cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

My Universe

은혜와 은구들의 나라 💙 @Uzbek_EunHye ga ilova) More @AboutKoreaWithEunHee

Show more
Advertising posts
188
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Official membership borku k-popda 😂
Show all...
😁 10
Kanal linkini boshqalarga ham beramizmi? 😁
Show all...
😁 1
Hozir odamlar juda g’alati… Doim sendan nimadir undirib qolay deydi, lekin o’zi birov uchun qo’lini qimirlatmaydi. Senga o’ylab ham o’tirmay og’ziga kelganini gapiraveradi navbat senga kelganda esa menga shunaqa dedi deb dodlaydi… Halol o’ynash kerak, o’rtoqlar…
Show all...
💯 13🗿 2👍 1
Otasi yaxshi universitetda o’qishi uchun pul to’lab kerakli texnikalarigacha olib bergandan keyin ham hammasini 0dan boshlaganman, deyishsa kulgim keladi. 0dan boshlash nimaligini chekka qishloqdan chiqib ham poda boqib ham kitob o’qigan mutaxassisdan so’rashsin…
Show all...
💯 25❤‍🔥 4🗿 1
Sizning shaxsiyatingiz, shaxsiy chegaralaringizni hurmat qilmaydiganlardan iloji boricha tezroq qutulishga harakat qiling. Chunki ular allaqachon sizning qadriyatlaringizga tupurib qo’yishgan
Show all...
💯 14👍 6🗿 1
Ko’pchilik mendan Koreyaga ketganingizdan afsuslanmaysizmi, deb so’raydi. Sababi, bu yerga kelib afsuslanadigan holatlar juda ko’p. Shunday bo’lsa-da men hecham afsuslanmayman, qaytaga bundan juda xursandman~~ Chunki Koreyada haqiqiy do’stlik nimaligini bildim, shu paytgacha bo’lgan “do’stlarim” saralandi. Vaziyatlarga o’ta hotirjam yondoshishni o’rgandim, ma’lum sabab bilan tong rasvo bo’lgan bo’lsa ham kunning qolgan qismi uchun yaxshi kayfiyatni tanlash nimaligini tushundim. Depressiya, stress kabilarni yolg’iz yengib o’tdim, bu esa meni yanada kuchli qildi. Odamlarga va joylarga o’rganib qolish hissi bilan kurashdim, hozir bu ancha kamaygan. Shu darajada mustaqil bo’ldimki, endi menga nisbatan bo’lgan har qanday kichik yomonlik uchun har qanday katta munosabatdan ham voz kecha olaman. Odamlar, ularning fikri, tanlovini yanada to’g’ri tushunib hurmat qilishni boshladim (masalan, hozir ahmoqlarning ahmoqligini ham o’ta hotirjam qabul qilaman). Sezilarli darajada sekinlashdim, (oldin ko’p ishga ulgurish uchun shoshardim, hozir kecha yoqqan qorni soatlab tomosha qilishim mumkin). Umuman bunday o’zgarishlar yana ko’plab topiladi. Yana bir qanchasi ustida ishlayapman ham. Hayotingizda nima bo’lmasin o’zingizni sevib sog’lig’ingizni asrab oldinga harakat qilaverish kerak ekan. Hammangizni va o’zimni juda yaxshi ko’raman ☺️ 은구야~ 화이팅 ~
Show all...
22🍓 4❤‍🔥 3🐳 1🗿 1
Bugun o’rtog’imning tug’ilgan kuni~ odatda tug’ilgan kunida yigiti bilan uchrashadi 😁 (onnishkasi bilan uyda nishonlasa ham bo’laveradi 😂) Bugun ham uchrashishi kerak edi, mening ham Seulda uchrashuvim borligi sababli birga chiqdik. Kecha yoqqan qorga anqayib rasmga tushib avtobus kutib borgunimizcha allamahal bo’lib ketdi. 😂 Qisqasi, avtobusdan tushib qarasak yigiti turgan ekan 🥰 qo’lida katta qog’oz xalta ~~ Bir-biriga bir shirin tikiladiye viiiyyy~~ Yoshlar baxtli bo’lishsin deb duo qib qo’ydim 🥰
Show all...
❤‍🔥 28 4👍 2🗿 1
Chet elni orzu qilsangiz chet eldagi odamlar kabi fikrlashga o’rganing. Birovning shaxsiy chegaralaridan o’tib u haqida faqat o’zingiz bilganingizcha xulosa qilishga (kamiga buni unga aytishga) shoshilmang. Bu shunchaki omilik.
Show all...
👍 18❤‍🔥 3🗿 1
Photo unavailable
Instagramda bir filter borakan, 2024-yil bashorati, menga chiqqanini qarang 🤣 Boy bo’lay, tezroq 🤣
Show all...
😁 23❤‍🔥 4
Photo unavailable
#Nocomment Turkiyalik dugonam instagramida chiroyli gul rasmini qo’yibdi. Buncha chiroyli desam yigitimam bermagan gulni dugonam berdi, deydi. 😂 Yigitim yo’q deb xafa bo’lmasam ham bo’larkan 😂
Show all...
😁 18🗿 2