cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Dilmurod Xudayshukurov

Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig'i

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
228
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

02:45
Video unavailableShow in Telegram
"Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari" loyihasining bu galgi qahramoni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Saraylik mahallasidan Islomov Sirojiddin ⚡️ Sirojddin "Yoshlar daftari" orqali mahallasi yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisi yordami bilan imtiyozli kredit olib, quyonchilik biznesini yo'lga qo'ygan. Barchasini qahramonimiz batafsil hikoya qilib beradi! Telegram sahifamiz👉 @jizzax_yoshlar_agentligi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Nogironligi bo'lgan yoshlarga zamonaviy kasblarda o'qish uchun subsidiya ajratishga arizalar qabuli boshlandi 2022-yil 21-iyunda Hukumatning "Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 341-son qarori tasdiqlangan. Mazkur qarorga muvofiq, 14-30-yoshdagi nogironligi bo'lgan yoshlar davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Yoshlar ishlari agentligiga joriy yilning 1-avgust kunidan boshlab ariza yuborishi lozim. Subsidiya uchun ariza topshirmoqchi bo'lgan yoshlar quyidagi havolalar orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin: 1. https://my.gov.uz/uz/service/628 — oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish; 2. https://my.gov.uz/uz/service/633 — asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish; 3. https://my.gov.uz/uz/service/629 — oʻqish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza yuborish. Batafsil Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, lisey, kollej, texnikum va oliygohlarda o‘quvchi va talabalarning IT ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi. "Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz. Agar yoshlarni IT kasblarga o‘qitishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, ularni sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan ta’minlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz", dedi davlatimiz rahbari. Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Show all...
Diqqat! Premyera❗️ 🌱 "Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari" loyihasining bu galgi qahramoni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Jizzaxlik mahallasidan Po’latova Dilafruz. 🔥Bugun, 28-iyul kuni soat 22:00 da Yoshlar ishlari agentligining YouTube kanalida "Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari" loyihasining navbatdagi qahramoni videoroligi premyerasi bo‘lib o‘tadi. 👉 https://youtu.be/Sw8f0ylWF5c Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Show all...
Jizzaxlik Dilafruz “Yoshlar daftari” orqali kontrakt to’lovini qoplab berish imtiyoziga ega bo’ldi

“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari Navbatdagi qahramonimiz Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Jizzaxlik mahallasidan Po’latova Dilafruz. U “Yoshlar daftari” tizimi orqali kontrakt shartnoma to’lovini qoplab berish imtiyoziga ega bo’ldi. Po’latova Dilafruz: Biz yoshlarga yordam berganidan keyin men ham tengdoshlarimga yordam bergim keladi, yaxshlik baribir yaxshida! Barchasini qahramonimiz batafsil hikoya qilib beradi! Telegram:

https://t.me/yoshlaragentligi

Instagram:

https://www.instagram.com/yoshlaragentligi/

Facebook:

https://www.facebook.com/yoshlaragentligirasmiy

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Uchrashuv chog‘ida Prezidentimiz e’tiborni kuchaytirib, yoshlarimizga ozgina sharoit yaratib berilsa, bu sohani yanada yuqoriroq pog‘onalarga olib chiqish mumkinligiga ishonch bildirdi. “Bugungi muloqotimizni o‘tkazish uchun "Astrum" akademiyasini bejizga tanlamadim. Bu yerda yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallayotgani, ayniqsa, o‘qish davomidayoq daromad topayotgani quvonarli albatta. Boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida bo‘lganlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, barcha masalalarini hal qilib beramiz”, dedi davlatimiz rahbari. Viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu yerga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq berildi. Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident mavzuni davom ettirdi: “Buning hisobiga bugungi kunda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan taʼminlandi. Shu bilan birga, o‘zini o‘zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga o‘sib, 43 mingga yetdi. Joriy yilning o‘zida mamlakatimizda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi. So‘nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-o‘ringa ko‘tarildik (68-o‘rindan). IT xizmatlari hajmi va eksporti bir necha barobarga o‘sdi. Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi". Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. “Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori bo‘lgan IT sohasidagi yetuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazish uchun keldim. Biz bugun birgalikda yechimlarini topadigan masalalar butun O‘zbekiston yoshlarining IT sohasidagi intilishlariga katta turtki va motivatsiya berishiga ishonaman”, dedi davlatimiz rahbari. Dunyoda IT xizmatlari shiddat bilan rivojlanmoqda. Jahonda bu sohaning o‘sish surʼatlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trillion dollarga yetadi. “Biz ushbu bozorda mustahkam o‘rin egallash borasida katta islohotlarni boshladik. Sohaga so‘nggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirildi. Bundan uch yil oldin IT parklar tashkil qilib, ularga alohida soliq rejimini joriy etdik", dedi Prezident. Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Show all...
01:43
Video unavailableShow in Telegram
“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari! Bu galgi qahramonimiz, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Uchtepa mahallasidan Donaboyev Abbos. Abbos "Yoshlar daftari" tizimi orqali ro'yxatdan o'tib, unga 1 oylik harbiy xizmatni o'tashi uchun shartnoma puli to'lab berilgan. Donaboyev Abbos: "Yoshlar daftari" haqida hech nima bilmas edim, "Yoshlar daftari" menga imkoniyatlar eshigini ochdi. Telegram sahifamiz👉 @jizzax_yoshlar_agentligi
Show all...
#Live Biz bir elmiz, bir xalqmiz! Yangi Oʻzbekiston bunyodkorimiz! shiori ostidadgi yozgi oromgohga Qoraqalpoq yoshlarining 2-guruhi ham yetib keldi Jarayondan lavhalar. Telegram sahifamiz👉 @jizzax_yoshlar_agentligi
Show all...
#Live Biz bir elmiz, bir xalqmiz! Yangi Oʻzbekiston bunyodkorimiz! shiori ostidadgi yozgi oromgohga Qoraqalpoq yoshlarining 2-guruhi ham yetib keldi ⚡️ Habar berganimizdek orolbo'yi mintaqasida yashovchi 150 nafar Taxtako'pir tumani o'g'il-qizlarning 2-guruhi yozgi ta'tilini namunali o'tkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, vaqtlarini maroqli o'tkazish, sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish, shuningdek yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish maqsadida yozgi oromgohda dam olish uchun Jizzaxga yetib keldi. Bolajonlar Jizzaxning so'lim go'shasi Zomin tumanida joylashgan "Zomin" bolalar oromgohiga joylashdi. Telegram sahifamiz👉 @jizzax_yoshlar_agentligi
Show all...