kommentolog
Axir kattalarga hamma narsani tushuntirib berish kerak-da...
Show more- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Data loading in progress...
This bot allows you to send anonymous messages. Contact: @mabrur_dev
Qalb amr etgani uchun yozaman! Hamma qatori boshqa bir ish qila olmaganim uchun yozaman. Men yozgandek kitoblar yozilsin, o‘qiy, deb yozaman. Hammadan qattiq arazlaganim uchun yozaman. Xonada yolg‘iz qolib, kun bo‘yi yozishni juda xohlaganim uchun yozaman. Men, boshqalar – barchamiz Istanbulda, Turkiyada qanday hayot kechirganimizni, kechirayotganimizni butun dunyo bilsin, deb yozaman. Qog‘oz, qalam, siyoh hidini yaxshi ko‘rganim uchun yozaman. Adabiyotga, roman san’atiga hamma narsadan ortiq ishonganim uchun yozaman. Bu ishga ko‘nikkanim va ruju qo‘yganim uchun yozaman. Unutilishdan qo‘rqqanim uchun yozaman. Erishgan shuhrat va e’tibordan mamnunligim uchun yozaman. Yolg‘iz qolish uchun yozaman. Yozganlarimning o‘qilishini yoqtirganim uchun yozaman. Boshlab qo‘ygan romanni, maqolani va sahifani tugatib qo‘yaqolay, deb yozaman. Hamma mendan shuni kutayapti, deb yozaman. Kutubxonalarning yopilib ketmasligiga, kitoblarimning jovonlarda terilib turishiga bolalarcha ishonganim uchun yozaman. Hayot, dunyo, barchasi g‘oyatda go‘zal va hayratlanarli bo‘lgani uchun yozaman. Hayotning bor go‘zalligi va boyligini so‘zlarga ko‘chirish zavqli bo‘lgani uchun yozaman. Hikoya bayon qilish uchun emas, yaratish uchun yozaman. Doimo boradigan joy bo‘la turib, u yer ro‘yodek – hech borolmayman, degan tuyg‘udan xalos bo‘lish uchun yozaman. Hech ham baxtli bo‘la olmaganim uchun yozaman. Baxtli bo‘lish uchun yozaman.Orhan Pamuk
Madina Musayeva o'qiydi Shermurod Subhon tarjimasi 👉Telegram: @madnifique 👉Anchor:
https://spotifyanchor-web.app.link/e/P4abiQ8Kcyb👉Spotify:
https://open.spotify.com/episode/2yYH9Dk7V8Bo5kJoWr1ca2?si=IYGcoOjSTlqYyKG-FZHT7A👉YouTube:
https://youtu.be/sp0oYwfP6ckThis bot allows you to send anonymous messages. Contact: @mabrur_dev
Bugun ham ishdan tun yarimlab qolganda qaytdi. Bolaligidan mehnat qilishga oʻrganib ketgani sababidanmi yoki ulgʻaygani sari oshib borayotgan kam-ko‘stlarini tezroq toʻldirishni istabmi, nima uchundir shaharga kelib, ishiga joylashganiga ikki haftadan oshgan bo‘lishiga qaramay, har kuni shu ahvol edi; ertalab quyoshdan avval ko‘chani ko‘radi, eng so‘nggi avtobus bilan ortiga qaytadi. Aslida o‘zini ishga bunday tinimsiz urayotganining asosiy sababi mehnatga tashnaligi-yu boylik ishtiyoqidan koʻra ancha muhimroq.…
Odamlar bir-birlarini qiynash uchun yaralganlar"Telba", Dostoyevskiy Har bir jamiyatning o‘ziga yarasha tartib-qoidalari, ideallari bo‘ladi. Biror kishi biror jamiyat a’zolari bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘lsa, ular bilan do‘stlik iplarini bog‘lamoqchi bo‘lsa, ularning tartib-qoidalariga ko‘nikishdan oʻzga iloji yoʻq. "Jamiyat-jamiyat", deb hammasini murakkablashtirmaylik, hatto qo‘shningizning uyiga chiqqaningizda ham o‘zingizni boshqa olamga tushib qolgandek his qilasiz. Bizning qadrli knyazimiz ham naslan rus asilzodalaridan bo‘lishiga qaramay, ularning davralaridagi ob-havoni Don Kixotga o‘xshab faqatgina kitoblar orqali tanigan edi. Endi u oʻsha jamiyatga qo‘shilish niyatida... Bu ustuxondan shunday "muskul"lar o‘sib chiqqan, shundaylari o‘sib chiqqan... Ularni "o‘stirgan" shovinist otaxon Dostoyevskiyga tahsinlar aytmasdan ilojimiz yo‘q. O‘z millatini boshqalardan ustun koʻrish deysizmi, endi kurtak chiqarayotgan kommunistlar borasidagi fikrlar deysizmi, hozir bizda ko‘payib ketayotgan inkorchilarga o‘xshagan maxluqlarning ahmoqliklari deysizmi, hammasi mohirlik bilan tasvirlangan. Eng qizig‘i, asarda muallif ba’zi chegaralardan chiqib, o‘qirman bilan do‘stona suhbatlashgan chog‘larida — hamma shaxsiy qarashlar aytiladigan joylarda tarafkashlik alomatlarini sezmaysiz. Yozuvchining barcha sirlarini dialog hamda qandaydir voqeliklar orasidan topasiz. Buning nimasi qiziqarli ekan, dersiz. Muallif yostiqdek kitobining ichiga hech kimga bilinmaydigan qilib yashirgan sirlaridan ogoh bo‘lish kitobxonni qanday qilib xursand qilmasligi mumkin axir? Aytishim unchalik shart bo‘lmagan yana bir narsani esga olsak. Asardagi turfa shaxsiyatli qahramonlar va ularning ruhiy holatlari har doimgidek teranlik ila tasvirlangan. O‘qiysiz, o‘qiyverasiz, voqealarning sabablaridan hayratda qolasiz va o‘zingizga savol berasiz: "Nega anovi 'psixolog'lar sohasiga oid ilmiy kitoblar o‘qimaganlariga yarasha, hech bo‘lmasa, Dostoyevskiyni varaqlab ko‘rishmagan ekan?") O‘qib bo‘lib do‘stlarimga aytgan gapimni takrorlayman. Kitobdan unchalik hayratlanmadim, chunki Dostoyevskiy shunaqa zo‘r yozishini bilar edim. Bunda mutarjim Ibrohim G‘afurovning mehnatini ham e’tirof etmasak bo‘lmaydi. Naqadar maromiga yetkazib qilingan tarjima ekanligini mutolaa davomida bir necha marta izohli lug‘atga murojaat qilib o‘zbek tili boyligimni ham oshirib olganimni aytib isbotlay olaman, menimcha. Maroqli mutolaa. @kommentolog
Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.