 13,07 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Xushnoza Shakatova 2005-yil Pastdarg‘om tumanining Qo‘shchinor mahallasida tug‘ilgan. U shu kunga qadar bir qator nufzli musobaqalarda ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jumladan, 2022 yil Qatar davlatining Quvayt shahrida o‘tkazilgan 18 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Uzunlikka va uch xatlab sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. ➖➖➖➖➖ Obuna bo'ling: @PASTDARGOMUZ 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 Youtube 🔍 Web-sayt
Show all...
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 5- iyun kuni Pastdarg‘om tumani 3-son kasb-hunar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda tumandagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni Pastdarg'om tuman hokimi Vahobjon Abdug'aniyevich Murodqobilov ochib berdi. Tadbirda o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, mavjud kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan maʼlumotlar berildi. Tadbir kasb-hunar maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan kichik konsert dasturi bilan yakunlandi. Ayniqsa, kasb-hunar maktabi o'quvchilari tomonidan aytilgan kasblar haqidagi she'rlar, o'zlari tikkan liboslar namoyishi, vatanni madh etuvchi kuy va qo'shiqlari tadbir ishtirokchilar olqishiga sazovor bo'lishdi. Tadbir viloyatdagi ommaviy axborot vositalari orqali yoritildi. @SamTvr
Show all...
💠 Pastdarg‘om tumanidagi 3-son kasb-hunar maktabida tumandagi umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov so‘zga chiqib, yoshlarga ilm olish, kasb-hunar o‘rganish yo‘lida muvofaqqiyatlar tiladi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan yaratilgan qo‘l mehnatlari ko‘rgazmasi hamda ish jarayonlari namoyish qilindi Ma’lumot uchun mazkur kasb-hunar maktabida hozirgi kunda 386 nafar o‘quvchi, 7 yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilida 170 nafar bitiruvchi "Tikuvchi", "Sartaroshlik", "Oqava suv va suv quvurlarini montajchisi", " Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustasi", " Axborot vositalari va kompyuter operatori", " Elektromontyor", "Elektrogazpayvand" kasblarini egallab, kasb-hunar maktabi diplomiga ega bo‘lishmoqda. ➖➖➖➖➖ Obuna bo'ling: @PASTDARGOMUZ 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 Youtube 🔍 Web-sayt
Show all...
Pastdarg‘om tuman 56-IDUMning 11-"A" sinfida ingliz tili fanidan imtihon o‘tkazildi. ➖➖➖➖➖ ✅ Obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Show all...
🟥🟥🟥🟥 Facebook ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Farrux Samarqandiyning "o‘qituvchilar va ta’limga aloqador xodimlarni hokimiyat organlari manipulyatsiyasidan qutqarish kerak" - deyilgan, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga qilingan murojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh etish jarayonida o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, jamiyatdagi maqomini ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda, o‘qituvchilar majburiy mehnatdan – paxta terimi, obodonlashtirish ishlariga jalb etilishdan xolos qilindi. Ta’lim dargohlaridagi ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, qonunchilikda belgilangan 6 ta ish hujjatidan boshqa hisobot va taqvimlar yuritilishi qat’iyan man qilindi. Qisqasi, bugun o‘qituvchilarga e’tibor tubdan o‘zgardi, e’tibor qaytdi, hurmat qaytdi. Ularning oylik maoshi mutassil oshirib borilmoqda. Murojaatda "mauallim muallimligini qilsin obodonchilik emas" deyilgan. Pastdarg‘om tumanida o‘qituvchilar bilan bog‘liq bunday holat kuzatilmagan. Qolaversa Pastdarg‘om tumani sobiq hokimi 2023-yil 19-apreldan boshqa lavozimda faoliya olib bormoqda. ➖➖➖➖➖ ✅ Obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Show all...
Pastdarg‘om tumani Maktabgacha va Maktab ta'limi bo‘limi

Pastdarg‘om tumani Xalq ta'limi bo‘limining rasmiy telegram kanali. Yangiliklar uchun @pxtb_yangilik_bot 🔻 Telegram:

https://t.me/pxtb_uz

🔻 Facebook:

https://www.facebook.com/pastdargomxtbuz

🔻 Instagram:

https://www.instagram.com/pastdargom.mmtb/

✅ Pastdarg'om tumani Akbar Atamuradov Saidmuradovich rahbarlik qilayotgan 24 - umumta'lim maktabi 4-"D" sinfida "Xayr birinchi ustozim" tadbiri bo'lib o'tdi. 4 yil davomida shu farzandlariga bilim bergan, ta'lim tarbiya bergan ustozi Isakova Charos Kubayevnaga ota-onalar o'z tashakkurini bildiradi. ➖➖➖➖➖ ✅ Obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Show all...
02:14
Video unavailableShow in Telegram
"KUN XABARLARI" INFORMATSION DASTURI ➖➖➖➖➖ Obuna bo'ling: @PASTDARGOMUZ 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 Youtube 🔍 Web-sayt
Show all...
6 kun.mp412.16 MB
Xayr maktab Bugun butun Respublikamiz maktablarida boʻlayotgan soʻngi qoʻngʻiroq tadbiri bizning 11- maktabda ham katta his hayajon bilan boʻlib oʻtdi. Tadbirda yil davomida faol oʻqituvchi va oʻquvchilarga ularni ota- onalariga maqtov yorliqlari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. ➖➖➖➖➖ ✅ Obuna bo‘ling: 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Show all...
Go to the archive of posts