242
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-430 days
Posts Archive
242
Uzr. Netflix' haqida e'lon berganimda ochilsa aytishimni so'raganlar - boshqatdan yozib yuboring. Sizlarni topolmayapman.
@ulugxon akkountiga
242
Uzr. Netflix' haqida e'lon berganimda ochilsa aytishimni so'raganlar - boshqatdan yozib yuboring. Sizlarni topolmayapman.
@ulugxon akkountiga
242
Shu joyida yakunlaymiz. Yaxshi sayohat bo'ldi. Vaqtingizga rozi bo'ling.
#ketish_kuyini_chaling
242
Ertalab bahor edi, hozir tupursang muzlab qoladigan sovuq. Kim konditsionerni o'chirmagandi?
242
Lekin miyyam butunlay o'chdi. Mashina haydayapman-u, yo'lda baloniyam sezmayapman. Ko'zim qip-qizil. Jismoniy emas, aqliy tarafdan odamni ezib qo'yarkan.
242
Davlat ishida ishlaydiganlarni bugun to'laqonli tushunib yetdim desam mubolag'a bo'lmaydi. Qanaqadir bir soatni ichida pachag'im chiqib ketdi.
242
14-fevralni Valentin kuni sifatida nishonlaganlarga hech ko'zim tushmagan. Lekin mem va hazillar xuddi guvohi bo'lganimdek taassurot uyg'otishni boshladi.
Ha... Bu media olamda informatsiyalar bizni shunchaki ko'mib tashlayapti.
242
Meni kanalimga obuna bo'lganku, men ham unikiga obuna bo'lishim kerak degan majburiyatdan qutulish bo'yicha offlayn uchrashuv tashkillashtiringlar. 3-4 ta kontakt beraman, xaridor.
242
Uxlamasa odamni miyyasiga nimalar kelmaydi..
She'rga tirjayib reaksiya bosganlarni uyma-uy bo'lsayam topaman hali, qarab turinglar..
242
Smayliklar - boshi tanasidan judo qilingan o'liklar. Kimdir xursand, kimdir yig'lab o'ladi..
242
Har kuni miyyamda:
Yolg'on Farhodlar tog' oshayotgani,
Yolg'on Shirinlar deb qon yozgan qalam.
Yonimda bo'lmay ham yashayotganing,
Yo'q bo'la turib ham borliging alam.
Muhabbat menimcha qilmoqda hazil,
Unga qiziqmasdek go'yo istagim.
Poyoni vaslinga bog'langan manzil,
Ishonmoqchi bo'lgan yolg'iz ertagim.
Ha sen tug'ilgansan asrlar osha,
Menda azallarning hayratimasmi?
Dumaloq yer uzra bir vaqtda yashab
Topisholmay ketsak g'alatimasmi?
G'alatimasmi?)
242
UzCard ishlamasa to'polon. 23:00'dan keyin qayerga pul to'laysizlar-a?)
O'zi 8:00-22:00'gacha ishlaydigan qilib qo'yish kerak. Erkalanib ketyapsizlar. Yoki umuman bundan foydalanishni ham pullik qilish kerak. Ko'proq foiz to'lasang tezroq ishlaydi. Bo'lmasa kutasan. Ana keyin tomoshani ko'rasizlar..
Gnida ko'ngil xohishlari
