en
Feedback
Azimjon Askarov | Blog

Azimjon Askarov | Blog

Open in Telegram

“Tarix hayot uchun xizmat qilishi kerak”

Show more
280
Subscribers
-224 hours
-87 days
-1930 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1
in 0 channels
August '26
+11
in 0 channels
Get PRO
July '26
+116
in 2 channels
Get PRO
June '26
+17
in 4 channels
Get PRO
May '26
+18
in 1 channels
Get PRO
April '26
+7
in 0 channels
Get PRO
March '26
+11
in 1 channels
Get PRO
February '26
+26
in 2 channels
Get PRO
January '26
+31
in 2 channels
Get PRO
December '25
+20
in 6 channels
Get PRO
November '25
+24
in 3 channels
Get PRO
October '25
+16
in 2 channels
Get PRO
September '25
+51
in 3 channels
Get PRO
August '25
+6
in 2 channels
Get PRO
July '25
+75
in 1 channels
Get PRO
June '250
in 4 channels
Get PRO
May '25
+17
in 4 channels
Get PRO
April '250
in 3 channels
Get PRO
March '25
+137
in 4 channels
Get PRO
February '250
in 5 channels
Get PRO
January '250
in 2 channels
Get PRO
December '240
in 0 channels
Get PRO
November '240
in 0 channels
Get PRO
October '240
in 0 channels
Get PRO
September '240
in 0 channels
Get PRO
August '240
in 0 channels
Get PRO
July '240
in 0 channels
Get PRO
June '240
in 0 channels
Get PRO
May '240
in 0 channels
Get PRO
April '240
in 0 channels
Get PRO
March '240
in 0 channels
Get PRO
February '240
in 0 channels
Get PRO
January '24
+25
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
10 September0
09 September0
08 September0
07 September0
06 September0
05 September0
04 September+1
03 September0
02 September0
01 September0
Channel Posts
Repost from Boshqaruvchiga
G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emas
Shogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi. Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida rosa qiynalib ketganini aytib, maslahat so‘radi. O‘shanda rahbarining qo‘polligi sabab u yerda baribir uzoq ishlay olmasligini aytgandim. Keyin rahbari qolishini iltimos qilib, ayrim narsalarni o‘zgartirishga va’da berdi. Ukamiz yana bir yil ishlab ko‘rishga rozi bo‘ldi. Ko‘pga bormadi. Yaxshi pul topish bilan xotirjam ishlash o‘rtasida tanlov bo‘lganda, xotirjamlikni tanladi. To‘g‘ri ham qildi. Ketish oson emas, bilaman. Oila bor, majburiyat bor. Lekin kuchli odam baribir bir kun ketadi — kechroq ketadi, xolos. Qo‘pol rahbar esa shu fe’li bilan doim odam yo‘qotadi. Kuchli jamoa atrofiga yig‘ilmaydi. Yig‘ilsa ham uzoq qolmaydi. Ko‘pincha muammo xodimlarda emas, rahbarning o‘z fe’lida bo‘ladi.
Qattiqqo‘llik bilan talabchanlik bir narsa emas. Rahbar talabchan bo‘lishi kerak. Kelishilgan ish bajarilmadimi — hisob so‘raydi. Muddat o‘tdimi — eslatadi. Yana takrorlandimi — chorasini ko‘radi. Lekin buning uchun baqirish shart emas. Odamni yerga urish, qo‘rqitish, jahlda gapirish ham shart emas. Talabchanlik — kelishilgan narsani chiroyli, lekin qat’iy talab qilish. Qattiqqo‘llik esa to‘g‘ri narsani noto‘g‘ri usulda talab qilish. Farqi shunda: — Necha marta aytaman?! — Kelishgandik, bajarilmadi. Sabab nima? — Shuni ham qilish qiyinmi?! — Nima xalaqit berdi? Keyingi safar bunday bo‘lmasin. — Men aytdimmi, bo‘ldi! — Qarorim shu. Nega bunday qilayotganimizni tushuntiray. Ikkinchi gaplar yumshoqroq eshitiladi, lekin talabi aniqroq. Chunki ularda javob berish kerak. Baqirganingda esa odam ko‘pincha faqat qo‘rqadi. “Yumshoq gapirsam, gapim o‘tmay qoladi-ku”, deyishing mumkin. Yo‘q. Gaping o‘tishi ovozingga emas, ish bajarilmaganda nima qilishingga bog‘liq. Ish bajarilmasa-yu, hech narsa bo‘lmasa, qancha baqirma — baribir gaping o‘tmaydi. Bajarilmagan ish javobsiz qolmasa esa, baqirishga hojat yo‘q. Xullas, talabning kuchi ovozda emas, oqibatda. Rahbar qancha kuchli bo‘lsa, shuncha kam baqiradi. Chunki kuch baland ovozda bo‘lganida, eshak eng ta’sirli hayvonlardan bo‘lardi. Kuch gavdada bo‘lganida esa tuyani biz emas, tuya bizni boshqarardi. Rahbarni kuchli qiladigan narsalar boshqa: aytdimi — ustidan chiqadi. Odamlarni o‘zidan past ko‘rmaydi. Kerak joyda eshitadi. Bir tomonning gapiga qarab hukm qilmaydi, narigi tomonni ham eshitadi. Eng muhimi, baqirmasdan ham talabini o‘tkaza oladi. Shuning uchun, rahbar bo‘lib yumshoq gapirishdan qo‘rqma. Ovozing yumshoq bo‘lishi mumkin. Talabing yumshoq bo‘lmasin. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

2
O‘LGAN IJTIMOIY POG‘ONALAR Ba’zi narsalar hali ham bor. Faqat ularning qiymati o‘lgan. DIPLOM Avval — bilimning filtri edi. Bugun — ko‘pincha sabr bilan o‘tilgan qog‘oz. REZYUME Avval — tajriba xaritasi edi. Bugun — o‘zing haqingdagi hikoya. Uni AI chiroyliroq yozadi, HR esa baribir haqiqatni suhbatda izlaydi. LAVOZIM Avval — vakolat, resurs va o‘sish imkoniyati edi. Bugun — ba’zan birovning qo‘lidagi vaqtinchalik o‘yinchoq. Chunki haqiqiy qiymat lavozim nomida emas, yarata oladigan natijang, boshqara oladigan resursing va odamlar oldidagi ta’siringda. STAJ Avval — tajriba va ishonch belgisi edi. Bugun esa faqat bir joyda uzoq qolishning o‘zi yetarli emas. Bozor bir savol beradi: “Qancha yil ishlading?” emas, “Shu yillarda nimani o‘rganding va nimani o‘zgartirding?” Chunki zamon o‘zgardi. Endi diplomning o‘zi yetmaydi. Rezyumening chiroyli bo‘lishi yetmaydi. Lavozim nomi yetmaydi. O‘n yillik staj ham yetmaydi. Bugungi dunyoda eng qimmat ijtimoiy kapital — o‘rganish qobiliyati, moslashuvchanlik va real natijadir. Qog‘ozlar eskiradi. Lavozimlar almashadi. Kompaniyalar yopiladi. Ammo o‘zini qayta yaratishni bilgan insonning qiymati yo‘qolmaydi.
55
3
Bo‘sh vaqting nimaga aylanmoqda? Kimdir bo‘sh vaqtini tomosha qilishga sarflaydi. Kimdir — o‘zini rivojlantirishga. Kimdir kunini o‘yin-kulgi bilan o‘tkazadi. Kimdir tanasini chiniqtiradi. Kimdir tayyor bilimni kutadi. Kimdir kitob o‘qiydi, izlanadi, ustoz izlaydi. Kimdir kun oxirida shunchaki charchaydi. Kimdir esa ertangi kuni uchun bugundan poydevor quradi. Gap televizorda, o‘yinda yoki dam olishda emas. Gap — bo‘sh vaqting seni qayerga olib borayotganida. Chunki insonning kelajagi ko‘pincha katta qarorlarda emas, har kuni takrorlaydigan kichik odatlarida yashirinadi. Bugun nimaga vaqt ajratsang, ertaga ko‘pincha shunga aylanib borasan. Vaqt — hammaga teng beriladi. Farq esa undan qanday foydalanishda.
81
4
#Kechki_mulohaza “Hokimiyat kimning qo‘lida bo‘lsa, o‘sha — haq.” “G‘arbni g‘arb qilgan 10 yolg‘on” kitobidan Ba’zan tarixni haqiqat emas, hokimiyat egasi yozadi. Kim g‘olib bo‘lsa — uning hikoyasi «haqiqat»ga aylanadi. Kim kuchsiz bo‘lsa — uning haqiqatini esa ko‘pincha hech kim eshitmaydi. Ammo hokimiyatning kuchi bilan haqiqatning kuchini adashtirmaslik kerak. Kuch haqiqatni vaqtincha bostirishi mumkin, ammo uni haqiqatga aylantira olmaydi.
87
5
#Kechki_mulohaza Hayot juda tez odatga aylanadi. Baxtli yashash uchun pul topamiz. Keyin ko‘proq pul topish uchun ko‘proq ishlaymiz. Ko‘proq ishlash uchun esa hayotimizni beramiz. Bir kuni ortga qarasak, baxt uchun topgan pulimiz bor, ammo baxtning o‘zi yo‘q. Eng xavflisi ham shu: vosita maqsadga, maqsad esa odatga aylanadi. Biz yashash uchun pul topamiz, keyin pul topish uchun yashay boshlaymiz. Va hayotning eng qimmat narsalarini — vaqtni, yaqinlarni, xotirjamlikni, sog‘liqni — «keyinroq baxtli bo‘laman» degan umidga almashtirib qo‘yamiz. Hayotning fojiasi baxtni topolmaslik emas. Ba’zan uni izlash bilan band bo‘lib, u allaqachon yonimizda ekanini sezmay qolishdir. © Albert Kamyu
187
6
Amal oz, xato ko‘p, umr esa qisqarmoqda… Nimani kutyapsan, ey nafs? Bugun bor imkoniyat ertaga bo‘lmasligi mumkin. Bugun aytilmagan tavba, ertaga aytilmay qolishi mumkin. Vaqt esa bizdan ruxsat so‘ramay o‘tmoqda. Ne kecharkin holing, ey o‘zim? Hali imkon bor ekan — qayt. Hali nafas bor ekan — tavba qil. Hali vaqt bor ekan — amal qil. Chunki insonning eng katta pushaymoni — vaqti bo‘lmagani emas, vaqti borida o‘zini o‘zgartirmaganidir.
130
7
Allohning xohishi bilan barcha sinovlar ortda qoladigan kun keladi. Iymon mustahkamlanadi, qalblar taskin topadi, xavotirlar erib ketadi va ruh halovatga erishadi. O‘tmish o‘tmishda qoladi. Biz esa undan ham dono, undan ham kuchliroq bo‘lib chiqamiz. Ammo har bir narsaning o‘z vaqti bor… Hozircha esa — sabr. Yo‘l qanchalik mashaqqatli, qadamlar qanchalik og‘ir bo‘lmasin, Alloh yonimizda. Sodir bo‘layotgan hech bir narsa bejiz emas. Balki bugun anglay olmayotganimizning ham ertaga ayon bo‘ladigan o‘z hikmati bordir. Shunday ekan, qalbni bezovta qilma. Sabr qil. Ishon. Davom et. Chunki Allohning rejasi — biz tasavvur qilgan rejadan ham go‘zalroqdir. 🤍
132
8
#Iqtibos Donolik uchta meva beradi: yaxshi fikrlash, yaxshi gapirish va yaxshi ish qilish qobiliyati. ©️ Demokrit
#Iqtibos Donolik uchta meva beradi: yaxshi fikrlash, yaxshi gapirish va yaxshi ish qilish qobiliyati. ©️ Demokrit
137
9
chanqoqning cho‘qqisi suvni rohatli qiladi ochlikning cho‘zilishi ovqatni shirin qiladi mehnatda charchash damda vijdonni tinch qo‘yadi yolg‘onsiz pul topish uyquni xotirjam qiladi uzoq muddatda erishish yutuqni qadrli qiladi hissiyotlarni tashqaridan qidiramiz asli ularning manbasi ichimizda bo‘ladi
130
10
🇺🇿 AZIZ YURTDOSHLAR! Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bi
🇺🇿 AZIZ YURTDOSHLAR! Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Mustaqillik — bu shunchaki sana emas. U — xalqimizning erkinligi, millatimizning g‘ururi, ajdodlarimizning asriy orzusi va kelajak avlodlar oldidagi ulkan mas’uliyatdir. Bugun biz ozod va obod Vatanimizda yashash, ona tilimizni, milliy qadriyatlarimizni asrash va buyuk ajdodlarimiz merosini davom ettirish baxtiga muyassarmiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayzli bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin! Har bir yurtdoshimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va ulkan zafarlar tilayman. 🇺🇿 O‘zbekistonimiz mustaqilligi muborak bo‘lsin! Yashasin ozod va obod O‘zbekiston!
125
11
#Fikr Inson g’alati mavjudot… Qalbingdagi yumshoqlikni fazilat emas, imkoniyat deb biladi. Sening odobingni zaiflik, sabringni esa cheksiz qarz deb o’ylaydi. Qancha yon bersang, shuncha oldinga yuradi. Bir qadam to’xtasang esa, seni o’zgardi, deydi. Yuz marta “xo’p” deganingni unutadi, ammo bir marta “yo’q” deganingni hech qachon kechirmaydi. Qilgan yuz yaxshiliging oddiydek qabul qilinadi, qilinmagan bittasi esa aybingga aylanadi. Ajablanarlisi shundaki… Yuz marta ozor bergan insonning bitta yaxshiligini afsona qilishadi, yuz marta yaxshilik qilgan insonning bitta rad javobini esa xiyonat. Shuning uchun ham ba’zan insonni yomonlik emas, uning yaxshiligiga o’rganib qolgan odamlar charchatadi. “Muammo sening yaxshiligingda emas. Muammo — odamlarning uni odat deb qabul qilib qo’yganidadir.”
117
12
PUL QADR TOPGAN JOYDA ILMNING QADRI QANCHA? Bugun ko‘plab davralarda bir g‘alati manzaraga duch kelamiz: ziyoli chetda, puldor esa to‘rda. Go‘yo insonning qadri uning tafakkuri, odobi va jamiyatga bergan foydasi bilan emas, cho‘ntagining qalinligi bilan o‘lchanayotgandek. Shunday manzarani ko‘rib, yoshlar oldida tabiiy savol tug‘iladi: Ilmmi kerak, pulmi? Ammo bu savolning o‘zi biroz noto‘g‘ri qo‘yilgan. Chunki ilm va pul bir-biriga dushman emas. Muammo — qaysi biri insonning xo‘jayini, qaysi biri vositasi ekanini unutib qo‘yganimizda. Hazrat Ali aytganlaridek: «Ilm seni asraydi, pulni esa sen asrashga majbursan». Bu fikrning chuqur ma’nosi bugun yanada yaqqol ko‘rinadi. Pulni inflyatsiya yemirishi mumkin. Uni moliyaviy inqiroz olib ketishi, o‘g‘ri o‘g‘irlashi yoki bir noto‘g‘ri qaror sovurib yuborishi mumkin. Ammo chin bilim — inson bilan birga yuradigan kapital. U bojxonada qolib ketmaydi. Uni hech kim tortib olmaydi. Inson qayerga bormasin, o‘z aqli va hunarini o‘zi bilan olib boradi. Ta’lim va bilimga sarflangan vaqt shunchaki xarajat emas — kelajakka qilingan eng katta sarmoyadir. Bugungi dunyoning eng qudratli kompaniyalari ulkan yer maydonlari yoki zavodlari bilangina emas, balki inson tafakkuri, ilm-fan va texnologiya hisobiga qiymat yaratmoqda. Apple, Nvidia, Microsoft kabi kompaniyalarning eng katta boyligi faqat binolari emas. Ularning eng katta kapitali — inson miyasida tug‘ilgan g‘oyalar. Shuning uchun ham: Ilmsiz topilgan pul — ko‘r odamning qo‘lidagi chiroqqa o‘xshaydi: u atrofni yoritishi mumkin, ammo egasiga qaysi tomonga ketayotganini ko‘rsata olmaydi. Pul — daraxtning mevasi. Ilm esa uning ildizi. Ildizga suv quymay, faqat meva izlagan odam bir kun kelib qurigan shoxlar oldida qolishi mumkin. Lekin bu yerda yana bir haqiqat bor: ilmni ulug‘lab, pulni yomon ko‘rish ham donolik emas. Pulsizlik insonni qaram qilishi mumkin. Moliyaviy mustaqillik esa insonning tanlovlarini kengaytiradi. Shuning uchun pul — vosita. U insonning maqsadi emas, imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurol bo‘lishi kerak. Har qanday holatda ham inson pulni boshqarsin, pul insonni emas. Puldor bo‘lish ayb emas. Ammo pul sabab ilm egasining qadrsizlanishi — jamiyatning ma’naviy qashshoqligidir. Chunki boylik hamyonni to‘ldiradi. Ilm esa insonni. Birining chegarasi bor. Ikkinchisining esa yo‘q. Bugun to‘rda puldor o‘tirishi mumkin. Ammo tarixda kimning nomi qolishini ko‘pincha kursi emas, insoniyatga nima bergani belgilaydi. Chin boylik hamyonda emas. U — insonning ongida yashaydi.
146
13
No text...
147
14
No text...
143
15
🚶‍♂️ Кутилмаган факт: Пиёда юриш мияни «катталаштиради» ва ёшартиради! ​Юриш фақат озиш учун эмас. Олимлар аниқлаган ҳайратг
🚶‍♂️ Кутилмаган факт: Пиёда юриш мияни «катталаштиради» ва ёшартиради! ​Юриш фақат озиш учун эмас. Олимлар аниқлаган ҳайратга солувчи фактлар: ​🧠 Мия ҳажмини оширади: Ҳафтада 3 марта 40 дақиқадан юриш хотира маркази (гиппокамп) ҳажмини 2% га катталаштиради ва хотирани тиклайди. 💡 Креативликни оширади: Юрганда миянинг ижодий фикрлаши ўтирган ҳолатга нисбатан 60% га кучаяди. 📉 Ширинликка иштиёқни бўғади: Атиги 15 дақиқалик сайр стрессдаги ширинлик ва шоколад дейиш истагини 50% га камайтиради. 🧬 ДНКни ёшартиради: Ҳужайралар қаришини секинлаштириб, биологик ёшингизни узайтиради. 👀 Кўзни ҳимоя қилади: Очиқ ҳавода юриш кўз ичи босимини туширади ва кўриш қобилиятини асрайди. ​💡 Хулоса: Шунчаки пиёда юриш орқали миянгизни янгиланг ва танангизни ёшартиринг! ➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
162
16
O‘QITUVCHIGA BOSH EGAMAN! Farzandimizning kelajagiga befarq emasmiz, deymiz… Ammo ba’zan qadriyatlarimizning tartibi g‘alati. To‘yda artistga pul qistirishga qo‘limiz cho‘ntagimizdan tez chiqadi, maktab «parda kerak» desa esa hisob-kitob boshlanadi. Ishxonadagi tadbirga vaqt topamiz, farzandimizning maktabdagi tadbiriga esa «ishim chiqib qoldi» deymiz. To‘yimizga uzoqdagi odamni ham chaqiramiz, ammo farzandimizga bir yil davomida bilim berayotgan ustozni esdan chiqaramiz. Kimdir yangi mashina olsa, havas qilamiz. O‘qituvchi olsa esa: «Buncha pulni qayerdan oldi?» deya shubha qilamiz. Choyxonada oshnaga hisob qilishdan tortinmaymiz, ammo ustozga bir piyola choyni ham ortiqcha deb bilamiz. Rahbarimizning bir og‘iz gapini o‘ylab yuramiz, ustozning esa yillar davomida aytgan gaplarini ba’zan eshitmaganga olamiz. Keyin esa farzandimizdan katta natija kutamiz. Axir bolaga bilim berayotgan insonning o‘zini qadrsizlantirib, uning mehnatidan buyuk natija kutish — qanday mantiq? O‘qituvchi sizning pulingizga muhtoj emas. Unga eng avvalo hurmat kerak. E’tibor kerak. Mehnatining qadrlanishi kerak. Daftar, parda, obuna yoki boshqa mayda xarajatlar haqida bahslashishdan oldin bir narsani o‘ylab ko‘raylik: Biz nimaga pul berayotganimizdan ko‘ra, nimaga befarq bo‘layotganimiz muhimroq. Chunki o‘qituvchi shunchaki dars o‘tmaydi. U farzandingizning bugunini emas, ertangi kunini quradi. Uning bergan bir og‘iz nasihati yillar o’tib ham farzandingizning hayotida aks-sado berishi mumkin. Shuning uchun ustozni qadrlash — unga yaxshilik qilish emas. Bu o‘z farzandingizning kelajagiga hurmat bilan qarashdir. Ustozga ta’zim qilishdan uyalmang. Chunki biz bugun bosh egayotgan ustoz — ertaga farzandimiz boshini baland ko‘tarib yurishiga sabab bo‘lishi mumkin.
641
17
#Iqtibos Telbalikning birinchi darajasi — o‘zini dono deb hisoblash. Ikkinchisi — bu haqda gapirish. Uchinchisi esa — maslaha
#Iqtibos Telbalikning birinchi darajasi — o‘zini dono deb hisoblash. Ikkinchisi — bu haqda gapirish. Uchinchisi esa — maslahatlarni rad etish. ©️ Benjamin Franklin
155
18
“Rus bosib olgani,yaxshi”- der biri, Biri:-“Amerika yaxshiroq”-deydi. Zohiri ozod, lek botini qullar, Faqat bir-birining go‘shtini yeydi. “Real” yoki “Barsa”, “ayfon” yo “samsung”, “Ronaldo yo Messi, qaysi zo‘r”-deydi. Kitob o‘qi desang bo‘lar kar va gung, Faqat bir-birining go‘shtini yeydi. © Javohir Eshonqul.
149
19
Taraqqiyot omad emas Bugun Yevropa bilan bizning taraqqiyotimiz o‘rtasidagi farqni ko‘rib, «ular shunchaki omadli bo‘lgan» deyish oson. Ammo tarix omadni emas, tanlovlarni eslab qoladi. Taraqqiyot ortida ilmga munosabat, mehnat madaniyati, qonun ustuvorligi, tanqidiy tafakkur va yangilikka ochiqlik turadi. Yevropa ham bir kunda rivojlanib qolmagan. Ular xato qildi — xulosalar chiqardi. Kashf qildi — uni amaliyotga tatbiq etdi. Savol berdi — javob izlashdan qo‘rqmadi. Eski qarashlar haqiqatga zid kelganda, ularni qayta ko‘rib chiqishga jur’at topdi. Taraqqiyot aynan shu jasoratdan boshlanadi. Biz esa ko‘p hollarda ilmni qadrlashni gapda qoldirdik. Yodlashni fikrlashdan, tanish-bilishni bilimdan, mansabni mehnatdan, ko‘rinishni natijadan ustun qo‘ygan paytlarimiz bo‘ldi. Savol bergan bolani ba’zan «bezori» dedik. Yangilik qilgan odamga yordam berish o‘rniga undan shubhalandik. Xatoni tajriba emas, uyat deb qabul qildik. Eng achinarlisi esa — kamchiligimizni tan olishdan qo‘rqamiz. Holbuki, qoloqlik millatning taqdiri emas. U — o‘zgarishdan bosh tortishning natijasi. Bugun bizdan oldinda ketayotgan xalqlarga havas yoki nafrat bilan qarashdan ko‘ra, ular qanday qilib oldinga chiqqanini o‘rganishimiz kerak. Ajdodlarimizning buyukligini takrorlash — faxr. Ammo Beruniy kabi izlanish, Ibn Sino kabi ilmga berilish, Ulug‘bek kabi kuzatish va haqiqat yo‘lida eski qarashlarni shubha ostiga qo‘yish — mas’uliyat. Bizga ajdodlarimiz bilan faxrlanadigan avloddan ko‘ra, ular boshlagan ilmiy tafakkurni davom ettiradigan avlod kerak. Maktab o‘zgarmasa — kelajak o‘zgarmaydi. Tafakkur o‘zgarmasa — jamiyat o‘zgarmaydi. Mehnat va halollik qadrlanmasa — taraqqiyot shiorligicha qoladi. Taraqqiyot tashqaridan keladigan sovg‘a emas. U avval davlat binolarida emas, insonning ongida quriladi. Va ehtimol, bizning eng katta muammomiz imkoniyatlarning kamligida emasdir. Bor imkoniyatimizdan foydalanishga o‘rganmaganimizdadir.
175
20
Qidirayotgan narsang seni ham qidirmoqda.
Qidirayotgan narsang seni ham qidirmoqda.
162